Surxondaryo iqlimida qora kuya kasalligining



Download 31,66 Kb.
Sana02.02.2022
Hajmi31,66 Kb.
#425066
Bog'liq
MAQOLA-10


SURXONDARYO IQLIMIDA QORA KUYA KASALLIGINING
TARQALISHI VA QARSHI KURASH CHORA-TADBIRLARI
Ma’lumki, O’zbekistonda kuz-qish oylari nisbatan iliq kelib, o’ziga xos o’zgaruvchan ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, qor yomg’irlar bilan birgalikda quruq- sovuq hamda iliq-quyoshli kunlar almashinib turishi, turli xil zamburug’li va virusli kasallikka qarshi chora-tadbir ishlarini shunga mos holatda yuritishni talab etiladi. Bunday tabiiy iqlim sharoitida donli ekinlarni yetishtirilayotgan maydonlarda yuqori va sifatli hosil yetishtirishda dalalarda barcha agrotadbirlarni ilmiy asoslangan holda o’z vaqtida, sifatli amalga oshirib berish, har bir tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda donli ekinlar navlarini joylashtirish, mavjud suv va yer resurslaridan- mineral va mahalliy o’g’itlardan unumli foydalanish muhim va oldingi vazifa sanaladi.
Surxondaryo viloyatining barcha tumanlari iqlim-tuproq sharoitlarining qulayligi donli ekin turlari va ajoyib navlarining mavjudligi ulardan yuqori, mo’l va sifatli hosil olish imkoniyatini beradi. Viloyatning tumanlarining iqlim sharoitida ozroq bo’lsada, tafovut mavjud. Bu esa zamburug’li kasalliklar tarqalish dinamikasini o’zgartiradi. Tuprog’i ko’p yillardan buyon sug’orib dehqonchilik qilinadigan bo’z tuproqlardir. Yer osti sizot suvlari yaqin joylashgan qismida o’tloq va o’tloq botqoqli tuproqlar hamdir. Bu tuproqlar sho’rlanmagan, shu bilan birga ular unumdordir. Sizot suvlari viloyat sharoitida 7-8 m chuqurlikda joylashgan. Zamburug’lar rivojlanishi va erkin tarqalishi uchun barcha iqlim sharoiti viloyatda mavjud. Qora kuya zamburug’ining hayoti uchun noqulay sharoit hisoblangan qishda spora hosil qilishda ham sovuq daraja talab etiladi. Ammo Surxondaryo viloyatida noyabr oyining birinchi sovug’i tushadi, bahor faslining so’ngi sovug’i fevral oyining ikkinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. O’zgarib borayotgan iqlim sharoitida viloyatda sovuq kunlar qisqarib kunlar iliq darajaga yetmoqda. Sovuqsiz kunlarning davomiyligi, samarali haroratning yetarliligi quruq va issiq yoz fasli va yoz faslida yog’ingarchilikning deyarli bo’lmasligi suniy sug’orish mavjudligi va ko’p hollarda tuproq yetarli sharoitda namlik borligi qora kuya kasalligining keng tarqalishiga sabab bo’ladi.
Bug’doy, arpa, tariq, makkajo’xori, sholi kabi o’simliklar qora kuya bilan kasallanib hosili kamayadi va mahsulot sifati keskin yomonlashadi. Hosilga jiddiy ta’sir o’tkazuvchi bu kasallik viloyat sharoitida keng tarqalishi yillar davomida tuproq strukturalarida zamburug’ning xladosporalari ko’payishi qarshi kurashda muhim agrotexnik tadbirlarini joriy etishni talab etadi. Kasallangan o’simlikning muhim belgisi to’pguli yetilganidan so’ng don o’rnida zamburug’ sporalari bilan zararlanish natijasida qorayib ketishi bilan xarakterlanadi. Bu changlar qora kuya zamburug’ining tinchlik davrini kechuvchi xladaminasporalari hisoblanib, kasallangan urug’lar vositasida tarqaladi. Kasalliklar kelib chiqishiga ko’ra 4 ta guruhga bo’linadi:

  1. Urug’ning zamburug’ sporalari bilan zararlanishi natijasida kasallanishi. Bunday urug’larning yuzasi qora kuya zamburug’ining xlamidosporalari bilan urug’li yig’ishtirib olishda, uni tozalashda, saqlash, tashish jaroyonida zararlanadi. Bug’doyning umumiy zararlanishida bu omillar asosiy o’rinni egallaydi.

  2. Bug’doy, arpaning chang qora kuya kasalligida zamburug’ning rangsiz mitseliysi urug’ning ichida, o’simlikning gullash davrida tushgan xlamidosporalaridan zararlanadi.

  3. Vegetatsiya davrida ( urug’ning ekishdan pishib yetilguncha) shamol yordamida tarqalgan sporalar vositasida makkajo’xori va tariqning pufakli qora kuya kasalligi kelib chiqadi.

  4. Bug’doyning pakanilik qora kuya kasalligida infeksiya manbai xlamidosporalar tarzida 4 yildan ortiq muddatda tuproqda saqlanib, urug’ ungan vaqtda maysalarni kasallantiradi.

Umumiy holatda olganda, qora kuya kasalligi kelib chiqishi va namoyon bo’lishiga, ichki va tashqi belgilariga ko’ra qattiq qora kuya va chang qora kuyaga bo’linadi. Qattiq qora kuya kasalligida urug’ning epidermis qismi zararlanib urug’ po’sti butunligicha qoladi. Urug’ po’stining ichi zamburug’ning xlamidasporalari bilan to’lgan bo’ladi. To’liq kasallik o’simlik tanasida tarqalgan holatda. Urug’ po’sti yorilishi esa shamol vositasida barcha dala maydonidagi o’simliklar zararlanishiga sabab bo’ladi. Butunlay hosilning yo’qolishigacha sabab bo’lishi mumkin.
Download 31,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish