XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriqlar qo’ya boshladi. Bundan tashqari, juda ko’p fanlarda ob’yektiv eksperimental usul bilan ilmiy faktlar to’plash yo’lga qo’yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o’rganar ekanlar, ularning boshqa individlar ta’sirida bo`lishi faktini inkor qila olmas edilar.

Sotsial psixologiya taraqqiyotining eksperimental davri 1945 yildan so’ng boshlandi. Hisob rasman V.Mede (Yevropa) va F.Olport (AQSh) tomonidan yaratilgan dasturdan boshlangan. Dasturda sotsial psixologiyani eksperimental fanga aylantirishga bo’lgan asosiy talablar o’z aksini topgan. Bu vaqtda AQShda iqtisodning kapitalistik shakli barq urib rivojlanishi, amaliy tadqiqotlarning faol rivojlanishi kuzatilayotgan edi. Mazkur tadqiqotlarning ahamiyati sodir bo’lgan iqtisodiy krizislar fonida yanada orta bordi. Eski tavsifiy sotsial psixologiya yuzaga kelgan yangi vazifalarni hal qilishga ojizlik qila boshladi. Natijada 1930 yilda AQShda «Ijtimoiy muammolarni psixologik tadqiq etish jamiyati» tashkil topdi.