Sinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi


Parallel ishlashga ulangan generator yuklanishi



Download 2,43 Mb.
bet9/15
Sana14.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#362532
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
все

Parallel ishlashga ulangan generator yuklanishi
Aksariyat, bir tarmoqqa parallel ishlash uchun birnecha sinxron generatorlari ulanadi va ular xar birining quvvati barcha parallel ulangan generatorlar quvvatlari yig‘indisidan anchagina kichik bo‘ladi. Parallel ulangan generatorlar yuklanish jarayonini ko‘rish uchun quyidagi farazni qabul qilamiz. Sinxron generator parallel ulanayotgan tarmoqdagi boshqa generatorlar umumiy quvvati ulanayotgan generator quvvatidan shunchalar kattaki, generator parametrlarining ixtiyoriy o‘zgarishida, tarmoq kuchlan­ishi va uning chastotasi o‘zgarmay qoladi.

Sinxronizatsiyalashning barcha shartlari bajarib generator tarmoqqa ulangandan so‘ng, uning EYK tarmoq kuchlanishiga teng bo‘ladi, shu sababli generator stator chulg‘amidagi tok nolga teng, generator yuklanishsiz ishlaydi. Bunda, turbina­dan generator valiga kelayotgan mexanik quvvat R1 to‘laligicha generator yu.i. isrofini qoplash uchun sarflanadi .



12.3-rasm. Parallel ulangan generator vektor diagrammasi


Stator chulg‘amida tokning nolga tengligi shunga olib keladiki, stator chulg‘ami aylantiruvchi magnit maydon hosil qilmaydi va generatorda faqat qo‘zg‘otish toki hosil qilgan va rotor bilan birga tezlikda aylanayotgan asosiy magnit maydon mavjud bo‘ladi. Bunda elektro­magnit moment ham bo‘lmaydi.

Agar turbinaning aylantiruvchi momenti M1 ortsa, generator rotori biroz tezlanish olib, o‘zining birlam­chi holatiga nisbatan aylanish yo‘nali-shiga mos θ burchakka buriladi. Generator EYK ham o‘zining yu.i. rejim­dagi EYK ga nisbatan shun­day burchakka θ ga buriladi (12.3,b-rasm). Natija-da stator zanjirida EYKlar farqi hosil bo‘ladi va stator toki I1 ni hosil qiladi. Tok I1 rotor bilan sinxror tezlikda aylanuvchi magnit maydoni hosil qiladi va rotorning qo‘zg‘otish oqimi bilan birga sinxron mashinaning natijaviy magnit maydonini hosil qiladi. Bu natijaviy maydonning o‘qi d'—d' rotor bo‘ylama o‘qi d'—d' bilan mos bo‘lmaydi: sinxron generatorda rotor qutbi o‘qlari d - d natijaviy magnit maydon o‘qi d-d dan burchakka oldinda bo‘ladi (12.4, a-rasm).

Ma’lumki, teskari nomlangan magnit qutblar o‘z-aro tortilishadi, shu sababli, magnitlangan rotor qutblari va statorning aylanuvchi magnit maydonlari orasida magnit tortilish kuchlari hosil bo‘ladi (12.4.b-rasm). Bu kuch vektori har bir rotor qutbda shu qutb o‘qiga burchakda joylashgan va ikki tashkil etuvchilariga ega: qutb o‘qlari bo‘ylab yo‘nalgan normal tashkil etuvchi va rotor qutblari o‘qiga perpendikulyar yo‘nalgan - tangensial tashkil etuvchi .

Barcha rotordagi qutblar tangensial tashkil etuvchilarining yig‘indisi sinxron generator rotorida, aylantiruvchi momentga teskari yo‘nalganelektromagnit momentini hosil qiladi:



, (12.1)

bunda D2 - rotor diametri.

Hosil qilingan ifoda shuni anglatadiki, sinxron mashina elektromagnit momenti burchak ning sinusoidal funksiyasi ekan va quyidagicha ifodalanishi mumkin

, (12.2)

bunda Mmax – elektromagnit momentning maksimal qiymati.





12.4-rasm. Sinhron generator elektromagnit momenti haqida tushuncha

Generator rotorida hosil bo‘luvchi elektromagnit moment M birlamchi motor aylantiruvchi momentiga qarama-qarshi yo‘nalga, ya’ni u tormozlovchi momentdir. Bu qarshilik momentini engish uchun birlamchi motor quvvatining bir qismi sarf bo‘ladi, bu quvvat elektromagnit quvvati deyiladi


, (21.3)
bunda - rotorning burchak aylanish tezligi.

Shunday qilib, tarmoq bilan parallel ishlayotgan sinxron generator stator chulg‘amida tok I1 paydo bo‘lishi bilan generatorga elektr yuklanish ulanadi, birlamchi motor (turbina, dizel motori va h.k.) qo‘shimcha mexanik yuklanish oladi. Bunda birlamchi motor mexanik quvvati , na faqat yu.i. rejimi quvvat isroflariga sarflanadi, Pri etom mexanicheskaya moщnost privodnogo dvigatelya rasxoduetsya ne tolko na pokrыtie poter x. x. gene­ratora , qisman generatorning elektromagnit quvvati Rem ni hosil qilish uchun ham sarf bo‘lar ekan


. (12.4)
Demak, sinxron generatorining elektromagnit quvvati, bu birlamchi motor mexanik quvvatining bir qismidan o‘zgartirib olingan elektr aktiv quvvat ekan:


Sinxron generator chiqish qismidan tarmoqqa uzatiladigan aktiv quvvatga kelsak, ya’ni
,
elektromagnit quvvat Rem dan stator chulg‘amidagi elektr quvvat isroflari va yuklanishdagi qo‘shimcha isrof yig‘indi­lariga kichik, ya’ni

. (12.5)
Demak, tarmoq bilan parallel ishlovchi sinxron generatorning statoridan tarmoqqa uzatilayotgan aktiv quvvat birlamchi motor (turbina) aylantiruvchi momenti ni o‘zgartirib boshqarilar ekan:

,
bunda - sinxron mashina rotorining sinxron aylanish burchak tezligi, rad/s.

Agar (12.4) tenglamaning barcha qo‘shiluvchilarini burchak tezligiga bo‘lsak , momentlar tenglamasini hosil qilamiz



. (12.6)
Bu tenglamadan shu ma’lum bo‘ladiki, birlamchi motor (turbina) generator valida hosil qilgan aylantiruvchi moment aks ta’sir etuvchi momentlar: yu.i. quvvat isroflari dan hosil bo‘lgan yu.i. momenti va generator yuklanishi hosil qilgan elektromagnit momentlari yig‘indisiga teng ekan.

Ushbu generator uchun yu.i. momenti o‘zgarmas ( = sonst), shuning uchun sinxron generatori yuklanishi sharti bilan, faqat birlamchi motorning aylantiruvchi momenti hisobiga o‘zgari­shi mumkin.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish