Sog'lom ona sog'lom bola



Download 101,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi101,5 Kb.
#303691
Bog'liq
soglom-ona-soglom-bola


Sog'lom ona – sog'lom bola

Prezident Islom Karimov raisligida 10 mart kuni Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 2009 yildagi faoliyatini atroflicha tahlil etish va galdagi vazifalarni belgilab olish lozimligini ta’kidladi.
Barkamol avlod orzusi – eng buyuk orzu. O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qat’iy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, nimaniki o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.
Mustaqillik yillarida ezgu maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’limning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan va bugun o‘z samarasini berayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o‘z vaqtida uzoqni ko‘zlab boshlagan olamshumul ishlarimizning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Barkamol avlod deganda avvalo sog‘lom naslni tushunamiz. Shu bois o‘tgan yillar mobaynida yoshlarimizda nafaqat yuksak intellektual salohiyat, mustaqil fikr, keng dunyoqarashni shakllantirishga, balki ularni jismonan chiniqtirishga, ommaviy sportni rivojlantirishga, mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, chekka qishloqlarida ham zamonaviy sport majmualari bunyod etishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida“gi va 2004 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonlari bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Islom Karimov avvalo ushbu jamg‘armaning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, dunyoning hech bir mamlakatida bunday tashkilot yo‘qligini ta’kidladi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi o‘ta noyob tuzilma bo‘lib, ayni paytda qator mamlakatlar uni qimmatli tajriba sifatida o‘rganmoqda.
Majlisda sport inshootlari barpo etish, maktablarda sport zallari qurish, ularni ta’mirlash, jihozlash bilan bog‘liq ishlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, Prezident Islom Karimov bolalar sportini rivojlantirishning boshqa jihatlariga e’tibor qaratdi.
– Sport yosh avlodga sog‘-salomat, bardam-baquvvat, hurfikr inson bo‘lib yetishish uchun yordam beradi, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Sport oilada, jamiyatda sog‘lom muhit qaror topishi uchun o‘ziga xos zamin bo‘lib xizmat qiladi. Sport O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘yini yanada oshirish, nufuzini yanada yuksaltirish uchun imkoniyat yaratadi.
Homiylik kengashining 2009 yil 16 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sport jihozlarining sifat ko‘rsatkichlarini baholaydigan yagona tizim yaratish, sport anjomlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar sonini ko‘paytirish, maktab sport zallarini jihozlash normativlarini qaytadan ko‘rib chiqish, sport inshootlarini jahon andozalariga mos ravishda jihozlash va ulardan samarali foydalanish, qizlarni sportga keng jalb etishda milliy mentalitetimizning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olish vazifalari belgilangan edi.
Yig‘ilishda ushbu vazifalarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
– Yurtimizda 2010 yilni Barkamol avlod yili deb e’lon qilar ekanmiz, farzandlarimizning zamon talablariga to‘liq javob beradigan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz, – dedi Prezident. – Amalga oshirayotgan barcha ishlarimiz asosida ana shu maqsad-muddao mujassam. Sport inshootlari farzandlarimizni sportga keng jalb etish, ularni sog‘lom o‘stirishga xizmat qilmoqda.
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ulkan ishlarni izchil davom ettirish, ayniqsa, bolalar sportini yanada rivojlantirish, shahar va qishloqlarimizda davr talabiga javob beradigan sport majmualari va stadionlar bunyod etish, ularni zamonaviy sport anjomlari, yuqori malakali sport ustozlari va murabbiylar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur dastur va unda belgilangan vazifalar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi.
Muhim jihati shundaki, yosh avlodda sportga ishtiyoq orta borgani sari yuksak marralarga intilish ham kuchayadi. Musobaqadan g‘alaba bilan qaytgan sportchini ko‘rgan har bir o‘g‘il-qiz u bilan faxrlanadi, unga havasi keladi va ayni paytda shunday muvaffaqiyatga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.
– Sport yoshlarni turli illatlardan qaytaradigan, hal qiluvchi ahamiyatga molik eng yaxshi vositalardan biridir, – dedi Islom Karimov. – Sport bilan shug‘ullangan yigit-qizlarning salomatligi yaxshi, fikri tiniq bo‘ladi, ular oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yordam beradi.
Prezidentimizning 2007 yil 12 dekabrda qabul qilingan “2008 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi budjetini va bolalar sport obyektlari qurilishining aniq manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq 2008-2009 yilda qurib bitkazilgan sport inshootlari va maktab sport zallari uchun zarur sport jihozlari ro‘yxati ishlab chiqildi. Barcha sport inshootlari zarur sport anjomlari bilan jihozlandi. 2009 yilda qurib bitkazilgan sport inshootlarining 174 tasini maktab sport zallari tashkil etadi. Umuman esa, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilgandan keyin o‘tgan davrda, ya’ni 2003-2009 yillar mobaynida 674 maktabda sport zali barpo etildi. Bu davrda 178 ta alohida bolalar sporti inshooti qurib, foydalanishga topshirildi.
– Mamlakatimizda sport inshootlari qurish bo‘yicha katta tajriba to‘plandi, – dedi Prezident. – Hayotning o‘zi amalga oshirgan ishlarimiz natijasini ko‘rsatib turibdi. Ammo ana shu inshootlardan qay darajada samarali foydalanyapmiz? Bu masalalar doimiy e’tiborimizda bo‘lmog‘i lozim.
Darhaqiqat, 2003-2009 yillarda mamlakatimizda 1123 sport majmuasi bunyod etilgan bo‘lsa, ularning 922 tasi qishloq joylarda qad rostladi. Ushbu inshootlarni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash muhim masala hisoblanadi. Davlatimiz rahbari shu xususda so‘z yuritar ekan, sport jihozlari ishlab chiqaradigan korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidladi.
So‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Bundan besh yil ilgari mahalliy korxonalarimizda bolalar sport inshootlari uchun zarur 120 xil anjomning 73 turi tayyorlangan bo‘lsa, bugunga kelib 113 xildagi sport jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy korxonalarimizda bolalar uchun sifatli sport jihozlari ishlab chiqarish imkoniyatlari chuqur o‘rganilib, sport inshootlari uchun tavsiya etiladigan eng qulay va maqbul jihozlar katalogi yaratildi.
Mamlakatimizda futzal, badiiy gimnastika, kanoe va baydarkada eshkak eshish, boks, erkin va yunon-rum kurashi singari sport turlari izchil rivojlanmoqda. 2003 yilda bolalar seksiya va klublarda sportning 8 turi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda zamonaviy sport majmualarining jihozlanish darajasi sportning yigirmadan ziyod turi bilan muntazam shug‘ullanish imkonini bermoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va muhim bo‘lagi hisoblangan uch bosqichli sport tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taradigan, yurt sha’ni, xalq g‘ururi uchun kurashadigan fidoyi sportchilarni tarbiyalashda maktab vazifasini o‘tamoqda.
Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan shior negizida ham sport, jumladan, bolalar sporti tushunchasi mujassam ekanini ta’kidladi.
– Albatta, tabiiy boyliklar, iqtisodiy salohiyat, davlat va jamiyat qurilishi yo‘lidagi yutuqlar buyuk kelajakning asosi hisoblanadi, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Shu bilan birga, buyuk kelajakning bir omili borki – bu yosh avlodning salomatligi, jismonan va ma’nan yetuk inson bo‘lib yetishishidir.
2009 yilning sentabr oyida Italiyaning Milan shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan XV jahon chempionatida – 133 davlatdan 554 nafar bokschi ishtirok etgan murosasiz musobaqalarda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari bitta oltin, bitta kumush, ikkita bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Mashhur bokschimiz Abbos Atoyev ikkinchi bor jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Misrda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etgani, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha Daniyada o‘tgan jahon chempionatidan vakillarimiz bir oltin, bir kumush va bir bironza medal bilan qaytgani, kanoe va baydarkada eshkak eshish bo‘yicha Tehronda o‘tgan Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 9 oltin, 10 kumush, 8 bronza medalni qo‘lga kiritgani alohida e’tirofga loyiqdir.
Farzandlarimizning har tomonlama sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishida joylarda tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tahlillar va erishilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarimiz orasida futbol, mini-futbol, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, akademik eshkak eshish, shaxmat, badiiy gimnastika, kurash, belbog‘li kurash, yunon-rum kurashi, boks, akrobatika singari sport turlariga qiziqish tobora ortmoqda.
– O‘tgan yillar mobaynida “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan dastur asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi, – dedi davlatimiz rahbari. – Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diagnostika, skrining va perinatal markazlari, yangi tug‘ruqxonalar barpo etganimiz, onalar va bolalar salomatligini himoyalashga alohida e’tibor qaratayotganimiz va bu boradagi ishlarni izchil davom ettirayotganimiz zamirida bir maqsad – sog‘lom avlodni tarbiyalash maqsadi mujassam. Sog‘lom ona – sog‘lom bola, sog‘lom bola – sog‘lom kelajak, demakdir.
Prezidentimiz qizlarni sportga jalb etish masalasi alohida yondashuvni talab etishini ta’kidladi. Shu ma’noda, keyingi yillarda sportning nafis turi hisoblangan badiiy gimnastika va sport gimnastikasi jadal rivojlanmoqda.
Joriy yil fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va gimnastikachi qizlarimiz erishgan yuksak natijalar bu sport turiga e’tibor va qiziqish mamlakatimizda muttasil oshayotganidan dalolatdir.
Yurtboshimiz bolalar sportini rivojlantirish, qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun, ayniqsa, qishloqlarda tegishli shart-sharoit yaratish masalasi alohida e’tibor qaratishni taqozo etishini ta’kidladi.
Yig‘ilishda Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi doirasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, 2010 yilda 11 yangi sport inshooti va 14 bolalar musiqa va san’at maktabi barpo etiladi, 40 maktabda sport zali quriladi.
Prezident Islom Karimov joriy yilda musiqa va san’at maktablarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash maqsadlari uchun 36 milliard so‘m ajratilishini alohida ta’kidlab, davlat tomonidan yosh avlod tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor tufayli bolalar sporti va san’at kompleks tarzda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
– Sport bilan musiqa chambarchas bog‘liqdir, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Sport tanani pishitadi, chiniqtiradi, irodani mustahkamlaydi, musiqa – ko‘ngilni poklaydi, ruhni tetiklashtiradi. Sport – bu madaniyat demakdir. Sportchi musiqani yaxshi bilsa, musiqachi sport bilan shug‘ullansa, naqadar yaxshi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.Oripov, B.Xo‘jayev, shuningdek, ayrim viloyatlar hokimlarining axboroti tinglandi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish