Sintaksis reja: Sintaksis haqida ma’lumot. So’zlar orasida bog’lanish turlari



Download 281,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi281,66 Kb.
#205434
Bog'liq
1-maruza



SINTAKSIS 

Reja: 

1.Sintaksis haqida ma’lumot. 

2. So’zlar orasida bog’lanish turlari. 

3. So'zlarning o'zaro sintaktik munosabatga kirishuvi 

4. So‘z birikmasi va tahlili 

Sintaksis  (grekcha  –  “tuzish”  so'zidan  olingan)  grammatikaning  bir  bo'limi 

bo'lib,  so'zlarning  birikish  yo'llari,  so‘z  birikmasi,  gap,  ularning  turlari, 

xususiyatlarini tekshiradi. 

Sintaksis,  bir  tomondan,  so‘z  va  so‘z  shakllarining,  shuningdek,  gaplarning 

aloqa  qilish  birikish  yo'llarini  tekshirsa,  ikkinchi  tomondan,  ma'lum  bog’lanish 

asosida yuzaga keladigan sintaksis birliklarini o‘rganadi. 

So‘z  birikmasi,  gap,  gap  bo'laklari  asosiy  sintaktik  birliklar.  sintaktik 

grammatik kategoriyalar hisoblanadi. 

So'zlarning,  shuningdek,  gaplarning  orasidagi  bog'lanish,  aloqa  ikki  xil 

bo'ladi: 

1) teng bog’lanish yoki teng aloqa; 2) tobe bog'lanish yoki tobe aloqa. 

Teng  bog’lanish  sintaktik  jihatdan  teng  huquqli  bo’lgan  biri  ikkinchisiga 

bo'ysunmagan so'zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so'zlar 

yoki  gaplar  o'zaro  teng  bog'lovchilar,  teng  bog'lovchi  vazifasidagi  yuklamalar. 

sanash  ohangi  (intonatsiya)  yordamida  munosabatga  kirishadi.  Tobe  bog'lanishda 

biri  hokim,  ikkinchisi  tobe  bo'lgan  qismlar  (so'zlar,  ergash  gapli  qo'shma  gap 

qismlari)  o'zaro  aloqaga  kirishadi.  Ularning  biri  ikkinchisini  aniqlash,  izohlash, 

to'ldirish  uchun  xizmat  qiladi.  Aniqlaydigan,  izohlaydigan,  to'ldiradigan  qismi 

tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o'qimoq, qiziqarli voqea  

So'zlar orasidagi tobe bog'lanish ikki xil bo'ladi: 

1) predikativ tobe bog'lanish; 2) nopredikativ tobe bog'lanish. 

Ega  va  kesimning  bog'lanishi  predikativ  tobe  bog'lanish  hisoblanadi  va 

bunday  bog'lanishdan  gap  hosil  bo'ladi.  Tobe  (ergash)  bog'lanishning  qolgan 

ko'rinishlari  (aniqlovchi+aniqlanmish,  to'ldiruvchi+to'ldirilmish.  hol+hollanmish) 

nopredikativ  tobe  bog'lanish  bo'lib,  bunday  bog'lanishdan  so'z  birikmasi  yuzaga 

keladi. 

So'zlaming nopredikativ tobe bog'lanishi uch xil bo'ladi: 

1)boshqaruv; 2) bitishuv; 3) moslashuv. 

Tobe  so'zning  hokim  so'z  talab  etgan  shaklda  kelishi  boshqaruv  deyiladi. 

Bunda boshqariluvchi so'z bosh va qaratqich kelishigidan tashqari boshqa kelishik 



shaklini  yoki  ko'makchini  olib  keladi.  Qaysi  kelishik  yoki  ko'makchi  bilan 

shakllanish boshqaruvchi so'zning ma’nosi, semantikasi bilan belgilanadi: kitobni 

o'qimoq,  qariyalarga  g'amxo'rlik  qilmoq,  universitetda  о  'qimoq,  ishdan  qaytmoq, 

о'quvchilar bilan suhbatlashmoq va boshqalar. 

Boshqaruv ikki xil bo'ladi: kelishikli boshqaruv va ko’makchili boshqaruv.  

Kelishikli  boshqaruvda  boshqariluvchi  so'z  ma’lum  kelishik  shaklida 

qo'llanadi: kattalarni hurmat qilmoq, toqqa chiqmoq kabi. 

Ko'makchili  boshqaruvda  boshqariluvchi  so'z  ko'makchi  orqali  shakllanadi: 

zavq bilan ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi. 

Boshqaruv  usuli  bilan  bog'lanish  to'ldiruvchi-to'ldirilmish,  hol-  hollanmish 

munosabatlarini yuzaga keltiradi. 

Hokim  va  tobe  so'zlarning  o'zaro  so'z  tartibi  hamda  ohang  yordamida 

birikishiga  bitishuv  deyiladi.  Bitishuv  yo'li  bilan  bog'lanmish  sifatlovchi-

sifatlanmish (rangli libos), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov). Qisman 

hol-lollanmish (to'satdan uchrab qolmoq) munosabatidagi birikmalarga xos bo'lib, 

uning qismlari ifoda materialiga ko'ra turlicha bo'ladi: 

sifat+- ot: ziyrak bola, yam-yashil dala; 

ot + ot: temir darvoza, oltin kuz; 

son + ot: besh kishi, o’n tup ko’chat; 

olmosh + ot: barcha xalqlar, shu yo ‘l; 

O'zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog'lanishning alohida turini 

tashkil qiladi. Bunda so'zlardan birini hokim, birini tobe deb qarash qiyin, chunki 

qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo'lak qaratqich kelishigi shakl ini oladi, o'z 

navbatida,  qaratuvchining  talabiga  ko'ra  qaralmish  egalik  affiksini  qabul  qiladi: 

bolalarning  quvonchi,  mening  kitobim.  sening  daftaring.  ularning  vazifasi  kabi. 

Bunda munosabatdorlik ( o'zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi. 

Aslida moslashuv devilganda. tobe so'z shaklining hokim so'z shak- liga mos 

kelishi  nazarda  tutiladi.  Bu  holat  rus  tiliga  xos,  negaki  moslashuv  vo'li  bilan 

tuzilgan  qurilmalarda,  jumladan,  aniqlovchili  birikmalarda  tobe  so'z  hokim  so'z 

bilan  grammatik  shaklda  moslashib,  hokim  so'z  bildirgan  xususiy  grammatik 

ma'nolarga  ega  bo'ladi.  Masalan,  interesnaya  kniga  birikmasida  kniga  hokim  so'z 

bo'lib,  bosh  kelishik,  birlik,  jenskiy  rod  (jins)  kabi  xususiy  grammatik  ma'nolar 

anglatgan:  tobe  so'z  (interesnaya)  hokim  so'zning  aynan  shu  shakliga  moslashib. 

xuddi shunday grammatik ma’nolarni ifodalaydi. 

O'zbek  tilida  qaratqich  va  qaralmishning  munosabati  yuqorida  qayd  etilgan 

birikma  qismlarining  munosabatidan  farq  qiladi.  Shuning  uchun  bunday 

bog'lanishni moslashuv deb emas, muvofiqlashuv deb izohlash lozim bo'ladi. 



Demak,  o'zbek  tilida  qaratqich  va  qaralmishning  birikishi  muvofiqlashuv 

asosida voqe bo'ladi. 

So'zlarda  maxsus  grammatik  ko'rsatkichlar  bo'lmaganda,  ularning  o'rnini 

almashtirish  sintaktik  holatga  ta’sir  qiladi.  Qiyoslang:  yam-yashil  dala 

(aniqlovchili birikma) - Dala yam-yashil (ega, kesimdan iborat yig'iq gap). 

Pauza.  Pauza  ham  sintaktik  vosita  sifatida  ahamiyatga  ega.  Pauzaning 

o'zgarishi sintaktik holatning o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin. Masalan: Quloq 

solib  o'tirgan  boladan  so'radi.  Bunda  boladan  so'zidan  so'ng  pauza  qilinsa,  quloq 

solib  о’tirgan  sifatdoshi  boladan  so'ziga  nisbatan  sifatlovchi  vazifasini  bajaradi. 

Agar  quloq  solib  о'tirgan  sifatdoshidan  keyin  pauza  bo'lsa,  sifatdoshdan 

anglashilgan holda ega vazifasini bajaradi. 

So‘z  birikmasi  mustaqil  so'zlarning  bog'lanishidan  hosil  bo'ladi,  yordamchi 

so‘zlar (ko'makchilar) o'z oldidagi mustaqil so'z bilan birikmaning bir qismi. a'zosi 

sanaladi.  Masalan,  do'stlik  haqida  suhhatlashmoq.  qarsaklar  hilan  olqishlamoq 

kabi. 

So'z  birikmasi  tarkibidagi  so'zlardan  biri  hokim,  ikkinchi  tobe  bo'ladi.  So'z 



birikmasi boshqaruv, bitishuv, moslashuv usullari bilan hosil bo'ladi. 

So'z  birikmasini  gapdan  farqlash  lozim.  So'z  birikmasi  tushuncha  ifodalab, 

nominativ  (nomlash,  atash)  vazifasini  bajaradi,  shuning  uchun  intonatsion 

tugallikka  ega  bo'lmaydi.  Gap  esa  fikr  bildirib.  kommunikativ  (aloqa  qilish)  va 

kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So'z birikmasi kamida ikki mustaqil 

so'zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topishi mumkin. 

So‘z  birikmasi  o‘zaro  teng  bog'langan  so'zlardan  ham  farq  qiladi.  Masalan: 

Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz о’rganib dono bo'lur). 

Bunda  maqsad  va  maarom  so'zlari  o'zaro  teng  bog'lanib,  gapda  uyushiq  bo'lak 

hosil qilib, so'z birikmasi sanalmaydi. 

So'z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi: 

1.  So'z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko'ra. 

2.  So'z birikmalarining tuzilishiga ko'ra. 

So'z  birikmalari  qismlarining  grammatik  tabiatiga  ko'ra  tasnif  qilinganda, 

hokim  a'zoning  qaysi  so'z  turkumidan  ekanligi,  tobe  a’zoning  sintaktik  vazifasi 

asosga olinadi. 

 So‘z  birikmalari  hokim  qismning  qaysi  so'z  turkumidan  ekanligiga  ko‘ra 

quyidagi turlarga ajratiladi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma; 3) sifatli birikma: 4) 

ravishli birikma; 5) modal so‘zli birikma. 

Otli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi vazifasida ot, otlashgan so‘zlar 

keladi va u quyidagi ko'rinishlarga ega bo’ladi: 



Hokim qism vazifasida ot keladi: g'ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli 

kishi. 


Hokim qism sifatida olmosh keladi: bolaning о 'zi. Karimaning о 'zi. 

Hokim so‘z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning 

sarasi. 

Hokim  qism  vazifasida  otlashgan  son  keladi:  talabalarning  beshtasi. 

o'quvchilardan biri. 

Hokim  qism  vazifasida  otlashgan  olmosh  keladi:  tilaklarning  barchasi,  kutib 

oluvchilarning hammasi. 

Hokim  so‘z  vazifasida  otlashgan  sifatdosh  keladi:  onamlarning  aytganlari, 

bolalarning о 'qiyotgani va h.k. 

Hokim qism vazifasida otlashgan ravish keladi:   ishlarning kо 'pi. 

Hokim  so‘z  sifatida  otlashgan  undov  so'z  keladi:  ularning  dud-voyi, 

bolalarning urasi. 

Hokim  so‘z  vazifasida  otlashgan  taqlid  so'z  keladi:  otlarning  dupur-  dupuri, 

to'plarning gumbur-gumburi. 

Ko’rinadiki,  otli  so'z  birikmasi  qismlari  bitishuv,  moslashuv  va  boshqaruv 

yo’li  bilan  grammatik  aloqaga  kirishadi.  Otli  birikma  so'z  shakli  bilan  so'zning 

(leksemaning) yoki ikki so'z shakllarining bog’lanishidan hosil bo’ladi. 

Fe’lli  birikma.  Bunday  birikmaning  hokim  qismi  fe’l  bilan  ifodalanadi:  tez 

ishlamoq, oldinda yurmoq, diqqat bilan tinglamoq, kulib gapirmoq. 

Sifatli  birikma.  Mazkur  birikmada  hokim  so'z  otlashmagan  sifat  bilan 

ifodalanadi.  Birikmaning  qismlari  boshqaruv  yo'li  bilan  sintaktik  munosabatga 

kirishadi: akasidan kuchli singlisidan ziyrakroq. 

Sifatli, ravishli, modal so'zli birikmalar ham fe’lli birikma singari so‘z shakl 

bilan so‘z(leksema)ning o‘zaro bog‘lashi natijasida hosil qilinadi. 

 So‘z  birikmalari,  tobe  qismning  sintaktik  vazifasiga  ko'ra,  quyidagi  turlarga 

bo'linadi: 1) aniqlovchili birikma; 2) to'ldiruvchili birikma: 3) holli birikma. 

Aniqlovchili  birikma.  Bunday  birikmalarning  tobe  qismi  aniqlovchining 

barcha  turlari  vazifasini  bajaradi.  Shunga  ko'ra  ularni:  1)  sifatlovchili  birikma,  2) 

qaratuvchili  birikma,  3)  izohlovchili  birikmalarga  ajratish  mumkin.  Masalan: 

yozma ish, ilmiy  maqola, beshta kitob, allaqanday ovozlar - sifatlovchili birikma; 

iqtisodiyotning  taraqqiyoti,  maktab  hovlisi  -  qaratuvchili  birikma;  o'qituvchi 

Salimova, professor Qodiruv - izohlovchili birikma. 

Holli birikma. Bu  xil  so'z birikmalarining  tobe qismi  hoi  vazifasini bajaradi. 

Holli  birikmaning  tobe  va  hokim  qismlari  o'zaro  bitishuv  yoki  boshqaruv  yo'li 

bilan  bog'lanadi:  yangicha  fikrlamoq,  birga  ishlamoq,  maktabdan  qaytmoq,  erta 

boshlamoq. 




So'z birikmalari tuzilishiga ko'ra 2 xil bo'ladi: 

1) oddiy so'z birikmalari, 2) murakkab so'z birikmalari. 

Oddiy  so'z  birikmasi.  So'zshakl  bilan  so'z  (leksema)ning  yoki  ikki  so'z 

shaklning  bog'lanmasi  oddiy  so'z  birikmasi  hisoblanadi:  keng  dala,  tekisroq  yo’l, 

tinchlikka da’vat qilmoq, davlatlarning hamdo‘stligi, maktab hovlisi. 

Biror qismi frazeologik ibora yoki murakkab tushunchani bildiradigan turg'un 

birikma  bilan  ifodalanadigan  so'z  birikmasi  ham  oddiy  so'z  birikmasiga  mansub 

bo'ladi. Masalan: yulduzni benaivon uradigan odam, Fanlar akademiyasi institutlari 

kabi. 

Murakkab so'z birikmasi. Bunda birikmaning qismlaridan biri yoki har ikkisi 



so'z  birikmasi  bilan  ifoda  etiladi.  Masalan,  mehnat  qilishni  sevadigan  odam. 

odamlarga  xayrixoh  bo'lgan  kishi  kabi  so'z  birikmalarining  tobe  qismi  (“mehnat 

qilishni  sevadigan”,  “odamlarga  xayrixoh  bo'lgan”)  so'z  birikmasi  shaklida 

qo'llanib, hokim so'zga bitishuv yo'li bilan bog'langan. 



 

 

Download 281,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish