So‘zlashuv tili



Download 16,66 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi16,66 Kb.
#416697

Til tizimi nutqda o‘z ifodasini turlicha topishi mumkin. Til tizimining ma’lum bir ijtimoiy ong vakillari (xalq, etnik, ijtimoiy guruh) tomonidan qabul qilingan varianti shu ijtimoiy guruhning til normasini tashkil qiladi.
Eng avvalo, umumxalq tili farqlanib, u barcha mavjud normalarning umumlashgan shaklidir. U o‘z tarkibiga quyidagi-larni oladi:
Adabiy til;
So‘zlashuv tili;
Hududiy dialektlar;
Dialektlarga mansub bo‘lmagan til birliklari;
Turli-tuman ijtimoiy dialektlar (kasbiy tillar, jargonlar, maxfiy korporativ tillar, tabaqaviy tillar).
Umumxalq tilining alohida variantlari ham tilning mavjudlik shakllari hisoblanadi. Ular bir-birlaridan material, til birliklarining tarkibi, ijtimoiy maqomi (ishlatilish doirasi), me’yoriy darajasi bilan farqlanadi.
Til variantlarining o‘zaro munosabatlari turli tillarda turlichadir. Odatda, muayyan xalqning adabiy tili ma’lum bir dialektning yoki o‘zaro yaqin dialektlarning umumiy normalariga asoslanib yaratiladi. Masalan, adabiy fransuz tili fransi dialekti asosida, ispan adabiy tili kastiliya dialekti, ingliz adabiy tili anglo-saks va yut dialektlari asosida (anglar, sakslar va yutlar Britan orollariga taxminan 450 – yillarda Germaniya hududlaridan ko‘chib kelishgan), rus adabiy tili o‘rta rus Moskva dialektlari asosida shakllangan, o‘zbek adabiy tili qarluq lahjasiga kiruvchi shevalarga asoslangan.
Adabiy til shakllangan davridan boshlab, o‘zi asoslangan dialektlardan olgan merosni saqlab keladi. Masalan, Italiya yerlarining uzoq muddat davomida mayda feodalliklarga bo‘linib turganligi sababli yagona davlat shakllangan davrlarda ham italyan tili uzoq payt mayda dialektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab keldi. Buni akademik G.V. Stepanov obrazli qilib, «italyan dialektlari o‘rmoni» deb atagan edi (Stepanov 1976: 88).
Natijada, XIV asrda toskan-florit dialektlari asosida shakllangan adabiy italyan tili mamlakatning boshqa hududlaridagi dialektlardan ancha farq qildi. Xuddi shunday manzara olmon adabiy tili va olmon dialektlari (quyi nemis dialekti, «plattdoych», janubiy nemis dialekti va Berlin dialekti) o‘rtasida ham kuzatiladi.
Ijtimoiy hayot sharoiti insonning yaratuvchanlik va bilishga yo‘naltirilgan faoliyati shaxslarning doimiy ravishda o‘zaro muloqotga kirishuvini taqozo etadi. Insoniy munosabatlarning asosini til belgilari orqali aloqaga, muloqotga kirishuv tashkil qiladi (Belikov, Krыsin 2001: 248-250; Maxmudov «Til»).
Bunday muloqotning asosiy vazifasi shaxslararo murakkab va ularning har tomonlama ijtimoiy munosabatlariga mos keladigan, mazmunli va tezkor aloqa o‘rnatishdir. Insoniyat taraqqiyoti tarixi ham muloqot jarayonida ro‘y beradi va yaratiladi. Bu o‘rinda ijtimoiy taraqqiyotning belgilovchi omili sifatida o‘zaro munosabatlarining roli tobora oshib borishi kuzatiladi. Ana shu jihatdan tilning eng muhim aloqa vositasi sifatidagi kommunikativ qudrati, rivojlanish darajasi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Boshqa tomondan olib qaralganda, insoniyat taraqqiyotida til voqelikni bilishning, ijtimoiy borliqni idrok etishning ham muhim vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Natijada insonning kommunikativ va bilishga oid faoliyatida yagona bir vosita - tildan foydalanish umumbashariy taraqqiyotning muvaf-faqiyatini ta’minladi.
Muloqotning mazmunli, ochiq va tushunarli bo‘lishi lisoniy materialning hajm va ma’no jihatdan chegaralanmaganligiga bog‘liqdir. Bu o‘rinda til zahirasida ijtimoiy - tarixiy axborotni saqlashning ikki darajasini yoki usulini farqlash mumkin:

  1. tilning o‘zida, ya’ni tilning semantik tizimida, lug‘atlarda va grammatik kategoriyalarda;

  2. tilda yaratilgan muloqot materialida, ya’ni og‘zaki va yozma matnlarda;

Odatda, tilning bajaradigan ko‘plab funksiyalari qatorida ba’zilari eng muhim ekanligi ko‘rsatiladi: 1) til odamlar orasida eng muhim aloqa vositasidir; 2) u insoniyatning ijtimoiy tarixiy tajribasini saqlash uchun xizmat qiladi; 3) til tafakkurning asosiy elementi vazifasini bajaradi.
Bular har qanday tilning eng muhim, asosiy funksiyalari hisoblanadi. Ammo tilning funksional imkoniyatlari bu bilangina cheklanmaydi. Inson kommunikativ faoliyatining turli-tumanligi aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan til tizimining ichki murakkabligi va bajaradigan funksiyasining xilma-xilligi bilan ham bog‘liqdir.
R.O.Yakobson, zamonamizning eng bilimdon tilshunos olimlaridan biri, kommunikativ akt jarayonini o‘rganar ekan, uning barcha funksiyalarini, hatto ikkinchi darajali omillarini ham chuqur o‘rganish lozimligini ta’kidlagan edi. Shu nuqtai nazardan R.Yakobson tomonidan ilgari surilgan tilning emotiv, fatik, metalisoniy va estetik funksiya-larini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi (Yakobson 1975: 197-203).
Muloqot nafaqat axborotning mantiqiy mazmunini, balki gapirayotgan shaxsning ruhiy holatini, hissiyotini, istaklarini ham ifodalashi mumkin. Bunday holatlarda til o‘zining emotiv (emotsional-ekspressiv) funksiyasini bajarishga kirishadi.
Ayrim holatlarda muloqot maqsadsiz amalga oshiriladi: bunday hollarda suhbatdoshlar uchun ular o‘zaro almashayotgan axborot muhim emas, ular o‘z hissiyotlarini ifodalashga, bu bilan bir-birlariga ta’sir qilishga urinmaydilar. Bu paytda ular uchun faqatgina aloqaga kirishuv muhim, bu orqali keyingi mazmundorroq muloqotga tayyorlanadilar. Bunday hollarda til o‘zining fatik funksiyasini (munosabat o‘rnatish funksiyasi, aloqaga kirishuv) bajaradi. Tilning fatik funksiyasi salomlashuvlarda, tabriklarda, odatiy ob-havo haqidagi va shunga o‘xshash mazmundagi suhbatlarda namoyon bo‘ladi.
Tilning behad semantik imkoniyatlari suhbatdoshlarga uning metalisoniy funksiyasidan foydalanish imkonini beradi. Bu so‘zlovchining axborotni yanada tushunarliroq, yanada ifodaliroq yetkazish uchun tilning turli vositalaridan foydalanishida o‘z ifodasini topadi. Bunday vaziyatlarda tilning o‘zi nutq ob’ekti vazifasini bajara boshlaydi. Tilning metalisoniy funksiyasi atamasi, boshqacha aytganda, «nutq materialini izohlab gapirish» degan ma’noni anglatadi.
Nutq (til) materialiga e’tibor tilga estetik munosabatni shakllantiradi: so‘zlovchilar matndagi so‘zlarning ohanggiga, gap qurilishiga, ishlatilayotgan so‘zlarning ifodadorligiga e’tibor bera boshlaydilar. Tilga estetik munosabat, ya’ni, nutqning estetik ob’ekt sifatida go‘zalligiga yoki ma’nisizligiga munosabat uyg‘otadi. Eshitilayotgan axborotning estetik anglanishi til tizimining estetik vazifasidan dalolatdir.
Semiotika nuqtai nazaridan til noyob, biroq yagona belgili tizim emas. Uni asalarilarning tili bilan, yo‘l belgilarining tili bilan, musiqa va dasturlashtirishning algoritmli tili bilan qiyoslash mumkin. Jamiyat haqidagi fanlar nuqtai nazaridan qaralsa, tilni takrorlaydigan boshqa biror bir tizim mavjud emas:
a) har qanday ijtimoiy hodisa xronologik jihatdan chegaralangan: u insoniyat jamiyatida azaldan mavjud bo‘lmagan va mangu davom etmagan. Masalan, oila, davlatlar, tabaqalar barcha zamonlarda azaldan mavjud bo‘lmagan. Ijtimoiy ongning turli shakllari, masalan, fan, huquq, san’at, axloq, din ham azaldan mavjud bo‘lmagan. Biroq til azaldan mavjud va u jamiyat mavjud ekan, mangu yashayveradi. Demak, til, mehnat, ong, turmush kabilar insoniyatning ijtimoiy asosini tashkil qiladi.
b) har qanday ijtimoiy hodisa ma’lum hudud va chegarada mavjud bo‘ladi. Masalan, fan va ishlab chiqarish o‘z ichiga san’atni qamrab ololmaydi, til esa ijtimoiy ongning barcha jihatlarini o‘ziga qamray oladigan ijtimoiy hodisadir.
v) tilning globalligi, uning ijtimoiy hayot va ongning barcha jabhalariga kirib bora olishi, boshqa guruhlar, tabaqalardagi hodisalardan ustuvorligini ta’minlaydi. Masalan, umumxalq tili ijtimoiy jihatdan bir xil emas. Uning ijtimoiy tuzilishi jamiyatning ijtimoiy tizimiga bog‘liq. Shu sababli kasbiy til, jargonlar, oddiy xalq tili, oliy tabaqadagilar tili, adabiy til singari tushunchalar mavjud. Biroq ijtimoiy dialektlar, shevalar hech qachon alohida til sifatida shakllanmaydi;
g) tub ildizlari ma’naviy madaniyatga borib taqalgani uchun til ijtimoiy ongning boshqa shakllari (ma’naviyat, huquq, axloq, fan, san’at, din) orasida alohida o‘ringa ega. Til ijtimoiy ongning asosidir;
d) til ijtimoiy ongning boshqa shakllari singari ijtimoiy hayotni o‘zida aks ettiradi va u orqali shakllanadi. Biroq ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq, ijtimoiy hayot bilan bog‘liqligi bilvosita ekanligi bilan ajralib turadi;
ye) o‘zida ijtimoiy hayotning bilvosita ifodalanishi bois til ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq, mafkuraga, ya’ni ijtimoiy ongning dunyoqarashga oid shakllari masalan, siyosat, huquq, axloq, estetika va dinga tobe emas;
j) til taraqqiyoti ko‘p hollarda jamiyatning ijtimoiy tarixidan mustaqil holda kuzatiladi.
Shunday qilib, til xalqlarning noyob muloqot vositasi vazifasini bajaradi. U avlodlarning tarixiy almashinuvi va ijtimoiy formatsiyalarning almashinuvi jarayonida xalq, millat birligini ta’minlaydi. U odamlarni vaqt va zamon, jug‘rofiy va ijtimoiy muhitdagi birligini ham ta’minlaydi
Download 16,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish