T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
 
22
Inger va Anna o'z qayiqlarini suvga itarib tushirishdi. Bo'sh qayiq to'lqinlar 
ustida chayqaldi, u shu qadar yengil ediki, tirnoqcha ham botmay, suv ustida 
yotganday tuyulardi. 
— O'tir, Per. 


— Buni nima qilamiz? — dedi Mattis, suv to'la qayig'ini ko'rsatib. — Men uni 
obketishim kerak, bo'lmasa bu ko'lda suzolmay qolaman. 
— Biz uni nima qilishimiz mumkin? 
Bu yog'ini Mattis bilardi, shu bois butunlay xotirjam edi. 
Men buyruq beraman, sizlar aytganimni qilasizlar. 
U bunday ahvolga tushganidan benihoya xursand edi, qizlarga suvga 
tushinglar deb buyurdi, uchovlari birgalashib qayiqni engashtirdilar va suvning bir 
qismini to'kdilar. Hammasi u aytganday bajarildi, shunda kichkina qayiq suvda, 
suzib yurgan holda chayqaldi. Keyin Mattis ularga qayiqni qirg'oqqa itarishni 
buyur-di, o'zi arqonidan tortdi. Qizlar qiychuv ko'tarib qayiqni itarishdi, nihoyat 
deyarli butunlay qirg'oqqa chiqarildi. 
Qizlar shovqin solib, besababdan belsabab xaxolashardi, so'ng o'z 
cho'michlarini olib kelib, qayiqdagi suvning hammasini sepib tashlashdi. 
Qayiqning yon devorida teshigi topildi, ammo bugun Mattisning kallasi har 
qachongidan yaxshi ishlayotgan edi — qayiqning uchidagi burunchasini kesib olib, 
pichoq bilan uni teshikka qoqdi. 
— Agar qayiq bo'sh bo'lsa, bu yoqqa suv kirmaydi, teshik suvdan yuqoriroqda-ku, 
— dedi u. 
Bularning hammasini qizlarning ko'z o'ngida qoyillatib qila olganidan xuddi is 
tekkanday mast edi. 
— Qarab tursak, sen qayiq boshqarishda ustasi farang ekansan, — dedi Anna. 
Mattis mag'rur jilmayib qo'ydi. 
— Shoshmay turinglar, hali boshqa jihatimni ham ko'rasizlar. 
Uning yana bir zo'r tomoni bor, tezda buni ham ko'rsatadi — u ajoyib eshkakchi! 
Mattisning qayig'ini shatakka oldilar. Inger o'rgan-gan joyiga eshkak eshgani 
o'tirdi. 
— Yo'q, bunaqasi ketmaydi, — dēdi Mattis. — Eshkakni men eshishim kerak. 
Tushunarlimi? 
— Nega endi? 
Mana o'sha, ularni tong qoldiradigan lahza! 
— Chunki men eshkaklarning ta'zirini berib qo'yaman! 
— Tushunarli. U holda, o'zidan o'zi, eshish sendan. Bir yog'i erkak kishisan. 
— Ha, bu yog'i ham bor, — tasdiqladi Mattis. — Ko'rdinglar, bir yoqda teshik-
tirqishlarga tiqin qoqishni ham qoyillataman. 
Anna iljaydi. 
— Ha, Inger, o'rningni bermasang bo'lmaydi, u qayiqni yaxshi haydaydi shekilli. 
Inger qayiqning ichiga o'tdi. Mattis erkakchasiga eshkaklarni ishga soldi. 


— Men sizlarga buni eldan burun aytmay qo'ya qolay degandim, — dēdi qizlarga. 
U o'zini ishonchli sezayotgani uchun sal-pal maqtanishni ham o'ziga ep 
ko'rayotgandi. 
— Nimani? 
— Eshkakni yaxshi eshishimni. 
O'ziga ishonchi tufayli Mattisning butun borlig'i zavqqa to'la edi. Umrida hech 
qachon eshkak eshishni yaxshi eplashidan, — gap ochilgan ekan, aytishi 
mumkinki, — uncha-muncha aqllilardan yaxshiroq eshishidan bu qadar 
quvonmagan edi. Mattis uzun-uzun va keskin siltovlar bilan eshardi. 
— Yaxshi narsa, — dedi u. 
— Nima, qayiqmi? 
— Albatta. Bo'lmasa nima bo'lardi? — so'radi u, biroz o'ylab. 
Ular xursand bo'lib, ochilib kulib yuborishdi. 
— Yo'q, boshqa hech nima, aniq aytding. 
— Biz seni xohlagan joyingga eltib qo'yishimiz mumkin, vaqtimiz ko'p, bizni 
kechki ovqatga kutishadi, xolos. Bu yerda kun bo'yi bekorchilikdan ortmaymiz. 
— O'zimam shunday bo’lsa kerak deb o'ylagandim, — qisqa javob qaytardi 
Mattis. 
Ana shunday bo'lishi kerak. Odam degan har narsa haqida gapirganda: 
bilaman, yoki: shunday deb o'ylagandim, deyishi, shunga o'xshagan jumlalarni 
aytishi kerak. Eshkaklar siltovida zaiflanish, xatoliklar yuz bera boshladi. 
— Hey, ko'zingga qara, — qichqirdi qizlar. 
U cho'chib tushdi. Qizlar unga qiziqsinish bilan qarashdi. 
— Per, uxlab ketishingga sal qoldi, shekilli. 
— Kechiringlar, — dēdi u va orzularini bosib oldi. Shatakda kelayotgan qayiq goh
burnidan suvga botar, goh to'lqin uzra sakrar, ammo cho'kmasdi, chunki bo'sh edi. 
Mattis qizlarga qaradi. Ular bugun Mattisga qanday yaxshilik qilganlarini 
xayollariga ham keltirmasdilar. 
— Inger! Anna! — dedi u chin yurakdan. 
Uning ovozi shu qadar latofatli ediki, qizlarning ko'zlarida yana qattiq qiziqish 
alomatlari chaqnadi. Ammo u bundan boshqa hech nima demadi. 
— Ko'zingga qara, qayiqni to'g'ri yurg'iz, zo'r eshaman, deb maqtangan eding, — 
dedi ular, qayiq tubida oyoq barmoqlarini qimirlatib. Qizlar bu telbaning 
nimadandir minnatdorligini his qilishar va bundan o'zlari ham xursand edilar. 
— Men har doim qayig'imni to'g'ri yurg'izaman... birdan-bir eplaydigan ishim shu, 
— Mattis shunday deb yuborganini o'zi ham bilmay qoldi va nojo'ya gapidan titrab 
ketdi. Ammo, ha, uning baxtiga, ular o'ylamay aytgan so'nggi so'zlarini 
eshitishmadi. 


— Voy maqtanchog'-ey! — deyishdi ular. Oldiniga Mattis qayiqni to'g'ri uylariga 
qarabyo'naltirdi. Ammo keyin uning kallasida bundan boshqa, yaxshiroq reja 
tug'ildi: 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish