Strategik marketing


yangi  tovar  modeli  yoki  prototipini



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

yangi  tovar  modeli  yoki  prototipini
  tayyorlashga  kirishiladi.  YAngi  tovar 
iste’molchining texnik talablarini ta’minlashi va bozor talablariga javob berishi zarur. 


 
147 
 
 
Marketolog 
uchun 
birinchi 
navbatdagi 
vazifa 
tovarning 
bozorda 
muvaffaqiyatga  erishishini  ta’minlash,  ya’ni  uning  vazifalarini  aks  ettirishdan 
tashqari  uni  raqobatchilar  tovaridan  jozibadorligi  yuqori  bo‘lishini  aks  ettiruvchi 
xususiyatlarini  yaratish  hisoblanadi.  SHu  munosabat  bilan  yangi  tovarni  ishlab 
chiqish  jarayonini  ikki  bosqich  -  texnik  ko‘rsatkichlarni  shakllantirish  va  bozor 
ko‘satkichlarini shakllantirish bosqichlari majmuasi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiq. 
Tovarni  ishlab  chiqish  uchun  aksari  hollarda  funksiyalararo  guruhlar  (firma 
izidan 
boruvchilar, 
dizaynerlar, 
marketologlar) 
tashkil 
qilinadi. 
Bu 
esa 
mutaxassislarning  birgalikda  ochiq  faoliyat  yuritishini  va  vazifalar  echimining 
tezlashishini ta’minlaydi. 
Texnik ko‘rsatkichlarning shakllanishi yangi tovarni xaridorlarning aniqlangan 
istaklarini  (ehtiyojlarini)  qondiruvchi  funksional  xususiyatlar  bilan  ta’minlash  bilan 
bog‘liq.  Texnik  ko‘rsatkichlarni  ishlab  chiqish  bilan  ilmiy-tadqiqot  tajriba-
konstruktorlik  ishlari  va  marketologlar  guruhi  shug‘ullanadi.  Tovar  g‘oyasini  texnik 
nuqtai  nazardan  rentabelli  mahsulotga  joriy  qilar  ekan,  ishlab  chiquvchilar  bu 
mahsulotga  bo‘lajak  tovar  tavsifnomalarini  ham  kiritishi  lozim.  Bu  holda 
marketologlarning  vazifasi  loyihalarni  tovarning  zarur  xususiyatlari  va  xaridorlar 
mazkur  tovar  xususiyatlarini  muhokama  qilishiga  yordam  beruvchi  xislatlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ladi. 
Bozor  ko‘rsatkichlarini
  shakllantirish 
tovar  dizayni
,  uning  shakli,  rangi, 
og‘irligi, o‘rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi. 
Shakl,  rang  va  sifat
  tovarni  xarid  qilish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilishga  ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar hisoblanadi. Tovar to‘g‘risidagi birinchi taasurot 
uning  tashqi  ko‘rinishi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  uning  sifati  va  funksional  xususiyatlari 
baholanishidan  ilgari  yuzaga  keladi.  Tashqi  ko‘rinish  tovarni  sotib  olishga  undovchi 
motiv,  muayyan  bir  tovarning  potensial  xaridorlari  doirasini  shakllantiruvchi  kuch 
vazifasini  bajaradi.  Bu  esa  iste’mol  tovarlaridan  tashqari  ishlab  chiqarish-texnika 
tovarlari uchun ham xosdir. 
Tovar  dizayni
  shunday  vositaki,  uning  yordamida  potensial  xaridorlarga  ta’sir 


 
148 
 
 
ko‘rsatish, ularni tovarni sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin. 
Shu bilan birga tovarni sotishda uning sifati ham katta rol o‘ynaydi. Tovarning 
sifati  bu  -  uning  mazkur  tovarga  xos  bo‘lgan  (masalan,  xizmat  qilish  muddati, 
iste’mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig‘indisidir. 
Tovar tayyorlangan  material turi  va rangi  ham  u  yoki bu  tovarning o‘ziga  xos 
xususiyatlari,  ularning  bir-biridan  farq  qiluvchi  variantlari  va  imkoniyatlarini 
aniqlashga xizmat qiladi. 
Tovar  shakli  tovarni  tanib  olishga  va  xaridorda  u  to‘g‘risida  ma’lum  bir 
tasavvur uyg‘otishga ko‘maklashadi. 
Texnik  tovarlarning  shaklini  ishlab  chiqish  imkoniyatlari  iste’mol  tovarlari 
shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir. 
Tovarning individualligini, uning boshka tovarlar orasida ajralib turishi, o‘ziga 
xos  va  takrorlanmasligini  ta’minlash  uchun  tovarga  nom  beriladi.  Tovarning  nomi 
ishlab 
chiqaruvchi 
va 
iste’molchi  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  va 
kommunikatsiyalarni osonlashtiradi. Ko‘pincha, ayniqsa tovar nomi oson aytiladigan, 
tez  esda  qoladigan,  ijobiy  hislarni  uyg‘otadigan  va  o‘ziga  jalb  qiladigan  bo‘lsa,  u 
bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishisha garovi bo‘ladi. 
Tovar  uchun  yangi  nom  izlab  topish  va  tayyorlash  jiddiy  muammo,  chunki 
tovar  nomi  faqat  uni  boshqa  tovarlardan  ajratish  uchungina  qo‘llanilmaydi.  Tovar 
nomi  tovarning  turini  tavsiflashi,  xaridorda  unga  nisbatan  ijobiy  his-tuyg‘ular 
uyg‘otishi, reklama ta’siriga ega bo‘lishi va o‘ziga xos bo‘lishi lozim. 
Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur: 

 
izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish; 

 
biron-bir  ma’lum  nomni  yangi  nomga  nisbatan  huquqiy  e’tirozlar 
qolmaguncha transformatsiya qilish(o‘zgartirish); 

 
yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakllantirish; 

 
biron-bir  mashhur  nomdan  uni  yangi  tovar  nomiga  qo‘shib  qo‘yish  uchun 
foydalanish. 
Har  bir  muayyan  holda,  ayniqsa  iste’mol  tovarlari  nomini  tanlashda  quyidagi 
savollarga  javob  topish  lozim:  tovar  nomi  nimani  ifodalashi  lozim?  qaysi  nomlarni 


 
149 
 
 
tanlovga  qo‘yish  mumkin?  ulardan  qaysi  biri  yaxshi?  raqobatchilarning  xuddi 
shunday  o‘xshash  tovarining  nomi  qanday?  tovaringiz  nomi  raqobotchi  tovar 
nomidan  nimasi  bilan  farq  qiladi?  yangi  nomni  iste’molchi  faqat  bitta  tovar  uchun 
qo‘llaydimi  yoki  barcha  tovarlar  assortimentiga  biriktirib  qo‘yadimi?  tovarni 
oldindan attestatsiya qilish kerakmi? 
Tovarning  nomi  uning  bozordagi  “yuzini”  shakllantirish,  tovarning  bozor 
atributikasi  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ma’lum  bir  nomdagi  tovarni  doimiy 
ravishda  iste’mol  qilish  jarayonida  xaridor  bozorda  mavjud  bo‘lgan  ko‘p  sonli 
tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish 
xaridor  ongida  ijobiy  his-tuyg‘ularni  uyg‘otishga  xizmat  qiladi.  Bu  reaksiya  tovar 
ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali etkaziladi. Tovar nomini korxonaga 
biriktirib qo‘yish va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qilish 
maqsadida  korxona  rahbariyati  bu  nomni  huquqiy  ro‘yxatdan  o‘tkazishi  zarur.  SHu 
tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va tovar markasi vazifasini bajaradi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish