Simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari samaradorligini oshirish imkoniyatlari


Dehqonchilikda ish jarayonlarini tashkil qilish va ishlab chiqarishning uzlukizligini ta’minlash shartlari



Download 102,14 Kb.
bet4/5
Sana14.06.2022
Hajmi102,14 Kb.
#669905
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-mavzu. O‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti

Dehqonchilikda ish jarayonlarini tashkil qilish va ishlab chiqarishning uzlukizligini ta’minlash shartlari

Ishlab chiqarishni tashkil qilishning prinsiplari ishlab chiqaruvchi kuchlar juda taraqqiy etgan hozirgi davrda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mutanosiblik ish jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan olib qaralganda, u bir xil texnik chiziqdagi har xil mehnat operasiyalarida band bo’lgan turli guruhdagi xodimlar, mashinalar va mexanizasiyalar o’rtasida to’g’ri miqdoriy munosabatlarning o’rnatilishini ifoda qiladi.


Ishlab chiqarishning mutanosiblik darajasi har bir geografik (korxona, bo’lim, brigada, ish jarayoni, ish opersiyasi, qobiliyat, ish bajarish, mahsulot yetishtirish va hokazo) chegara uchun rejalashtirib qo’yilgan ko’rsatkichga nisbatan bo’ladigan farq bilan belgilanadi:

Bunda: G- mutanosiblik darajasi;
h - ayrim chegaraning quvvati (imkoniyati);
- rejalashtirilgan marom (daraja);
- chegara (ga) soni.
Mehnat jarayonlarining uzluksizligi deyilganda mehnat jarayoni hamda mehnat vositalari va ish kuchlaridan foydalanishda to’xtovsiz, hyech bir tanaffussiz ish yuritish tushuniladi.
Ish joyida yoki mehnat qilish zonasida uzluksizlikni ta’minlashning asosiy shakllaridan biri parallellikdir. Bunda ish jarayonining ayrim qismlari yoki operasiyalari bir vaqtning o’zida bajariladi. Masalan, ekish jarayoni ekish, urug’ keltirish, uni yashiklarga solish opersiyalaridan iborat bo’lsa, ular oldinma-keyin bajarilishi bilan birga bir vaqtning o’zida bajarilishi mumkin. Bunda parallellik sodir bo’ladi, ekish agregatini urug’ bilan to’ldirish, urug’ni olib kelish va yashikka solish uchun ketadigan vaqt tejaladi, natijada ekish agregatining ish unumi ancha oshadi, ekish jarayoni intensivlashadi.
Ishlab chiqarish (ish) jarayonining parallellik darajasi Kp ishlab chiqarish (ish jarayonidagi operasiyalar) parallel holda kechgan muddatning haqiqiy muddatga nisbati bilan aniqlanadi:

Bunda: Ts.n - operasiyalar parallel usulda kechgan sikl miqdori;
Ts - ishlab chiqarish yoki operasiyaning haqiqiy muddati.
Operasiyalar va jarayonlararo tanaffuslarni qisqartirish orqali uzluksizlikni ta’minlashning asosiy yo’li – ularning bajarilishini vaqt birligi ichida kelishib olishdir.
Ishlab chiqarish yoki ish jarayonida uzluksizlikni tashkil qilishning eng yuqori ko’rinishi potok usulidir.
Ishlab chiqarish va ish jarayonlarining uzluksizlik darajasi uzluksizlik koeffisiyenti Ku bilan ifodalanib, u ishlab chiqarish yoki ish jarayonidagi texnologik qism davom etishi muddatining to’la ish jarayoni sikli muddatiga nisbati bilan ifodalanadi:

Bunda n- qismlar yoki chegaralar soni.
Ishlar quyidagicha tartibda tuziladi: mexanizasiya-traktor ishlari zagon, figurali (aylanma) va moki usulida bajarilishi mumkin. Traktor ishlarini bajarishning zagon usulidan, ya’ni dalani bir necha bo’laklarga (taxtalarga) bo’lib, ish bajarish usulidan yer haydashda, figurali (aylanma) usulidan boronalash va malalash, hosilni o’rib - yig’ib olish (yoppasiga o’rib – yig’iladigan ekinlar)da, moki usulidan qator oralariga ishlov beriladigan ekinlarda keng foydalaniladi.
Zagon usulida agregat dalaning uzun tomoni bo’ylab harakat qiladi. Dalada hosil bo’ladigan marza va ariqchalarni kamaytirish uchun zagon (dala taxtalari) katta qilib olinsa, agregatning burilish masofasi uzayib ketadi va asosiy ish vaqti qisqaradi va aksincha, zagonlar kichik-kichik olinsa, marza va ariqlar ko’payib, ularni tekislash uchun xarajatlar ortib ketadi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilishning eng maqsadga muvofiq yo’li shudgorlash va haydashni zagon usulda bajarishdir.
Yer zagonlarga bo’linib, sirtmoq shaklda haydalganda ichkariga ag’darib haydalgan zagonlar bilan tashqariga ag’darib haydalgan zagonlar navbatlashadi, natijada zagonlarning chetlari bilan o’rtalaridagi chuqur egatlar va pushtalar soni kamayib, yer ancha tekis haydaladi.
Yerni shudgorlashda ikki yarusli pluglardan foydalanish katta samara beradi. Yer bu usulda haydalganda yuzidagi ekin qoldiqlari, organik o’g’itlar, ekin ang’izlari tuproqning pastki qatlamiga tushib, chirindiga aylanadi, ekin ildizlari uchun oziq manbai bo’ladi.
Yer tekislash, boronlash va molalash ishlari ekishni sifatli o’tkazishning asosiy omillaridir.
Boronalash orqali yer tekislanib, ekish agregatiga halaqit beradigan kesaklar maydalanadi, tuproqdagi nam saqlanadi. Mola bosish yordamida tuproq yuzasi tekislanib, shibbalanishi natijasida nam o’tkazuvchi naychalar (kapilyardir) tiklanadi va urug’ joylashadigan tuproq qatlamiga nam to’planadi. Bu agrotexnik jarayonlar moki yoki zagon usullarida bajariladi.
Ekinlarni ekish dehqonchilikda eng ma’suliyatli ish jarayoni hisoblanadi. Urug’ yaxshi tayyorlangan yerlarga, belgilangan agrotexnik muddatlarda talab qilingan chuqurlikka yuqori sifatli qilib ekilsa, mo’l hosil olish uchun zamin yaratiladi.
Ekishda eng ko’p tarqalgan ish seyalkaga urug’ solishdir. Seyalkaga urug’ solinadigan joy belgilanib, bu yerga urug’lik oldindan keltirib qo’yilishi kerak. Urug’ solinadigan nuqtalar orasidagi masofa seyalkadagi urug’ni ekilgunga qadar bosib o’tiladigan masofaning uzunligi bilan belgilanadi.
Seyalkani urug’likka bir marta to’ldirish bilan bosib o’tiladigan masofa quyidagicha aniqlanadi:

Bunda: M- seyalkani urug’likka to’ldirish nuqtalari orasidagi masofa.
104 -1 ga yer hajmi, 10000 m2;
Kss - seyalka sig’imidan foydalanish koeffisiyenti. U 0,9 ga teng bo’ladi;
Ss - seyalkaning sig’imi, kg;
Em - ekish me’yori, 1ga-kg;
Shos - seyalkaning qamrab olish kengligiga, m.
Paxtachilikda qator oralariga ishlov berish davridagi ishlarga yagana va kultivasiya, o’g’itlash bilan birga sug’orish uchun egat olish, sug’orish va chekanka qilish ishlari kiradi. Yagana – muhim agrotexnik tadbir bo’lib, ekinlar unib chiqishining dastlabki davrida ularga eng yaxshi sharoit yaratishga qaratilgan juda sermehnat ish hisoblanadi.
Sug’orish oqizib sug’orish, yomg’irlatib sug’orish, ildiz ostidan sug’orish turlariga bo’linadi. Oqizib sug’orish o’z navbatida yoppalatib sug’orish va egat oralatib sug’orishga bo’linadi. Sug’orishida u yoki bu usulni qo’llanish tuproq xossasiga, yer relfiga, ekinlar xususiyatiga, sug’orish me’yoriga va suv bilan ta’minlanishi darajasiga bog’liq.
Hosilni o’rib-yig’ib olish davri eng asosiy davr hisoblanadi. Donli ekinlar vaqtida o’rib-yig’ib olinmasa, pishib, o’tib ketsa, to’kilib, hosilning bir qismi nobud bo’ladi. Shuning uchun boshoqli don ekinlari bo’lib-bo’lib hamda bir yo’la o’rib-yig’ib olinadi. Boshoqli don ekinlari avval to’la pishib yetilgunga qadar (dumbul bo’lib qotgan paytda) o’rib qo’yiladi, o’rib qo’yilgan hosil to’la pishgandan so’ng kombayn bilan yanchib yig’ib olinadi. Shunday qilinganda 20-25 foiz hosil nobud bo’lishdan saqlab qolinadi.
Paxtani mashina bilan terganda har bir mashina yoki ikki-uch mashina uchun alohida zagonlar (taxtalar) ajratib beriladi. Bunker to’lgandan keyin uni to’kish uchun ketadigan vaqtni iloji boricha qisqartirish va mashina unumdorligini oshirish maqsadida to’kish joylarini aniqlash va u yerlarga paxta tashuvchi og’dirma «2 PTS-4» telejkalarni vaqtida keltirib qo’yish talab qilinadi. Buning uchun mashina bunkeridan to’kish masofasi va vaqtni aniqlash kerak bo’ladi.
Bu quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Bunda: Mm - bunkerning to’lish masofasi, m
Bs - bunkerning sig’imi;
Xu – 1 ga yerdan terib olinadigan hosil, s;
Va - agregatning qamrab olish kengligi.
Terilgan paxtani tashish uchun talab qilinadigan transport telejkalari quyidagicha aiqlanadi:

Bunda: Tn - talab qilinadigan prinsiplar soni;
Xn - 1 ga yerdan terib olinadigan hosil, s;
Wsoat -agregatning bir soatlik ish unumi, g
Tr - bir qatnov(reys)ga ketgan vaqt,
Gn - prinsipning yuk ko’tarish qobiliyati, s.



Download 102,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish