Soтsiologiya fanidan ma‘ruza matnlari


sotsiologiyaning ob‘ekti jamiyatni boshqaruvchi tafakkur



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/103
Sana28.03.2022
Hajmi2,32 Mb.
#514973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
sotsiologiya fanining nazariy asoslari

sotsiologiyaning ob‘ekti jamiyatni boshqaruvchi tafakkur 
qonuniyatlari, rasional vositalaridir

Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo‗libgina qolmay, balki maxsus 
sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o‗rganmaydigan o‗z ob‘ektiga ega. Uning 
o‗ziga xos sohasi sotsial reallik bo‗lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-
madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy 
hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning o‗zaro tashkil etilish usullari 
sotsiologiyaning 
ob‘ekti bo‗ladi. Insonlar o‗zaro aloqalarga, hamkorlik 
munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon 
etish imkoniyatlariga ega bo‗ladilar. 
Sotsiologiya ijtimoiy muhitni tadqiq etganda umummilliy tushuncha va 
kategoriyalardan kelib chiqadi. Xususan, ob‘ektiv va sub‘ektiv, erkinlik va zaruriyat, 
borliq va ong kabi falsafiy kategoriyalardan foydalanib sotsiologik ob‘ekt mohiyatni 
talqin etadi. 
Sotsiologiya sotsial ob‘ektni sotsial sub‘ektlar orqali(shaxs, guruh, jamiyat, sotsial 
sohalar, munosabatlar, odamlarning sotsial faoliyati va tafakkur tarzi) tahlil qiladi. 
Sotsiologiya turli sotsial sohalarni tadqiq etish asosida ularning o‗ziga xos ijtimoiy 
rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi. Muayyan sotsial guruhlar tahlili va tasnifi 
orqali u jamiyat va inson to‗g‗risidagi umuiy qarashlar, qonunlar va tendensiyalarni 
yaratadi, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. 
O.Kont fikricha, ob‘ekt va predmet qarama-qarshiliklardan iborat. Sotsiologiya 
ijtimoiy hayot jarayonlarini 3 bosqichda o‗rganadi: 
1. Aniq- empirik
2. Xususiy (maxsus) 
3. Umumiy. 
Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik, maxsus va umum- sotsiologik 
tadqiqot jarayonlarini o‗z ichiga oladi.
Sotsial degan tushuncha sotsial aloqalar hamda munosabatlar va ularni tashkil etish 
usullari, sotsiologiya bilish ob‘ektining o‗ziga xosligini ochib bersa, sotsial 
qonuniyatlar esa sotsiologiya fani predmetini aniqlash uchun boshlang‗ich nuqta 
hisoblanadi. 
Sotsiologiyaning predmeti: 



Agar fanning obekti uning nimani o‗rganish kerak degan savolga javob bersa, 
predmet esa o‗sha ob‘ektning qaysi jihatlarini o‗rganadi? degan savolga javob beradi. 
Quyida sotsiologiyaga doir bir qancha ta‘riflarni keltirib o‗tamiz. 
Sotsiologiya – insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan 
o‗rni, ular o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rganadigan fandir. 
Sotsiologiya – ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, 
ma‘naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o‗rganadigan fan hamdir. 
Sotsiologiya – jamiyat tuzilishi, uning elementlari va ularning yashash 
sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo‗layotgan ijtimoiy jarayonlarni o‗rganadigan 
fandir.
Sotsiologiya – shaxsga ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga 
ko‗nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko‗maklashadigan, shular bilan bir qatorda 
insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay 
variantini topishda va uni amalga oshirishda jismoniy, emotsional-psixologik va 
ma‘naviy imkoniyatlarni ishga solishga yordam beradigan fandir. «Chunki hayot bor 
ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o‗zining manfaatlarini qandaydir yo‗llar bilan 
amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila 
qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr 
yuritadi, kerak bo‗lsa, qonuniy yo‗llar bilan o‗z maqsadlariga erishishga intiladi».
6
O‗z navbatida sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini taminlaydigan 
eng qulay variantlarni, ijtimoiy-madaniy modellarni topishdan iboratdir. Bular 
jamiyat va insonning o‗z-o‗zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir. 
Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o‗zaro 
birikuvchi va harakat qiluvchi tuzilma va mexanizmlar mohiyatini aniqlashdan 
hamda ularning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdan ham iboratdir. 
Bugungi kunda sotsiologiya predmetining mazmun doirasidan: 
1. Falsafiy germenevtika – yangicha tus berilayotgan naturalizmdan 
foydalanib, ularni yangicha talqin qilish (tendensiya) hamda, 
2. Gumanistik oqimni rivojlantirish tendensiyasi tobora zalvorliroq mavqe kasb 
eta boshladi.
Shunday qilib, sotsiologiya aniq ijtimoiy tizimlar amal qilishining sotsial qonun va 
qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar, ijtimoiy guruhlar, 
birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida namoyon bo‗lishi va ta‘sir ko‗rsatishi mexanizmi 
haqidagi fandir. 
Sotsiologiya uchun sotsial degan tushuncha asosiy hisoblanadi. «Cotsial» 
tushunchasi birinchi marta Karl Marks tomonidan qo‗llanilgan. U odamlarning bir-
biriga bo‗lgan munosabati, hayot tarzi, sharoitlari va dalillarini hamda insonning 
jamiyatda tutgan roli, holatini tahlil etganida «Sotsial» munosabatlar tushunchasini 
qo‗llagan. 
Ma‘lumki, sotsial u yoki bu xususiyatning va sotsial munosabatlarning o‗ziga xos 
yig‗indisidir. Har qanday sotsial munosabatlar tizimi (iqtisodiy, siyosiy va boshqa) 
odamlarning bir-biriga va jamiyatga bo‗lgan munosabatiga taalluqli hisoblanadi. 
6
И. Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация 
ва ислоҳ этишдир. Т. «Ўзбекистон», 2005. 12-13бетлар.



Sotsial degan tushunchaning o‗ziga xosligini harakterlovchi quyidagi asosiy 
jihatlarini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
Birinchidan, bu xususiyat turli guruh, individlar uchun taalluqli va ular tomonidan 
sotsial munosabatlarning u yoki bu xususiyatini integratsiyalash natijasi hisoblanadi. 
Ikkinchidan, hozirgi sotsial munosabatlar (iqtisodiy, siyosiy va boshqa) bilan 
bog‗langan individlarning va ularning guruhlari o‗rtasidagi turli munosabatlarning 
mazmuni va harakterini anglatadi. 
Uchinchidan, sotsial jihat turli individ va guruhlarining bir-biriga, jamiyatda tutgan 
o‗rniga, ijtimoiy hayot, voqelik va jarayonlarga munosabatida namoyon bo‗ladi. 
To‗rtinchidan, individlar o‗rtasidagi aloqa va o‗zaro ta‘sirning namoyon bo‗lishi 
birgalikdagi faoliyat natijasi demakdir. 
Sotsiologiya ijtimoiy hayotni u yoki bu formada va sohada o‗rganar ekan, u avvalo 
sotsial voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, sotsial rivojlanish jarayonlarini 
tasvirlash, tushuntirish, sotsiologiyaning asosiy metodologiyasini va sotsiologik 
tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal etadi. 
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‗pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga 
yo‗naltirilgan. Sotsiologiyaning amaliy yo‗naltirilganligi shunda namoyon bo‗ladi-ki, 
u ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi haqidagi ilmiy asoslangan ma‘lumotni ishlab 
chiqishga qodir. Shu holatda sotsiologiyaning 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish