Sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisoboti


V. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli



Download 99,61 Kb.
bet5/9
Sana11.07.2022
Hajmi99,61 Kb.
#776260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dilmurodov Ulug\'bek hisobot IX-50-2

V. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli
22. Kombinatsiyalashgan shaklga asoslangan buxgalteriya hisobi bir necha hisob registrlarini (hisob qaydnomalarini) qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Hisob qaydnomalarida yozuvlar xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida va boshlang‘ich hisob hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
23. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklini yuritishda buxgalteriya hisobining quyidagi hisob qaydnomalaridan foydalaniladi:
a) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq;
b) moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq;
v) kapital qo‘yilmalarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq;
g) tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq;
d) boquvdagi va o‘stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq;
e) xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq;
j) boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 10-ilovasiga muvofiq;
z) pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 11-ilovasiga muvofiq;
i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 12-ilovasiga muvofiq;
k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 13-ilovasiga muvofiq;
l) mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 14-ilovasiga muvofiq;
m) boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 15-ilovasiga muvofiq;
n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 16-ilovasiga muvofiq;
o) hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 17-ilovasiga muvofiq;
p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 18-ilovasiga muvofiq;
r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 19-ilovasiga muvofiq;
s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi — ushbu Nizomning 20-ilovasiga muvofiq;
t) sof foyda (zarar)ni hisoblash qaydnomasi — ushbu Nizomning 21-ilovasiga muvofiq;
u) xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi — ushbu Nizomning 22-ilovasiga muvofiq.
24. Har bir qaydnoma bir yoki bir necha foydalanilayotgan buxgalteriya schyotlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi uchun qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi bir vaqtning o‘zida ikkita qaydnomaga yoziladi: birinchisida — schyotning debeti bo‘yicha kreditlanadigan schyotning raqamini ko‘rsatgan holda (“Korrespondensiyalanuvchi schyot” ustunida), ikkinchisida esa — korrespondensiyalanadigan schyotning krediti bo‘yicha va xuddi shunday debetlanadigan schyotning raqamini ko‘rsatgan holda yoziladi. Ikkala qaydnomalarda ham tegishli ustunlar bo‘yicha yozuvlar xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida va boshlang‘ich hisob hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar asosida sodir bo‘lgan operatsiyalarning mazmuni asosida amalga oshiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017-yil 18-apreldagi 40, 34-sonli (ro‘yxat raqami 1781-3, 02.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 328-modda)
Qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan qaydnomalarda, hisobot davrining boshidagi buxgalteriya yozuvlari, tegishli schyotlar bo‘yicha o‘tgan davrning oxiridagi qoldiqlarni o‘tkazish yo‘li bilan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida qaydnomalardagi aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari, yozuvlarni amalga oshirishga asos bo‘lgan tegishli boshlang‘ich hisob hujjatlari (kassa hisobotlari, bank ko‘chirmalari va boshqalar) ma’lumotlari bilan solishtirilishi shart.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017-yil 18-apreldagi 40, 34-sonli (ro‘yxat raqami 1781-3, 02.05.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 328-modda)

Download 99,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish