Stol tennis o’yining paydo bo’lishi tarixi



Download 202,5 Kb.
bet1/18
Sana04.03.2022
Hajmi202,5 Kb.
#483010
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1.STOL TENNISI HAQIDA TO\'LIQ MA\'LUMOT


Tennis o’yining paydo bo’lishi va rivojlanishi
Stol tennis o’yining paydo bo’lishi tarixi
Har bir sport turini o’z tarixi, uning asosi va o’yinni kashfiyotchi hamda rivojlanish bosqichlari bo’lgandek, stol tennisini ham o’z tarixi va rivojlanish bosqichlari bo’lib u o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Tarixiy ilmiy maqolalar paydo bo’lishi va rivojlanishi bosqichlarda har xil kelishmovchiliklar va qarama-qarshiliklar mavjud. Baozi birlari bu o’yin Angliyada desa baozi birlari raketka va to’p bilan o’ynaladigan o’yinlari Yaponiya yoki Kitayda deb boshorat qiladilar.
Yaponiya va Kitay tarixi bunday sportni bo’lmaganligini ko’rstdi. Yevropa mamlakatlarida o’rta asirlarda to’p bilan o’ynaladigan katta tennis va kichik tennislarga o’xshagan o’yinlar o’ynalganligi to’g’risida maolumotlar bo’lgan.
XVI asrda Angliyada, Frantsiya mamlakatlarida to’p bilan o’ynaladigan o’yin o’ynalgan bo’lib, belgilangan maolum qoydalari bo’lmagan.
Tarixiy matariallardan shu maolumki 1874 yil Angliyalik Valpter Klopton, Vingfilp shaxridan yangi tennis o’yin qoydasiga ko’pdan o’xshash yangi qoyda kashf qilib uni nomini sferistikoy deb nomladi. Bir yildan so’ng bu sferitik o’yin qoydasi takominlashib, yangi o’yin laun-tennis yoki oddiy tennis deb nomlandi. Bu o’yin tez orada faqat ochiq maydonda emas balki maxsus yopiq binolarda o’ynala boshladi.
Angliyani Yemgurlik nomli xavosida o’ynaladigan o’yin asta sekinlik bilan maxsus mexmonxonalardan maydonda, asta sekin ikkita stolda (bir-biridan maolum oraliqda bo’lgan) keginchalik ikkita stol biriktirilib o’rtasida setka tortilib o’ynay boshladi. 1891 yil anglichan CHarlez Baykster tomonidan 19070 sonli raqam bilan yangi o’yin kashf qilganlik to’g’risida patent oladi va bu o’yinni nomini «ping-pong», yaoniy raketka va stolga urilgan to’pdan chiqqan tovushga asoslanib nomlangan. SHunday qilib bu o’yin Angliya mexmonxonalarida asilzodalarni keng qo’lamda ko’ngil ochib dam olishda o’ynaladigan laun-tennis ommalashdi. Tez orada bir bo’lim (partiya) 30 xisobgacha o’ynashni belgilaydigan maxsus qoyda qabul qilindi.SHu bilan birga ayollar va erkaklar maxsus kiyimlar bilan o’ynashlari anoanaga aylandi. SHunday qilib boshqa sport o’yinlar singari, stol tennisi yoki (ping-pong) Angliya vatani xisoblanganligi tarixiy maolumotlar tasdiqlaydi.Stol tennisini rivojlanishida 1894 yili anglichan muxandis Djeysa Gibsani xizmati katta bo’ldi, chunki u kichik yengil tseluloid va yengil fanerdan kichik ruchkali raketka kashf qildi. Asta sekinlik bilan katta raketkani o’rniga fonerlik kichik raketka va sharni yaxshi sapchishi uchun fanerli ustiga teri va boshqa matolar kleylandi va keyingi fanerga rezinka kleynalishidan mister Gudni xizmati xisoblanadi.
1903 yil mister Gud Londonda o’tkazilgan navbatdagi turnirda qaytayotib, charchaganligi va boshi og’riganligi aptekaga dori olish paytida. Velikobritaniyada 1891 yil birinchi davirlarda «ping-pong» deb nomlagan. Frantsiyada esa «ping-pong» deb yuritilgan. O’inni bunday deb nomlanishining asosiy sabablaridan biri stol va raketka o’rtasidagi chiqqan tovish bilan bog’liq bo’lsa kerak degan fikirlar va taxminlar bor. Ko’pchilik olimlar va busoxadagi mutaxassislar fikriga «Tennis» ikkita tushunchaga ega.
Birinchisi grekcha «tennia», lenta tortma degan anglatsa ikkinchi «tenez» fransuzchadan «mana, sizga, oling» degan maononi anglatadi. Bu ikkita maononi mazmuni «stolda tennis» o’yinini degan ifodani beradi. Yaponiyalik mutaxassislar tasdiqlashlaricha o’rta asrda Yaponiya halqlari o’rtasida zamonaviy stol tennisigi o’xshashi o’yinlari o’ynalganligi qayt qilinadi. 1935 yil M.Nekiy Yamayshiy aytishicha 1898 yillari Kuyosh ko’tarilguncha bunga o’xshash o’yinlari Yaponiyada o’ynaganlar. Bundan tashqari hisob ham 10 sanagacha o’ynalganligi aynan o’xshaydi.
Kitayda impiratorni yozgi dam olish sharoitidagi devorlarida xozirda stol tennisiga o’xshash o’yinlarni rasimlarini ko’rish mumkin. Bu xam o’rta asrlar davriga to’g’ri keladi.
O’yinnni kelib chiqish to’g’risidagi maolumotlar XVI asr davriga to’g’ri kelib. Angliya va Frantsiyada asilzodalar o’rtasida ko’ngil yozuvchi maxsus o’yinlar mavjut bo’lganligi to’g’risida maolumotlar mavjut bo’lib; bular katta stol to’p bilan bo’lgan va katta raketka bilan o’ynaydigan o’yinlar. hisoblangan vaqtlar o’tib ochiqlikdan maxsus usti yopiq xonalarda polda ikkiga chiziqlar bilan bo’lingan maydona, keginga bir biriga yaqin bo’lgan ikkita stolda o’ynala boshlangan. O’yin qoydasi o’zgarishi bilan stollar bir biriga yaqinlashtirilib oldiniga ip, so’ng setka tortilib o’ynalaboshlagan.
Erkaklar maxsus kiyimda, ayollar esa kechki uzun ko’ylakda o’ynashganlar. Bu kiyimlarda o’ynash maxsus sport kiymlar paydo bo’lguncha yaoniy 1926 yilgacha davom etgan.
1901 yil Indiyada birinchi maxsus turnir bo’lib o’tadi bunda eng yaxshi o’yinchi indiyalik Nando birinchi g’olib sportchi bo’lgan. 1926 yil dekabr oyida Londonda halqaro stol tennis federatsiyasining (ITTF) ng birinchi kongressi va birinchi dunyo birinchiligi bo’lib o’tadi. Musoboqa «Memoriel-xole» bo’lib o’tadi, bunda to’qqista davlat; Angliya, Avstraliya, CHexoslavakiya, Germaniya, Vengriya, Daniya, SHvetsiya, Uelps, Indiya sportchilari ishtirok etdilar. Bunda ayollar va erkaklar yakka xamda juft va aralash usulda o’yinlar o’tkazib 61 nafar erkaklar va 16 nafar ayollar ishtirok etdilar. Bunda Vengriyalik sportchi G.Yakobi beshta medalga sazovor bo’lib unvoniga ega bo’ldi, uni xamyurti M.Mednyans ayollar o’rtasida g’oliblikni qo’lga kiritib 18 marta dunyo chempionligini va besh marta yakka o’yinda g’oliblikni egallagan sportchi ayoll hisoblandi. 1926 yildan boshlab 1940-1946 yillarga qadar doyimiy o’tkazilib borildi. 21 hisobgacha o’yin qoydasi 1926 yildagi birinchi kongressida qabul qilingan va shu bilan birga hozirgi o’yin qoydalariga yaqin o’yin qoydalari qabul qilingan.

Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish