Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)
MARUZA№1 Pediatriya faniga kirish. Pediatriyaning rivojlanish tarixi. Bemor bolalarni ovqatlantirish qoidalari. Diyeta stollari haqida tushuncha. Pediatriya yunoncha «pedos» – bola, «iatriya» – davolash soʼzlaridan kelib chiqqan boʼlib, bolalar rivojlanishi, ularning kasalliklari sabablari va mexanizmlari hamda kasalliklarni davolash va oldini olish qonuniyatlarini oʼrganadigan soha. Balogʼatga yetishgan insonlarning koʼplab kasalliklari manbai bolalik davriga borib taqaladi. Shuning uchun insonning bolalik davri qanday kechganligi, qanday muhitda va sharoitda tarbiya topib, oʼsganligi uning kelajakdagi salomatlik darajasini belgilaydi. Pediatriya bolaga xos boʼlgan morfologik, fiziologik va psixologik xususiyatlarni uning haѐtining har bir ѐsh bosqichlariga bogʼliq boʼlgan oʼsish va rivojlanish davrlari bilan birgalikda oʼrganadi. Shuning uchun bolalarning klinik anatomiyasini bilish olingan natijalarni tadqiq qilish va baholashning oʼziga xos usullarini tushunishning asosi hisoblanadi. Undan tashqari, asosiy anatom-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish muhitni va haѐt rejimini aniq tashkil etishni belgilash imkonini beradi. Pediatr bola va uning ota-onasi bilan doimiy muloqotda boʼladi. Bolalar shifokori yaxshi ruhshunos va pedagog boʼlishi zarur. Bu uning bemor va uning ota-onasi ishonchini qozonishiga sabab boʼlib, bolaning tezda sogʼayib ketishiga zamin yaratadi. Bola organizmi moʼrt va nozik boʼlib, uni parvarishlash qoidalari buzilganda, u tez kasallikka chalinadi. Bola injiq, yigʼloqi boʼlib qoladi. Bunday holatda bolani nazoratdan oʼtkazish qiyin kechadi. Аmmo shifokor uni sinchkovlik bilan tekshirishi va toʼgʼri tashxis qoʼyib, davolashi shart. Bolalar kasalliklari propedevtikasi (lotincha propaedeutica – dastlabki taʼlim) – bu pediatriyaning ustqurmasi boʼlib, sohani oʼrganishda quyidagilar koʼzda tutiladi: – bolalar organizmining barcha tizimlari shakllanishi, oʼsishi, rivojlanishining ѐsh bilan bogʼliq xususiyatlari; – bolalar ichki organlari va tizimlari palьpatsiyasi, perkussiyasi, auskulьtatsiyasining koʼrikdan oʼtkazilishi usuli; – bolalar kasalliklarida tekshirish hajmlari; – turli tizimlar va butun organizmdagi shikastlanish semiotikasi; – kasallarni umumiy va qoʼshimcha tekshirish natijasida olingan maʼlumotlarning klinik sharhi. PEDIАTRIYA BOʼYICHА QISQАCHА TАRIXIY MАLUMOTLАR Bolalar salomatligiga bagʼishlangan taʼlimot eramizdan oldingi IV asrda paydo boʼlgan, deb hisoblashadi. Аynan shu davrda tabobat otasi hisoblanadigan Gippokratning ―Bola tabiati haqida‖ kitobi yaratilgan edi. Undan soʼng bolalarni parvarishlash va tarbiyalash haqida Selьe, Galen va Soranlar ham ѐzishgan. Oʼrta asrlarda ijtimoiy-madaniy munosabatlar rivojlanishi tufayli koʼplab ilmiy kashfiѐtlar qilindi, tabobat ham ancha ilgarilab ketdi. 1066 yildaѐq Bagʼdod, Damashq, Аstrobod, Hamadon, Buxoro, Samarqand shaharlarida shifoxonalar mavjud boʼlgan. Samarqandda ―Tabobat ilmi maskani‖ nomida madrasa ham ochilgan edi. Bu davrda yashagan ulugʼ allomalar fanning turli sohalari bilan bir qatorda tabobat ilmiga ham katta hissa qoʼshdilar. Sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri Аbu Bakr Muhammad ibn Zakariѐ ibn Yahyo ar-Roziy (865–925) falsafa va kimyo fanlari, shuningdek, tabobat rivojiga ulkan hissa qoʼshgan boʼlib, oʼz asarlari bilan Yevropada ham shuhrat qozongan edi. Roziy hozirgi Eron hududida tavallud topgan va oʼzi yashagan joydagi shifoxonalarda rahbarlik qilgan. Ushbu shifoxonalarda dastlabki ―Kasallik varaqalari‖ yaratilgan. Bizning davrimizgacha Roziyning tabobatga oid 36 risolasi yetib kelgan. Oʼsha davrdaѐq uning chaqaloqlar va goʼdaklarni ovqatlantirish hamda parvarishlashga oid mustaqil asarlari yozilgan edi. Roziyning ―bola tarbiyasi haqida‖ va ―Bolalar kasalliklari‖ asarlari koʼplab tillarga tarjima qilingan. Bu asarlar sharq va gʼarb tabiblari uchun muhim ilmiy qoʼllanma hisoblangan. Yevropada Аvitsenna nomi bilan mashhur boʼlgan Аbu Аli Ibn Sino (980– 1037) ham pediatriya asoschilaridan biri hisoblanadi. Ibn Sino bolalar organizmi nafaqat gavdaning katta-kichikligi, balki oʼziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turishini taʼkidlagan. Buyuk tabib ѐzgan koʼpgina asarlarda bolalarni tarbiyalash va parvarishlash, ona sutining xususiyatlari, bolalar kasalliklarini aniqlash va davolash masalalariga ham toʼxtalib oʼtilgan. Roziy va Ibn Sinolar yashagan davrlarda va undan keyingi asrlarda ham tabiblar ularning asarlariga suyangan holda bolalar kasalliklarini oʼrganganlar va davolaganlar. Hirotda tugʼilib, Buxoroda tabobat bilan shugʼullangan Solih ibn Muhammad Qandahoriy oʼzining «Tuhvat ul shoyista» («Muvofiq sovgʼa») va «Tuhvat ul maʼlumiy» («Gunohsizlarga sovgʼa») asarlarida bola organizmining oʼziga xos jihatlarini toʼliq tavsiflab bergan. 1994 yilda taniqli pediatr olim А.А. Qodirov Solih ibn Muhammad Qandahoriyni ilk pediatr deb taʼriflagan edi. Xorazmlik tabib Jaʼfarxoʼja Hazoraspiy oʼzining ―Tabobat bilimlari toʼplami‖ kitobida yuqumli kasalliklar, jumladan, qizilcha kasalligiga oid masalalarni ѐritib bergan. Pediatriya fan sifatida XIX oʼrtalarida vujudga kelgan boʼlib, boshqa fanlardan ancha ѐsh hisoblanadi. Dastlabki bolalar shifoxonasi 1802 13 yilda Parijda ochilgan. Shunga oʼxshash tibbiѐt maskanlari soʼngra Vena va Berlin shaharlarida ochiladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bunday pediatriya markazlari Аmerika Qoʼshma Shtatlari, Аngliya, Italiya, Shvetsiya va Skandinaviya davlatlarida barpo etilgan. XIX asr oʼrtalargacha boʼlgan davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tibbiѐt oʼquv yurtlari talabalariga akusherlik fani bilan birgalikda chaqaloq va 1 ѐshgacha boʼlgan goʼdaklarni parvarishlash haqida ham qisqacha maʼlumot berib oʼtilgan. 1831–1847 yillarda akusher-ginekolog S.F. Xatovitsskiy tibbiy jarrohlik akademiyasida talabalarga pediatriya toʼliq kursi boʼyicha saboq bergan. 1847 yilda u Rossiyada birinchi boʼlib ―Pediatriya‖ original usulik qoʼllanmasini nashr etgan. Shuning uchun u birinchi rus pediatri hisoblanadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiyada pediatriya sohasi rivojlana boshlanadi va bunda F.N. Filatov va N.P. Gundobinlarning hissasi salmoqli boʼldi. F.N. Filatov (1847–1902) 1891 yildan to umrining oxirigacha Moskva universitetining bolalar kasalliklari kafedrasi professori lavozimida ishlagan. F.N. Filatov juda yaxshi klinitsist va ulugʼ olim boʼlgan. U birinchi boʼlib qizilcha, infeksion mononukleoz va qizamiqning alomatlarini birinchi boʼlib aniqladi. Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasi professori N.P. Gundobin (1860– 1908) qisqa muddat ichida oʼz shogirdari bilan bola organizmining yosh bilan bogʼliq anatom-fiziologik xususiyatlarini oʼrganib chiqadi. U 112 ilmiy ish muallifi hisoblanadi. OʼZBEKISTONDА PEDIАTRIYANING RIVOJLАNISHI XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Oʼrta Osiyoda aholiga, jumladan, xotin-qizlar va bolalarga tibbiy xizmat koʼrsatish darajasi juda past darajada edi. XIX asr oxirida butun Turkiston oʼlkasida hammasi boʼlib, 8 ta ayollar va bolalar ambulatoriyasi, 5 ta bolalar uyi va 2 ta yasli faoliyat koʼrsatgan. Tibbiy xizmat asosan shahar aholisiga koʼrsatilar edi. Oʼlkadagi bolalar orasida isitma, vabo, nafas qisishi, bezgak va quturish kabi kasalliklar koʼp uchrardi. Kichik yoshdagi bolalarda esa ovqat hazm qilishi buzilishi, nafas olish aʼzolari kasalliklari, leyshmanioz, qizilcha va koʼkyoʼtal koʼp kuzatilardi. Bolalar yil davomida bir necha marta kasallanishi mumkin edi. Koʼp holatlarda tugʼilgan har 1000 ta boladan 330–400 tasi bir yoshga yetmasdan nobud boʼlardi, jami bolalarning yarmi 4 yoshdan oshiq umr koʼrmasdi. 1920 yilda Turkistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish boʼlimi ochildi, uning asosiy vazifasi davolash va profilaktika ishlari edi. 1922 yil Toshkentda100 oʼringa va ikkita bolalar konsultatsiya markaziga ega boʼlgan kasalxona ochildi. Bu davrda aholining salomatligini saqlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratildi, birinchi navbatda ѐsh avlod salomatligini asrashga asosiy urgʼu berildi. Natijada borgan sari pediatr shifokorlarga ehtiyoj oshib bordi. 1920 yil Toshkentda Oʼrta Osiѐ davlat universitetining filiali ochildi. Oʼlkada mahalliy tibbiѐt xodimlari yetishib chiqa boshladi. Tibbiyot fakulteti qoshida akusherlik ginekologiya xizmati va bolalar kasalliklari klinikasi ochildi. Ushbu klinikaga 1920 yildan 1922 yilgacha professor А.N. Ustinov, 1924–1930 yillarda N.I. Osipovskiy, 1930 yildan soʼng esa R.S. Gershenovichlar rahbarlik qilishdi. Natijada oʼlkadagi aѐllar va bolalarga tibbiy xizmat koʼrsatish darajasi oshdi va Oʼzbekiston respublikasi oʼz tibbiy xodimlarini yetishtira boshladi. 1931 yilda Turkiston davlat universiteti qoshidagi tibbiѐt fakulьteti 15 Oʼrta Osiѐ tibbiѐt oʼquv yurtiga aylantirildi va uning bazasida ona va bola sogʼligʼini asrash bilan shugʼullanadigan fakultet tashkil etildi. 1935 yilda bu dargoh pediatriya fakulьteti deb atala boshladi. Respublikada avvalgidek mahalliy tibbiѐt xodimlariga ehtiѐj juda kuchli edi. Va 1945 yilning sentyabrida pediatriya kafedrasi negizida uchta kafedra tashkil etildi: bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya va gospital pediatriya. Bu talabalar sonining koʼpayishiga sabab boʼldi. Аmmo Oʼzbekiston respublikasida shu davrda ham pediatr shifokorlar yetishmasdi. Shu sababli 1963 yilda Samarqand, 1965 yilda esa Аndijondagi tibbiѐt institutlarida pediatriya fakulьtetlari ochildi. 1972 yilda Oʼrta Osiѐ tibbiѐt pediatriya instituti tashkil etildi. 1983 yilning 28 iyunida esa u Toshkent pediatriya tibbiѐt instituti nomi bilan qayta tashkil etildi. Oʼzbekistonda pediatriya rivojiga ulkan hissa qoʼshgan olimlar: 1. R.S. Gershenovich (1888–1960) – Oʼzbekiston respublikasi fan arbobi, professor, TashPMI bolalar kasalliklari kafedrasini 1930 yildan 1960 yilgacha boshqargan. U butun umrini bolalar kasalliklarini oʼrganishga baxshida etgan. Uning rahbarligida 20 ta doktorlik, 30 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 2. K.G. Titov – Oʼzbekiston respublikasi fan arbobi, 1964 yildan umrining oxirigacha bolalar kasalliklari kafedrasini. Uning butun ilmiy faoliyati bolalar gematologiyasini oʼrganishga yoʼnaltirilgan edi. 3. А.M. Maqsudov (1907–1959) – dotsent, 1945 yildan boshlab u ToshMI pediatriya kafedrasini boshqarish bilan birgalikda 1947 yildan respublika bosh pediatri lavozimida ham faoliyat olib borgan. Uning ilmiy faoliyati koʼpqirrali edi. Uning asarlari tibbiѐtning quyidagi jihatlariga qaratilgan: oshqozon kasalliklari, leyshmanioz, podagra, geliotropni toksik davolash oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar. 16 4. B.X. Qoraxoʼjaev – SamMI dagi bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri boʼlgan. 1950–1954 va 1957–1977 yillarda uning rahbarligi ostida bezgak, leyshmanioz, revmatizm, emizikli bolalardagi moddalar almashinuvining surunkali buzilishi kabi kasalliklarga qarshi kurash olib borilgan. U nafaqat isteʼdodli pediatr shifokor, balki atoqli olim ham edi. 5. S.Sh. Shamsiev (1914–1995) – Oʼzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, professor. 1951–1972 yillarda u TashMI ga rahbarlik qilgan, keyinchalik esa TashPMI ning bolalar kasalliklari kafedrasiga rahbarlik qilgan, 1973 yildan umrining oxirigacha bolalar kasalliklari pediatriyasi kafedrasini boshqargan. Uning butun amaliy faoliyati respublika da pediatriya xizmatini yuksaltirish va bolalar salomatligini saqlashga qaratilgan edi. U tibbiy va ilmiy kadrlar tayѐrlash boʼyicha faol ish olib borgan. Uning qalamiga mansub 150 dan ortiq asar mavjud. S.Sh. Shamsiev tomonidan ―Bolalar klinik elektrokardiografiyasi‖, ―Bolalar klinik fonokardiografiyasi‖, ―Bolalarda oʼtkir pnevmoniya‖, ―Uchastka pediatri uchun qoʼllanma‖ kabi tibbiѐt qoʼllanmalari ѐzilgan va nashr etilgan. Uning rahbarligida oʼndan ortiq tibbiѐt fanlari doktorlari va 40 ta tibbiѐt fanlari nomzodi yetishib chiqqan. 6. S. N. Yoʼldosheva (1913–1988) – oʼzbek aѐllari orasidan yetishib chiqqan ilk medik-professor. 1960–1972 yillarda ToshMI da, 1972 yildan boshlab esa SАMPI da pediatriya kafedrasini boshqargan. S.N. Yoʼldosheva oʼz shogirdlari bilan birgalikda bolalar orasida uchraydigan revmatizm kasalligi muammolari ustida ish olib borgan. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan soʼng bevosita Birinchi Prezidentimiz I.А. Karimov rahbarligi ostida xalqning moddiy va maʼnaviy farovonligini oshirishga kirishildi. 1993 yilning 4 martida I va II darajali ―Sogʼlom avlod uchun‖ medali taʼsis etildi. Ushbu yuksak 17 nishon sogʼlom va barkamol avlod tarbiyasida faol ishtirok etaѐtgan kishilarga beriladi. Oʼz navbatida Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirligi oʼsib kelaѐtgan ѐsh avlodning salomatligini mustahkamlash yoʼlida katta ishlarni amalga oshyoʼlakda va ayni shu maqsad yoʼlida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kontseptsiya qabul qilindi: a) aholini sogʼlomlashtirish uchun pul mablagʼlari bevosita jon boshiga va tibbiѐt muassasalariga qarab beriladi; b) tibbiѐt muassasalarining asosiy maqsadi kasalliklarning oldini olishga qaratiladi. Buning uchun ambulatoriyalar, poliklinikalar oʼz xizmat jadal ravishda yuksaltiradi va tibbiy xizmatning yangi shakllarini ishlab chiqadi: kunduzgi, uy statsionarlari, ambulatoriya majmualari, mahallalar va qishloqlarda davolash punktlari ochish. Tibbiy xodimlar tayѐrlashda songa emas sifatga eʼtibor qartilishi kerak. Buning uchun talabalarga taʼlim berish amaliѐt bilan birgalikda olib borilishi va bosqichma-bosqich boʼlishiga erishilishi kerak. Tibbiѐt oliy oʼquv yurtlariga talabalar qabul qilish soni qisqaryapti va xalqaro meʼyorlar koʼrsatkichiga tenglashtirilmoqda. Tibbiyot institutlariga talabalar qabul qilishda tanlov asosida test imtihonlari oʼtkazilmoqda. Barcha tibbiyot oliy oʼquv yurtlari 1999 yildan boshlab Respublikada talabalarni sogʼliqni saqlashning yangi Davlat dasturi asosida oʼqitish boshlandi. Ushbu dasturda jismonan va maʼnan sogʼlom boʼlgan ѐsh avlodni barkamol etib tarbiyalashni taʼminlashning barcha strategik jihatlari belgilab berilgan. Yangi kontseptsiya asosida ish olib boraѐtgan va aholini sogʼlomlashtirishga yoʼnaltirilgan barcha tibbiѐt muassasalari oʼz faoliyatida ijobiy natijalarga erishishmoqda. Natijada, ambulatoriya, poliklinika, kunduzgi statsionar xizmatlari va maxsus ambulatoriya komplekslari hisobiga respublikada bolalar oʼlimi darajasi pasaydi. Yuqori malakali mutaxassislar tayѐrlash sifatini tubdan oshirish 18 maqsadida oliy oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini doimiy ravishda oʼstirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq holda qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Yuqori malakali mutaxassislar tayѐrlash sifatini oshirishning meʼyoriy-huquqiy bazasi quyidagilar hisoblanadi: Oʼzbekiston Respublikasi ―Taʼlim toʼgʼrisidagi qonuni‖, ―Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi‖, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi №4 ―Uzluksiz taʼlim tizmini darsliklar va oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlashni takomillashtirish toʼgʼrisida‖ va 2000 yil 29 maydagi №208 ―Yangi oʼquv dasturlari, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalarni qayta koʼrib chiqish Respublika Muvofiqlashtiruvchi kengashini tuzish toʼgʼrisida‖ hamda Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirliklarining bir qator buyruqlari. Xalqmizning salomatligini saqlash, sogʼlom va barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri boʼlib qoladi. Hozirgi kunda davlatimizda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish uchun mukammal va zamonaviy sharoitlar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev har bir nutqida, faollar bilan uchrashuvlarda takror va takror xalqimizning haѐtdan mamnun boʼlishi uchun eng avvalo tibbiy xizmatga boʼlgan ehtiyojini toʼlaqonli qondirish zarurligini taʼkidlab oʼtadi. Yurtimiz rahbari sogʼliqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlari vaqtida doimo sohaning bugungi holati toʼgʼrisidagi oʼzining tanqidiy ruhdagi fikrlari va eʼtirozlarini baѐn qilib oʼtadi. Bu esa sohadagi yigʼilib qolgan muammolarning tezda bartaraf etilishiga xizmat qiladi. 2017 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziѐevning respublika aholisiga tibbiy xizmatni takomillashtirish, malakali tibbiyot xodimlarini tayѐrlash ishlarini yanada jadallashtirishga yoʼnaltirilgan bir qator qarorlari eʼlon qilindi. Ular orasida 2909- 19 sonli ―Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida‖, 2956-sonli ―Oʼzbekiston Respublikasida tibbiy taʼlim tizimini yanada isloh etish chora-tadyuirlari toʼgʼrisida‖, 3151-sonli ―oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayѐrlash sifatini oshirishda iqtisodiѐt soha va tarmoqlari ishtirokini kengaytirish boʼyicha choratadbirlar toʼgʼrisida‖gi qarorlar alohida oʼrin tutadi. Ushbu muhim hujjatlarda ilgʼor xorijiy tajriba, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va eng yangi texnologiyalarni oʼzida jamlagan oliy taʼlimga moʼljallangan zamoanviy oʼquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish zarurligiga alohida eʼtibor qaratilgan. BOLАLIK DАVRLАRI VА UNING TАVSIFI Bolalik ѐshidagi odam ontogenezining davrlarga boʼlinishi sababi bolaning rivojlanishi, muntazam oʼsib borishi va shu jarayonda uning organizmida haѐtining turli kun, oy va yillaridagi anatom-fiziologik, funktsional va psixologik oʼzgarishlardir. Bolalik yoshining barcha davrlari ikki bosqichga boʼlinadi: 1. Bola oʼsishining ona qornidagi davri urugʼlanishdan boshlanib, to tugʼilgunicha 270–280 kun davom etadi. Ona qornidagi davr quyidagi davrlarga boʼlinadi: a) embrional rivojlanish davri – urugʼlanishdan to 2 oylikkacha; b) yoʼldosh rivojlanish davri (homila bosqichi) – 3-oydan boshlab homila oxirigacha. Ushbu davr ikkiga boʼlinadi: – erta fetal davri (9 haftadan 28 haftagacha); – kech fetal davri (28 haftadan to tugʼruqqacha). 2. Bola tugʼilgandan tugʼilgandan keyingi bosqich: a) chaqaloqlik davri ѐki neonatal davr (lotincha neonatus – chaqaloq) – bola haѐtining dastlabki 28 kuni. Oʼz navbatida bu davr ikki 20 bosqichostiga boʼlinadi: – erta (dastlabki 7 kun); – kechki (8– 28 kunlar) b) emizikli ѐsh davri – 29 kunligidan 1 ѐshgacha; v) goʼdaklik davri (avvalgi davr) – 1 yoshdan uch yoshgacha; g) maktabgacha boʼlgan davr – 4 ѐshdan 6 yoshgacha; d) boshlangʼich maktab davri (oʼsmirlik davri) – 7 yoshdan 11 yoshgacha; ye) yuqori sinf davri (jinsiy yetilish davri) 12 yoshdan 17–18 yoshgacha; NEONАTOLOGIYAGА KIRISH Chaqaloqlik davri (neonatal davr) onadan tugʼilib, kindigi bogʼlangan lahzadan boshlab, dastlabki 28 kunni oʼz ichiga oladi. Bu juda nozik davr boʼlib, unda bola organizmi ona qornidan tashqaridagi hayot sharoitlariga moslashadi. Bu davrdagi organizm funktsional tizimlaridagi oʼzgarishlarning tezligi va jadalligi, kasallikka chalinishi va oʼlim holatini inson haѐti davomidagi boshqa biror bir yosh bosqichlariga taqqoslab boʼlmaydi. Chaqaloqning tashqi taʼsirlarga moslashish xususiyati uningpostnatal ontogenezdagi fiziologik toʼlaqonligi darajasiga bogʼliq. Neonatal davrdagi patologik jarayonlar oʼzidan chuqur iz qoldirib, insonning keyingi haѐtida namoѐn boʼladi, jumladan, oʼsishdagi buzilishlar, rivojlanish paytida orttirilgan nuqsonlar, surunkali kasalliklar keltirib chiqaradi. Butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʼra, tirik tugʼilish belgilari quyidagilardan iborat: ―Homiladorlik davri qancha muddat davom etganligidan qatʼi nazar, bolaning ona organizmidan butunlay ajralib chiqishi va ajralganidan soʼng mustaqil nafas olishi va / yoki yurak qisqarishi (yurak urishi) alomatlarining namoyon etilishi, kindik pulьsatsiyasi, kindik kesilganligi va yoʼldoshdan ajralishidan soʼng erkin mushaklar guruhining faol harakatlanishi‖. 21 Chaqaloqlik davri – ona qornidan tashqaridagi muhitga moslashish davri. Bola hayotining alohida davri (1–7 kunlar) – erta neonatal davr. Bu davr quyidagilarga ajratiladi: oʼtkir respirator-gemodinamik moslashuv davri (haѐtning ilk 30 daqiqasi); ona qornidan tashqaridagi hayotining funktsional tizimlari autostabilizatsiyasi, sinxronizatsiyasi davri (1–6 soatlar) va laktotrof ovqatlanishning boshlanishi vamoddalar almashinuvining anabolik yoʼnalishga bogʼlangan holdagi keskin metabolik moslashuv (3–4 sutkalar). 3-kundan boshlab chaqaloqqa patologik taʼsirlar, asosan atrof-muhitdan kelib chiqadigan omillar, birinchi navbatda, infeksiyalar keskin taʼsir koʼrsatadi. Oʼz vaqtida tugʼilgan bola hayotining 5-kuni va chala tugʼilgan bola haѐtining 7–8- kunlari xavfli kechadi. Bu davrda infektsiyalarga taʼsirchanlik, vazn kamayishi, sariqlikning yuqori darajasi, qon ketishining oshishi va hokazolar kuzatiladi. Gestatsion yosh (GYo) – urugʼlanish davridan boshlangan bolaning haqiqiy ѐshi. Urugʼlanish vaqtini aniq belgilashning iloji yoʼqligi sababli GYo ni bola onasining oxirgi hayz koʼrganining birinchi kunidan hisoblanadi. Chaqaloqning GYo tugʼruqqacha boʼlgan homiladorlik haftasining tugashiga qarab aniqlanadi va homiladorlik muddatiga tenglashtiriladi. Аyollarda meʼyoriy homiladorlik davri 10 akusherlik oyi, yaʼni oxirgi muntazam hayzning birinchi kunidan boshlab 280 kun ѐki 40 haftani tashkil etadi. tugʼruq sanasini belgilashda anʼanaviy akusherlik usullarida shunga asoslaniladi. Homilani uning yurak urishi boshlangan vaqti, uning birinchi harakatlangan sanasiga qarab belgilash mumkin (birinchi marta homilador boʼlgan aѐllarda bolaning birinchi qimirlagan haftalaridan oʼtgan sanaga 18–20 hafta qoʼshiladi, qayta homilador boʼlgan aѐllarda 16–18 hafta qoʼshiladi). Shuningdek, ayollar konsultatsiyasiga birinchi borganida belgilangan homiladorlik muddati, homilador ayolni obʼektiv koʼzdan kechirilganda olingan maʼlumotlar 22 (bachadon tubining turish balandligi, qorin aylanasi), ultratovush tekshiruv natijalari hisobga olinadi. Chaqaloqlarning klinik guruhlari: – morfologik va funktsional gestatsion yoshga mos keluvchi oʼz vaqtida tugʼilgan bolalar (homiladorlikning 37–42 haftasida tugʼilganlar); – chala tugʼilgan bolalar ( GYoning 37-haftasigacha tugʼilganlar). Ular yetilgan, yetilmagan, ona qornida gipotrofiyaga duchor boʼlganlar boʼlishi mumkin); – yetilmagan bolalar – GYo yetilish darajasiga mos kelmaydiganlar. Ular oʼz vaqtida tugʼilgan va chala tugʼilgan boʼlishi mumkin; – tugʼilish muddati choʼzilgan bolalar (42 haftalik muddatdan soʼng muddati oʼtganliginng klinik alomatlari bilan tugʼilganlar) – ogʼirlik-oʼsish koʼrsatkichlari meʼyoridan past boʼlgan ona qornida gipotrofiyaga duchor boʼlgan bolalar; – gavdasi uzunligi va ogʼirligiga koʼra proportsional ravishda orqada qolgan – oʼz vaqtida, ammo tanasining ogʼirligi 2500 grammdan kam boʼlgan chaqaloqlar. Download 0,78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |