Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
l

 

72 

xafa  bo’lganingizni  eslang  –  men  nimani  nazarda  tutayotgan  ekanimni  darhol  anglab 

olasiz. 

Intilish yoki kuchli xohish-istak – yanada yuqoriroq va moddiyroq. Bunda siz endi 

bir  narsani  juda  xohlaysiz  va  bu  istagingizni  o’z  tuyg’ularingiz  bilan  to’yintirasiz.  Siz 

xayolan bu istagingizga  erishish  yo’llarini qidirasiz, rejalar tuzasiz,  taxminlar qilasiz  – 

xullas, katta mental-emotsional ish olib borasiz. 

Istakning bu uch ko’rinishi juda ko’p jihatlarda bir-biridan farq qiladi. Ammo eng 

asosiy farq – bu istaklarga hamroh bo’lgan ishonch darajasi va amaliy sa’y-harakatdadir. 

Orzu qilganda siz u ro’yobga chiqishiga ishonmaysiz yoki ishonch juda kuchsiz bo’ladi. 

Shu bois ham orzuga erishishga amaliy intilish bo’lmaydi. Umid bor joyda esa ishonch 

endi  kuchliroq  va  siz  bunda  istakka  erishish  uchun  qandaydir  tadbirlarni  qo’llashga 

urinasiz.  Kuchli  istakda  esa  siz  istagan  narsangizga  erishish  mumkinligiga  astoydil 

ishonasiz va urinishlaringiz ham shunga yarasha bo’ladi. 

Ammo, afsuski, biz qanchalik kuchli ishonmaylik eng katta istaklarimiz ro’yobga 

chiqmay  qolishi  mumkin.  Bilasizmi,  bunda  gap  nimada?  Istakka  erishishda,  albatta, 

ishonchning  roli  bor.  Ammo  biz  ko’pincha  istakka  yetishtiruvchi  narsa  bu  kuchli 

ishonchning o’zi deb xato qilamiz. O’sha kuchli ishonchga aniq va dadil xatti-harakatlar 

ergashib kelsagina istagingiz so’zsiz amalga oshishi mumkin. 

Daraxt  tagida  o’tirib  siz  uning  eng  g’arq  pishgan  mevasi  shoxdan  uzilib  to’g’ri 

qo’lingizga kelib tushishiga qirq yil kuchli ishonmang – bu narsa amalga oshishi qiyin. 

Siz o’sha meva sizga nasib etishiga ishoning va daraxtni silkiting – shunda rostdan ham 

eng pishgan meva oldingizga tushadi. 

Ammo  odamlar  ixtiyorida  bir  qurol  borki,  u  ishga  tushsa  istak  amalga  oshmay 

qolmaydi.  Bunda  istakka  erishishga  bo’lgan  ishonch  shubhalardan  tozalanib  bilimga 

aylanadi.  Agar  siz  biror  nimaga  shubhalarsiz  ishonsangiz  –  buni  bilasiz  demak.  Axir, 

osmonga otgan koptogingiz  yerga qaytib tushishini bilasiz  –  bunga ishonishingiz shart 

emas. Ertalab do’konga  chiqib non olib kelishni  orzu qilsangiz, bunga umid qilsangiz 

yoki  buni  kuchli  istasangiz  juda  kulgili  holat  bo’lardi,  shunday  emasmi?  Bu  istak  shu 

darajada oddiyki, siz bunda hammasi siz o’ylagandek bo’lishini bilasiz. 

Shubhasiz bilimga asoslangan istak – 

ahddir

. Ahd qilingan narsa har doim amalga 

oshadi. Biz qilayotgan hamma niyatlar ham ahd toifasiga kirmaydi. Buni anglab  yetish 

uchun ahdning qanday shakllanishini ko’rib chiqaylik. 

Bizning ichimizda hayotimizni boshqarish uchun tuzilgan parlament bor. Bu albatta 

— qalb. U nimanidir istab orzu qiladi ya’ni yangi qonun loyihasini muhokamaga qo’yadi. 

Bu loyiha aql bilan birga muhokama qilinadi. Agar aql buning iloji borligini tan olsa va 

rozilik bersa – loyiha qonun sifatida qabul qilinadi. Ya’ni odam biror ishni qilishga ahd 

qiladi. 

Ammo  bu  jarayonning  eng  qiyin  tomoni  –  aqlni  ko’ndirish.  U  aniq  isbotlar 

keltirilmaguncha  aytilgan  ish  qilsa  bo’ladigan  yumush  ekanini  tan  olmaydi.  Juda  ko’p 

niyatlarimiz hali ahd bo’lib ulgurmay, loyihaligidayoq aqlimiz tomonidan muhokamadan 

olib  tashlanadi  va  orzuligicha  qolib  ketadi.  Armonlar  –  sizga  orzularga  erishish  nasib 

qilmaganidan emas, bunga o’zingiz imkon bermaganingizdan paydo bo’ladi. 





Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish