Sug‘urta bozorining subyektlari professional va professional bo‘lmagan qatnashchilargabo‘linadi



Download 26,67 Kb.
bet4/5
Sana30.12.2021
Hajmi26,67 Kb.
#192077
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Aktuariy yoki aktuar tashkilot - bu tegishli ravishda quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlar ko‘rsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs: sug‘urta hodisasi yuz berishining matematik jihatdan muqarrarligi hisobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman jami sug‘urta bo‘yicha zarar yetkazish oqibatlari og‘irligi chastotalari va darajasini aniqlash; sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) zarur sug‘urta zaxiralari va fondlarini matematik asoslash va hisoblash, ularni shakllantirish metodlarini ishlab chiqish; sug‘urtalovchi tomonidan investitsiyalar sifatida yig‘ilgan badallardan foydalanishdakapital qo‘yish normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash, bu tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga ko‘maklashadi sug‘urtalash jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sug‘urta xizmatlari tannarxini hisoblash sug‘urtalashning (qayta sug‘urtalashning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xarakterini hisobga olgan holda belgilash; sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisoblashdan foydalangan holda baholash;sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) daromadlarini sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash)ning har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish. Aktuariy (aktuar tashkilot) faqat aktuar faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Aktuariy (aktuar tashkilot) o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalgaoshiradi.Aktuariy (aktuar tashkilot) quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtalovchilar bilan aktuar xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda shartnomat uzish ishonchli aktuar xulosa tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda aktuar tekshirish o‘tkazishni rad etish; aktuar tekshirish o‘tkazishda qatnashishga boshqa aktuariylar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlar. Aktuariy (aktuar tashkilot) quyidagilarga majbur: qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; aktuar tekshirishni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish; aktuar xulosada aktuar hisoblashlarning kamchiliklarini va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni aks ettirish; qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish. Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo‘lsa yoki uning bilan aktuar tashkilot o‘rtasida fuqarolik - huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa aktuar tekshirishni o‘tkazishga jalb etilishi mumkin. Aktuariy aktuar tashkilot oldida sifatsiz aktuar tekshiruvni o‘tkazish, tijorat sirini oshkora qilish va aktuar tashkilot uchun zarar yetkazgan boshqa xatti-harakatlar natijasidayetkazilgan zarar yuzasidan javob beradi. Aktuarlar aktuar xizmatlari ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart. Aktuar tashkilotlar o‘z shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida 1 aktuarga ega bo‘lishi kerak.Aktuar tashkilot (aktuariy) faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. Aktuar tashkilot (aktuariy) hisobotidagi xulosalar mustaqil ekspertiza davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urtalash shartnomasi doirasida sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, foyda ko‘ruvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar, shuningdek ularga moliyaviy yordam ko‘rsatadilar. Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradilar. Assistans xizmatlariga faqat sug‘urtalovchilar tomonidan, sug‘urtalanuvchilar (sug‘urtalangan shaxslar)ning ishtirokisiz haq to‘lanadi.Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtalovchilar bilan assistans xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda shartnoma tuzish; sug‘urtalovchi tomonidan assistans xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar taqdim etilmagan taqdirda assitans xizmatlari ko‘rsatishni rad etish; assistans xizmatlari ko‘rsatishga zarur mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish; assistans xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomaga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini talab qilish; qonun hujjatlari va shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlar.Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilarga majbur: sug‘urtalanuvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta hodisalari (holatlari)to‘g‘risidagi xabarlarning kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etish va sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosidzarur yordam ko‘rsatish; sug‘urtalash hollarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini ko‘rish ;sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) chaqiruv qabul qilingan vaqtdanboshlab imkoni boricha eng qisqa muddatlarda zudlik bilan zarur yordam va xizmatlarko‘rsatishning tashkil etilishini ta’minlash; qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatni bajarish.


Download 26,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish