"Sug‘urta asoslari"


Jahon mamlakatlari sug‘urta tizimi va uning xususiyatlari



Download 0,73 Mb.
bet88/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

3. Jahon mamlakatlari sug‘urta tizimi va uning xususiyatlari.

Sug‘urta bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko‘lami va barcha jahon mamlakatlari miqyosida qo‘llaniladi. Jahon sug‘urta bozori o‘z tarkibiga rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalaridan tashkil topgan bo‘lib, jahon miqyosida markaziy jahon sug‘urta tashkiloti huquqiy jihatdan bir butun assotsiatsiya sifatida shakllanmagan bo‘lsa ham, lekin Yevropa miqyosida bunday yuridik assotsiatsiya mavjud. Bular tomonidan birgalikda qator umumiy qonunlar qabul qilingan.

Bunday assotsiatsiyalarning xizmati faqat huquqiy tomondan amalga oshirilmasdan, balki iqtisodiy jihatdan ham amalga oshirilmoqda. Bunday assotsiatsiyalarni shakllanishida qayta sug‘urtalash muhim rol o‘ynamoqda. Bitta ma’ruzada bunday sug‘urta birlashmalarining barcha
xillari haqida ma’lumot berish mumkin emas, shu sababli ayrim mamlakatlar sug‘urta tizimlari haqida, asosan ularni tashkiliy tomonlari, boshqarish usullari bilan tanishtiriladi.
AQSh sug‘urta tizimi
AQSh sug‘urta biznesi uslubiy jahatdan Buyuk Britaniyadan keyin rivojlangan bo‘lsa ham, jahon miqyosida tutgan o‘rni jihatdan tengi yo‘q hisoblanadi. Uning sug‘urta monopoliyalari rivojlangan industrial mamlakatlar sug‘urta bozorining taxminan 50 %ini nazorat qiladi. AQShda 8000 dan ortiq mulk va 2000ga yaqin hayotni sug‘urtalash kompaniyalari amal qiladi.

AQSh sug‘urta tizimining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, mamlakat miqyosida yagona birlashgan markaziy sug‘urta boshqarmasi bo‘lmasada, sug‘urtani boshqarish har bir shtat miqyosida tashkil qilingan, har bir shtat o‘zining sug‘urta qonunlariga ega.

AQSh sug‘urta tizimining birinchi xususiyati shundan iboratki, AQShda 3 xil sohadagi sug‘urta mavjud. Bularning birinchisi - bikifitlar (hayot sug‘urtasi) bu sug‘urta faqat shaxsiy sug‘urtadan iborat bo‘lmasdan, tibbiy sug‘urta, omonatlar, pensiya sug‘urtasini ham qamrab oladi.

Ikkinchisi - tijorat sug‘urtasi hisoblanadi. Bu keng ko‘lamda tashkil qilinadi. Uchinchisi - fuqarolarning shaxsiy mulk sug‘urtasi. Sug‘urta xillarining umumiy ko‘lami xaqida gapirganda barcha sug‘urta kompaniyalarining aktivlari 1,6 trl. dollar hisoblanib, har bir kompaniya bo‘yichi o‘rtacha 950 mln. dollarni tashkil qiladi. Bular orasida 12 yirik sug‘urta kompaniyasi bo‘yicha aktivlar 45 mlrd. dollarga teng keladi. Barcha sug‘urta kompaniyalarining faoliyati 3 konsalting kompaniyasi tomonidan tahlil qilinadi.

Bu tahlilda to‘lanadigan qoplama, daromadalar va foyda koeffitsienti, debitor qarzlari markaziy o‘rin tutadi.

Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, sug‘urta kompaniyalarining obro‘si yuqori bo‘lganligi sababli pensiya ta’minotini boshqarish ularning ixtiyoriga berilgan. Pensiya fondlarini boshqargani uchun sug‘urta tashkilotlari tegishli xizmat haqi oladilar. Bundan tashqari, o‘z mablag‘laridan investitsiya maqsadlarida foydalaniladi.

Uchinchi xususiyati shundan iboratki, sug‘urta kompaniyalari Amerika sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlaydilar. Tashkiliy jihatdan sug‘urta ishlari aksionerlik jamiyatlari va hamkorlikda sug‘urtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish olib boradilar. Ularning asosiy vazifalarini anderrayterlar va sug‘urta brokerlari amalga oshiradilar. Masalan, Purdenshnl jamiyatida 22 ming sug‘urta brokeri xizmat qiladi. Steyd, Signa, Amerikan interneyshnl grupp (AIG) kabi sug‘urta kompaniyalari jahon miqyosida faqat sug‘urta operatsiyalarinigina emas, balki kredit, hisob-kitob operatsiyalarini ham boshqaradilar.


Buyuk Britaniya sug‘urta tizimi
Buyuk Britaniya sug‘urta bozorining markazi London hisoblanadi. Bu shahar o‘zining ko‘p qirrali sug‘urta faoliyati bilan jahonda mashhur. Unda jahonning yirik sug‘urta kompaniyalarining vakolatxonalari mavjud, ular faqat sug‘urtalash bilangina emas, balki qayta sug‘urtalash bilan ham shug‘ullanadilar. Bular orasida “Lloyd” sug‘urta kompaniyasi markaziy o‘rin egallaydi.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish