Soliyeva xurshidaning


Dirijorlikning asosiy elementlari “auftakt- ijroni boshlash”



Download 54 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi54 Kb.
#260233
1   2   3
Bog'liq
18-28 Soliyeva Xurshida

Dirijorlikning asosiy elementlari “auftakt- ijroni boshlash”.
Asar, epizod, jumla, cholg‘u va ovozlar ijrochisi paytida ajratib kо‘rsatilishi lozim bо‘lgan har qanday dinamik yoki ritmik xarakterdagi qismni kо‘rsatish uchun dirijor tayyorlovchi yoki ogoxlantiruvchi qо‘l xarakatini ishlatadi. Uni qо‘shiqchi yoki damli cholg‘ularning xavo olishiga qiyoslash mumkin. Bunday qо‘l kо‘tarish Auftakt deb ataladi.

Auftakt-bu nemischa sо‘z bо‘lib, takt usti, dastlabki qо‘l kо‘tarish degan ma’noni anglatadi. Ijroda bajarilishi lozim bо‘lgan u yoki bu jixat xaqida ogoxlantiruvchi xar bir xarakat, ayni xolatga xos xususiyatlar ifodasidir, Shu bois auftakt shunchalik aniq, va tushunarli bо‘lishi kerakki, uni ijrochilar dirijor maqsadiga muvofiqlik tarzida qabul qilishlari lozim. Bundan kо‘rinib turibdiki, ovoz yangrashiga sabab bо‘luvchi xarakatdan oldin unga tayyorlovchi xarakat bо‘lishi kerak va uning tabiati о‘sha tovushga mos kelishi lozim. Dirijor kо‘rsatmasi doimo real tovushdan avval bо‘ladi. Auftaktlar о‘z axamiyati va xarakteri bо‘yicha turli — tumandir. Masalan, turli ijrolarni anglatuvchi auftaktlarning davomiyligi va dinamikasi ijro etilayotgan musiqa xarakteri bilan belgilanadi.

Auftaktlarning uzluksiz zanjiri tufayli dirijor о‘z ijodiy maqsadlarini oldindan tushuntirishi imkoniyatiga ega bо‘ladi.

„Auftakt" bezeichnet beim Dirigieren etwas anderes als in der Musiklehre. Versteht man in letzterer darunter das Phänomen, dass ein Musikstück mit einer oder mehreren Noten auf unbetonte Taktteilen beginnt, so meinen wir in der Schlagtechnik damit immer den vorbereitenden Schlag des Dirigenten, der dem ersten Ton der Musik oder dem Einsatz nach einer Pause vorangeht, egal auf welcher Zahlzeit. Beginnt die Musik selbst auftaktig. so geht der Auftakt des Dirigenten dem nochmals voran.

“„Auftakt” musiqa nazariyasida boshqa ma’noda ishlatilishi mumkin (masalan kuchli hissaga tо‘g‘ri kelmaydigan bir yoki bir nechta notani anglatishi mumkin). Biroq bizning holatimizda u dirijorning tayyorgarlik harakati, ya’ni ijro etiladigan notaning barcha xususiyatlarini (asar boshida yoki pauzadan keyin bо‘lishidan qat’iy nazar) ifodalash harakatlarini kо‘rsatadi.”

«Auftakt dirijorlikda xuddi chо‘g‘lanishlarning uzluksiz bog‘lovchi zanjiriga о‘xshaydi. U — dirijor va ijrochilar о‘rtasidagi hamkorlikning muhim, zarur va ahamiyatga molik shartidir. U dirijor tasavvuridagi tovush obrazidan dirijor yaratuvchi real tovushgacha bо‘lgan kо‘prikdir» deb yozgandi A. P. Ivanov — Radkevich.

Auftakt yordamida dirijor ijro boshlanishi va taktdagi har bir xissa boshini, dinamik va sur’at о‘zgarishini, tovushning о‘tkirlik va davomiylik darajasini, hamda tovushning obrazli mohiyatini kо‘rsatadi. U sirtmoq, kamon yoki tepaga yо‘nalgan oddiy chiziq shaklida bо‘lishi mumkin. Uning yо‘nalishi asosiy harakat yо‘nalishiga kо‘ra aniqlanadi. Auftaktning davomiyligi tо‘la-tо‘kis ijro etilayotgan asar sur’atiga bog‘liq va taktning bir hisob xissasi yoki ijro turiga qarab uning qismining davomiyligiga bog‘liq. Sekin sur’at sekin auftaktlarni, tez-tezlarini talab qiladi. Ularning uzunligi va kuchi kompozitor tomonidan о‘z asarida singdirilgan Musiqiy obrazlar xarakteriga bog‘liq. Doimiy tempda barcha xissalar davomiyligi bо‘yicha bir xil bо‘ladi. Shu bois auftakt tezligini oshishi takt xissasining davomiyligini qisqartiradi.

Shuni qayd etish joizki, qaysidir epizod avvalida beriladigan auftaktda shu epizodning sur’ati (tempi) aks etiladigan va uning davomiyligi metrik xissa yoki sxema xissasiga tenglashtirilmaydigan vaziyatlar ham bо‘ladi. Masalan, aytaylik, asar boshida fermata turibdi, undan oldin bajariladigan auftakt muzika yangrash vaqtida uning dinamikasi, xarakterini aniq belgilashi lozim. Bunday vaziyatda auftakt sur’ati va uzunligi ijro etilayotgan musiqa sur’atini aniq aks ettirmaydi. Birinchi qо‘l harakatidanoq tempi kо‘rsatish ehtiyoji bо‘lmaganda, auftakt faqat u chaqirishi lozim bо‘lgan tovush bilan belgilanadi, ya’ni, cholg‘ular, ovozlar tarkibi, tessitura, dinamika, uzunlik, mantiqiy ma’no, — bir sо‘z bilan aytganda, tovushni tashkil etuvchi barcha sayi — harakatlar bilan belgilanadi.

Bu doimo asar boshida, fermatadan avval, kо‘proq sekin sur’atda, ayniqsa uzoq notalar oldida bо‘ladi.

Nometrik auftakt tez, qisqa, о‘tkir, aks yoki tо‘xtash bilan tugaydigan (auftakt staccato) yohud silliq va sekin (auftakt tenuto), yoki bо‘lmasa asosiy harakat bilan bevosita bog‘liq bо‘lishi mumkin, (auftakt legato). Bularning barchasi dirijor qо‘l harakati qaysi tovushga taalluqli ekanligi, dirijorning individualligiga bog‘liq. Auftaktdan avval dirijor qо‘lini tegishli vaziyatga tutishi lozim. Masalan, agar taktlash taktning birinchi xissasidan boshlansa, unda qо‘l asosiy harakat nuqtasidan pastroqda va birmuncha о‘ngroq tarzda joylashishi kerak. Agar musiqa о‘lchamda boshlansa va orkestr birinchisini ijro qilayotgan bо‘lsa, unda auftaktni tо‘rtinchi chorak sifatida bajarish kerak. Bunda uning davomiyligi taktning butun hissasiga teng bо‘ladi. Musiqa taktning ikkinchi xissasida boshlansa, auftakt odatda



sirtmoqli bо‘lmaydi va qо‘lning harakati qoshiq bilan suyuqlik olish xolatiga о‘xshab ketadi. Agar musiqa о‘lchamda taktning ikkinchi xissasida boshlansa, dastlabki nuqta taktning birinchi xissasi oldidan emas, vertikal chiziqning pastida yoki о‘rtasida bо‘ladi. Bu «Tо‘rtga» taktning uchinchi xissasiga ham tegishli. Agar о‘lchamda orkestr tо‘rtinchi chorakdan boshlasa, auftakt uchinchi xissada bajarilishi kerak bо‘ladi. Auftaktning kuchi asar dinamikasiga bog‘liq. Kuchliroq yangrashga faolroq, chaqqonroq auftakt mos keladi, kuchsizrog‘iga — sustrog‘i. Auftaktning davomiyligi va kuchi musiqaning dinamikasi va sur’atiga tо‘la — tо‘kis mos kelishi uchun, dirijor avvaldanoq ijro etilishi kerak bо‘lgan musiqaning tempi va xarakterini aniq his etmog‘i kerak. Taktning butun xissasini egallovchi auftakt, doimo sxema bо‘yicha bayon boshlanishi kerak bо‘lgan xissadan avval turgan xissaga yо‘naltiriladi. Xissaning bir qismini egallovchi auftakt esa ijro boshlanadigan xissa yо‘nalishini qabul qiladi. Ushbu aytilganlar dirijorlikda auftatktning о‘zi о‘tishi kerak bо‘lgan harakatni tayyorlovchi kо‘p harakat sifatidagi muhim ahamiyatini ochib beradi. Va albatta auftaktning ifoda kuchi, uning ijro bilan chambarchas bog‘liqligi dirijorning musiqa kayfiyati, xarakteri, sur’atini qanchalik aniq xis qila bilganligiga bog‘liq. Agar u avvaldan boshlanishni «eshita» olsa, bu auftaktni kо‘rsatuvchi xarakatga darrov kerakli ma’no va aniqlik kiritadi. «Artur Nikish — auftaktning betakror ustasi bо‘lgandi — deb yozadi Nikolay Andreyevich Malko о‘zining «Dirijorlik texnikasi asoslari» kitobida, — ba’zan orkestr musiqachilarining о‘zlari nimaga u yoki bu qiyin ijroni shunchalik oson chiqishini tushuntirib bera olmasdilar. Dirijorning qо‘li kutilmagan turtki berardi, pastga tushardi va butun boshli orkestr bir kishi kabi dirijor istagini bajarardi.
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish