Sxm -202 Xurramov Sodiq Ozbekistonda yer resuslaridan foydalanishda kelib chiqadigan muammolar. Reja


QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#556178
1   2   3
Bog'liq
Ozbekistonda yer resuslaridan foydalanishda kelib chiqadigan muammolar

QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN 
SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI 
TO‘G‘RISIDA 
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu 
jumladan 3,2 mln gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan 
foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot 
tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda. 
Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ 
holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari 
doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga 
oshirilmoqda. 
Natijada 2008 — 2017-yillar mobaynida 1,7 mln gektardan ortiq 
sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minoti hamda 2,5 mln gektar 
maydonlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga erishildi. 
Biroq, global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi yillarda davriy 
ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining 
asosiy qismi yaroqsiz holatga kelganligi sug‘oriladigan ekin yerlarining 
meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan 
chiqib ketishiga olib kelgan. 
Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati 
yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni 
bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv 
zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy 
etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali 
suv yo‘qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli 
investorlar ishtirokini ta’minlash maqsadida: 
1. Quyidagilar: 
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish 
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 
1-ilovaga 
muvofiq; 


Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish 
konsepsiyasini 
amalga 
oshirish 
bo‘yicha 
“yo‘l 
xaritasi” 
2-
ilovaga 
muvofiq; 
2020 — 2030-yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish 
samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-
tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari 
3-ilovaga 
muvofiq; 
2019 — 2022-yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlarida suv 
tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari
 4-
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
2. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali 
foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya 
institutlari bilan hamkorlik qilish va davlat-xususiy sheriklikni joriy 
etish bo‘yicha ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruhi)
 5-
ilovaga 
muvofiq tarkibda tasdiqlansin. 
Ishchi guruhi (J.A. Qo‘chqorov, A.J. Vaxabov, J.A. Xodjayev)ga: 
xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda eksperiment 
tariqasida 2019-yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq 
tumanlarida Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini yaratish; 
eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-noyabrga qadar 
Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini boshqa hududlarda joriy etish, 
shu jumladan yer va suvdan foydalanish sohasida davlat-xususiy 
sheriklikning aniq shartlarini, qo‘shimcha imtiyozlar, alohida imtiyozli 
kredit liniyalarini hamda foydalanishga kiritilgan yer va suvdan 
foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab 
chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish 
topshirilsin; 
zaruratga 
ko‘ra, 
mazkur 
Farmonning 

— 
4-
ilovalarida 
belgilangan muddatlar va hududlarni o‘zgartirish hamda 
ularga qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 
3. Belgilansinki, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida 
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruksiya qilish, suv 
tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli 
ekinlarni ekish orqali foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy 
shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan 
muddatga: 


qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan 
yerlar, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlari — O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga; 
yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar — 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan investorlarga 
beriladi. 
4. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida yer maydonlarini 
foydalanishga kiritishda: 
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil 
joylashtirish, erga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi 
ijaraga berish huquqi beriladi; 
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki 
uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga 
yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning bozor 
qiymati va olib qo‘yish sababli yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq 
qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi; 
ushbu 
yer 
maydonlarida 
barpo 
etiladigan 
infratuzilma 
obyektlarini (dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, 
sug‘orish inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi; 
yerdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va 
respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom-ashyo, materiallar, texnika, 
asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan 
tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi; 
qonunchilikda belgilangan imtiyozli davr yakunlanganidan so‘ng, 
yangidan foydalanishga kiritilgan yer uchastkasiga nisbatan 10 yil 
davomida ushbu yer uchastkasi foydalanishga kiritilgunga qadar 


belgilangan 
soliq 
stavkalari 
qo‘llaniladi;
investitsiyaviy 
shartnoma 
yoki 
davlat-xususiy 
sheriklik 
to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar qishloq xo‘jaligiga 
mo‘ljallangan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 
50 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan 
qismi qoplab beriladi; 


investitsiyaviy 
shartnoma 
yoki 
davlat-xususiy 
sheriklik 
to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yerlarning 
suv ta’minoti tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish uchun jalb etilgan 
kreditlarning bir gektar hisobiga 40 million so‘mdan oshmaydigan 
qismiga tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 
foizlik punkti qoplab beriladi; 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish