Statistik fizika nazariy fizikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, juda ko’plab zarralardan tashkil topgan fizik tizimlar (makrotizimlar) xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi


Gibbs taqsimotining hususiyatlari



Download 2,33 Mb.
bet7/60
Sana21.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#689337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
termo2

10.129.Gibbs taqsimotining hususiyatlari

Kanonik taqsimotda ishtirok etuvchi statistik temperaturaning xususiyatlarini ko’rib chiqaylik. Bu xususiyatlar uning fizik ma’nosini anglashga imkoniyat beradi. Faraz qilaylik, termostat ichida H1 va H2 Gamilton funksiyalariga va statistik temperaturalariga ega bo’lgan ikkita tizim o’zaro statistik muvozanat holatda bo’lsin. Ularni bitta tizim deb qarash mumkin va o’zaro ta’sir eneggiyasi kichik bo’lganligi uchun:


H1 + H2 =const(3.1)bo’ladi. Bunday birlashtirilgan ikkita tizimning kanonik taqsimoti alohida tizimlar kanonik taqsimotlari ko’paytmasiga teng, ya’ni:
(3.2)
Ko’rinib turibdiki, tizim muvozanat holatda bo’lganda (3.2) bajarilishi uchun
(3.3) bo’lmog’i lozim. Bundan: (3.4)degan xulosa kelib chiqadi. (3.4) dan ikki tizim muvozanat holatida bo’lganda uning statistik temperaturalari o’zaro teng bo’ladi, degan xulosa kelib chiqadi.Ikkinchidan, (2.8) - ga binoan statistik temperatura musbat kattalikdir. Darhaqiqat, tizim energiyasi oshgan sari tizim holatining ehtimoliyati kamayadi va shundagina Z holat integrali yaqinlashuvchi bo’ladi.
Shunday qilib, absolyut temperatura ega bo’lgan asosiy xususiyatlarga ega ekan va uni T absolyut temperaturaning statistik analogi deyish mumkin. Keyinchalik = k0T (3.5)ekanligini ko’ramiz ( k0 - Bolsman doimiysi). Kanonik taqsimot (2.9) - dagi ikkinchi parametr F -ning termodinamik funksiyalardan biri ozod energiya xususiyatlariga ega ekanligini ham ko’rsatish mumkin. Ozod energiyaning fizik ma’nosi shundan iboratki, tizimda izotermik jarayon bo’lgan vaqtda bajariladigan ish tizim ozod energiyalarining farqi bilan aniqlanadi. F- ning ozod energiya xususiyatlaridan biri bo’lgan ekstensiv kattalik ekanligini (3.2) dan ko’rish mumkin. Masalan, tizim ikkita podtizimdan iborat bo’lsa va ularning o’zaro tasirini inobatga olmaslik mumkin bo’lsa, Z-holat integrali ikkita ko’paytiruvchiga ajraladi. Bu F-ozod energiya ekanligining dalilidir. Statistik fizikadagi barcha ma’lumotlarni (3.6)statistik integralni hisoblashdan so’nggina hosil qilish mumkin, chunki u orqali barcha makroparametrlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi. Ma’lumki, ozod energiya statistik integral orqali
F = - lnZ (3.7)bog’lanishga ega.Termodinamikadan ma’lumki, tizim entropiyasi va bosimi ozod energiya orqali ifodasi ko’rinishga ega. Agar (3.5) va (3.7) - larni hisobga olsak, bu parametrlar statistik integral orqali quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
(3.8) (3.9)

Tizim energiyasining o’rtacha qiymati (1.2) va (2.12) larga asosan: (3.10)


bo’ladi. Shunday qilib, (3.7) - (3.10) formularidan ko’rinib turibdiki, tekshiriluvchi sitemaning holat integrali Z ma’lum bo’lsa, u orqali shu tizimni to’la o’rganish imkoniyatiga ega bo’lar ekanmiz.



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish