qonun ham tashqi siyosatimizning umuminsoniy tamoyillar va
manfaatlar bilan to‘la muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
U yoki bu yo‘nalishdagi tashqi siyosatni tanlashga ta’sir
ko'rsatadigan ko‘pdan-ko‘p omillar mavjud.
Ular orasidan ik-
kita eng asosiysini alohida eslatib o ‘tish lozim. Birinchisi —
0 ‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo'lishida hamma
uchun bir xil bo‘lgan talab mavjud bo‘lsa, ikkinchisi — tashqi
siyosatda iqtisodiy manfaatlarning siyosiy manfaatlarga nisbatan
ustunligidir. 0 ‘zining milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p
tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish davlatimiz mus-
taqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklami bartaraf etish
va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim
vositasidir.
0 ‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari Prezi
dent I. A. Karimovning « 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraq
qiyot yo‘li» asarining tashqi siyosatga bag‘ishlangan bobida aniq-
ravshan ifodalab berilgan, ya’ni:
— milliy manfaatlar 0 ‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor
maqsadidir;
— ko‘ptomonlamalik 0 ‘zbekiston tashqi siyosatining ustu
vor yo‘nalishidir.
0 ‘zbekiston tarixiy taraqqiyoti va etnik jihatlariga ko‘ra mu-
sulmon mamlakatlari jumlasiga kiradi. Buni inobatga olgan holda
musulmon mamlakatlari bilan aloqalarga katta e’tibor qaratiladi.
0 ‘zbekiston Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi davlatlari bilan
birgalikda Turkiya, Eron va Pokiston tomonidan tuzilgan Iqtiso
diy Hamkorlik Tashkilotiga ham a’zo bo‘ldi.
Shu bilan birga, Yevropaning ma’rifatparvar dunyosi bilan
ham o'zaro hamkorlik 0 ‘zbekiston tashqi siyosatida muhim o‘rin
tutadi. Chunki, Yevropadan biz sanoatni jadallashtirish, ish bi
lan ta’minlash, favqulodda muammolarni
hal etish va jahon
bozoriga kirish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiya olish
imkoniyatiga egamiz. 0 ‘z vaqtida birgina Turkiya emas,
shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston davlatlari,
qolaversa, aholisining ko‘pchiligi musulmon bo'lgan Misr,
Quvayt, Malayziya, Indoneziya ham ana shu yo‘lni
tanlagan
edi.
282
0 ‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar markaziy
o‘rinni egallashining yana bir isboti shuki, u suveren davlat si
fatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish sohasida faol ish olib
borib, jahon xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida
keng miqyosda ishtirok etmoqda. Yevropa taraqqiyot va tik-
lanish banki, Xalqaro
taraqqiyot va tiklanish banki, Osiyo
taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro
Moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy Taraqqiyotga Ko‘maklashuvchi
Tashkilot, Xalqaro Mehnat taqsimoti, Jahon Sog‘liqni
Saqlash
Tashkiloti va boshqa moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar a’zosi
sifatida ular bilan faol aloqalar olib bormoqda.
Umumjahon va mintaqaviy o‘zaro yaqinlashish ehtiyoji biz-
ning M D H tarafdori ekanligim izni bildiradi. Xususan,
0 ‘zbekiston va Rossiya barcha sohalarda o‘zaro aloqalar ko‘la-
mini kengaytirishdan manfaatdor. Ana shu manfaatdorlik, shu-
ningdek, hamkorlikdagi o‘zaro ishonch va hurmat ruhi, ikki
davlat rahbarlarining o‘zaro samimiy munosabati, ko‘pgina
masalalarda fikrdoshligi 2004-yili Toshkentda 0 ‘zbekiston va
Rossiya o ‘rtasid a S trategik sh erik ch ilik t o ‘g ‘risidagi
shartnomaning imzolanishiga asos bo‘lgan edi. Ikki davlat
rahbarlari tomonidan 2005-yilning 14-noyabr kuni Moskvada
bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida esa 0 ‘zbekiston Respubli
kasi bilan Rossiya Federatsiyasi o 'rtasid a ittifoqchilik
munosabatlari to ‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
0 ‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya katta o‘rin
tutganligi
bois, ikkala mamlakat o ‘rtasida xalqaro maydondagi hamkor
lik, siyosiy hamjihatlik mustahkamlanib, iqtisodiy, ijtimoiy-ma-
daniy, ilmiy, harbiy-texnikaviy sohadagi aloqalar tobora rivoj-
lanmoqda. Masalan, 0 ‘zbekiston tashqi savdosining beshdan
bir qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. 2008-yil yakunlariga
ko‘ra, bu boradagi ko‘rsatkich qariyb 4 milliard AQSH dollarini
tashkil qildi. 0 ‘zbekiston eksportida sanoat mahsulotlarining,
xususan, avtomobillarning ulushi (jami eksportning 28,6 foiz)
ortib borayotgani diqqatga sazovordir. Shuningdek, ikki mam
lakat o ‘rtasida sarmoya sohasidagi aloqalar ham jadal rivojlanib
bormoqda. Hozirgi paytda yurtimizda 786 ta 0 ‘zbekiston—
Rossiya qo‘shma
korxonasining, Rossiyada esa o‘zbekistonlik
283
ishbilarmonlar bilan tuzilgan 349 ta qo'shma korxonaning fao
liyat ko‘rsatayotganligi buning dalilidir1.
Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda biz-
ning taraqqiyot strategiyamiz mintaqada tinchlik va barqaror-
likni m ustahkam lashga, in teg ratsiy a ja ra y o n la rin i
jadallashtirishga, Markaziy Osiyo Umumiy bozorini shakllanti-
rishga yo‘naltirilgan bo'lib, o‘z navbatida, bu iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishiga, aholi turmush darajasining o‘sishiga
qo‘shimcha imkon yaratadi»2.
Xulosa qilib aytganda, mafkuraviy kurashlardan qat’i nazar,
tashqi siyosatda ochiq-oydinlik prinsipi 0 ‘zbekistonga qisqa
muddat ichida ikki taraflama keng tashqi aloqalar o'matish im-
konini berdi. Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko‘prigining bar-
po etilganligi, SHHT doirasidagi hamkorlikning kengayib
borayotganligi respublika tashqi siyosatining strategik istiqboli-
dir. Dunyoning 170 dan ortiq mamlakati tomonidan tan olingan,
120 davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 0 ‘zbekiston
Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi,
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolami
tinch yo‘l
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: