Statistik fizika nazariy fizikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, juda ko’plab zarralardan tashkil topgan fizik tizimlar (makrotizimlar) xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi



Download 2,33 Mb.
bet17/60
Sana21.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#689337
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Bog'liq
termo2

20.Tashqi parametrlar va ish

Biz shu paytgacha tizimni tashqi muhit o’zgarmas bo’lgan sharoitda tekshirdik. Bu tashqi maydonlar, masalan, og’irlik maydoni yo’q yoki doimiy, shuningdek, tizim hajmi doimiy demakdir. Amalda esa tizim joylashgan muhitda tashqi sharoitlar o’zgaruvchan bo’lgan hollar ko’p uchraydi. Porshin ostida gazning qisilishi, berilgan jismni magnit maydoniga yaqinlashtirilishi va shu kabilar bunga misol bo’la oladi. Shuning bilan barcha tizim ma’lum bir kuchlar orqali atrof muhitdagi jismlarga ta’sir qiladi va uning ustidan ish bajaradi (masalan, bug’ mashinasida bug’ kengaya turib porshin ustidan ish bajaradi). Shu kabi ishlar qanday parametrlarga bog’liq ekanligi bizni qiziqtirsin. Faraz qilaylik a1, a2, …,ak…,am tizimga nisbatan tashqi makroskopik jismlar koordinatalari bo’lsin. Bular porshin koordinatalari, gravitasion ta’sirga ega bo’lgan massa koordinatalari va hokazolar bo’lishi mumkin. U holda tizim Gamilton funksiyasi qi, pi- umumlashtirilgan koordinata va impulslardan tashqari a1, a2,…, am - tashqi muhit koordinatalariga ham bog’liq bo’ladi va ularni tashqi parametrlar deb ataymiz. Tashqi jismlarni o’zaro ta’sirga ega emas deb hisoblab tizim va tashqi jismlar umumiy Gamilton funksiyasini



ko’rinishda yozish mumkin. Yoki tashqi jismlar uchun ko’rinishidagi impulslarni qabul qilsak, umumiy Gamilton funksiya (1.1)ko’rinishga ega bo’ladi. Bu yerda tizim kinetik energiyasi va tizim hamda tashqi jismlarning potensial energiyasi bitta H(...qi...pi...ak...) ifoda bilan belgilandi.
Tashqi jismlar harakati uchun kanonik tenglama tuzaylik:
(1.2).
Demak, k - nchi jismga tizim tomonidan ta’sir etuvchi Rk - umumlashtirilgan kuch
(1.3)
ko’rinishga ega bo’ladi. U holda tizimning tashqi jismlar ustidan bajaradigan ishi esa, quyidagicha bo’ladi:


(1.4)

Ushbu ifoda nafaqat ak - larga , balki barcha qi...pi - larga ham, ya’ni tizimning konfigrasiyali nuqtalari egallagan o’rniga ham bog’liq. Tizimning barcha koordinata va impulslari vaqtga bog’liq ravishda tez o’zgaradi. O’z-o’zidan ayonki, makroskopik jismlar yoki asboblar bunday kuchlarning vaqt bo’yicha o’rtachasinigina seza oladi. Bularni statistik ansanbl bo’yicha o’rtachaga almashtirib quyidagini hosil qilamiz:




(1.5)

Bu yerda hosila olganda θ va qolgan barcha ak - larni doimiy deb hisoblanadi.


Tizim tomonidan bajariladigan ish uchun


(1.6)

ifodasini hosil qilamiz. (1.6) - bajariladigan ish temperatura doimiyligida F - ozod energiya kamayishiga teng ekanligini anglatadi.


Masalan, S - yuzaga ega bo’lgan porshinli silindr idish ichida gaz joylashgan bo’lsin. Porshinni tashqi jism deb, uning koordinatasi deb esa h-silindr idish devori balandligini hisoblaylik. Agar ta’sir etuvchi kuchni F - desak, bajariladigan ish:

(1.7)


bo’ladi. Bu yerda p=F/S - bosim, V=S·h - silindr hajmi. Ko’rinib turibdiki, ayni misolimizda h - silindr balandligi o’rniga uning V - hajmini olish mumkin. U holda bu koordinataga mos keluvchi kuch bo’lib p - bosim xizmat qiladi (a1 V, R1 p).


formulasi keltirib chiqarilganda tashqi parametrlar o’zgarishiga qaramasdan W(q,p) - kanonik taqsimlanishdan foydalanish mumkin deb hisoblandi va foydalanildi.
Aslida bunday bo’lmasligi lozim. Masalan, porshin yuqoriga tortilib silindr ichidagi molekulalar unga kelib urilganda kichik tezlik bilan qaytadi va zarralar uchun Maksvellning tezliklar bo’yicha muvozanatli taqsimoti buziladi. Bundan tashqari, bu jarayon paytida porshin ostida gazning qisman siyraklashishi kuzatiladi, ya’ni hajm bo’yicha zarralarning bir xil taqsimoti buziladi. Lekin agar ak - tashqi parametrlar juda sekinlik bilan o’zgartirilsa tizimning muvozanat holati o’zgarmaydi. Tashqi parametrlarining o’zgarishi (1.8)
tengsizligiga bo’ysunadigan jarayonlarga kvazistatik jarayonlar yoki muvozanatli jarayonlar deyiladi. Bu yerda T - tashqi parametrlar o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan tizim muvozanatsiz holatining holatga keltirish relaksasiya vaqti.
Ayrim hollarda tashqi parametrlarning adiabatik o’zgarishi haqida gap yuritiladi. Bunda juda sust o’zgarish nazarda tutiladi. ak - ning bunday o’zgarishi jarayonida tizim muvozanat holatda saqlanganicha yangi holatga moslasha boradi. Ushbu muvozanat holatning o’zi esa vaqt bo’yicha o’zgaradi. Masalan, vaqtga bog’liq ravishda tizim o’rtacha energiyasi va hajmi o’zgaradi.
Shunday qilib, kvazistatik jarayon uchun tizim makroparametrlarining o’rtachasini hisoblashda mikrokanonik yoki kanonik taqsimlanishdan foydalanish mumkin.

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish