Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


Mol-mulk solig’ini hisoblash uchun asosiy vositalar va



Download 2,31 Mb.
bet6/139
Sana03.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#737198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Bog'liq
Soliq akademiyasi

5-Rasm. Soliq hisobini tashkil etish tizimi.
2-jadval

Mol-mulk solig’ini hisoblash uchun asosiy vositalar va

nomoddiy aktivlar o’rtacha qiymatining


hisob-kitob registri.








Balansning qator kodi

2013 yil 1 yanvar holatiga qoldiq

01.01.11

01.02.11

01.03.12

01.04.12

01.05.12

01.06.12

1

Asosiy vositalar

010

36295340676

36658161730

36637405807

43652860794

43752540329

43770218329

2

Nomoddiy aktivlar

020

2949265093

2948665685

2948665685

2948665685

2948665685

2948665685

3

Asosiy vositalarning eskirishi

011

1644923016

1809913925

1964276483

2131322347

231516315

2498043745

4

Nomoddiy vositalarning eskirishi

021

74234245

123076038

172220466

221364894

270509322

319653750

5

Mulkning qoldiq qiymati

012 022

37525448507

37673837452

37449574543

44248839237

44116180378

43901186519

6

Soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan qiymat (imtiyoz)




36848992371

37000278706

36791260033

43592557767

43457756504

43245189630

7

Soliqqa tortiladigan qiymat
(4-5)




676456136

673558746

658314510

656281471

658423873

655996890




Hisobot davrida soliqqa
tortiladigan mulkning o’rtacha
qoldiq qiymati

665787039

Soliqdan ozod qilingan mulkining o’rtacha qiymati

41653658899

2-jadval davomi






Balansning qator kodi

2013 yil 1 yanvar holatiga qoldiq

01.07.12

01.11.12

01.09.12

01.10.12

01.11.12

01.12.12

01.01.13

1

Asosiy vositalar

010

44064681247

44074431174

44075331174

44076681174

44079001174

44078811174

44078811174

2

Nomoddiy aktivlar

020

2948665685

2948665685

2948665685

2963317370

2968104264

2968104264

2968104264

3

Asosiy vositalarning eskirishi

011

2681631044

2866912461

3052243212

3237577712

3422920650

36268172



3793616067

4

Nomoddiy vositalarning eskirishi

021

368798178

417942606

467331229

516719852

566188257

615656662

665125067

5

Mulkning qoldiq qiymati

012 022

43962917710

43738241792

43519074103

43285700980

43057996531

42822990604

42588174304

6

Soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan qiymat (imtiyoz)




43289924223

43066107997

42848489134

42617568586

42389996713

42157637945

41925286721

7

Soliqqa tortiladigan qiymat (4-5)




672993487

672133795

670584969

668132394

667999818

665352659

662887583







Mol-mulk solig’idan imtiyoz (eksport)

Soliq hisobining mol-mulk solig’ini hisob-kitob registri (2-jadval).
Ushbu registrning qulayligi shundan iboratki, bunda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatlari, ularning eskirish summalari har oy uchun ko’rsatiladi. shuningdek mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyoz summalarini, soliqqa tortiladigan baza summalarini hisoblash osondir.
Soliq hisobi registrlarining shakllarini keyingi mavzularda soliq turlari bo’yicha hisob metodologiyasini o’rganish jarayonida, aniq ma’lumotlarga asoslangan holda ko’rib chiqiladi.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq hisobini tashkil etish, uni yuritishning metodikasi, foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi, registrlarni o’zgarishining soliq hisobi siyosatida aniq ko’rsatadilar.



  1. Soliq hisbotini tuzish tartibi.

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq to’lovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur elementlar belgilab qo’yilgan taqdirdagina soliq to’liq o’rnatilgan deb hisoblanadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari quyidagilardir:



Element nomi



Тa’rif



Soliq solish ob’ekti



Soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.



Soliq solinadigan baza



Soliq solish ob’ektining soliq yoki boshqa majburiy to’lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko’rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.



Stavka



Soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdor.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.



Hisoblab chiqarish tartibi



Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo’lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to’lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarishda ularning to’lanishi lozim bo’lgan eng kam miqdor belgilanadi.



Soliq davri



U tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi hisoblab chiqariladigan davr.
Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning yakunlari bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi lozim bo’lgan summalarini to’lash majburiyati yuzaga keladi.
Joriy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan davr hisobot davri bo’lmaydi.



Soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Soliq hisobotini taqdim etish har bir soliq turi bo’yicha Soliq kodeksida alohida belgilanadi va oy, chorak, yilga bo’linadi.



Тo’lash tartibi

U Soliq kodeksida har bir soliq uchun alohida belgilanib, ularga muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.



Soliq to’lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to’lovga tatbiqan belgilanadi.


Soliq kodeksida, boshqa qonunlarda va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to’lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to’lov to’lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to’lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi.
Mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlarni berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Soliq to’lovchi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar bo’shagan mablag’larni muayyan maqsadlarga yo’naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag’lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa o’rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi.
Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga ega:

  • davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar haqida axborot olish;

  • o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish;

  • soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o’z manfaatlarini shaxsan yoki o’z vakili orqali ifoda etish;

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanish;

  • soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to’langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish;

  • Soliq kodeksida hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash;

  • soliq solish ob’ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish hamda to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;

  • soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish;

  • soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;

  • davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining Soliq kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik;

  • davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

  • davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.

Soliq to’lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Soliq to’lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo’lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to’lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Soliq to’lovchi vakillarining mazkur soliq to’lovchining soliq munosabatlaridagi ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to’lovchining harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish