Sport pedogokikasi fanlarining sport jihozlari univertanlar inshootlari va ularning qurilishga oid nazariy bilimlari va amaliy malakalari



Download 18,97 Kb.
bet1/2
Sana20.03.2022
Hajmi18,97 Kb.
#503649
  1   2
Bog'liq
SPORT PEDOGOKIKASI FANLARINING SPORT JIHOZLARI UNIVERTANLAR INSHOOTLARI VA ULARNING QURILISHGA OID NAZARIY BILIMLARI VA AMALIY MALAKALARI


SPORT PEDOGOKIKASI FANLARINING SPORT JIHOZLARI UNIVERTANLAR INSHOOTLARI VA ULARNING QURILISHGA OID NAZARIY BILIMLARI VA AMALIY MALAKALARI


Reja:
1.Sport anjomlari va jihozlari
2. Bolalar sportini rivojlantirish
3. Sport inshootlari - sogʻlomlashtirish, oʻquvmashq


Sport anjomlari va jihozlari — jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari, musobaqalari uchun muljallangan aslahalar, maxsus qurilma va asbobuskunalar. Xalqaro yoki milliy (sportning milliy turlari uchun) sport federatsiyalari tasdiklagan standartlar (qoidalar, normalar)ga muvofiq tayyorlanadi va standartlar boʻyicha xalqaro yoki davlat tashkilotlari tomonidan roʻyxatga olinadi. Sport anjomlari (snaryadlari), sport jihozlari, poyabzal va kiyimlari mavjud. Sport oʻyinlari uchun toʻplar, chavgonlar, raketkalar; kamon, rapira, qilich, shamshir; yengil atletikada nayza, lappak, boskrn, yadro, langarchoʻp; gimnastika anjomlari; ogʻir atletikada — shtanga, toshlar; konki, changʻi va boshqa sport anjomlari hisoblanadi. Eshkakli (akademik qayiq, baydarkalar, kanoe) va yelkanli (yaxtalar) qayiqlar, chanalar, velosipedlar (trekka, shossega, tandemga muljallangan), turli mototsikllar, sport avtomobillari, kartlar, planyorlar va sport samolyotlari kabi snaryadapparatlar alohida guruhni tashkil etadi. Sport jihozlari qatoriga sport arenalarining uskunalari: darvozalar, toʻrlar, qalqonlar (shchitlar): toʻsiqlar, bokschilar ringi, gimnastika gilami va boshqa; sport musobaqalari va mashgʻulotlarda ishlatiladigan maxsus texnika (fotofinish, elektr tablo, turli trenajerlar va boshqalar) kiradi. Sport kiyimi va poyabzali har bir sport turi uchun xalqaro sport federatsiyalari tomonidan qoʻyilgan texnik, gigiyenik va estetik talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Ayrim sport turlarida kiyim himoya vositasi vazifasini bajaradi (shlemlar, niqoblar, koʻzoynaklar, qoʻlqoplar va h.k.). Poyabzal maxsus moslamalar (tishlar, zarbani yumshatuvchi amortizatorlar, qoplamalar va boshqalar)ga ega boʻladi.
Mamlakatimiz korxonalarida 116 turdagi sport jihozlari va bir necha xil sport kiyimlari ishlab chiqarilmoqda.
Mamlakatimiz korxonalarida 116 turdagi sport jihozlari va bir necha xil sport kiyimlari ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish aholimiz, avvalo, yosh avlodimiz sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini inobatga olib, sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu borada sport inshootlarini har tomonlama rivojlantirish va ularni zamonaviy inventarlar bilan jihozlash uchun barcha zarur sharoit yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar samarasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar safi tobora kengayib bormoqda. Bu sport inventarlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy sport obyektlarini barpo etish bilan birga, ularni zarur sport jihozlari va anjomlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasidan ma’lum qilinishicha, 2014-yilda 115 yangi qurilgan bolalar sporti inshootlari, suzish havzalari, umumta’lim maktablarining sport zallarini jihozlash uchun 4,1 milliard so‘mlik, 2004-2012-yillarda qurib foydalanishga topshirilgan obyektlarni qayta jihozlash uchun 16,8 milliard so‘mlik sport anjomlari va uskunalari xarid qilinib, hududlarga yetkazilgan.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida Prezidentimiz tashabbusi bilan qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish maqsadida ularga 6 milliard so‘mlik sport kiyimlari to‘plami bepul berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-fevraldagi “2008-2012-yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori bolalar sporti obyektlari uchun zarur sport anjomlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bolalar uchun sifatli sport inventarlari ishlab chiqarish imkoniyatlari chuqur o‘rganilib, sport inshootlari uchun tavsiya etiladigan eng qulay va maqbul jihozlar katalogi yaratildi. Agar 2003-yilda mamlakatimiz korxonalarida 120 turdagi sport anjomlari va uskunalarining 73 turdagisi tayyorlangan bo‘lsa, bugungi kunda 116 turi, shuningdek, sport kiyim va poyabzallari ishlab chiqarilmoqda.

Bugun yurtimizda yuzdan ziyod korxona xalqaro talablarga mos sport inventarlarini ishlab chiqarmoqda. Ushbu sohaga ixtisoslashgan subyektlarning qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularga keng imtiyoz va qulayliklar yaratilayotgani bunda muhim omil bo‘layotir. Toshkent shahridagi “Aziya sport S” xususiy firmasi, “Telemetrik” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Samarqanddagi “Stekloplastik”, “Otabek”, Namangandagi “Mashxim” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, Andijondagi “Uz-Tong-Xong Ko” qo‘shma korxonasi, Xorazmdagi “Xorazm sport impeks treyd” qo‘shma korxonasi kabi qator korxonalarda sifati jihatdan xorijnikidan qolishmaydigan, narxi ancha arzon keng turdagi sport jihozlari tayyorlanmoqda.

Avvallari sport inventarlari asosan chetdan keltirilardi. Ularni olishni ota-onalar cho‘ntagi ko‘tarmas, sport formasi, to‘p yoki boks qo‘lqopi bo‘lmagani uchun ko‘pchilik bolalarning sport, jismoniy tarbiyaga bo‘lgan ishtiyoqi ham so‘nar edi.

– Bolaligimda futbolga juda qiziqardim, – deydi qoraqalpog‘istonlik Asomiddin Allamberganov. – Ammo qishlog‘imiz maktabida ham, yaqin atrofdagi mahallalarda ham sport seksiyalari yo‘q edi. Uyda mustaqil shug‘ullanish uchun futbol to‘pi, butsa ham bo‘lmasdi. Bir kuni otam uydagi latta-puttalardan qo‘lbola “to‘p” yasab berdi. Shunga ham xursand bo‘lib, ertayu kech mashq qilganim esimdan chiqmaydi. Bugun nevaralarim tumanimizdagi sport majmuasiga qatnaydi. Ulardagi zamonaviy shart-sharoitni, inventarlarni ko‘rib, havasim keladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sport anjomlarini yurtimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani sport inshootlarini keng turdagi, sifatli va arzon sport inventarlari bilan ta’minlashda muhim omil bo‘layotir.

Andijon shahridagi “Xo‘jaobod” MChJda kurash, boks, voleybol, futbol, gandbol, gimnastika singari sport turlari uchun zarur 35 xil sport anjomlari va sport sumkalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “Xo‘jaobod” MChJda 110 kishi mehnat qiladi. Mazkur korxona o‘tgan yili sport majmualari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va sport do‘konlariga 7 mingga yaqin sport anjomlarini yetkazib berdi.

– Mahsulotlarimiz to‘liq mahalliy xomashyodan tayyorlanadi, – deydi “Xo‘jaobod” MChJ rahbari Farhod Odilov. – Ular sifati jihatidan xorijniki bilan bemalol raqobatlasha oladi, narxi esa 20-30 foiz arzon.

Samarqanddagi “Stekloplastik” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tibbiyot, o‘quv mebel va jihozlaridan tashqari 90 dan ortiq turdagi sport mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Sport inshootlari uchun qulay o‘rindiqlar, shohsupa, tennis stoli, basketbol shchitlari, balandlikka sakrash, badminton, voleybol, katta tennis ustunlari, yengil atletika, sport gimnastikasi mashg‘ulotlari uchun zarur jihozlar va boshqa turdagi sport inventarlari shular jumlasidandir. O‘tgan yili mamlakatimizdagi qator bolalar sporti inshootlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ana shu korxona mahsulotlari asosida jihozlandi.

Poytaxtimizdagi “Telemetrik” mas’uliyati cheklangan jamiyatida turli shakl va formatdagi yorug‘lik diodli tablolar ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, “GM-Uzbekistan” tarkibiga kiradigan Andijondagi “Uz-Tong-Xong Ko” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi mamlakatimizda birinchi bo‘lib basketbol, futbol, voleybol, gandbol va tennis to‘plarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Bu boradagi ishlar samarasini sport tovarlari bilan savdo qiladigan do‘konlarda ham ko‘rish mumkin.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Yulduz sport” do‘konida o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan sport inventarlari keng o‘rin olgan. Do‘kondagi turli xil sport uskuna va anjomlari har qanday kishining e’tiborini jalb etib, havasini uyg‘otadi.

– Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sport tovarlari sifatli va arzon bo‘lgani uchun xaridorgir, – deydi do‘kon sotuvchisi Ulug‘bek Iskandarov. – Tovarlarni naqd pul va plastik kartochkalar orqali sotib olish mumkinligi xaridorlarning talab va ehtiyojlarini to‘la qondirishga xizmat qilmoqda.

Ushbu do‘kondagi boks qo‘lqoplari, panjalari, himoya qalpog‘i, kurash, dzyudo, karate formalari, gimnastika arqoni, turnik va brusni o‘zida mujassamlashtirgan trenajyorlar kabi ko‘plab sport inventarlari yurtimizda ishlab chiqarilgan.

– O‘g‘lim boksga qiziqadi, – deydi poytaxtlik Otabek Nuraliyev. – Bugun unga boks qo‘lqopini olib berdim. Bolalarni sportga jalb etishda sport inventari muhim ahamiyat kasb etadi. Sport anjomi avvalo sifatli va bola uchun xavfsiz bo‘lishi lozim. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sport tovarlarining mana shu talablarga javob berayotganini alohida ta’kidlash zarur.

Download 18,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish