Sog‘lom avlod uchun



Download 71,79 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2021
Hajmi71,79 Kb.
#119229
1   2
Bog'liq
20 30.01.2014

Lavozimning nomi

Fond
Boshqaruvi


Hududiy
filiallar


Fond Boshqaruvi raisi

17

x

Fond Boshqaruvi raisining o‘rinbosari (Fondning hududiy filiali direktori)

16

15

Bo‘lim boshlig‘i (bosh buxgalter, Tibbiy-ijtimoiy markaz boshlig‘i, sho‘ba mudiri)

14

13

Bosh mutaxassis (buxgalter)

12

11

Etakchi mutaxassis

11

10

1-toifali ish yurituvchi-kotiba

8

x

2-toifali ish yurituvchi-kotiba, kassir

7

7

19. Fondning moliya-xo‘jalik faoliyatini, pul mablag‘larining maqsadli sarflanishini va boshqa mol-mulkidan foydalanilishini nazorat qilish uchun Fondning Vasiylik kengashi tomonidan uch a’zodan iborat tarkibda 5 yilga saylanadigan Taftish komissiyasi tashkil etiladi.

Fond Taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida Fond Vasiylik kengashi va Boshqaruvi a’zolari bo‘lishi mumkin emas.

20. Fondning moliyaviy faoliyati va pul mablag‘lari sarflanishining to‘g‘riligini va boshqa mol-mulkidan foydalanishni tekshirish Fond Taftish komissiyasi tomonidan bir yildagi faoliyat yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Fond Taftish komissiyasining talabi bilan Fondning mansabdor shaxslari Fondning moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni unga taqdim etishga majbur.

21. Fondning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Fondning Taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:

hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligini baholash;

buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilishi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etishga doir tavsiyalar, shuningdek Fondning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar.

V. Fondning mol-mulki

22. Fond va uning hududiy filiallari tomonidan o‘z mablag‘lari va boshqa tushumlar hisobiga sotib olingan asosiy vositalar va boshqa aktivlar Fond va uning hududiy filiallari mol-mulkini tashkil etadi.

23. Fond va uning hududiy filiallarining pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;

xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;

Fond, shuningdek uning tomonidan Fond oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun ta’sis etilgan tashkilotlarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

24. Fondning har yilgi budjeti Fond Boshqaruvi raisining taqdimnomasi bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

25. Fond va uning hududiy filiallarining mablag‘lari birinchi navbatda tegishli davlat dasturlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun sarflanadi.

26. Davlat Fond va uning hududiy filiallari majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, Fond va uning hududiy filiallari davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

27. Fondning mulkiy huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

VI. Fondni tugatish va qayta tashkil etish

28. Fondni tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

29. Fondni qayta tashkil etishga Fond Vasiylik kengashining qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi. Fondni qayta tashkil etishga faqat boshqa fondga qo‘shib yuborilgan, boshqa fondni qo‘shib olgan yoki boshqa fondga qo‘shilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

30. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin tugatilgan Fondning qolgan mol-mulki davlat tasarrufiga o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga


6-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1994-yil 5-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining tayanch punktlari to‘g‘risidagi nizomda:



a) 1-bandda:

birinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar, tumanlar markazlarida va Toshkent shahrida” so‘zlari “respublikaning har bir tumanida va shahrida” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “mahalla qo‘mitalarining” so‘zlari “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-banddagi “hududiy bo‘limlari” so‘zlari “hududiy filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 3-banddagi “Jamg‘armaning” so‘zi “Fond hududiy filialining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 4-bandga “Tayanch punkti” so‘zlaridan keyin “tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida” so‘zlari qo‘shilsin;

d) 5-banddagi “Jamg‘armaning hududiy bo‘limi boshqaruvi” so‘zlari “Fond hududiy filiali direktorining Fond markaziy apparati bilan kelishilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

e) 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududiy bo‘limi boshqaruvi” so‘zlari “hududiy filiali direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;

j) 8-banddagi “hududiy bo‘limi direksiyasi” so‘zlari “hududiy filiali direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;

z) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“9. Tuman (shahar) hokimligi tayanch punktini bino, moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlaydi”;

i) 10-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

k) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“11. Tayanch punkti faoliyatini nazorat qilish hokimlik tomonidan Fondning hududiy filiali direktori bilan birgalikda amalga oshiriladi”;

l) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“13. Tayanch punkti o‘z maqsadlariga erishish va vazifalarini bajarish uchun viloyat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari va ularning tuman (shahar) bo‘linmalari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, Qizil Yarim Oy Jamiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlik qiladi”;

m) 14-banddagi “(FAP, SVA)” so‘zlari chiqarib tashlansin hamda “Ijtimoiy ta’minot vazirligining xodimlari va mahalla qo‘mitalari” so‘zlari “bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

n) 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“16. Tayanch punktlari manfaatdor sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi tashkilotlari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda o‘sib kelayotgan avlodning jismoniy, intellektual rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil etadilar, tahlillar va tadqiqotlarning natijalari umumlashtiriladi va ko‘rib chiqish uchun Fondning hududiy filiallari direktorlariga jo‘natiladi”;

o) 18-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

p) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“19. Tayanch punktlarining ustav fondi Fondning hududiy filiallari badallaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya badallari hisobiga shakllanadi”;

r) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“21. Tayanch punkti har chorakda hisob raqamiga tushgan mablag‘larning 10 foizini majburiy tartibda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha Fondning hududiy filiali hisob raqamiga o‘tkazadi. Bunda tayanch punkti tushgan mablag‘larning 10 foizidan ortig‘ini moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida tegishli shartnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan Fondning hududiy filiali hisob raqamiga o‘tkazish huquqiga ega”;

s) 22-banddagi “yuqori tashkilotga” so‘zlari “Fondning hududiy filiali direktoriga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi to‘g‘risidagi nizomda:

a) quyidagi mazmundagi 31-band qo‘shilsin:

“31. Tibbiy-ijtimoiy patronaj ishlari brigada tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.

Brigada tarkibiga sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi organlari, Qizil Yarim oy jamiyati, “Sog‘lom avlod uchun”, “Mahalla” fondlari va boshqa nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari kiradi”;

b) 4, 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“4. Ayniqsa qishloq joylarda oilalar, shaxslar guruhlari va alohida shaxslarning tibbiy-ijtimoiy yordamga ehtiyoji qondirilishini doimiy va rejali o‘rganish ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.

5. Ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari maqsadlariga muvofiq ularga quyidagi vazifalar yuklanadi:

turmush sharoitlarini baholash va tibbiy-ijtimoiy muammolarni aniqlash;

fertil yoshdagi ayollarni va bolalarni tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tkazish;

ayniqsa qishloq joylarda yashaydigan kam ta’minlangan oilalarga tibbiy-ijtimoiy va muruvvat yordami ko‘rsatish;

sog‘lom oilani shakllantirish, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish.

6. Tibbiy-ijtimoiy patronaj ishlari quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

“Sog‘lom avlod uchun” fondining tibbiy-ijtimoiy markazi;

“Sog‘lom avlod uchun” fondining hududiy ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi;

sog‘liqni saqlash birinchi bo‘g‘in patronaj tibbiy hamshiralari va akusherkalari;

Qizil Yarim oy Jamiyati hamshiralari”;

v) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

g) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmatini” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy patronaj bo‘yicha faoliyatni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“9. Tibbiy-ijtimoiy patronaj xodimlarining vazifalari, hisobot va ularning faoliyatini nazorat qilish tizimi belgilangan tartibda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan tasdiqlanadi”;

e) quyidagi mazmundagi 10 — 14-bandlar qo‘shilsin:

“10. Har bir ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasining tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

a) 6,5 nafardan iborat bo‘lgan tibbiyot xodimlari, ulardan:

4 nafar — vrach-mutaxassislar;

2 nafar — o‘rta tibbiyot xodimi;

0,5 nafar — kichik tibbiyot xodimi;

b) 1,5 shtat birligidan iborat bo‘lgan yordamchi xodimlar, ulardan:

1 nafar — haydovchi;

0,5 nafar — buxgalter.

11. Har bir ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasida vrachdan bittasiga ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasiga mudirlik qilish yuklanadi.

12. Tibbiy-ijtimoiy patronajni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy xarajatlar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

grantlar va xayriya ehsonlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari tibbiy-ijtimoiy patronajni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan quyidagi xarajatlarga ajratiladi:

ish haqi va bir martalik ijtimoiy to‘lov;

xizmat safarlari xarajatlari;

transport vositalari ta’minoti va ularni joriy ta’mirlash xarajatlari;

yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari sotib olish (har bir brigada uchun bir oyda 300 litr hisobidan).

14. Ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq ambulatoriya-poliklinika muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash kabi amalga oshiriladi”.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-son qaroriga


7-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 3-iyundagi 268-son qarorining 6-bandi.



2. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining takliflari to‘g‘risida” 1993-yil 28-oktabrdagi 524-son qarorining 4-bandi.

3. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi korxonalari, birlashmalari, tashkilotlariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida” 1994-yil 8-fevraldagi 61-son qarori.

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarorining 5-bandi.

5. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 4-martdagi 74-son qarori.

6. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Vasiylik kengashi tarkibi to‘g‘risida” 2001-yil 3-maydagi 204-son qarori.

7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini yaxshilash uchun Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasining grant mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 13-martdagi 69-son qarorining 3 va 6-bandlari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 5-son, 60-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)

Download 71,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish