Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

PAXTA
Kursdoshlarimga
Dala.  Mezon.  Qizlar.  Tarozi.
Paxsali  duvollar.  Ismsiz qirlar.
Yulduzdek titranib  uchgan  ovozim,
Tizzani  quchoqlab  o'qilgan  she'rlar.
Olov tegrasida  qaynagan  o'lan.
Yurakdek qontalash  chinor yaprog'i. 
«Sevsam,  o'ldirarlar.  Sevmasam,  o'lam...» 
Va  hisobchi qizning  nigohi...
U  kunlar o'tdilar,  biroq  o'ylasam 
Quyosh  imillaydi,  kunim  o'tmaydi.
Eng  mashhur hofizning  qo'shiqlari  ham 
O'sha  o'lanlarga  etmaydi.
Toshkentning  toshlari  ezartanimni, 
Toshqator yo'llarda  rizqimni terdim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Bugun  seni  qancha  sog'inganimni 
Hisobchi  qiz,  o'zing  hisoblab  bergin!
Hasratlarim  og'ir,  qo'ysam  sindirar 
Har qanday tarozi  pallalarini.
Bunda  yuragimni  axir kim  bilar,
Kim  ko'rgan Yozyovon  dalalarini?!
Olisda  ismimni  aytib  norozi 
Yerlarga  egilar nonbehi shoxi.
Dala.  Mezon.  Qizlar. Torozi 
Va  hisobchi qizning  nigohi...
1992
DEDI
Dedi:  «O'g'lon,  qaragin, 
Zulfim  suvdayin  mayin. 
Barmoq  solib taragin, 
Ketma  yuzing  yuvmayin!»
Dedim:  «Qorasoch  dilbar, 
Dilimni  tig' tilgusi.
Zulfga tegursam  agar 
Yuzim  qaro  bo'lg'usi!»
Dedi:  «O'g'lon,  qoshimdan 
Alhol  ketmagil  zinhor. 
Barmoq  surgil  qoshimga, 
liking  tegsin  ilk  bor!»
Dedim:  «Qaroqosh  dilbar, 
Qoshing  qilichligi  bor. 
Qo'lim  yuborsam  agar 
Ilkim  tilishligi  bor!»
Dedi:  «O'g'lon,  yuzimda 
Alanga  raqsi  zohir.
Oy ergashar izimdan, 
Izmingga  olgil  oxir!»
Dedim:  «Mohiro'y dilbar, 
Husningni  kun  talashgay. 
Men  ne qilay,  bu  yuzlar 
Faqat senga  yarashgay!»


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Dedi:  «O'g'lon,  shoshma  sen, 
Nazar qilgil  la'liga.
O,  bilarman,  tashnasan,
Kel,  mayliga,  mayliga...»
Dedim:  «La'lilab  dilbar,
Tiynat o'ti  etmasmi?
Labingga  tegsa  agar 
Dudoq  kuyib  ketmasmi?»
Dedi:  «O'g'lon,  sen  meni 
Qiynaydirsan  qasdma-qasd. 
O'p,  quchoqla,  sev  meni, 
Menga joning  kerakmas!»
Dedim:  «Xush  qol,  ey dilbar, 
Netay  ko'ngil to'lmasa?
Bu  ne  ishq,  sevib agar 
Hijronida  o'lmasang?!»
1993

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish