Tilshunoslik tarixida sistemaviy-struktur tilshunoslikka qadar bolgan davr ko'pincha an'anaviy tilshunoslik deb yuritiladi
Tilshunoslikning bu ikki yo'nalishi bir-birirri rad ctmaydi, balki biri ikkinchisining natijaiariga asoslanadi.
Shuning uchun ham har ikki tilshunoslik hozirgi kunda bab-baravar qadam tashlamoqda.
Nutqiy faoliyat til va nutqning dialektik munosabatidan tashkil topishining e 'tirof etilishi sistemaviy tilshunoslikning vujudga kelishiga dadil qadam bo‘ldi. Sistcmaviy tilshunoslikka zidlanuvchi an’anaviy tilshunoslik til va nutqni farqlamagan holda, tilni, F.dc Sossyur ta'biri bilan aytganda, substansiya deb tushunadi va asosiy e'tiborni bevosita sezgi a’zolarimiz ta'siriga beriladigan moddiy vositalarni o‘rganishga qaratadi. Bu tilning ontologik tabiati yuzasidan an'anaviy va sistcmaviy tilshunoslik o‘rtasidagi birinchi farq sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |