Singapurning iqtisodiy “mo‘jiza”si


Singapurning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish istiqbollari



Download 59,49 Kb.
bet3/3
Sana20.03.2023
Hajmi59,49 Kb.
#920421
1   2   3
Bog'liq
Singapur iqtisodiyoti

Singapurning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish istiqbollari
Savdo strukturasidan ko„rinib turibdiki, bu erda har ikki tomon iqtisodiyoti uchun bir birini to„ldiruvchi jihatlar bor. Har ikki davlatdagi qiyosiy qulaylik va xalqaro ixtisoslashuv kuchli iqtisodiy hamkorlikni qo„llab quvvatlaydi. Singapurning istiqboli nuqtai nazaridan, Xitoy Singapur iqtisodiyotining globallashuv va regionallashuviga “ikkinchi qanot” sifatida ko„mak beradigan 1,3 mlrd.ga yaqin aholidan iborat yirik bozor sifatida jozibador edi. Xitoy Singapur uchun Sharqiy Osiyoda erkin savdo hududiga ko„mak beradigan muhim hamkordir. Singapur 21 asrning “katta ajdaho”lari bilan bir safda ucha oladigan, o„zining kelajagini oldindan ko„ra oladigan davlat sifatida strategiyasini tashkil etdi. Singapur o„z iqtisodiyotini modernizatsiyalashda zamonaviy davlatchilik va boshqaruv tajribalarini Xitoy bilan o„rtoqlasha oladigan “kichik ajdaho”dan “katta ajdaho” aylandi. Singapur nafaqat Xitoy bilan, shu bilan birga Osiyo va Tinch okeaniya hududida ham o„zaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantira oladigan etakchi sifatida o„z mavqeiga ega bo„ldi. Bunga Singapur va Xitoy o„rtasida erkin savdo kelishuvining imzolanishi barcha munosabatlarga yana bir karra yakun yasadi. Xitoynning 70 yillar oxiridan boshlab ochilishi Xitoylik Singapur ishbilarmon 13 vakillari (Mandarin tilida so„zlasha oladigan) Xitoyda biznes qilish imkoniyatlarini kengaytirdi. 1970 yillar va 1980 yillarning boshlarida Deng Xiapong Xitoy iqtisodiyotini modernizatsiyalashga katta e’tibor qaratayotgan davrda Singapur Nanyang Universitetining xitoy tilida so„zlasha oladigan bitiruvchilari birinchi etnik Xitoyliklar singari Xitoyga biznes qilish imkoniyatlarini izlab ketdilar. Osiyo mamlakatlari guruhi orasida Singapur Xitoyga kiritgan eng yirik to„g„ridan to„g„ri investor sifatida e’tirof etiladi. Kiritilgan investitsiyalarning sakson foizidan ortig„i kuchmas mulk, turizm va sanoat sohalaridadi r. Eng yirik loyihalar sifatida Vyuksi sanoat zonasi, Shanxay Sanlin Ko„chmas mulk inshoati, Pekin Xidjin bog„i, Dalin konteyner terminali kabi loyihalarni qayd etib o„tish mumkin. Investitsiyalarning asosiy qismi Xitoyning janubiy viloyatlariga, jumladan Fujian va Guangdong viloyatlari hissasiga to„g„ri keladi4 . Birgina 1996 yilda Singapurlik Xitoy ishbilarmonlari tomonidan 418 mln. AQSH dollari miqdorida Guangdong viloyatiga (bu jami Xitoyga kiritilgan to„g„ridan to„g„ri investitsiyalarning 3%), 529 mln. AQSH dollari miqdorida esa Fujian viloyatiga (bu jami Xitoyga kiritilgan to„g„ridan to„g„ri investitsiyalarning 3,8%) investitsiyalar yo„naltirildi . AQSH dollari miqdoridagi jami 3834ta loyihani investitsiya qilishga muvaffaq bo„ldi. 1997 yilning oxiriga kelib esa jami investitsiya hajmi 8,78 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. 1999 yilning oxiriga kelib esa investitsiyalarning shartnomaviy qiymati 34,3 mlrd. AQSH dollarini, xaqiqatdagi qiymati 14,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi5 . Umuman olganda esa, Singapur Xiamenga shahriga (Fujian viloyati) kiritilgan uchinchi yirik investor sifatida, 2000 yilda esa butun Xitoy bo„yicha to„rtinchi o„rindagi tashqi investor sifatida nom qozondi. 2000 yil mart oyi oxiriga kelib Singapur Xitoyning ettinchi Xitoy esa Singapurning oltinchi yirik savdo hamkori sifatida e’tirof etildi. 2004 yilda Xitoy Singapurning beshinchi yirik savdo hamkori, Singapur esa umumiy shartnomaviy qiymati 43 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 12000dan ziyod loyihali ettinchi yirik tashqi investori sifatida e’tirof etildi6 . Xitoy dunyodagi eng yirik arzon ishchi kuchi resurslariga egaligi bilan Singapur uchun qimmat ishchi kuchlari va er mulk ob’ektlarining o„rnini bosishda muqobil jozibadorlik ahamiyat kasb etadi. Shu o„rinda, Singapur engil sanoatida band bo„lgan intensiv mehnat resurslarini Xitoyga jo„natish ushbu munosabatlarning mantiqiy davomchisidir. Shu bilan birga Singapur o„zidagi etarli bo„lmagan ishchi kuchlarini o„rnini to„ldirishda Xitoyning umumiy bilimga ega bo„lgan ishchi kuchlaridan foydalanadi. Xitoyning yangi tashqi migratsiya siyosati (asosan tajribali professional ishchi kuchi migratsiyasi) Singapur iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan soxalar, ya’ni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida band bo„lishga yo„naltirildi


O’tgan davrlarda Singapur iqtisodiyoti AQSH va Yaponiya davlatlari tomonidan biroz tebranishlarga tortildi. U Trans Milliy Kompaniyalar domida qoldi. Shuning uchun Xitoy bunday savdo qaramligidan saqlovchi, ularni chetga suruvchi asosiy muhim bozor bo„lishi mumkin. 1971 yillarning oxiridan boshlab Singapur Xitoyning eng ilg„or savdo hamkorlaridan biri bo„ldi. Jadval ma’lumotlaridan ko„rish mumkinki, 1980 yillarning boshlaridan boshlab ikki davlat o„rtasidagi savdo aloqalari hajmi keskin oshib bordi. 1992 yilda umumiy savdo hajmi 5,48 mlrd. Singapur dollarini (3,22 mlrd.AQSH dollari), 1993 yilda esa uning hajmi 6,95 mlrd. Singapur dollarigacha (4,27 mlrd.AQSH dollari) ko„tarildi. 1997 yilda umumiy savdo hajmi 14,5 mlrd. Singapur dollarini (9,14 mlrd.AQSH dollari) tashkil etib, Singapur Xitoyning Osiyo davlatlari guruhidagi eng yirik savdo hamkori sifatida e’tirof etdi7 . 1998 yilda jami savdo aylanmasi 8,2 mlrd. AQSH dollarini, 1999 yilda esa 8,60 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi8 . Xitoyning Singapur jami savdo aylanmasidagi ulushi 4,2% (1998), 1 ^ Singapurning esa Xitoy jami savdo aylanmasidagi ulushi 7,5%ni tashkil etgan . 2003 yilda jami savdo aylanmasi 36,9 mlrd. AQSH dollarigacha ko„tarildi14. 2004 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami savdo aylanmasi 22 mlrd. AQSH dollarini (36,1 mlrd. Singapur dollarini) va yilning oxiriga kelib esa ushbu ko„rsatkich 40 mlrd. Singapur dollaridan oshib ketdi. Mazkur bo„lim o„z ichiga quyidagi masalalarni qamrab oladi: 1. savdo taqchilligi; 2. tashqi investitsiya jamg„armalari bo„yicha raqobat; 3. markazrolini o„ynashdagi o„zgarish; 4. Singapur Xitoy iqtisodiyotini modernizatsiyalashda modeli.
Savdo taqchilligi. Singapur 1949 yildan beri (1950 yil bundan mustasno) Xitoy bilan savdo aloqalarida taqchillikni boshdan o„tkazmoqda. Ushbu savdo taqchilligi Xitoy bilan olib borilayotgan siyosiy aloqalarga o„z ta’sirini ko„rsatadimi? Singapur istiqboli nuqtai nazaridan, ushbu savdo taqchilligi diplomatik munosabatlarga, shu bilan birga bevosita siyosiy va iqtisodiy aloqalarga ham o„z salbiy ta’sirini o„tkazmaydi. Xitoydan Singapurga qilinayotgan import tovrlari o„z navbatida Malayziya va Indoneziyaga re-eksport qilinadi. 1967 yildan 1989 yilgacha Suxarto hukumati siyosatining ta’sirida Indoneziya va Xitoy o„rtasidagi diplomatik aloqalarning uzilishi, ya’ni to„g„ridan - to„g„ri savdo qilish imkoniyatining cheklanganligi Singapur uchun qulay iqtisodiy manfaat keltirdi. Indoneziya va Xitoy savdo aloqalari uchun Singapur va Gong Kong asosiy joy sifatida talqin qilindi. Xitoyning qayishqoqlik siyosati tufayli savdo taqchilligi diplomatik aloqalarning yomonlashmasligiga va jiddiy siyosiy tortishuvlarning yuzaga kelib chiqmasligiga erishildi. Vaqti-vaqti bilan Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uchun siyosiy hamkorlikni qo„llab-quvvatlash maqsadida ayrim eksport tovarlariga xalqaro bozor bahosidan pastroq darajada chegirma narxlar taklif qilib turardi9 . Boshqacha aytganda, Xitoy JSHOU davlatlari bilan siyosiy va strategik aloqalarni mustahkamlash maqsadida savdo hamkorlarining savdo taqchilligini minimallashtirish chora-tadbirlarini olib bordi, bunga Tailand davlatini misol qilib keltirish mumkin. Agar zaruriyat deb topilsa, Xitoy Singapur bilan ham mana shunday chora-tadbirlarni amalga oshirishni asosiy vazifalardan biri deb hisoblaydi. 2. Tashqi investitsiya jamg‘armalari bo„yicha raqobat. Umuman olganda, Singapur va Xitoy tashqi investitsiyalarni TMKlar orqali jalb etishda bir- biriga raqobatchi sifatida faoliyat olib bordi. Singapurda biznes qilish xarajatlarining qimmatlashuvi uni asta-sekin raqobatni boy berishiga olib keldi. 1994 yil sentyabrda Germaniyaning “Simens” kompaniyasi Singapurga bo„lgan investitsiyalarini qisqartirishini va Xitoyda bosh qarorgoh vakolatxonasini ochishini e’lon qildi. Singapurda biznes yuritishning qimmatlashuvi Simens kompaniyasini ushbu davlatga 17 investitsiya qilishni davom ettirish rejalarini qayta ko„rib chiqishga undadi. 1987 yildan 1993 yilgacha bo„lgan davrda Xitoy jami 53910 mln. AQSH dollari miqdorida, Singapur esa 33400 mln. AQSH dollari miqdorida to„g„ridanto„g„ri investitsiyalar jalb etishdi. 2000 yilda esa Xitoy 40,7 mlrd. AQSH dollari miqdorida, Singapur 21,7 mlrd.AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb qilishga muvaffaq bo„lishdi10 . Xitoyning tashqi investitsiyalarni jalb qilishda qo„shni davlatlarga nisbatan ustuvorlikka egaligi TMKlar tomonidan unga beriladigan tavsiflarga, ya’ni 21 - asrda Xitoy etakchi iqtisodiy barqaror davlatlardan biri bo„lishi mumkinligi bilan izohlanadi. Singapur esa uning aholisi va bozor hajmini inobatga oladi. Osiyo davlatlari tomonidan chet el investitsiyalarini jalb etishga bo„lgan hattiharakatlarni, sobiq Bosh Vazir janob Goh CHok Tong 1994 yil 8 noyabrda bo„lib o„tgan “Xalqlarning faol kechasi” nomli kechki nonushta tadbirida shunday tavsiflaydi: Osiyo davlatlari iqtisodiyotida kutilmaganda yuz bergan tez o„sish Singapur iqtisodiyoti raqobatbardoshligiga ta’sir ko„rsata oldi. Xitoy va Hindiston iqtisodiyotining chet el investorlar uchun ochilishi “katta quvvatli chang yutgich timsolida” oldindan tashkil topgan o„rta darajadagi bilimtajribalarni talab qiladigan ishlab chiqarish sanoatlarini, shu jumladan Singapurdagi ishlab chiqarish sanoatlarini o„z domiga tortishga muvaffaq bo„ldi. Bunga Xitoyning juda yirik miqdordagi ortiqcha mehnat resurslariga ega bo„lishi va shuning barobarida ko„p mehnat talab etiladigan sanoat ishlab chiqarishlarini jalb etishda Xitoyni Singapurga nisbatan yana bir karra qulay imkoniyatga ega ekanligini isbotlaydi . 3. Markaz rolini o„ynashdagi o„zgarish. Singapur iqtisodiyotining markaziy rolini o„zgartirishning bir yo„li mavjud. Samarali raqobatlashish maqsadida Singapur hududiy va global nuqtai nazardan olg„a siljishi kerak. Uning an’anaviy xizmat turlari yanada kengayishi lozim, jumladan TMKlarga ko„rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish kerak. Ushbu xizmat turlari investitsiya bo„yicha maslahat xizmatlari, boshqaruv, moliya, axborot telekommunikatsilari, intellektual xizmat turlari, qo„shma hamkorlik kabi xizmat turlarini keng joriy qilish lozim. Amaliy yo„nalish sifatida, 18 misol uchun Xitoyga investitsiya qiladigan TMKlar bilan Konsorsium tashkil etish bo„lishi mumkin.
Download 59,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish