Strategik menejment



Download 4,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/468
Sana30.12.2021
Hajmi4,87 Mb.
#193129
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   468
Bog'liq
Strategik menejment uzb

4.  To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar: 

  adolatli emasligi; 



  risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi

  butun tizimni etarli resurslar bilan ta’minlay olmasligi. 



O’zbekistonda  sog’liqni  saqlash  xarajatlari  hozirgi  kunga  qadar  asosan  davlat 

budjeti hisobidan moliyalashtirilib kelinmoqda. Bu mablag’larning ham qariyb 65-70 

foizi xodimlarning ish  haqiga  sarf etilmoqda. Shunga  qaramasdan, soha  xodimlarini 

moddiy  rag’batlantirish,  sohaning  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  yangi 

texnika  va  texnologiyalarni  joriy  qilish  uchun  asosan  budjet  mablag’larining  o’zi, 

davlat  resurslarining  chegaralanganligi  bois,  etarli  emasligini  amaliyot  isbotlab 

turibdi.  Shuning  uchun  ham  sog’liqni  saqlashni  isloh  qilishning  dolzarb 

yo’nalishlaridan  biri  –  tarmoqni  moliyalashning  ko’p  kanalli  tizimini  joriy  etish 

ekanligi e’tirof etildi.  

O‘zbekistonda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasi optimallashtirilib, tibbiy xizmatlar 

tariflarini 

shakllantirish 

tartibi 

qayta 


ko‘rib 

chiqilmoqda. 

O‘zbekiston  hukumati  10  sentyabr  kuni  2016−2020  yillarda  tibbiyot  tashkilotlari 

tuzilmasini  yanada  optimallashtirish  va  sog‘liqni  saqlash  tizimi  tibbiyot  xodimlari 

mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni 

e’lon  qildi.Hujjatda  ayrim  tibbiyot  tashkilotlarini  tuman  (shahar)  tibbiyot 

birlashmalariga  va  mintaqaviy  ko‘p  tarmoqli  tibbiyot  markazlariga  qo‘shish  (30  ta 

muassasaga  taalluqli),  ularga  tegishli  funksiyalarni  va  shtatdagi  xodimlar  sonini 

berish,  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  yo‘li  bilan  ayrim  tibbiyot  tashkilotlarini 

optimallashtirish, sil kasalliklariga qarshi muassasalar binolarini rekonstruksiya qilish 

tugallanishiga  ko‘ra  ularning  koykalar  fondini  qisqartirish  (6592  tadan  1450  taga), 

ayrim tibbiyot tashkilotlarida to‘lov asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan 

byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondi ulushini va 

bemorlarni  qabul  qilish  quvvatlarini  bosqichma-bosqich  ko‘paytirish  ko‘zda 

tutilgan.Yaqin  muddatlarda  tibbiyot  tashkilotlarining  yangilangan  shtat  normativlari 

tasdiqlanadi.  Ularda  markaziy  tuman  (shahar)  ko‘p  tarmoqli  poliklinikalari,  «tez 

tibbiy  yordam»  xizmatlari,  qon  quyish  bo‘limlari,  shuningdek  davlat  sanitariya-

epidemiologiya  nazorati  markazlari  tibbiyot  xodimlarining  ish  yuklamasi 

normalarini,  ularning  zamonaviy  tibbiyot  uskunalari  bilan  jihozlanganligi  darajasi 

bilan  bog‘lab,  diagnostika,  davolash  va  laboratoriya  tadqiqotlarining  ilg‘or 

texnologiyalari  va  metodlari  joriy  etilishini  hisobga  olgan  holda  qayta  ko‘rib 

chiqiladi.Shuningdek,  shifokor  nazoratini  kecha-kunduz  davomida  tashkil  etish 

hisobiga,  xizmat  ko‘rsatiladigan  kontingent  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda, 

mazkur  tashkilotlar  uchun  qo‘shimcha  ravishda  246  nafar  vrach  hamda  149  nafar 

o‘rta  va  kichik  tibbiyot  xodimi  lavozimlari  ajratib,  tibbiy-ijtimoiy  muassasalar 

tomonidan 

ko‘rsatiladigan 

tibbiy 


yordam 

kuchaytiriladi. 




146 

1  dekabrga  qadar  2000  aholi  hisobiga  1,5  lavozim  birligi  shtat  normatividan  kelib 

chiqqan  holda  qishloq  vrachlik  punktlarini  va  oilaviy  poliklinikalarni  patronaj 

hamshiralar  bilan  qo‘shimcha  ravishda  to‘ldiriladi.Tibbiyot  tashkilotlari  tuzilmasini 

optimallashtirish  natijasida  bo‘shaydigan  mablag‘lar  tibbiy-ijtimoiy  muassasalarda 

qo‘shimcha  xodimlar  sonini  joriy  etish  bo‘yicha  xarajatlarni  qoplash,  tibbiyot 

tashkilotlarining  dori-darmon  preparatlari  va  reaktivlar,  inventarlar,  sarflash 

materiallari  va  uskunalarga  ehtiyot  qismlar  bilan  ta’minlanganligini  yaxshilash, 

takomillashtirilgan  tarif  setkasi  bo‘yicha  mehnatga  haq  to‘lash  razryadlarini, 

shuningdek  alohida  mehnat  sharoitlari  uchun  qo‘shimcha  haq  va  tarif  stavkalariga 

(lavozim  maoshlariga)  har  oylik  maxsus  ustamalar  miqdorlarini  oshirish  hisobiga 

tibbiyot  tashkilotlari  xodimlarining  ayrim  toifalari  ish  haqini  oshirishga 

yo‘naltiriladi.Qo‘shimcha  ravishda  hozirda  amalda  bo‘lgan  Sog‘liqni  saqlash 

vazirligi  tizimidagi  tibbiyot  muassasalarida  aholiga  ko‘rsatilayotgan  tibbiy  xizmat 

tariflarini shakllantirish tartiblarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. 

Respublika  akusherlik  va  ginekologiya  ilmiy-amaliy  tibbiyot  markazining 

Nukus,  Jizzax,  Qarshi,  Namangan  shaharlaridagi  filiallari  hamda  hududiy  perinatal 

markazlarini  qayta  tashkil  etish  yo‘li  bilan  onalar  va  yangi  tug‘ilgan  go‘daklarga 

ko‘rsatilayotgan  tibbiy  xizmat  samaradorligi  va  sifatini  oshirish  belgilangan. 

O‘zbekistonning  barcha  hududlaridagi  bolalar  stomatologiya  poliklinikalari  hamda 

xizmat  ko‘rsatilayotgan  aholi  soni  30  ming  fuqarodan  ziyodni  tashkil  etuvchi 

shahalarda  yangi  oilaviy  poliklinikalarni  tuzish  yo‘li  bilan  oilalarga  va  bolalarga 

tibbiy  xizmat  ko‘rsatishni  kuchaytirish  ko‘zda  tutilgan.Bundan  tashqari,  Salomatlik 

va  tibbiyot  statistikasi  instituti  bazasida  sog‘liqni  saqlash  tashkilotlari  tizimini 

takomillashtirish, tibbiy xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish, aholi salomatligi 

holati  monitoringi  va  tahlilini  yuritish,  tibbiyot  sohasini  rivojlantirish  istiqbollarini 

tahlil  qilish  masalalarini  o‘rganish  bo‘yicha  zamonaviy  ilmiy-tadqiqot  institutini 

tashkil etish rejalashtirilmoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoev 20 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 

2017−2021  yillarda  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  yordam  ko‘rsatishni  yanada 

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Hujjatga  berilgan  rasmiy  sharhda  keltirilishicha,  mazkur  sohada  aniq  va tezkor 

chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.  

Xususan,  sog‘liqni  saqlash  tizimining  viloyat  va tuman  darajalarida 

ixtisoslashtirilgan  tibbiy  yordamni  rivojlantirishda  sezilarli  darajada  qoloqlik 

kuzatilmoqda.  Mintaqalarda  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  yordamga  tashkiliy-metodik 

rahbarlikning  samarali  vertikalini  shakllantirishda  respublika  ixtisoslashtirilgan 

muassasalarining roli pastligicha qolmoqda.  

«Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan o‘tgan ilg‘or 

yuqori  texnologik  usullar  viloyat  va tuman  darajasidagi  tibbiyot  muassasalari 




147 

faoliyatiga  sust  joriy  etilmoqda.  Tibbiyotning  ixtisoslashtirilgan  yo‘nalishlari 

bo‘yicha  qo‘lga  kiritilgan  mahalliy  va xorijiy  ilmiy  yutuqlarni  viloyat  va tuman 

tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past», — deyiladi sharhda.  

Qarorda 

respublikaning 

ixtisoslashtirilgan 

tibbiy 


yordamini 

yanada 


rivojlantirishning  eng  muhim  yo‘nalishlarini  belgilash,  uning  geografiyasini  tuman 

(shahar)  darajasigacha  kengaytirish,  hududiy  ixtisoslashgan  tibbiyot  tashkilotlariga 

tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining 

mas’uliyatini  oshirish,  ularning  amaliyotiga  tibbiy  yordamning  zamonaviy  usullari 

va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.  

Quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish 

tizimi barcha darajalarda isloh qilinadi:  

respublika  darajasida —  ixtisosli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  eng  zamonaviy  yuqori 

texnologik  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  xizmatlar  ko‘rsatish;viloyat  darajasida — 

ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy 

xizmatlar  ko‘rsatish;tuman  (shahar)  darajasida —  yangidan  tashkil  etiladigan 

ixtisoslashtirilgan  turdosh  bo‘limlar  negizida  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  xizmatlar 

ko‘rsatish;birlamchi  tibbiy-sanitariya  yordamini  tashkil  etish  darajasida —  maxsus 

tasdiqlangan  jadval  bo‘yicha  tuman  (shahar)  va viloyat  darajasidagi  tashkilotlarning 

tor  ixtisosli  mutaxassislari  tomonidan  konsultatsiyalar  berilishini,  shuningdek, 

davolash  va konsultativ-diagnostika  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ixtisoslashtirilgan  tibbiy 

yordamning ayrim turlarini ko‘rsatish. 

Qarorda,  shuningdek,  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  tizimida 

respublika  bo‘yicha  va  har  bir  mintaqada  kasalliklar  tendensiyalarini  o‘z  vaqtida 

aniqlashni  ta’minlaydigan  zamonaviy  tahliliy  va ilmiy-tadqiqot  ishlarini  keng 

qo‘llash nazarda tutilgan.  

Etakchi 


respublika 

ixtisoslashtirilgan 

davolash-profilaktika 

tashkilotlari 

respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning 

asosiy vazifalari belgilandi.  

O‘z  ixtisosligi  bo‘yicha  yagona  metodik,  texnologik,  davolash  va profilaktika 

siyosatini  amalga  oshirish,  zamonaviy  tibbiyot  uskunalari  va texnologiyalariga,  dori 

vositalari  va tibbiy  buyumlarga  bo‘lgan  ehtiyojni  aniqlash,  klinik  protokollarni, 

shu jumladan,  tegishli  tibbiyot  hujjatlarini  ishlab  chiqish,  axborot  va tahliliy 

materiallarini  nashr  etish,  sayyor  maslahat  berishlarni,  mahorat  darslarini, 

shuningdek,  birinchi  navbatda  eng  murakkab  holatlarda  hududiy  ixtisoslashgan 

tibbiyot  tashkilotlarida  operatsiyalarni  muntazam  ravishda  o‘tkazish  orqali 

mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish markazlarning 

asosiy  vazifalari  etib  belgilangan.  Bundan  tashqari,  markazlar  Toshkent  vrachlar 

malakasini  oshirish  instituti  tibbiyot  xodimlarining,  ixtisoslashgan  hududiy  tibbiyot 

tashkilotlari  xodimlarining  malakasini  tizimli  ravishda  oshiradi,  shuningdek,  klinik 



148 

ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha 

kadrlarni  tayyorlaydi,  etakchi  xalqaro  tibbiyot  markazlari,  klinikalar  va  yuqori 

malakali 

xorijiy 

mutaxassislar 

bilan 

hamkorlik 



qiladi, 

shu jumladan, 

maslahatlashuvlar  va mahorat  darslari  o‘tkazish  uchun  ularni  respublikaga  taklif 

etadi,  sog‘liqni  saqlash  tizimi  mahalliy  mutaxassislarining  chet  elda 

ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini ta’minlaydi.  

Qaror  bilan  aholiga  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  xizmatlar  ko‘rsatish  sxemasi  va 

aholining  sifatli  va samarali  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  xizmatlardan  foydalanishini 

kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, 

ixtisoslashtirilgan  tibbiy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tibbiyot  tashkilotlarining  moddiy-

texnika  bazasini  mustahkamlashga,  tibbiyot  kadrlari  tayyorlash,  qayta  tayyorlash 

va ularning 

malakasini 

oshirish 

tizimini 

takomillashtirishga, 

aholiga 


ixtisoslashtirilgan  tibbiy  xizmatlar  ko‘rsatish  sifatini  oshirishga,  profilaktika, 

diagnostika  va davolashning  zamonaviy  usullarini  joriy  etishga  yo‘naltirilgan 

huquqiy  bazani  takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  2017−2021  yillarda  O‘zbekiston 

aholisiga  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  yordam  ko‘rsatishni  yanada  rivojlantirish  chora-

tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.  

Qarorga  muvofiq,  2018  yil  1  yanvargacha  imtiyozli  toifa  alohida  hisobga 

olingan  holda  tegishli  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  xizmatlardan,  shu jumladan,  yuqori 

texnologik  tibbiy  yordamdan  foydalanishga  muhtoj  bo‘lgan  bemorlarning  doimiy 

yangilanadigan  yagona  elektron  ma’lumotlar  bazasi  shakllantiriladi.  2019  yil  1 

yanvargacha  bo‘lgan  muddatda  barcha  ixtisoslashtirilgan  markazlarda,  viloyat 

filiallarida,  tuman  (shahar)  tibbiyot  birlashmalarida  vrach  qabuliga  masofadan 

yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.  

2022  yil  1  yanvargacha  aholiga  pulli  tibbiy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi 

(stomatologiya  va kosmetologiya  xizmatlaridan  tashqari)  sog‘liqni  saqlash  tizimi 

davlat  tibbiyot  tashkilotlarini  soliqlarning  barcha  turlarini  va davlat  maqsadli 

jamg‘armalariga  majburiy  ajratmalarni  to‘lashdan,  shuningdek,  belgilangan  tartibda 

tasdiqlanadigan  ro‘yxat  bo‘yicha  chetdan  olib  kelinadigan  yangi  tibbiyot  uskunasi, 

butlovchi  buyumlar,  tibbiyot  uskunasiga  ehtiyot  qismlar  va sarflash  materiallari 

uchun  bojxona  to‘lovlari  to‘lashdan  ozod  etish  nazarda  tutilgan.  Bo‘shagan 

mablag‘lar  tibbiyot  tashkilotlarini  zamonaviy  tibbiy,  muhandislik-texnika  uskunasi 

bilan  jihozlashga  hamda  unga  servis  va texnik  xizmat  ko‘rsatishga,  ehtiyot  qismlar, 

sarflash  materiallari,  inventar  va boshqa  tibbiy  buyumlarni  xarid  qilishga,  yangi 

binolar  va inshootlar  qurishga,  mavjudlarini  rekonstruksiya  qilish  va mukammal 

ta’mirlashga yo‘naltiriladi.  

Qarorda davolanish uchun chet elga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini 

ijtimoiy-huquqiy  himoya  qilishning  ta’sirchan  mexanizmlarini  ishlab  chiqish, 

mahalliy  mutaxassislarning  amaliy  va nazariy  ko‘nikmalarini  oshirish  maqsadida 



149 

xorijiy  etakchi  olimlar,  vrachlar  va mutaxassislarni  shartnoma  asosida  respublikaga 

jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.  

Dastur  doirasida  2017−2021  yillarda  O‘zbekistonda  ixtisoslashtirilgan  tibbiy 

xizmatlarni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  373,5  milliard  so‘m  va 100  million 

AQSH  dollari  miqdorida  mablag‘  ajratilishi  ko‘zda  tutilgan  bo‘lib,  shundan  60 

milliard  so‘m  mablag‘  Respublika  ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  markazlarini  qurish, 

rekonstruksiya  qilish  va kapital  ta’mirlashga  va 97  million  AQSH  dollari  respublika 

va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‘naltiriladi 

Respublika  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tizimidagi  davolash  profilaktika 

muassasalari  tomonidan  aholiga  pullik  va  bepul  tibbiy  xizmatlar  ko‘rsatilishi 

belgilangan. 

Bepul  tibbiy  xizmatlar  qo‘yidagi  davolsh  profilaktika  muassasalarida  ko‘rsatiladi: 

Birlamchi tibbiy – sanitariya yordami – qishloq vrachlik punktlarida, shahar va tuman 

tibbiyot birlashmalarida, bolalar shifoxonalarida, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, 

to‘g‘ruqxona  bo‘limlarida,  sil  kasalligi,  teri-tanasil  kasalligi,  o‘sma  kasalligi, 

endokrin 

kasalligi, 

narkologiya 

shifoxonalarida, 

asab-ruhiy 

kasalliklari 

shifoxonalarida,  endokrinologiya  kasalligi  shifoxonalarida,  “Ona  va  bola  ”  skrining 

hamda OITS markazlarida aholiga barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. 

Barchamiz  guvohi  bo‘layotganimizdek,  yurtimizda,  aholi  turmush  darajasini 

yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish 

borasida  yangilanish  va  rivojlanish  jarayonlari  kechmoqda.  Bunday  yangilanishlar 

sog‘liqni saqlash tizimining shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida ham 

ro‘y berayapti. 

Ayniqsa,  davlatimiz  rahbarining  sog‘liqni  saqlash  sohasi  vakillari  bilan 

uchrashuvlarida,  shuningdek,  30  mart  kuni  o‘tkazilgan  videoselektor  majlisida 

tizimning  bugungi  holati  tahlili,  mavjud  muammolarni  hal  etish,  xalqimiz 

salomatligini  mustahkamlash  yo‘lida  olib  borilayotgan  sa’y-harakatlar  sohani  yangi 

bosqichga olib chiqishda muhim burilish bo‘ldi, desak mubolag‘a emas. 

– Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 16 mart kuni imzolangan “Shoshilinch 

tibbiy  yordamni  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Farmoni 

hamda  “Shoshilinch  tibbiy  yordam  xizmatining  faoliyatini  tashkil  etishni  yanada 

takomillashtirish  va  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  qarori  ayni  maqsadlarni  ko‘zlagani  bilan  ahamiyatlidir,  –  deydi 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori A.Xudoyorov. – Qayd 

etish  joiz,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  aholiga  shoshilinch  va  tez  tibbiy 

yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga hos infratuzilma yaratildi. Respublika shoshilinch 

tibbiy  yordam  ilmiy  markazi  va  uning  viloyatlardagi  filiallari,  tuman  va  shahar 

tibbiyot birlashmalari  qoshida bo‘limlari, mamlakatimizning barcha  hududlarida tez 

tibbiy  yordam  xizmati  stansiyalari  va  sanitar  aviatsiya  xizmati  xalqimiz  salomatligi 



150 

yo‘lida  faoliyat  yuritmoqda.  Mazkur  xizmat  aholiga  malakali  ixtisoslashtirilgan, 

yuqori  texnologiyali  shoshilinch,  tez  va  kechiktirib  bo‘lmaydigan  holatlarda  tibbiy 

xizmat  ko‘rsatish,  samaradorligi  bo‘yicha  jahon  talablariga  mos  keladigan 

shoshilinch  tibbiy  yordam  tizimini  tashkil  etish,  xorijiy  turdosh  tashkilotlar  bilan 

yaqin  hamkorlik  o‘rnatish  kabi  vazifalarni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘ygan.  Soha 

rivoji  yo‘lida  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli  chora-tadbirlar  natijasida 

shoshilinch  tibbiy  yordam  tizimida  yiliga  600  ming  nafardan  ziyod  bemorga  yuqori 

malakali  statsionar  hamda  1  million  nafardan  ortiq  bemorga  ambulator  yordam 

berilayapti.  Shuningdek,  7  milliondan  ziyod  chaqiriq  bo‘yicha  xizmatlar 

ko‘rsatilmoqda. 

Mutaxassisning  ta’kidlaganidek,  shoshilinch  holatlarda  bemorga  yordam 

ko‘rsatish uchun zarur vositalarga ega bo‘lgan shoshilinch yordam brigadalari zudlik 

bilan  etib  borishi  muhimdir.  Shundan  kelib  chiqib,  yil  oxirigacha  1200  ta  tez  tibbiy 

yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olinishi rejalashtirilgan. Ayni 

kunlarda  zarur  vositalar  bilan  jihozlangan  200  ga  yaqin  tez  tibbiy  yordam 

avtomashinalari xarid qilinib, ehtiyoji baland bo‘lgan hududlarga etkazib berilgan. 

Sog‘liqni  saqlash  vazirining  joriy  yil  13  fevraldagi  “Tez  tibbiy  yordam 

avtotransportlarining  ixtisoslashtirilgan  va  umumtarmoq  brigadalarini,  tez  tibbiy 

yordam  xizmati  chaqiriqlarida  ko‘rsatiladigan  tibbiy  xizmatlar  uchun  zarur 

bo‘ladigan  dori-darmonlar  va  tibbiyot  buyumlari  bilan  ta’minlash  normativlarini 

tasdiqlash  haqida”gi  buyrug‘iga  ko‘ra,  tez  tibbiy  yordam  xizmatining  bitta  maxsus 

brigadasida  41  nomdagi,  umumtarmoq  brigadasida  esa  36  nomdagi  dori  vositalari 

bo‘lishi belgilangan va ular bilan ta’minlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 

– Shoshilinch holatlarda tibbiy yordam brigadasi ishini tashkillashtiruvchi asosiy 

bo‘g‘in  –  tez  yordam  xizmati  dispetcherlari  qayta  o‘qitilib,  ularga  nisbatan  talablar 

ham  oshirildi,  –  deydi  Respublika  shoshilinch  tibbiy  yordam  ilmiy  markazi  ilmiy 

xodimi  Bobur  SHukurov.  –  Endi  dispetcherlarning  kasbiy  mahorati  va  malakasini 

mustahkamlash  uchun  ular  qayta  o‘qitiladi.  Bugungi  kun  talabiga  ko‘ra,  dispetcher 

faqat murojaatni yozib olib, uni kerakli mutaxassisga etkazish bilangina cheklanmay, 

zarur holatda murojaat qiluvchiga tez tibbiy yordam brigadalari etib borguniga qadar 

birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatilishi  bo‘yicha  maslahatlar  ham  bera  olishi  lozim. 

Tizimdagi  islohotlarning  yana  bir  ahamiyatli  jihati  shundaki,  birlamchi  tibbiy 

bo‘g‘inda  tibbiy  xizmatning  tezkorligi  ta’minlanib,  shu  orqali  shoshilinch  va 

ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tushayotgan yuklamalar engillashtirilayapti. Ushbu 

maqsadda  yaqinda  poytaxtimizdagi  60  ta  oilaviy  poliklinikalarning  har  biriga 

ikkitadan,  jami  120  dona  “Damas”  rusumli  avtomashinalar  topshirildi.  Endilikda 

bemorlarning  uyiga  borib,  eng  kerakli  tibbiy  muolajalarni  amalga  oshirish,  zarur 

holatlarda ularni oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasasiga etkazib borish 

hamda patronaj xizmatini ko‘rsatish kabi vazifalar o‘z vaqtida, kechiktirilmay amalga 




151 

oshiriladi.  Avtomashinalar  o‘z  hududi  bo‘ylab  harakatlangani  bois,  yo‘llar 

tirbandligidan  kelib  chiqadigan  tez  yordam  birigadalarining  kechikishi  kabi 

holatlarning ham oldi olinadi. 

Mutaxassislar  fikricha,  mazkur  tizimning  bugungi  holati,  tez  tibbiy  yordam 

xizmatining  sifat  va  samaradorligini  oshirish,  shoshilinch  tibbiy  yordam  sohasidagi 

ilmiy  tadqiqotlar  ko‘lamini  kengaytirish  hamda  bu  borada  xalqaro  hamkorlikni 

chuqurlashtirish  bo‘yicha  mamlakatimiz  Prezidenti  tomonidan  belgilangan  aniq 

vazifalar o‘z ijrosini topmoqda. 

SHoshilinch tibbiy yordam haqida so‘z borganda, avvalo, kafolatlangan, sifatli 

va  tezkor  tibbiy  yordam  nazarda  tutiladi.  Bugungi  kunda  yurtimizda  mazkur  sohani 

rivojlantirish  yo‘lida  belgilangan  vazifalar  va  joriy  etilayotgan  imtiyozlar, 

ajratilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar tizim mutaxassislari olib borayotgan 

ilmiy  izlanishlar  saviyasini  yuksak  darajaga  oshirishni  taqozo  etadi.  SHuningdek, 

shoshilinch  holatlarda  diagnostika  va  davolashning  yangi  istiqbolli  usullarini  ishlab 

chiqish  hamda  rivojlantirish  imkoniyatlarini  yanada  kengaytiradi.  Bu  esa  tez  tibbiy 

yordam  xizmatining  sifat  va  samaradorligini  oshirish,  aholining  har  bir  murojaatiga 

amaliy  yordam  bilan  javob  qaytarish,  eng  muhimi,  xalqimizni  ushbu  tizim 

faoliyatidan rozi bo‘lishiga erishishga xizmat qiladi. 

Poytaxtimizdagi  Milliy  matbuot  markazida  Respublika  Sog‘liqni  saqlash 

vazirligi  tomonidan  “Shoshilinch  va  tez  tibbiy  yordam  tizimi:  dolzarb  masalalar  va 

istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ana shular xususida 

so‘z  yuritildi.  Ommaviy  axborot  vositalari  vakillarini  qiziqtirgan  savollarga  soha 

xodimlari atroflicha javob qaytarishdi 




Download 4,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   468




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish