Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Bog'liq
l

 

11 

muzqaymoq yegisi keladi – ammo aql tomoq og’rib qolishi xavfini sabab qilib buni rad 

etadi).  Yoki  ko’ngil  istamagan  narsani  aql  xohlaydi  (ko’ngil  shu  odam  bilan  baxtli 

bo’lolmasligini, uni sevolmasligini his etib, u bilan turmush qurishni istamaydi – ammo 

aql  bu odamning badavlatligini ko’rib  bunga rozi  bo’ladi). Bunday mayda va ba’zida, 

katta ikkilanishlar hammamizda bo’ladi. 

Afsuski, qalb va aql bahsida ko’pincha aql ustun keladi. Ba’zi odamlar ko’ngillariga 

qarshi kurashda shu darajaga borib yetadiki, ularning qalbi qattiq arazlab “o’z g’ilofiga 

o’ralib” oladi. Bunda aql “yakka hukmron”ga aylanadi va bosar-tusarini bilmay qoladi. 

Ruhan hastalar ana shunday yetishib chiqadi. 

Bunda  taxminan shunday  holat ro’y beradi.  Aql  va qalb degan ikki bolakay  bor. 

Ular  dunyo  degan  katta  uyda  yashashadi  va  har  kuni  hayot  degan  o’yin  o’ynashadi. 

Ammo har kuni bu o’yinning qoidalarini aql belgilaydi. Bo’lmasamchi – axir, u hamma 

narsani biladi. Ko’ngil esa o’z istaklarini aql buyruqlariga qarshi aytolmaydi – axir, u juda 

ko’ngilchan. Bordi-yu aytsa ham, aql uni darhol koyib beradi. Oxir oqibat aqlning fe’lidan 

zerikkan qalb o’ynagisi kelmay qoladi va bir burchakka qisilib, jim o’tiraveradi. 

Bekorga  psixiatrlar  o’z  bemorlarini 

ko’ngliga  yo’l  topishga

  harakat  qilmaydilar. 

Ular o’yin davomida qattiq arazlab yoki qo’rqib ketganidan katta uyning bir burchagiga 

berkinib  olgan  bolakayni  topishlari  kerak.  Agar  ular  shu  bolakayni  topib,  uni  yupatib, 

unga shirinlik berib, uni avrab gapirtirib, yana o’yinga qaytara olishsa – bemor tuzaladi. 

Yuqorida  aytilgan  fikrlardan  kimdir  aql  insonni  faqat  yomon  qilmishlarga  undar 

ekan  deb  xulosa  qilishi  mumkin.  Men  aql  buyurgan  har  qanday  ish  xato 

demoqchimasman. Faqat shuni esdan chiqarmaslik kerakki, aql nimani istamasin, buning 

ortida ilojsiz qandaydir manfaat yotadi. Bu qanday manfaat ekanini idrokning o’zi ham 

anglamasligi mumkin. 

Dunyo shunday ajoyib tuzilganki, unda manfaatga erishishning eng samarali yo’li 

–  manfaatsiz  ish  qilish.  Qalbingiz  doim  hech  bir  manfaat  ortidan  quvmagan  narsani 

buyuradi. Yo’q, to’g’rirog’i, uning yagona manfaati – bu uning istagi. 

Bunga  yana  yangi  tug’ilgan  chaqaloqni  misol  qilish  mumkin.  Uning  hali  ongi 

shakllanmagan. U istagan narsasini qiladi  –  ya’ni  ko’ngli istagan narsani. Och qolsa  – 

yig’laydi, to’ysa – uxlaydi. U o’z qalbi istagidan boshqa narsalarning ortidan quvmaydi. 

Shuning  uchun  unga  hamma  narsa  beriladi  –  mehr,  e’tibor,  yashash  uchun  sharoit. 

Bolaligim  –  podsholigim  degani  bejiz  emas,  axir. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish