Sovuq urush


partiyalari o’rtasidagi transnasional xamkorliklari keng ko’lamda faoliyat



Download 260,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana12.03.2022
Hajmi260,15 Kb.
#492177
1   2   3   4
Bog'liq
5 ma\'ruza


partiyalari o’rtasidagi transnasional xamkorliklari keng ko’lamda faoliyat 
yurgizmoqda. G’oyaviy nuqtai nazarlari bir-biriga mos keladigan partiyalarning 
raxbarlari partiyalarga xalqaro tus berishga, ularni xalqaro maydonda jipslashtirish 
va koordinasiya qilishga harakat qilishmoqda. Bunga shu holat guvohlik beradiki, 
1961 yilda tarkibiga turli davlatlardagi sentristik partiyalarni o’z ichiga olgan 
Butunjahon xristian Demokratik Ittifoqi tashkil topgan edi. 1983 yilda G’arbiy 
Yevropa davlatlaridagi Konservativ partiyalarni, AQShning Respublikachilar 
partiyasini, 
Yaponiyaning 
Liberal-demokratik 
partiyasi 
va 
Avstraliya 
konservatorlarini birlashtirgan Xalqaro Demokratik Ittifoq ham tashkil topgan edi. 
Hozirgi davr jahon siyosatidagi asosiy omillardan biri sifatida xar yili o’tkazib 
turiladigan "Katta sakkizlik'' yig’inlarini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. "Katta 
sakkizlik»ga AQSh, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya, Kanada 
va Rossiya kabi industrial jihatdan taraqqiy etgan davlatlar kirib, bu davlatlarning 
boshliqlari har yili iqtisodiyot va tashqi siyosatning muxim masalalari yuzasidan 
fikrlashib, muammolarni bartaraf qilish uchun to’planadi. Sakkizlikning bu 
yig’inlarida asosiy diqqat-e’tibor iqtisodiy o’sishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy 
aloqalardagi izdan chiqqan muvozanatni tiklash, inflyasiya, ishsizlik va boshqa 
muammolarga e’tibor beriladi. Harbiy-strategik, tashqi siyosiy va boshqa masalalar 
ham muhim o’rin tutadi. 
Yevropadagi integrasion jarayonlar boshqa hududlardagiga nisbatan 
muvaffaqiyatli kechdi. 1948 yilga keliboq Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va 
Lyuksemburg o’rtasida "Bryussel Pakti" ("G’arbiy Ittifoq") deb nom olgan xujjat 
imzolangan bo’lib, bu Shartnoma harbiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda 
hamkorlik qilishni ko’zda tutgan edi. O’sha yilning may oyida Yevropani 


birlashtirish g’oyasini ilgari surgan Gaaga Kongressi bo’lib o’tdi, 1949 yilda Yev-
ropa Kengashi tashkil topdi. Yevropa Kengashi inson huquqlarini ximoya qilish, 
Yevropa qit’asida qonun ustuvorligi va Parlamentar-demokratiyani ta’minlash, 
Yevropa davlatlari o’rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni rivojlantirish va 
"umumevropaviy ongni shakllantirish kabi masalalarga o’z diqqat-e’tiborini 
qaratdi. Natijada Buyuk Britaniya Yevropadagi integrasion jarayonlardan ma’lum 
bir muddatga uzoqlashgan bo’lsa, GFR esa jarayonning faol ishtirokchisiga 
aylandi. G’arbiy Yevropa integrasiyasidagi siyosiy yo’nalish o’rniga, iqtisodiy 
yo’nalishga asosiy diqqat-e’tibor qaratildi. 1951 yilga kelib Fransiya Tashqi ishlar 
vaziri Shuman tashabbusi bilan Yevropaning Ko’mir va Po’lat Birlashmasi 
(YeKPB) tashkil topdi. Bu tashkilotga Fransiya, GFR, Italiya va Benilyuks 
davlatlari a’zo bo’lib kirdi. YeKPB bu strategik sohaning xomashyosi va 
mahsulotining umumiy bozorini vujudga keltirdi. Shu tashkilot doirasida millatlar 
ustidan boshqaruvning mexanizmlari muvaffaqiyatli sinovdan o’tdi. 1957 yilda 
"oltilik" YeKPB bazasida Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatini tuzish to’g’risida Rim 
Kelishuvlarini imzoladi. Bu tashkilot a’zo davlatlarning iqtisodiy tizimini 
integrasiya qilish jarayonlariga e’tibor qaratdi. YeIH doirasida bir qator Xalqaro 
institutlar - Kengash (ministrlar darajasida a’zo davlatning veto berish huquqini 
koordinasiya qiladigan oliy organ), Komissiya (asosiy ijro etuvchi organ). As-
sambleya (konsultativ organ, keyinchalik Yevroparlament deb atalgan) va Sud 
(Oliy arbitraj sud) tashkil etildi. 
Dastlab YeIHga a’zo bo’lgan davlatlarning siyosiy suvereniteti to’la 
saqlanib qolgani holda, integrasiyaning asosiy yo’nalishlari sifatida bojxona 
bojlaridan asta-sekinlik bilan voz kechish, moliyaviy qonunchilikni bir xillashtirish 
va yagona agrar siyosatni olib borish kabilar belgilab olindi. Bu vazifalar deyarli 
1968 yilga kelganda bajarib bo’lingan edi. 60- yillarning oxirlariga kelib G’arbiy 
Yevropa integrasiyasi jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlangan edi. 1969 yilda 
''oltilik'' davlat rahbarlarining Gaagadagi yig’ilishida Fransiya Prezidenti J. 
Pompidu "Integrasiyani nihoyasiga yetkazish, chuqurlashtirish va kengaytirish" 
Dasturini ilgari surdi. Shu Dastur doirasida 1972 yilda YeIHni kengaytirish amalga 
oshirildi. Hamjamiyat tarkibiga Bugok Britaniya, Irlandiya va Daniya kirdi. Bu 
jarayon to’xtab qolmadi va keyinchalik yana Ispaniya, Portugaliya va Gresiya, 
1995 yilning 1 yanvaridan esa Avstriya, Shvesiya va Finlyandiya ham qo’shildi. 
2007 yil yanvariga kelib Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni: 27 taga yetdi. 2010 
yilga kelib esa YeIH davlatlari soni 28 taga yetdi. 70- yillarnint boshlaridan 
Valyuta Ittifoqini tashkil etish va YeIH davlatlarining siyosiy integrasiyasini 
mustahkamlash yuzasidan ham Dasturlar ishlab chiqilgan edi. 2002 yildan YoIH 
davlatlari yagona pul birligi - yevroga o’tdilar. 


1974 yilda ro’y bergan iqtisodiy inqiroz va shundan so’ng G’arb 
Davlatlarining butun iqtisodiy va texnologik mexanizmlarida ro’y bergan chuqur 
transformasiyalar tufayli integrasiya jarayonlarida susayish alomatlari sezildi. 
Shunday bo’lsa-da, 70- yillar mobaynida YeIHning qishloq xo’jaligidagi siyosatini 
("Yashil Evpopa', Dasturi) yanada mustahkamlashga, Yevropada yagona hisob-
kitob bir-ligi (EKYu)ni joriy etishga va milliy valyutalar kurslarining o’zgarishini 
koordinasiya qilish amaliyotini tatbiq etish kabi masalalarning asoslarini 
mustahkamlashga erishildi. 70-80- yillar mobaynida YIHga a’zo davlatlarning 
texnologiya sohasidagi hamkorligi ko’zga ko’rinarli darajada taraqqiy etdi. FAST 
(texnologik tarakqiyotni prognozlashtirish sohasida), ESPRIT (axborotlashtirish 
tizimi sohasida) va "Evrika" (iqtisodiyotning asosiy sohalarida texnologik 
rivojlantirishning kompleks integrasiyasi) Dasturlarini amalda tatbiq etish G’arbiy 
Yevropaning jahonning ilg’or markazlaridan biriga aylanishiga imkoniyat yaratdi. 
70- yillarning oxirlariga kelib siyosiy integrasiya sohasida ham ko’zga ko’ringan 
o’zgarishlar yuz berdi. YeIH Kengashining nufuzi ancha ortdi. Kengash ishida, 
asosan, Hamjamiyatta a’zo davlatlarning hukumat va davlat rahbarlari ishtirok eta 
boshlagan edi. 1978 yildan boshlab Yevroparlamentga to’g’ridan-to’g’ri 
saylovlarning o’tkazila boshlashi uning xalqaro tashkilot sifatidagi statusini yanada 
oshirib yubordi. Yuqorida o’tkazilgan tadbirlar 80- yillarning birinchi yarmiga 
kelib irinsipial jihatdan integrasiyaning yangi bosqichi - Yevropa Ittifoqini 
shakllantirishga poydevor yaratdi. Hamjamiyatni strukturaviy jihatdan yangi 
bosqichga ko’tarish uchun bir kator tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari 
nihoyatda og’ir kechdi. 1992 yilda Maastrixtda imzolangan Shartnomagina Yev-
ropa Ittifoqining shakllanishida muhim qadam bo’ldi. Maastrixt Shartnomasining 
asosiy maqsadi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot va madaniy sohalarni 
birlashtirgan yagona makonni tashkil etishdan iborat edi. 
1993 yilning 1 yanvaridan boshlab YeI hududlarida yashayotgan 350 mln 
dan ortiq yevropaliklarga YeIga a’zo davlatlar hududlarida erkin harakatlanish 
huquqi berildi. Xizmat ko’rsatish, mahsulot va sarmoyaning yagona bozori 
shakllandi. Hukumatlar qonunchilikni bosqichma-bosqich yagonalashtirishni 
boshlab yubordi. Yaqin kelajakda valyuta tizimlarini batamom birlashtirish, YeI 
fuqarolarining yagona institutini tashkil etish, Yevropa davlatlarining harbiy-
siyosiy jihatdan yaqinlashuvi va xavfsizlik tizimini yanada mustahkamlash 
bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish rejalashtirib qo’yilgan edi. Maastrixt 
Shartnomasi YeIning keyingi yillarda rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini 
belgilab bergan edi. 
BMTning faoliyati. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda jahon 
hamjamiyatini shakllantirish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishda 
BMT muhim ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan 


davrdayoq Millatlar Ligasidan farqli o’laroq jahonda xalqaro xavfsizlik 
vaqtinchalikni ta’minlab turishga qodir bo’lgan xalqaro tashkilotni tuzishga 
harakat boshlangan edi. Bu savolga Yakuniy javob 1945 yilning aprelida bo’lib 
o’tgan San-Fransiskodagi xalqaro konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
(BMT)ni tuzish va uning Nizomini ishlab chiqishga Qaror qabul qilindi. Ikkinchi 
jahon urushidan keyingi davrda xalqaro hayotning turli jabhalarida faol qatnashgan 
bir qator yangi ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar tuzildi, 1948 yilda BMTning 
Madaniyat va fanni yuksaltirish muammolari bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan 
tashkiloti - YuNESKO tashkil etildi. 
Energetika va xomashyoga oid muammolarni hal etishda xalqaro tashkilotlar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bular orasida yadroviy qurollarining tarqalishini 
oldini olish va atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish 
bilan shug’ullanuvchi BMTning Atom energiyasi bo’yicha Xalqaro Agentligi - 
MAGATE muhim o’rin egallaydi. 
BMTning say-harakati bilan inson hukuqlarini ximoya qilish masalasi 
hozirgi davrda xalqaro siyosatning asosiy masalalaridan biriga aylandi. To’g’ri, 
inson huquqlarini himoya qilish Konsepsiyasi jahon siyosati uchun yangilik emas 
edi. XX asr mobaynida bu Konsepsiyani amalga oshirish uchun juda ko’plab 
ijtimoiy va siyosiy partiyalar hamda tashkilotlar u yoki bu shaklda urinib 
ko’rishgan. Bu kurashlar 1948 yilda BMT Bosh Assambleyasida "Inson hukuklari 
butun Umumjahon Deklarasiyasi"ning qabul qilinishi bilan o’zining mantiqiy 
yakuniga yetdi. Ammo, shunday bo’lsa-da, inson huquqlari muammosi XX asrning 
so’nggi o’n yilliklarida nihoyatda ko’p muhokama qilindi. 
BMT rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy muammolarini bartaraf qilishga 
katta e’tibor bilan qaramoqda. BMT Bosh Assambleyasi 1974 yilda yangi xalqaro 
iqtisodiy tartibni joriy etishga doir Deklarasiyasi va Dasturni qabul qildi. BMTning 
davlatlar o’rtasidagi nizolar va ularni bartaraf etish bo’yicha o’tkazgan tadbirlari 
nihoyatda kattadir. 1948-1991 yillar davomida tinchlikni qo’llab-quvvatlash uchun
BMT 23 ta operasiyani amalga oshirdi. BMT Bosh kotibining qo’l ostida tanklar, 
yuk tashuvchi texnika, sun’iy yo’ldoshli aloqa vositalari va boshqalar mavjud 
bo’lib, ko’pgina davlatlar ham bunday imkoniyatlarga ega emas. Hozirgi davrda 
BMT xizmati Yer sharining xoxlagan nuqtasida 50 ming chodir tika oladi yoki 1 
mln qochoqni oziq-ovqat bilan ta’minlash imkoniyatiga egadir. BMTning Oziq-
ovqat Dasturi hattoki butun bir davlat aholisining hayotini saqlab qolishga qodir. 
Biroq BMTning oziq-ovqat bo’yicha ko’magi qashshoq davlatlardagi muam-
molarni to’la bartaraf etish imkoniyatini bermaydi. BMTning bu sohadagi 
faoliyatini cheklab turuvchi sabablardan biri bu moliyaviy qiyinchiliklar 
hisoblanadi. 


90- yillarda BMTning tinchlikni o’rnatishga qaratilgan faoliyatini Namibiya 
va Fors ko’rfazidagi nizolarni bartaraf etishdagi sa’y-harakatlarida ko’rish 
mumkin. 1990 yilda BMT Quvaytga hujum qilgan Iroqqa qarshi ko’p millatli 
harbiy kuchlardan foydalanishga sanksiya berdi. Namibiya, mojarosi barcha 
qarama-qarshi tomonlarni muzokaralar jarayoniga tortish orqali qon to’kilmasdan 
ijobiy bartaraf etildi. BMT o’z oldiga qo’ygan majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado 
etib, o’tish davrida mamlakatni boshqarish, Namibiya hududida tinchlikni saqlab 
turish, erkin saylovlarning o’tishini va Angola hamda Namibiyadan chet el harbiy 
kuchlarining chiqarilishini nazorat qilish kabi tadbirlarda bosh-qosh bo’ldi. Ammo, 
shu bilan birga, BMT Liberiya, Somali, Ruanda va boshqa nizoli zonalarda 
o’zining zaifligini namoyon etdi. 2011 yil mart oyida BMT Xavfsizlik Kengashi 
Liviyada M. Kaddafi rejimiga qarshi sanksiya qo’llab, unda Liviya Havo kuchlari 
harakatini cheklab qo’yuvchi qaror qabul qildi. Biroq u sanksiya chegarasidan 
chiqib. NATO bloki davlatlari tomonidan Liviyaning havodan bombardimon 
qilinishiga aylanib ketdi. BMT qachonki buyuk davlatlar boshchiligida nizolarni 
bartaraf etish operasiyalarini o’tkazgan bo’lsa, bu tadbirlar ijobiy xal etildi. Agar 
buyuk davlatlar o’rtasida kelishuvchilik yo’q ekan, har qanday tadbir 
muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ba’zi hollarda BMT tomonidan sanksiyalashtirilgan 
katta harbiy operasiyalar AQSh qo’mondonligi ostida amalga oshirilgan. 
Jumladan, Koreyada 1950-1953 yillarda, Irokda 1990-1991,2003 yillarda, 
Somalida 1992-1993 yillarda va 1999 yilda Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar 
hamda 2001 yildagi Afg’onistonda' "Tolibonlar" hukumatiga qarshi harakatlar 
AQSh boshchiligida o’tkazilgan. 

Download 260,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish