Statistik axborot tizimi reja



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana12.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#172283
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari

Texnologik  jarayon  –  harakatlarni  bajarish  uchun  zarur  bo`lgan  vosita  va 

zaxiralar, ularning izchilligi, xatti harakatlarini belgilaydi.  

 AT  texnologiyalarini  loyihalash  tegishli  tizimning  barcha  hayotiy  davriga 

tarqalishi lozim. Mazkur davrning har bir bosqichida – loyiha oldi tadqiqoti, texnik 

va ishchi  loyihalarni  yaratish,  yangilash ishlarini olib borishning o`ziga xoslilarini 

hisobga  oluvchi  tegishli  texnologik  jarayonlar  mavjud.  Ko`pincha  qayta  ishlash 

tizimlarini loyihalash texnologiyasiga o`xshatiladi. Biroq bu tushunchalar o`xshash 

emas.  Asosiy  farq  shundaki,  dasturlash  texnologiyasi  bevosita  dasturlash 

jarayoniga  yo`naltirilgan.  Bunda  yaratilayotgan  ATning  tashkiliy-iqtisodiy 

mohiyatini 

loyihalashda 

kam 


e`tibor 

beriladi, 

yaratilayotgan 

tizimlar 

moslashuvchanligi  darajasini  oshirish  zaruriyati  hisobga  olinmay,  ishlab  turgan 

ATdagi ergonomik omillar tahlildan chiqarib tashlanadi.  

 ATni  loyihalashda  amaliy  dasturlar  paketi  (ADP),  avtomatlashtirilgan 

loyihalash  tizimlari  (ALT),  asboblar  vositalari  kabi  loyihalashning  ayrim  bazasini 

tashkil  etuvchi  dasturiy  mahsulotlardan  faol  foydalaniladi.  Bunda  umumiy 

tendentsiya  loyihalash  baza  quvvatini  shunday  oshirishdan  iborat  bo`ladiki,  toki 

AT  professional  dasturchi  xodimlarisiz  yaratilsin.  SHuni  ta`kidlash  joizki,  AT  ni 

yaratishda  loyihalash  bazasi  dasturiy  mahsulotlarni  yaratishda  foydalaniladigan 

asboblar vositalariga qaraganda ancha muhim rol` o`ynaydi.  

  AT loyihalash jarayoni natijasi loyihali qarorlar xujjatlari, shu jumladan, tizim 

yaratgan dasturlarini o`z ichiga oluvchi loyihadir.  

Ma`lumki,  istalgan  tashkiliy  -  iqtisodiy  boshqaruv  tizimi  ob`ektiv  ravishda 

o`zgarishlarga  uchraydi:  u  yoki  bu  ko`rsatkichlar  hisob  kitob  uslubi,  kirish  va 

chiqish xujjatlari shakllari, shuningdek, hisob - kitob natijalarini olish reglamentiga 

talablar va boshqalar o`zgarmoqda.  



 

22 


 

Loyihalash  jarayonlarini  rasmiylashgan  aks  ettirish  usuli  asosida  AT  ishlab 

chiqarish  jarayonlarini  bazali  konstruktsiyasi  sifatida  loyihalashning  texnologik 

operatsiyasi tushunchasi yotadi.  

Xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining  asosiy  vazifasi  davr  talabiga  javob  beradigan 

mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish ana shu vazifaning bajarilishini ta`minlash 

va boshqarish zimmasi yuklatilgan.  

Axborot  boshqaruvning  negizi  hisoblanadi.  Boshqarish  tizimining  holati 

axborot bilan belgilanadi. Axborot jarayoni boshqaruv sifatida qaralar ekan, bunda 

quyidagi asosiy uch bosqich ko`zda tutiladi:  

1) Boshqariladigan  ob`ekt  holati  to`g`risidagi  axborotlarni  to`plash,  saralash, 

qayd qilish, uzatish va saqlash.  

2) Olingan axborotlar ustida ishlash.  

3) Boshqaruvchi axborotni (boshqaruv qarorini qabul qilish.  

YUqoridagi  bosqichlarni  amalga  oshirish  natijasida  ob`ekt  bir  holatdan 

ikkinchi holatga o`tadi va boshqaruv jarayonida turli axborotlarni hosil qilinadi.  

Axborot  tizimlarni  loyihalashtirishning  boshlang`ich  materiali  bo`lib, 

boshqarish  ob`ekti  tahlilining  natijalari,  avvalo  ma`lumotlarni  qayta  ishlash  tizimi 

yordamida  hal  etuvchi  boshqarish  tizimi  funktsiyalari  va  vazifalarini  aniqlashga 

xizmat qiladi.  

Funktsional  tuzilmadan  kelib  chiqib,  funktsional  tizimlarni  amalga  oshirish 

uchun  qo`llaniladigan  matematik  model  va  algoritmlar  aniqlanadi  yoki  ishlab 

chiqiladi. Bundan keyin zarur axborot tarkibi, uni tashkil etish usullari aniqlanadi, 

zarur  dasturiy  va  texnik  ta`minot  tanlovi  yoki  ishlab  chiqilishi  amalga  oshiriladi, 

xodimlarning  tashkiliy  va  funktsional  majburiyatlari  aniqlashtiriladi.  Huquqiy 

ta`minot  AT  ishlashi  sharoitida  boshqarishning  tashkiliy  tuzilmasi  elementlari 

o`zaro aloqasi qoidalarini mustahkamlaydi.  

Axborot texnologiyalarining tadrijiy yuli uyushgan biznesning yangi modellari 

rivojlanishi bilan  yaqindan shunday bog`likki, bu jarayonlar ko`pincha yagona bir 



 

23 


 

butunlik  sifatida  qabul  qilinadi.  Kompaniyalarning  AT  samaradorligini  oshirishga 

intilishi  ancha  takomillashgan  apparat  va  dasturiy  vositalarning  paydo  bulishini 

rag`batlantiradi,  ular  o`z  navbatida,  foydalanuvchilarni  ATni  muntazam 

yangilashga undaydi.  

ATni  ishlab  chiqishdan  oldin,  korxona  mutaxassislari  bilan  birgalikda,  ushbu 

loyihani  ishlab  chiqib,  tadbiq  etish  maqsadga  muvofiqmi,  yo`qmi  degan  savolga 

javob  berishlari  kerak.  Aks  holda  ATni  korxona  faoliyatida  qo`llash  natijasida 

kutilgan  samaraga  erisholmaslik  mumkin.  Bundan  tashqari,  mavjud  muammoni 

avtomatlashtirish  usulida  echishda  bozorda  taklif  qilinayotgan  AT  qo`llash 

mumkin  yoki  mumkin  emasligini  ham  ko`rib  chiqish  maqsadga  muvofikdir.  Bu 

holda  ATni  ishlab  chiqish  va  amaliyotga  tatbiq  qilish  orasidagi  vaqt  bir  necha 

marotaba  kisqarishi  mumkin.  Tizimli  tadqiqot  asosida  ko`rilayotgan  muammoga 

tegishli bo`lgan barcha masalalar majmuasi tizimlar nazariyasiga asoslangan holda 

qabul  qilinib,  ularning  orasidagi  mavjud  aloqalarni  ko`rsatish  kerakdir.  Ushbu 

ATni  ishlab  chiqish  bosqichi  muammoni  har  tomonlama  o`rganib  chiqadi  va 

tizimni loyihalash uchun zamin tayyorlaydi.  

Loyihalash  bosqichida,  muammoga  tegishli  barcha  kirish  (birlamchi), 

oraliq(agar  mavjud  bo`lsa)  va  chiqish  xujjatlarining  o`zaro  bog`liqligi  va  ularning 

formalari  komp`yuterga  kiritishda  osonlashtirish  holiga  keltiriladi.  Xujjatlardagi 

ortiqcha ma`lumotlar chiqarib tashlanadi. 

Tasdiqlangan  loyihani  zamonaviy  dasturlash  tillari  asosida  komp`yuterning 

ichki  tiliga  o`tkaziladi.  Bu  jarayon  judayam  murakkab  bo`lib,  yuqori  saviyali 

dasturlovchilarni jalb qilishni talab etadi.  

Hozirgi  paytda  iqtisodiy  tizim  infratuzilmasining  muhim  qismini  savdo 

kompaniyalari  tashkil  etadi.  Ularning  bosh  vazifasi  iste`molchilar  buyurtma 

beradigan tovarlarni savdo kompaniya bo`linmalari, savdo tashkilotlari kompaniya 

bo`linmalari  va  vakolatxonalari  orqali  iste`molchiga  o`z  vaqtida  etkazib  berish  va 

samarali sotishdir.  



 

24 


 

Savdo  kompaniyalarida  logistika  muhim  rol`  o`ynaydi.  Agar  unga  tegishli 

bo`lgan muammolar doirasini jamlikda ko`rib chiqilsa, unda turli tuman oqimlarini 

boshqarish masalalari ular uchun umumiy bo`ladi. Bozor munosabatlari sharoitida 

moddiy  texnika bazasini takomillashtirish me`yorlari o`zining ilgarigi  ahamiyatini 

yo`qotadi.  Har  bir  xo`jalik  sub`ekti  aniq  bir  vaziyatni  mustaqil  baholaydi  va 

qarorlar  qabul  qiladi.  Dunyo  savdo  tajribalarining  guvohlik  berishicha,  kimki 

logistika  sohasida  o`kuvli  bo`lsa  va  uning  uslublarini  puxta  egallasa,  raqobatli 

kurashda  peshqadamlikni  qo`lga  kiritadi.  Bu  o`rinda  logistikaning  namunaviy 

biznesjarayonlari,  tashkiliy-shtat  tuzilmasi,  xizmat  ko`rsatish  ishi  texnologiyasi 

ko`rib chiqiladi.  

Logistika  xizmati  kechadigan  biznes  jarayonlar  bayoniga  bevosita  o`tishdan 

avval,  savdo  kompaniyalarida  qo`llaniluvchi  biznes-tizimlar  va  biznes-jarayonlar 

ta`riflarini  beramiz.  Biznes-tizimning  tugal  maqsadi  –  mahsulotni  sotish  bo`lgan 

ko`plab biznes-jarayonlar bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi. Mahsulot deganda 

tovarlar, xizmatlar va axborot tushuniladi.  

Biznes-jarayonning  tugal  maqsadi  –  mahsulotni  sotish  bilan  bog`liq  bo`lgan 

o`zaro  ichki  tobe  funktsional  harakatning  gorizontal  pog`onasini  o`zida  namoyon 

qiladi. Odatda biznes-jarayonlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi;  

a) biznes  -  tizimga  daromad  keltiruvchi  mahsulotni  sotish  jarayonlari 

(gorizontal);  

b) mahsulotni  sotish  gorizontal  biznes-jarayonlarini  realizatsiya  qilishda 

daromad olish bilan samarali rejalashtirish, boshqarishni ta`minlovchi rejalashtirish 

va boshqarish jarayonlari (vertikal);  

v) harakatlarni bevosita nuqtasiga mahsulotni etkazib berish va joylashtirishni  

ta`minlovchi zaxirali jarayonlar (vertikal);  

d)  mavjud  texnologiyalarni  o`zlashtirish  uchun  zarur  bo`lgan  yordamchi 

jarayonlar o`zgartirishlar jarayonlari (vertikal).  




 

25 


 

Logistika xizmati biznes-jarayonlari doirasiga quyidagi asosiy vazifalar amalga 

oshiriladi:  

  tovarlar turkumini olish va jo`natish muddatlarini kelishish;  



  agentlik transport bo`yicha axborotini tahlil qilish;  

  tovarlar etkazib berishning qulay yullarini belgilash;  



  kompaniya omborida tovarlarni qabul qilish va saqlash;  

  bo`lim va kichik do`konlar buyurtmalarini qayd etish;  



  tovarni kompaniya omboriga qaytishini nazorat qilish.  

Savdo kompaniyasining korporativ axborot tizimi (KAT) foydalanuvchilarning 

turli  tipiga  qarab  lokal  va  uzoqlashtirilgan  ish  joylarini  birlashtiruvchi  kengaygan 

tarmoqni o`zida namoyon etadi. KAT asosiy biznes-markazlariga aloqador bo`lgan 

tashkilotlarning  axborot  tizimlari  bilan  aloqani  ta`minlaydi.  KATning  asosiy 

elementlari quyidagilar;   

  markaziy ofisni lokal hisoblash tarmog`i (LXT);   



  vakolatxonalar LXTsi;  

  kompaniya savdo bo`linmalarining terminallari;   



  savdo agentliklaridagi portativ agentliklar;   

  omborxonazaxiralarini 



rejalashtirish 

va 


qulaylashtirish. 

logistika 

  xizmatining avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) tarkibiga quyidagilar kiradi:  

  AIJ logistika buyicha direktor o`rinbosari;  



  AIJ mijozlar xizmati boshlig`i;  

 AIJ mijozlar xizmati boshlig`ining yordamchisi.  

Logistika  xizmatining  AIJsi  quyidagi  jarayonlarni  avtomatlashtirish  uchun 

mo`ljallangan:  

  Transport oqimlarini rejalashtirish;  



  tovarlarni  ta`minotchilar,  savdo  korxonalari,  kompaniya  vakolatxonalari  va 

savdo bo`limlaridan olib kelishni rejalashtirish;  



 

26 


 

  omborxona operatsiyalarini hisob-kitob qilish;   



  transport korxonalari bilan shartnoma qilish;   

  tashuvchilar faoliyatini tahlil qilish va tashish xarajatlarini belgilash;  



  omborxonalar inventerizatsiyasi aktlarini hisobga olish.  

AT  ma`lumotlar  bazasining  asosiy  tuzilmaviy  elementlari  quyidagilar 

mahsulot,  shartnoma,  ta`minotchi,  iste`molchi,  omborxona,  buyurtma,  mahsulotni 

qaytarish, xarajat qog`ozi, miqdor, akt, tavsifnoma, tashuvchi.  

Ta`kidlab  o`tilganidek,  zamonaviy  sharoitda  logistika  ko`pgina  kompaniyalar 

uchun  muhim  rol`  o`ynaydi.  SHu  bois  biznes  jarayonlarini  tashkil  etish  va  qayta 

tashkil  etishsiz,  shuningdek,  logistika  xizmatining  axborot  tizimini  tashkil  qilmay 

turib, kompaniyada samarali ish olib borish mumkin emas.  

 


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish