Sovet hokimiyati davrida diniy ulamolarning qatag’on qilinishi



Download 40,07 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi40,07 Kb.
#680885
Bog'liq
maqola Sovet hokimiyati davrida diniy ulamolarning qatag


Sovet hokimiyati davrida diniy ulamolarning qatag’on qilinishi.

XX asrning 20-30-yillarida sovet hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy siyosati sohasidagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimini qaror toptirishga qaratilgan keskin o‘zgarishlari jamiyatda barcha tabaqalar singari diniy ulamolarga ham katta zarba berdi. Dindorlar va din ahllariga qilingan oshkora tajovuz uzoq vaqt o‘zlarini o‘nglay olmaydigan darajada salbiy ta’sir qildi.


O‘zbekistonda er-suv islohotining o‘tkazilishi (1925-1929-yy.), xotin qizlarni ozodlikka olib chiqishga qaratilgan “Hujum” kompaniyasi (1927-1928-yy.), qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati (1929-1932-yy.), aynan ushbu agrar o‘zgarishlar bilan bir davrda amalga oshirilgan quloqlashtirish siyosati hamda 1937-1938-yillardagi ommaviy qatag‘onlar davrida diniy ulamolar katta jabr ko‘rdilar. Yuqorida ta’kidlangan jarayonlar davomida ma’muriy buyruqbozlik tazimi va shaxsga sig‘inishning kuchayishi tufayli hayot qattiq iskanja ostida qoldi.
Birgina 1937 yilning dekabr oyida “uchlik”ning qarori bilan qatag‘on qilingan 3644 kishidan 353 nafari imomlar, eshonlar, mullalar va boshqa diniy xizmatchilar bo‘lgan. Bu esa qatag‘on qilinganlar umumiy sonining 10 foizdan ortig‘ini tashkil qilgan.1
O‘zbekiston SSRda o‘tkazilgan har bir tadbir jamiyat a’zolarining katta qismiga qarshi qatag‘onlik muhitini vujudga keltirdi. Bunday ta’qib va tazyiqdan diniy ulamolar ko‘proq jabr ko‘rdi. Ularga “bosmachilarga ko‘maklashgani, bosmachilarni yashirgani, bosmachilikda ishtirok etgani, ular bilan sherikchilik qilgani, josusligi, aksilinqilobiy tashkilotlarga a’zo bo‘lgani, aksilinqilobiy targ‘ibot yuritgani, terrorchiligi, bosmachilarga g‘oyaviy rahnamolik qilgani” kabi ayblar qo‘yilib, jazoga tortish ommaviy tus oldi. Mulla, shayx, qozi, imom, a’lam va mutavallilar boy, quloq bo‘lgani yoki ularning yirik zamindorlarga xayrixohligi ham qatag‘on qilinishiga sabab bo‘lgan.
1929-30 - yillarda respublikadagi yuzlab masjidlar yopilgan. Muqaddas ziyoratgohlar, namozgohlar va qadamjolar vayronaga aylantirilib, ulardagi yog‘och, g‘isht va boshqa qurilish materiallari ombor, kasalxona, choyxona, klub va boshqa inshootlar qurilishiga olib ketilgan. Bu kabi qurilishlarga, hatto qabristondagi g‘ishtlari ham olingan. Masjidlar bilan birga vaqf mulklariga qarashli uy-joylar, xonaqohlar, hammom, tegirmon, do‘konlar ham yarim vayrona holatiga keltirilgan, ko‘pchiligi yo‘qotib yuborilgan. Dindorlar va diniy tashkilotlarga tegishli bo‘lgan bog‘ va yer maydonlari tashlandiq joyga aylangan, vaqfkor dehqonlar esa yarim och, qashshoq holda yashagan. Dinga va dindorlarga qarshi kurash faqatgina diniy muassasalarni yopish bilan emas, balki xudosizlikni keng miqyosda tashviq va targ‘ib qilish bilan ham olib borilgan. O‘zbekiston SSR Maorif komissarligi qoshida sirtdan ta'lim beradigan dinga qarshi kurashuvchilar instituti ochilib, 18 yoshdan boshlab ta'lim oladiganlar targ‘ibot ishlariga yo‘naltirilgan.
Manbalarda musulmon ulamolarining qatag’on qilinishiga quyidagilarni misol keltirish mumkin: 1930-yil 22 fevralda boy va quloq bo‘lgani, bosmachilarga ko‘maklashgani, bosmachilarni yashirgani aybi bilan 11 kishi otuvga hukm qilingan. Ularning orasida o‘z davrining bilimdan ulamolari: Shahobiddin Omonov, Mamadali Eshon Isoqov, Mulla Fozil Oqilov, Holmatxoji Mirzaliev kabilar bo‘lgan.2
O‘sha yilning aprel oyida aksilinqilobiy tashkilot guruhlarida ishtirok etgani va aksilinqilobiy targ‘ibotchilikda ayblanib 110 nafar diniy ulamolar qamoqqa olingan. Ular OGPU qamoqxonalarida qat’iy rejim ostida saqlanib, tergovga berilgan.3
Sovet huquq-targ‘ibot idoralari tergov jarayonida hech qanday aybi bo‘lmagan, o‘zining insoniy sha’ni va haq-huquqlarini talab qilib chiqqan diniy ulamolarning ko‘pchligini oliy jazo - otuvga hukm qilgan. Jumladan, 1937-yil 27-oktyabrdagi “Uchlik” yig‘ilishining 5054-sonli ishida Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘raevning taqdiri bayon qilingan. Unda Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘raev (56 yoshda, tojik, boy, xo‘jaligi tugatilgan, mashhur mudarris, Qo‘qon muxtoriyati hukumatining sobiq vaziri, Namangan ruhoniyat idorasida ham raislik qilgan, 1925-1928-yilgacha sovetlarga qarshi faoliyati uchun surgunda bo‘lgan) ishi ko‘rilib, otuvga hukm qilindi deb yozilgan.4
Bu kabi ma’lumotlarni ko‘plab keltirish mumkin. Aksilinqilbiy targ‘ibot yuritgan, terrorchi, ommaviy chiqishda ishtirok etgan kabi o‘nlab ayblar bilan butun O‘rta Osiyo qamoqxonalarida 1930 yil iyuniga qadar 51 nafar ulamo aynan bosmachilarga sheriklikda, 59 ta ulamo josuslikda, 1 ta ulamo nolegal chegaradan o‘tishda va 1 ta ruhoniy sohta pul chiqarishda ayblanib, tergov berishga majbur bo‘lgan.5
Sovet hokimiyatining jazo idoralari Respublikaning barcha viloyatlaridagi musulmon ulamolari hisoblanmish imom, eshon, so‘fi, qori, mudarris, mutavalli, shayx kabilarning aniq ro‘yxatini olish, ular haqida ma’lumot to‘plash, avval kim bo‘lgan, nima ishlar bilan shug‘ullanganligi haqida ichki ishlar nazorat organlari tomonidan taftish ishlari ham olib borilgan. Farg‘ona viloyat xalq sudining 1940 yilda 13 ta diniy ulamolar ishi yuzasidan hukm qilgan qaroriga asosan 8 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi belgilanganligi, 5 kishiga esa engil jazo choralari qo‘llanilganligi ta’kidlangan. Ushbu ishni qayta ko‘rib chiqish, jazo choralarini kuchaytirish, ayniqsa, Qo‘qondagi turli masjidlarda imomlik qilgan Obid Mirzoxidov, Yusufboev, Mirzaboy Qoraboev kabilarning 1938-1940 yillardagi faoliyatini chuqurroq o‘rganish vazifasi topshirilgan.6
Ulamolarni qatag‘on qilish omillaridan biri sifatida ularni davlat tomonidan berilayotgan nafaqalardan mahrum qilish vositasi ham qo‘llanilgan. Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi dinga qarshi targ‘ibot yacheykasining hisobotida 1938-1940-yillarda Marg‘ilon shahrida 45 nafar ulamolar davlat hisobidan nafaqa olishi, Qo‘qon shahrida ham 50 ga yaqin dindorlar nafaqaxo‘rligi qayd qilinib, ularni davlat nafaqasidan mahrum qilish haqidagi qaror qabul qilingan. 1940-yilda respublikaning eng yirik viloyatlaridan biri bo‘lgan Farg‘onada 3 000 dan ortiq ulamolar ro‘yxatga olingan. Ularning ko‘pchiligi Qo‘qon, Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Chust, Asaka, Quva kabi shaharlarda yashirin yoki ochiq faoliyat olib borayotgan masjid imomlari, muhalla mullalari, qori va otinbibilar bo‘lib, soliq yuki tufayli ba’zilari o‘z diniy vazifalaridan voz kechib, dehqonchilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganlar.
1939-yilda Farg‘ona viloyatidagi 316 nafar ulamoga 621 511 so‘m soliq solingan bo‘lsa, 1940y-ilda 367 nafari soliqqa tortilgan va ularning zimmasiga 798 754 so‘m to‘lashlik majburiyati yuklatilangan.7
Ayrim shahar va tumanlarda barcha masjidlar yopib qo‘yilganligi sababli aholining dindor qatlami yashirin ravishda uylarida ibodat qilishar edi. Hatto, partiya va sovet organlarida faoliyat olib borayotgan shaxslarning farzandlariga hatna morasimini o‘tkazish eskilik sarqiti sifatida tanqid ostiga olindi.
1940-yilning o‘rtalarida O‘zbekiston SSR XKS raisi nomiga yo‘llangan ma’lumotlardan birida respublikada din peshvolarining soni 519 ekanligi, Toshkent shahrida 111 ta masjiddan 30 ta imom, Qo‘qonda 24 ta masjid hisobida 11 ta imom, Buxoroda 6 ta masjidda 6 ta imom faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lum qilinadi.8
Musulmon ulamolarini qatag‘on qilish omillaridan yana biri, hukumat rahbarlarining joylardagi sovet mahalliy boshqaruv idoralari a’zolari tomonidan shaxsiy adovat tufayli ham sodir etildi. Hokimiyatni adolat bilan boshqarmaganligi, poraxo‘rligi, axloqiy buzuqligi, ikkiyuzlamachiligi uchun ba’zi diniy ulamolardan tanqidga uchragan mutasaddi rahbarlar vaqti kelganda, bunday ulamolardan o‘ch olish holatlari ham uchrab turgan. Diniy ulamolarga yoshlarga diniy ta’lim berib ularni noto‘g‘ri yo‘lga boshlayotganligi, chalg‘itayotganligi kabi asossiz ayblar ham qo‘yilgan. “Farg‘ona viloyat Norin tumanidagi Kattayoydoq qishlog‘ida yashovchi Meliboy xalfa ayni damda hech qaerda ishlamasdan, yoshlarni diniy taassurot bilan yo‘ldan urmoqda, ba’zilardan pul olib tumor qilib bergan. Shuningdek, ko‘plab har xil yoshdagi odamlarni uyiga to‘plab diniy suhbatlar uyushtirgan. Uni ta’sirida qishloqda ro‘za tutuvchilar ko‘payib ketgan”9 – degan aybnomalarni ko‘plab uchratishimiz mumkin.
1930-yillarning oxirlaridan boshlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dindor bo‘lgani uchun, diniy marosimlarda qatnashgani hamda unda xizmat ko‘rsatgani, daromad olgani uchun ham ta’qib ostiga olish avj oldirilgan. Jumladan, Abduolim Tog‘aev degan shaxsga nisbaatan paxta yig‘im-terimi davrida diniy marosimlarni, Ro‘za hayitini o‘tkazish orqali paxta yig‘im-terimi muddatini atayin uzaytirganlikda ayblangan. Uni millatchi unsur, bosmachilar malayi, mulla, guruh tuzib diniy yig‘ilishlar o‘tkazib turishi bahonasi bilan otuvga hukm qilinadi. Bunday ayblar Jo‘raboy Ahmadaliev, Mirzaboy Mirzaev, Abdukarim Abzalov kabi shaxslarga ham qo‘yilgan. Ularga diniy marosimlar o‘tkazish bahonasida sovetlarga qarshi targ‘ibot olib borish maqsadini ko‘zlaganligi bilan bog‘liq ayblar qo‘yilgan. Hatto bu yig‘inda qatnashgan kishilar ham jinoiy javobgarlikka tortilgan, ba’zilari otuvga hukm qilingan. Masalan, Abduolim Tog‘aevning yig‘inlarida ishtirok etgan 7 kishi otuvga mahkum qilinib, 3 kishi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.10
Shuning uchun qatag‘onlik siyosati avj olgan 1937-1938-yillarda musulmon bayramlarini o‘tkazish, Qur’oni Karim, Xadisi sharifni mutoala qilish, islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan urf-odatlarni bajarish yashirin ravishda o‘tkazilgan. Bunday tadbirlarda, beg‘araz yig‘inlarda, ma’rakalarda to‘planganlar, ulamolar bilan muloqotda bo‘lganlar haqida xabar berilsa, ular albatta, aksilinqilobiy tashkilot majlisi ishtirokchisi sifatida hibsga olingan. Ulamolarni jamiyat a’zolari safidan o‘chirish, ularni o‘zlari yashab turgan joylardan badarg‘a qilish, quloqlashtirish vositalari qo‘llanilgan.
O‘zbekiston SSRdan quloq qilingan xo‘jaliklarning ko‘pchilik a’zolari ruhoniylar edi. 1930-1933 yillarda Ukraina, Sibir, Qozog‘iston, SHimoliy Kavkaz kabi hududlarga hamda respublikaning o‘zidagi 17 ta quloq qishloqlariga majburan ko‘chirilganlarning ancha qismini ulamolar va ularning oilalar tashkil qilgan. Ulamolarni kolxozlardan haydash, saylov huquqidan mahrum qilish, dehqonchlik va chorvachilik bilan shug‘ullanishga majbur qilish kabi chora tadbirlarini qo‘llash kabi qatag‘onlik siyosati ham qo‘llaniladi.
1931 yil bahorida faqat Marhamat va Mirzacho‘l tumanlarida 4910 kishi kolxozlardan chiqarilgan, jumladan, 145 kishi ruhoniy, O‘zbekistondagi turli tuman kolxozlardan 7400 nafar quloq, mulla, savdogar sifatida haydalgan.11
1932 yil 21 mayda O‘z SSR XKS 211-sonli quloq xo‘jaliklarining belgilari to‘g‘risidagi qarori qabul qilinib, unda quloq xo‘jaliklarning 15 ta xususiyati ko‘rsatilgan belgilarning oltinchisida “diniy marosimlarda xizmat ko‘rsatishdan olinadigan daromadi uchun quloq qilinsin” – deb yozib qo‘yilgan. Kolxozlardan haydash, saylov huquqidan mahrum qilish kabi omillar bilan birga o‘z uyida ta’qiq qilingan kitoblarni saqlayotganligi, ularni targ‘ib qilganligi, qo‘lyozmalarni yashirganligi, maslakdoshlariga berganligi, arabcha yozuvni o‘rgatganligi uchun o‘qimishli ulamolar qonun idoralari oldida javobgarlikka tortilib, turli-tuman jazo choralar qo‘llanilgan. Diniy ulamolarning qadr qimmati, sha’ni va or-nomusi oyoq-osti qilinib, ularni huquq-tartibot idoralariga olib borish, militsiya xodimlari tomonidan bostirib kirib tintuv o‘tkazish, qurollangan navkarlar orqali bosim o‘tkazish, do‘q-po‘pisa yo‘li bilan qo‘rqitish kabi usullar orqali amalga oshirilgan. Qattiq ta’qib ostiga olingan ulamolarning bir qismi o‘z oilalari bilan xorijiy mamlakatlarga chiqib ketganligi, ularga oddiy xalq vakillarining ham ergashganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu borada tarixchi olimlar R.Shamsutdinov va Sh.Hayitovlarning ilmiy tadqiqotlarida boy ma’lumotlar keltirilgan.12
O’rta Osiyo xalqlari tarixi o’rganilar ekan, 1920 - 1930 yillarda Farg’ona vodiysi, Buxoro hududlaridan ayrim yillarda 2 — 3 kishi haj ziyoratiga borganligi kuzatiladi.Haj ziyorati uchun Makka va Madinaga amallab yetib olgan barmoq bilan sanarli shaxslarning ham ayrimlari Vatanga qaytmasdan, u yoki bu Sharq mamlakatlaridan birida yashab qolishgan. Ularning ko’pchiliklari Turkiya Respublikasini ikkinchi Vatan sifatida tanlashardi. Sobiq ziyoratchilar Turkiya shaharlarida savdo — tijorat ishlari, hunarmandchilik, hamollik va boshqa xizmatlar bilan shug’ullanishgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida (1939-1945 yy.) sovet hukumati dinga munosabatda “yumshoqlik” yo’lini tutdi. Maqsad fashizmga qarshi kurashda diniy ulamolar va musulmon aholini o’z tarafida turishi, og’ir damda jamiyat yakdilligiga erishish edi. Qolayersa, SSSR musulmon mamlakatlari bilan yaqinlashgandi. 1943 yildan diniy rasmiy idoralar tashkil etildi. 13 Toshkent, Ufa, Boku xududlar bo’yicha musulmon boshqarmalari tashkil etildi. Jumladan, O’rta Osiyo musulmonlari diniy bopharmasi (keyinchalik O’rta Osiyo musulmonlari diniy boshqarmasi, Movarounnaxr musulmonlari diniy boshqarmasi) tuzildi. Mazkur diniy boshqarmaga O’zbekiston SSR hukumati Maorif nozirligi huzuridagi “Diniy ishlar qo’mitasi” ga haj ziyoratiga borish uchun rasman ariza berishga ruxsat etildi. Makka va Madina hajiga borish uchun juda ko’p sun’iy to’siqlardan o’tish kerak edi .
Shuning uchun ziyoratchilarning yillik o’rtacha soni ozligicha, barmoq bilan sanarli bo’lib qolayotgan edi. 1944-yilda Sovet Ittifoqidan haj ziyoratiga borganlar soni 6 nafarni tashkil etdi. 1953-yilda esa 23 kishi Makka va Madina hajida bo’lib qaytgandi. 1944-1953- yillarda har yili o’rtacha ziyoratchi musulmonlar soni 15-18 nafardan oshmagan. Ziyoratga borib qaytgan musulmonlarning 50-60 foizini O’zbekiston musulmonlari tashkil etgan. Albatta, ko’p millionli SSSR davlati aholisi uchun yuqorida ko’rsatilgan raqamlar o’sha davr uchun, ahamiyatsiz, nomigagina haj ziyoratini amalga oshirishga ruhsat berilganligini ko’rsatadi.
Vatandan mahrum bo‘lgan, qattiq rejim va komendantlik nazorati ostida yashab turgan surgundagi “quloqlar”ga, dindor va ulamolarga nikoh to‘yi, xatna marosimi, Ro‘za va Qurbon hayitini bayram qilish, xatmi Qur’on, aza marosimlarini o‘tkazish qat’iy ta’qiqlab qo‘yildi. Bunday udumlar mutlaqo maxfiy holda, yarim tunda, bir kechada 6-7 xonadonda uyushtirilgan. Xatna qilish uchun ko‘plab bolalar to‘plab, bir kechada usta tomonidan amalga oshirilgan. Ko‘chkindilarning, xususan, o‘zbek ulamolarining ushbu odatlarni o‘tkazganligi ma’lum bo‘lsa, javobgarlikka tortish vositasi qo‘llanildi. Barcha quloqlar singari dindor va ulamolar majburan ko‘chirilgan uzoq o‘lkalarning aholi markazlarida 1930-1940-yillarda qayta marotaba ham qatag‘onlikka tortildi.
Xullas, 1920 yillarning ikkinchi yarmi va butun 30-yillarda diniy ulamolar bosmachilikka ko‘maklashgani, ularni yashirgani, aksilinqilobiy harakatlarda ishtirok etgani, sovet hokimiyatiga qarshi targ‘ibot yuritgani, kolxozlar tuzishga qarshi chiqqani, qo‘poruvchilik qilgani, diniy marosimda qatnashib soliq to‘lamagani, yashirin tashkilotlarda ishtirokchiligi, diniy marosimlarni boshqargani kabilar ro‘kach qilinib, qatag‘onlik girdobiga tortildi.
Sovet yillaridagi qatag‘onlar davrida hukmronligi aholining har tomonlama ezilishi, tahqirlanishining bosh sababi unga ma'naviy jihatdan yetkazilgan navbatdagi zarba edi. Avvalo, inson ma'naviyatining bosh mezoni bo‘lgan, axloq-odob, ta'lim-tarbiya, hayot maktabi bo‘lgan din va diniy ta'lim faoliyatiga chek qo‘yildi. “Biz o‘z millatimizni muqaddas dindan ayro holda tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o‘zligimizni yo‘qotamiz”,14 - deb ta'kidlagan edi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
Ammo, o‘tgan asrning 20 - yillari boshlarida diniy muassasa va tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berish, vaqf mulklarini tiklash, ularni mamlakat iqtisodiy va
madaniy rivojlanishi asosiga aylantirish to‘g‘risida loyihalar ishlab chiqilgan, maxsus dekretlar qabul qilingan bo‘lsa-da, bu sohada qabul qilingan qarorlar rasmiy bo‘lib, hayotga tadbiq qilinmasdan, qog‘ozlarda qolib ketgan.
Diniy ulamolarning bir qismi yuqorida ta’kidlangan davrda otuvga hukm qilindi, yana bir qismi uzoq o‘lkalarga quloq sifatida surgun qilib yuborildi, ancha qismi esa vaziyat taqazosiga ko‘ra o‘z oilalari bilan xorijga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Sovet hokimiyatining diniy ulamolarga noinsoniy, zo‘ravonlikka asoslangan siyosati tufayli respublikada islom ilmi va ma’naviyatidan mukammal xabardor bo‘lgan ulamolar butunlay yo‘qotilib, ularning o‘rniga ko‘r-ko‘rona ijrochilar, diniy ilmdan yuzaki xabardor bo‘lgan shaxslar diniy muassasalar rahbarligini egallashdi. Bunday kimsalar rasmangina o‘z vazifalarini bajarib, yuqoridan berilgan buyruqlarning ijrochisi edilar, xolos. Diniy ulamolarni qatag‘on qilish jarayonida ma’naviy qadriyatlarimiz oyoq-osti qiliindi. Ulamolar tomonidan saqlanib kelingan diniy va dunyoviy ilmlar hamda yurtimiz o‘tmishidan xabar beruvchi nodir qo‘lyozmalar musodara qilindi yoki yo‘qotib yuborildi.



1 Мустафоев С. Нур ато этган Нурота. – Тошкент: Истиқлол, 2004. – Б. 27.

2Шамсутдинов Р. Қишлоқ фожеаси: жамоалаштириш, қулоқлаштириш, сургун. Тошкент: Шарқ, 2003. Б. 170.

3Ўша асар.-173-б.

4Шамсутдинов Р. Қишлоқ фожеаси: жамолаштириш, қулоқлаштириш, сургун. –Т., 2003. -177-б.

5Шамсутдинов Р. Қишлоқ фожеаси: жамолаштириш, қулоқлаштириш, сургун. –Т., 2003. -183-б.

6ЎзР ПДАФВБ,1-фонд, 6-рўйхат, 70-иш, 44-варақ.

7Salmonov A. O’zbekistonda sovet hokimiyati diniy siyosatining fojeali oqibatlari (1917-1991 yillar). O’quv qo’llanma, - Farg’ona, 2018. 74 bet.

8ЎзР МДА, 837-фонд, 32-рўйҳат, 1859-иш, 99-варақ.

9ЎзР ПДАФВБ, 1-фонд, 6-рўйхат, 70-иш, 116-варақ.

10Шамутдинов Р. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиёсати ва унинг фожеали оқибатлари. – Т.: Шарқ, 2001. – 216, 218, 222, 223, 239, 240-б.

11Шамсутдинов Р. Ўзбекистонда советларнинг қулоқлаштириш сиёсати ва унинг фожеали оқибатлари. – Т., 2003. 91-б.

12Шамсутдинов Р. Қишлоқ фожеаси: жамоалаштириш, қулоқлаштириш, сургун. – Т.: Шарқ, 2003. – 237, 238, 239, 240, 242-б.; Ҳайитов Ш. ва б. Хориждаги ўзбеклар. – Тошкент: Фан, 1992.; Шу муаллиф. Ватан дея ватансиз қолганлар қисмати. Бухоро, 2005.; Шу муаллиф. Ватанжудоликнинг мунгли тарихи. Бухоро, 2005.

13 Хайитов Ш. Узбек мухожирлиги тарихи. T: ABV MATBUOT KONSA 2 T. — 2008. - Б. 141. 38



14 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997. B-215



Download 40,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish