Sirtqi fakultet “iqtisodiyot” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot I


Toshkent shahar statistika boshqarmasi maqsad va vazifalari



Download 120,07 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi120,07 Kb.
#783819
1   2   3   4
Bog'liq
Umarova Go\'zal hisobot 2022 (Автосохраненный)

Toshkent shahar statistika boshqarmasi maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- rasmiy statistika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, rasmiy statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
- rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
- xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
-ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish;
- davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini belgilangan tartibda statistika axboroti bilan ta’minlash;
- Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;
- davlat statistikasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq ochib beruvchi ko‘rsatkichlarning keng ro‘yxatidan erkin foydalanishlarini ta’minlash;
- Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalarining ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning mas’uliyatini oshirish;
- ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Quyidagilar Toshkent shahar statistika boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- rasmiy statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va rasmiy statistikani tashkil etishning samarali tizimini taʼminlash;
- xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish;
- ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va eʼlon qilish;
- davlat organlarini, yuridik shaxslarni va aholini hudud bo‘yicha statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda taʼminlash;
- korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini yuritishda ishtirok etish;
- statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning hududning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq ochib beruvchi ko‘rsatkichlarning keng ro‘yxatidan erkin foydalanishni taʼminlash;
- statistika organlarining ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning masʼuliyatlarini oshirish;
- ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Boshqarma o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) rasmiy statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va statistikani tashkil etishning samarali tizimini taʼminlash va rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish sohasida: statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilarning talablarini o‘rganishni hisobga olgan holda istiqbolli maqsadlar va yo‘nalishlarni, rasmiy statistikani rivojlantirish uchun kadrlar bilan va moliyaviy taʼminlashni belgilaydi; Davlat statistika ishlari dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi;
- statistika organlari tahliliy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
- rasmiy statistika tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan statistik metodologiyaning yagonaligini taʼminlaydi;
b) xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish sohasida:
- foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan talablaridan kelib chiqqan holda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Davlat statistika qo‘mitasiga kiritadi;
- Davlat statistika kuzatuvlari shakllarining joriy etilishini tashkil etadi, jumladan hisobot taqdim etuvchi subʼektlarni tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakllari to‘g‘risida xabardor qiladi hamda ularni elektron shaklda to‘ldirish va taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
- Davlat statistika kuzatuvlarini yagona statistika metodologiyasiga qatʼiy amal qilgan holda o‘tkazilishini taʼminlaydi;
v) ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va eʼlon qilish sohasida:
- Davlat statistika ishlari dasturining bajarilishini taʼminlaydi;
- hudud bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan davlat statistika kuzatuvlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etadi;
- hududlarni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining borishini o‘z vaqtida va ishonchli statistik hisobini taʼminlaydi;
- davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda, zarur hollarda qog‘oz ko‘rinishida yig‘ishni, uy xo‘jaliklarini statistik kuzatishni, ro‘yxatdan o‘tkazishlarni, bir martalik hisobga olishlarni, so‘rovlarni va boshqa kuzatuvlarni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodologiyaga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etadi va taʼminlaydi;
- hudud bo‘yicha eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
- statistika, hisobot ko‘rsatkichlarining va o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini, statistik axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
- statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga elektron hujjat shaklidagi davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tuzish va taqdim etish uchun maxsus dasturiy taʼminotdan bepul foydalanish imkonini beradi;
- xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga ishonchli davlat statistika hisobotlarini taqdim etishda har tomonlama ko‘maklashadi, statistik maʼlumotlarni taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishning taʼsirchan mexanizmlarini amalga oshiradi, statistik nazoratni amalga oshirishning zamonaviy usullarini qo‘llanishini taʼminlaydi;
Boshqarma veb-saytini shakllantiradi, yuritadi va yangilab boradi, foydalanuvchilarga undan va Davlat statistika qo‘mitasining axborot resurslaridan foydalanishga doir tushuntirishlar beradi;
- olingan statistika maʼlumotlarining mahfiyligini, birlamchi hisobot maʼlumotlaridan yuridik shaxslarning faoliyatini, boshqa xususiyatlarini yoki miqdor ko‘rsatkichlarini rasmiy tasdiqlash maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikni, davlat sirlariga ega bo‘lgan statistika maʼlumotlarining himoya qilinishini taʼminlaydi;
- qonun hujjatlariga muvofiq, statistika organlari faoliyati jarayonida yuzaga kelgan arxiv hujjatlarini komplektlash, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshiradi;
- o‘z vakolatlari doirasida Boshqarma faoliyati jarayonida olingan xizmat, bank, tijorat sirlarini va boshqa maxfiy maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan axborotlarni saqlash va himoyalashning tegishli tartibini taʼminlaydi;
g) davlat organlarini, yuridik shaxslarni va aholini hudud bo‘yicha statistika axboroti bilan belgilangan tartibda taʼminlash sohasida:
- foydalanuvchilarning keng ommasi uchun hudud bo‘yicha statistik axborotlarning maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini taʼminlaydi;
- hududlarning rivojlanishini tizimli tahlil qilish bo‘yicha boshqa hududiy boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
- mahalliy ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini tavsiflovchi kompleks tahliliy maʼruzalar, press-relizlar va maqolalar tayyorlaydi, tarqatilayotgan statistik maʼlumotlarga tahliliy va maʼlumotnoma materiallar majburiy tartibda ilova qilinishini taʼminlaydi, ushbu materiallarni mahalliy ommaviy axborot vositalarida (mahalliy telekanallarda) berib borilishini tashkil etadi;
- milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning rivojlanishini, islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, xom ashyo resurlarini chuqur qayta ishlash, hududlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishini, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq aks ettiradigan statistik axborotlarni tezkor va sifatli tayyorlashda ishtirok etadi;
- ochiq statistik maʼlumotlarni Boshqarma rasmiy veb-saytida joylashtirish yo‘li bilan tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga statistik maʼlumotlardan foydalanish uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydi;
- boshqarmaning maʼlumotlari asosida mahalliy ommaviy axborot vositalarida (mahalliy telekanallarda) tahliliy lavhalar, diagrammalar va grafiklarni keng namoyish qilish yo‘li bilan alohida statistik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish choralarini ko‘radi;
- statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika axborotlari masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
- shartnoma asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistik, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlarini va Davlat statistika ishlari dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi;
d) Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini yuritishda ishtirok etish sohasida:
- korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrida hududda joylashgan yuridik shaxslarni to‘liq hisobga olishni va ular faoliyati holatidagi o‘zgarishlarni monitoring qilishni taʼminlaydi;
- internet-resurslarga joylashtirish yo‘li bilan statistik klassifikatorlar va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim etadi;
e) statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning hududning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq ochib beruvchi ko‘rsatkichlarning keng ro‘yxatidan erkin foydalanishni taʼminlash sohasida;
- statistika axborotlarining tezkorlik bilan uzatilishini va qayta ishlanishini taʼminlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnologiyalarini statistika organlari faoliyatiga joriy etishda ishtirok etadi;
- axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot almashishning himoyalangan elektron ko‘rinishiga bosqichma-bosqich o‘tish, xavflarga qarshi tizimning samarali ishlashini taʼminlash uchun normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik bazani takomillashtirish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- statistika organlari axborot resurslari va tizimlarining axborot xavfsizligini taʼminlash, davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
- statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat siyosatini amalga oshirilishini va “Elektron hukumat” tizimini joriy etilishini taʼminlaydi;
j) statistika organlarining ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning masʼuliyatlarini oshirish sohasida:
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida statistika organlari ishini takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi;
- statistika organlari kadrlarining malakasi oshirilishini va qayta tayyorlanishini tizimli asosda taʼminlaydi;
- rasmiy statistika sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va statistik maʼlumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subʼektlar bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etadi, ular uchun maksimal qulay shart-sharoitlarni yaratadi;
- statistika faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash jarayonlarida tadbirkorlik subʼektlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlik qiladi;
- fuqarolarni qabul qilishni tashkil qiladi, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda murojaat egalariga javoblar yuborilishini taʼminlaydi;
v) ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari tasvirlari statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil etish va eʼlon qilish sohasida Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturi, metodologik ishlar reja-jadvalining bajarilishi monitoringini taʼminlash; Toshkent shahar bo‘yicha, tumanlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimidagi yig‘ma statistik va iktisodiy-analitik ko‘rsatkichlarni tegishli tarmoq bo‘limlari bilan birgalikda tayyorlaydi va chiqaradi;
- statistik hisobot ko‘rsatkichlarini tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini xamda statistik maʼlumotlarning shaffofligi va ochiqligini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturiga muvofiq statistik to‘plamlar tayyorlaydi hamda chop etish;
- xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga hisobotlarini taqdim etishda har tomonlama ko‘maklashishni taʼminlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, statistik maʼlumotlarni taqdim etish soxasida xususiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish;
- tuman statistika bo‘limlarining xo‘jalik yurituvchi subʼektlar o‘rtasida profilaktika amaliyotni qo‘llash borasidagi faoliyati monitoringini yuritish;
- qonunchilikka muvofiq, bo‘lim ish faoliyatida shakllangan arxiv hujjatlarini jamlash, saklash, sisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish, tavsiya etilgan xalqaro standartlar asosida statistikada sifatni boshsarish tizimini joriy etish va rivojlantirishda ishtirok etish;
z) Davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholining belgilangan tartibda statistikaga oid axborotlar bilan taʼminlash sohasida:
- milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistikaga oid ko‘rsatkichlarni maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini taʼminlash;
- ishonchli davlat statistika intizomini taʼminlash ishlarini tashkil qilish, hisobot va ijro bo‘yicha choralarni amalga oshirish, maʼmuriy milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda xududlarning rivojlanishini isloxotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab chiqishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, Toshkent shahar hududlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturning amalga oshirilishini aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq aks ettiradigan statistik axborotlarni tezkor va sifatli tayyorlashni amalga oshiradi;
Toshkent shahar iqtisodiyotining rivojlanish holati, iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi holati to‘g‘risida yillik va choraklik statistik va tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi; statistik nashrlarda statistik ko‘rsatkichlarni vizuallashtirishning ilg‘or usullarini joriy etish yo‘li bilan alohida statistika ko‘rsatkichlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish choralarini ko‘radi;
- shartnoma asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistik, tahliliy, axborot va davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini foydalanuvchilarga so‘rov asosida taqdim etadi.
Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklaangan vazifalarni bajarish uchun kuyidagi funksiyalarni amalga oshiradi :
- o‘z vazifa va funksiyalarini samarali bajarish uchun boshqarma tarmok bo‘limlari va tuman statistika bo‘limlari bilan ishlarni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
- o‘z vakolati doirasida bo‘lim oylik, choraklik va yillik ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish natijalari bo‘yicha statistik maʼlumotlarni tayyorlashni taʼminlaydi, shuningdek foydalanuvchilarga belgilangan tartibda takdim etadi;
-bo‘limlari tomonidan o‘z vaktida va sifatli bajarilishini nazorat kiladi;
-statistikani tayyorlaydi, Davlat statistika ishlarini ishlab chikarish dasturining statistik, tax,liliy va tashkiliy ishlarning boshkarmaning tarmots istikbolli rivojlantirish bo‘yicha takliflarni mazmunini doimiy ravishda takomillashtirish, uning Toshkent shahar va tumanlarining va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tarkibiy va bozor islohotlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida islohotlarning borishini tavsiflovchi tegishli maqsadli ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
Davlat statistikasini tashkil etish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va hujjat loyihalarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
- yig‘ma statistik maʼlumotlarni tayyorlash uchun jadvallar maketini Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelshgan holda tayyorlaydi va belgilangan tartibda boshqarmaning tarmok bo‘limlariga tarkatadi;
- iqtisodiyot tarmoqlari va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendsiyalari sabablari va omillarini tavsiflovchi tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
- boshqarmaning statistik ko‘rsatkichlarni yangilab boradi;
- Toshkent shahar hokimligi va boshka davlat organlari uchun axborot va statistik maʼlumotlarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
- statistik instrumentlarini ishlab chiqish va takomillashtirish xamda sifatni boshqarish tizimini joriy etish jarayonida boshqarmaning tarmoq bo‘limlarining o‘zaro xamkorligi bo‘yicha reglamentlar va tartiblarni tayyorlashda takliflar ishlab chiqadi va takdim etadi; Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturini bajarish monitoringini amalga oshiradi, uning natijalari bo‘yicha har oyda bajarilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma tayyorlaydi va uni Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi;
- har oyda tuman statistika bo‘limlari tomonidan Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish va hukukbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq maʼmuriy choralar qo‘llash tartibiga amal qilinishi yuzasidan monitoring qiladi va natijalarini umumlashtirib boshqarma va Davlat statistika qo‘mitasiga takdim etadi;
- statistika faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha tuman statistika bo‘limlari bilan hamkorlikni tashkil kiladi, shu jumladan joylarga chiqqan holda tuman statistika bo‘limlarining hisobot va ijro intizomi monitoringini amalga oshiradi;
- zarur hollarda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini rasmiy veb saytidagi Toshkent ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini shaharning tavsiflovchi muvofiqlashtiruvchi Toshkent shaxar Kengashi bilan hamkorlik qiladi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda murojaat egalariga javoblar tayyorlaydi;
- tuman statistika bo‘limlariga, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari va manfaatdor foydalanuvchilarga statistik klassifikatorlarni o‘zlashtirishda metodik yorlam va maslatsat ko‘rsatadi, ularni statistika amaliyotiga joriy etish monitoringini yuritadi;
- boshqarma va tuman statistika bo‘limilarida statistika faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha belgilangan grafik asosida tashkil etilayotgan maksadli va kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish. Boshqarma o‘ziga yuklatilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan rasmiy statistika sohasidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olishga qaratilgan ogohlantiruvchi va profilaktika xususiyatiga ega choralarni, shuningdek, aniqlangan qonunbuzarliklar oqibatlarini bartaraf etish choralarini amalga oshiradi.
z) ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida: ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni amalga oshiradi;
- ro‘yxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni o‘qitish ishlarini tashkil etadi;
- ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etilishini taʼminlaydi;
- ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan, vaqtincha saqlanishi) va yo‘q qilinishi taʼminlaydi.
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limining asosiy vazifalari:
- Davlat statistika ishlarini ishlab chikarish dasturi, boshqarmaning ish rejalarini o‘z vaqtida shakllantirilishida ishtirok etadi;
- statistik maʼlumotlar foydshranuvchilari talabini o‘rgangan holda uzoq muddatli maqsadlar va yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni joriy etib borish;
- boshqarma va tuman statistika bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tahlil kilish va ishlab chikish, takliflarni amalda ro‘yobga chiщarishda ishtirok etish;
yuklatilgan asosiy funksiyalar bo‘yicha boshrqarma va tuman statistika bo‘limlarida bajarilayotgan ishlar solatini doimiy tahlil etib borish va natijalari bo‘yicha tezkor axborotlarni muntazam ravishda boshqarma ratsbariyatiga kiritib borilishini taʼminlash;
b) xalqaro standartlarga javob beradigan yagona statistik uslubiyotni va Davlam statistika kuzatuv shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish sohasida: makroiktisodiy, tarmoq va tuman darajalarda o‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining qamrovini kengaytirishga qaratilgan statistika maʼlumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini keng joriy etish yo‘li bilan statistik kuzatuvlar tizimini umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga yanada moslashtirish bo‘yicha takliflar berish;
-Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan davlat va idoraviy statistika kuzatuvlari tizimini maqbullashtirish, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil kilish, idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqishda davlat statistika qo‘mitasiga takliflar berish;
- jamiyat extiyojlariga muvofik statistika sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani umumlashtirish va tarqatish, xalqaro tavsiyalar asosida ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etish;
Quyidagilar statistika organlarining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish;

  • statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

  • ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish;

  • rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qo‘llaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish;

  • idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish;

  • statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yo‘lga qo‘yish va mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish;

  • davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish;

  • davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan ochiq ma’lumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.

Statistik faoliyat har yili tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari Dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu dastur Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Tasdiqlangan dastur Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Dastur shakllantirilishi zarur bo‘lgan statistik ko‘rsatkichlarni aniqlaydi, Davlat statistika qo‘mitasi ularni shakllantirish mexanizmi uchun javob beradi va foydalanilgan usullar, standartlar va kuzatuvlarni muvofiqlashtiradi. Usullarning shaffofligini oshirish va asosiy foydalanuvchilar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va ilmiy xodimlarning ishtirokini ko‘paytirish orqali rasmiy statistikaga ishonchni oshirish bo‘yicha sezilarli harakatlar amalga oshirilmoqda. Milliy statistika tizimidagi muvofiqlashtiruvchi roli - ustuvorliklarni muvofiqlashtirish va harakat dasturlarini ishlab chiqish uchun asosiy maʼlumotlarni ishlab chiqaruvchilar va maʼlumotlardan foydalanuvchilarni o‘z ichiga olgan Davlat statistika qo‘mitasining Statistika kengashi tomonidan qo‘llabquvvatlanadi. Davlat statistika organlari boshqa davlat organlari va yuridik shaxslar bilan birgalikda Davlat statistika ishlari dasturini amalga oshirishda bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari shart bo‘lgan statistik ishlarni amalga oshiradilar («Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasi). Qoidaga ko‘ra, maʼlumotlar tuman (shahar) va viloyat bo‘linmalarida to‘planadi, qisman qayta ishlanadi, so‘ngra yakuniy ishlov berish, tahlil qilish va tarqatish uchun markaziy apparatga yuboriladi. Hududiy statistika organlari ham hudud bo‘yicha statistik materiallarni tayyorlashlari mumkin.
So‘nggi yillarda statistik maʼlumotlarni to‘plash jarayonlarini modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi. Xalqaro standartlarning so‘nggi versiyalari va ayrim sohalardagi ilg‘or tajribalarga to‘liq mos kelishini taʼminlash uchun tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda, ko‘p hollarda bu ishlar allaqachon boshlangan va yaqin yillarda yakunlash rejalashtirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi faoliyati ochiqlikni taʼminlash va xalqaro statistika hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlarni kengaytirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rib borilmoqda. Shu bilan birga, amaldagi qonun hujjatlarida “rasmiy statistika taʼminotchilari” va “rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilari” tushunchalari aniqlanmagan. Davlat statistika qo‘mitasidan tashqari boshqa statistik maʼlumotlarni ishlab chiqaruvchilar tarkibida statistikaga ixtisoslashgan bo‘linmalarning zarurligi qonunchilik bilan mustahamlanmagan.
Milliy statistika tizimini muvofiqlashtirib borish maʼlumotlar ishlab chiqarishda ishtirok etadigan barcha idoralarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash, davlat statistikasi sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirishga erishish va statistika ishlarida takroriylikning oldini olish uchun muhimdir. Qonunga muvofiq, davlat statistikasini rivojlantirish, faoliyat ko‘rsatishi va muvofiqlashtirilishi bo‘yicha, shuningdek, foydalanuvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda statistik metodologiya va statistik maʼlumotlarni takomillashtirish bo‘yicha kollegial maslahat organi hisoblangan
Statistika kengashini shakllantirish orqali Davlat statistika qo‘mitasining tizimdagi muvofiqlashtiruvchi roli kuchaytiriladi (8-modda). U davlat statistikasi bo‘yicha vakolatli organ huzurida ishlaydi va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat va iqtisodiy boshqaruv organlari, ilmiy hamjamiyat, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari Statistika kengashining aʼzolari bo‘lishi mumkin.
Kengash muntazam ravishda majlislar o‘tkazib turadi. Shu bilan birga, tahlillar Statistika Kengashining yetarli darajada ishlamayotganligi va so‘nggi yillarda maʼlumotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida statistika tizimini muvofiqlashtirmayotganligini ko‘rsatdi.
Maʼlumotlarni ishlab chiqaruvchilarning salohiyatini kuchaytirish va davlat statistikasida izchillikni taʼminlash kabi yo‘nalishlarda Statistika Kengashining rolini kuchaytirish orqali bu muammolarni hal qilish Hukumatning bugungi kundagi zudlik bilan choralar ko‘rishi zarur bo‘lgan dolzarb masaladir.
Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, uni tashkil etishning samarali tizimini taʼminlaydi. «Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonun va yillik davlat statistika ishlari dasturlari maʼlumotlarni yig‘ish uchun asos bo‘lib, vazirliklar va boshqa davlat organlaridan zarurat bo‘lganda maʼmuriy maʼlumotlarni taqdim etishni talab qiladi. Ko‘plab maʼlumotlar yetkazib beruvchilar bilan rasmiy shartnomalar va o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolanadi. Milliy va hududiy statistika organlari statistikani hech qanday cheklovlarsiz almashishlari mumkin. Shuningdek, amalda boshqa maʼlumotlar ishlab chiqaruvchilarning maʼmuriy maʼlumotlariga kirishda jiddiy muammolar mavjud emas, biroq baʼzi hollarda bu maʼlumotlar faqat qog‘oz shaklida mavjud. Davlat idoralarida barcha maʼlumotlarni elektron formatga o‘tkazish va idoralararo maʼlumot almashish uchun yagona maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshqarmaga Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Boshqarma boshlig‘ining Davlat statistika qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Boshqarmada Boshqarma boshlig‘i (kengash raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshqarma tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda kengash tashkil etiladi.
Kengash 5 kishilik tarkibda tashkil qilinadi. Kengashning shaxsiy tarkibi Davlat statistika qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.



Download 120,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish