Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

Qoraxonning xotinidan bir o’g`il tug`ildi. U uch kecha-kunduz onasini emmadi. 
Har kecha ul o’g`lon onasining tushiga kirib aytur edi: «E ona, musulmon bo’lg`il, 
agar bo’lmasang, sening emchagingni emmasman... O’g`lon bir yoshga etdi. 
Qoraxon ulug` to’y qildi. Beklariga aytdi: munga ot qo’yarsiz. Beklar javob 
bermasdan burun o’g`lon aytdi: mening otim O’g`uz turur. Bir yashar o’g`lonning 
gapirganidan o’tirganlar taajjub etdilar
». 


O’g`uzlar haqidagi bu ma’lumotning haqiqatga xilof ekani, bu asar 
muallifining Qoraxon davlati o’zi bilan tugamay, o’g`liga ham o’tishi zarurligini, 
uning sulolasi doim hukmron bo’lishini ommaga tashviqot qilish va shu g`oyani 
ular ongiga singdirishga intnlshdan boshqa narsa emasligi har kimga ravshan. Shu 
bilan u O’g`uz qabilasi haqidagi tarixni buzib ko’rsatgan. Asarda, bir tarafdan, 
qabilalar to’la ko’rsatilmasa, ikkinchidan, boshqa qabilalar: uyg`ur, qangli, 
qipchoq, qarluq va boshqalar tarixi buzib ko’rsatilgan.
Shuning uchun xalq tarixini, ayniqsa til tarixini o’rganishda tarixchi va 
tilshunoslar tarixiy asarlarga tanqidiy qarashlari, moddiy faktlarni o’rganishlari va 
ularga asoslanishlari lozim bo’ladi. Demak, qabilalar haqida tarixiy asarlardagi 
ma’lumot qanoatlantirmaydi. Axir o’g`uzlarni hamma qabilalarning otasi deb 
talqin etishning xato ekanligi hammaga ravshan. Mahmud Qoshgariy ham 
O’g`uzni qabilalarning otasi deb ko’rsatadi. Lekin hamma qabilalarning emas
ma’lum guruh qabilalarning otasi deb to’g`ri izohlaydi. U guruhga kiradigan 
qabilalar orasidagi barcha munosabatlarni boy til faktlari asosida izohlab beradi. 
Hatto u o’z asarida bu guruhga kiradigan qabilalarning tillaridagi yaqinlik yoki 
uzoqlik faktlari asosida ularning tarixiy kechirmalarini, bular orasidagi munosabat 
qadimgi yoki so’nggi hodisa ekanini ochib beruvchi asoslarga ham keng o’rin 
bergan.
Tarixiy asarlarda o’g`uzlarga nisbatan berilgan qabilalarning katta bir 
qismini Mahmud Koshg`ariy ikkinchi bir guruhga kiritadi va o’zining bu tasnifi 
ular tillaridagi mavjud farqlarga asoslanganini maxsus bir bo’limda keng izohlab 
beradi. Demak, devon ma’lumotlari yolg`iz til tarixi uchungina emas, shu bilan 
birga xalq tarixi uchun ham benihoyat muhimdir. Bu yerda akad. 
V.V.Vinogradovning O’zbekiston tarixidagi kamchiliklar haqidagi so’zlarini 
keltirish o’rinlidir. U qabila tillarini o’rganish ishini yolg`iz tilchilar uchungina 
emas, shu bilan birga tarixchilar, arxeologlar, etnograflarning ham asosiy vazifasi 
deb ko’rsatadi.
Mahmud Koshg`ariy o’z asarida o’zbeklar, qozoqlar, qirg`izlar, turkmanlar, 
uyg`urlar, tatar va boshqa xalqlarning qadimgi qabilalarini va bu xalqlarning 


qadimgi tillarining namunalarini mukammal izohlab berdi. Bu xalqlar devon 
materiallari asosida o’zlarining tillari qaysi qabila tili asosida taraqqiy etib, 
kamolga yetganini aniqlay oladilar. 
Bu asar hozirgi O’rta Osiyo xalqlari tarixi uchun, shu jumladan, o’zbek xalqi 
tarixi uchun ham benihoyat muhimdir. Chunki qabila masalasi tarixiy 
kategoriyadir. Uning boshi ibtidoiy jamiyat shakli — urug`chilik davriga borib 
taqalsa, oxiri jamiyatda yuzaga kelgan taraqqiyot natijasida tashkil topgan xalq va 
millat bilan bog`lanadi. Shuning uchun qabila masalasi xalq va millat tarixi bilan 
chambarchas bog`lanadi va xalq tarixini shakllanishida muhim asos bo’ladi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish