Suyultirilgan va yuqori bosimdagi gazlami saqlash va tashish ballonlari



Download 1,65 Mb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#232507
1   2   3
Bog'liq
Suyultirilgan va yuqori bosimdagi gazlami saqlash va tashish ballonlari lotincha

12.8-rasm. Temiryo‘l sisternalariga yengil alangalanuvchi suyuqliklarni shlangsiz quyishning prinsipial sxemasi: 1 – kesuvchi-klapan; 2 – dastak; 3 – kuchli qalpoq; 4 – lo‘kidon (zaщelka); 5 – qo‘zg‘almas ustun; 6 – aylanuvchan burchak quvuri; 7 – sharnirsimon quvur; 8 – impuls tarmog‘i; 9 – teleskop; 10 – teleskopik quvur; 11 – chig‘ir (lebyodka); 12 – ko‘ndalang ko‘chirish mexanizmi; 13 - ko‘ndalang ko‘chirish mexanizmining aravasi; 14 – datchik traversasi; 15 – datchik; 16 - sisterna
stakadalarda yong‘inni tarqalishiga asosan quyish kollektorlari (ko‘proq ochiq holatda), to‘kilgan neft mahsulotlar yuzasi hamda to‘planib qolgan bug‘-havo aralashmalari sabab bo‘ladi. Xavfli zonalarni o‘lchami ba’zi holatlarda keyingi estakada, nasos stansiyalari, quvib o‘tish yo‘llari va yordamchi inshoatlargacha bo‘lgan xavfsiz masofadan ham ortib ketadi. Estakadalarda sodir bo‘lgan yong‘inlar asosan temir yo‘l sisternalari va to‘kish kollektorlarida portlash yuz berishi va buning natijasida yonayotgan mahsulotlarni uzoq masofalarga sochib yuborishi hamda katta yong‘in maydonini hosil qilishi bilan kuzatiladi. Estakadalarda yong‘inni tez avj olishiga sisternalar, kollektorlar va quvurlarda ko‘p miqdordagi neft mahsulotlarining borligi sabab bo‘lishi bilan birga sisternalar, o‘tish galereylari, to‘kish uskunlari va estakada hududini yonuvchi mahsulotlar bilan ifloslanishi ham sabab bo‘ladi.

Kerosin va reaktiv yonilg‘ilarni to‘kish-quyish jarayonida yonuvchi konsentratsiyani hosil bo‘lishi asosan yilning issiq kunlariga to‘g‘ri keladi, negaki, bu davrda yonish harorat chegarasi zahira koeffitsenti hisobiga ishchi harorat oralig‘ini qoplab oladi. Shu sababli, estakada atrof hududida xavfli bo‘lgan bug‘li-havo aralashmasini paydo bo‘lishi ko‘pincha issiq kunlarga to‘g‘ri keladi.

Yopiq holdagi to‘kish-quyish jarayonlarida talab darajasida yong‘in xavfsizligini ta’minlashning imkoni yo‘q, negaki, to‘kish-quyish davrida texnologik uskunalarning nafas olishi kollektorlarni svechasi va sisternalarni quyish-to‘kish moslamalari atmosfera bilan bog‘liq. Shuning uchun estakadalar hududida bug‘li-havo aralashmasini hosil bo‘lishini oldini olish uchun yengil alangalanuvchi suyuqliklarni to‘kish-quyish jarayoni to‘liq germetizatsiya qilinishi zarur (12.8-rasm.).

Ushbu maqsadda, ya’ni suyuqlik quyilayotgan apparatdan siqib chiqarilayotgan bug‘li-gaz aralashmasini bo‘shatilgan sig‘imga o‘tkazib yuborish gazni nazorat qilish boylamasi tizimi qo‘llaniladi. Bunda sig‘im sesterna apparatlar - to‘kish kollektorlari rezervuarlarning aylanma bog‘lanish tizimida suyuq va gaz fazalarini mahsulotlar oraliq balansiga qattiq rioya qilish zarur (to‘kish-quyish jarayonidagi gaz boshqarish boylamasini qo‘llash katta foyda beradi).

To‘kish-quyish estakadalari hududida profilaktika ishlari nafaqat bug‘li-havo aralashmalarini, qolaversa, engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni mahkam berkitilmagan yoki shikastlangan oraliqlardan chiqishini oldini olishga va buning natijasida texnologik uskunalarini muntazam nazorat qilib borish hamda rejali ta’mirlash ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi.

To‘kish-quyish jarayonida mahsulotlarni to‘kilib ketishini oldini olish texnologik jarayonlarni mexanizatsiya va avtomatizatsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Vagon sisternaning to‘lib toshib ketishini oldini olish uchun suyuqlik miqdorini pnevmatik chegaralovchi uskuna o‘rnatilishi mumkin (12.9-rasm).

Yorug‘ rangli neft mahsulotlarini quyish jarayonini avtomatizatsiyalashda sisternaga quyilayotgan suyuqlikni etarli me’yoriga etib borganda avtomat tarzda berkitadigan datchik va mahkam beriktish qopqog‘i bilan jihozlangan ASN-2 (va uning modifikatsiyalari) apparatini qo‘llash mumkin. Temir yo‘ldagi to‘kish-quyish estakadalari orqali teplovozlarni o‘tishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi. Sisternalarni ulash estakadalar hududidan tashqarida bajariladi.



12.9-rasm. Temiryo‘l sisternalariga yengil alangalanuvchi suyuqliklarni to‘ldirishda pnevmatik chegaralagich sxemasi: 1 – zadvijka; 2 – prujina; 3 – chegaralovchi qurilmani ishchi holatga keltirish va zadvijkani ochish uchun dastak; 4 – gidrotsilindr; 5 – yopuvchi sharcha uchun joy; 6 – ustun; 7 – membrana klapanining dastagi; 8 – membrana; 9 – chegaraviy to‘ldirish datchigi; 10 – ulash shlanglari; 11 – temiryo‘l sisternasi; 12 – neft mahsulotlarini to‘ldirish quvuri

Qo‘yiluvchan (qotuvchan) neft va neft mahsulotlarini eritish uchun estakadalarda suv bug‘i qo‘llaniladi.

Mazut mahsulotini quyishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgandan tashqari rezervuardan estakadaga qadar bo‘lgan quvur yoniga qo‘shimcha tarzda isitish quvuri (parosputnik) o‘rnatiladi.

Bug‘li isitish qurilmalaridan tashqari qo‘yiluvchan neft va neft mahsulotlari uchun elektr isitish moslamalari qo‘llaniladi (TEN). TENlarni yong‘in xavfi yuqoriligini hisobga olib vagon-sisternalardan mahsulotlarni to‘kish-quyish davrida, ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Mexanik uchqun va ishqalanishni oldini olish uchun to‘kish-quyish joylariga sisternalarni asta-sekinlik bilan silkitmasdan olib boriladi. Estakada hududida sisternalarni to‘xtatish va joyidan qo‘zg‘almasligi uchun yog‘ochdan yoki uchqun chiqmaydigan materiallardan tayyorlangan taglik yoki bashmaklar qo‘llaniladi.

Statik elektr zaryadlarini to‘planishini oldini olish uchun barcha uskuna, qurilmalar (temir yo‘l, estakada, quvur, sisterna va boshqalar) erga o‘tkazib yuborish moslamasi bilan jihozlanadi (12.10-rasm).






Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish