T. Vesos “Yetim qolgan opa-uka” (Qushlar) birinchi qism



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/34
Sana16.04.2022
Hajmi0,84 Mb.
#557672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
yetim qolgan opa-uka qushlar

 
 
17


Mattis terlab-pishib ketdi, aramo ishning eng og'ir qismi bitgan edi. U 
loyxo'rakning bexatar yotishini o'ylab va uning izzatini joyiga qo'yish uchun, 
bahaybat bir toshni dumalatib keldi. Bu xarsangni olib kelishga bor-yo'q kuchini 
sarfladi. Tun yarimlagan edi. 
Keyin biroz dam olgani shu toshga o'tirdi. 
Agarda bu Xege bo'lganida... — deb o'yladi kutilmaganda. 
Sokin iyun kechasi bu fikr boshidan izg'iriq kabi seskantirib o'tdi. Mattis o'z 
fikridan o'zi qo'rqib ketdi. Birdan o'zini hamma tashlab ketganday ko'rindi — Xege 
ham, loyxo'rak ham — har ikkovi xarsang ostida yotardilar. 
Shunda ko'zlarini to'r qopladi. 
Shunda daryolar to'xtab qoldi. 
U bor-yo'q quvonchidan ayrilganday, g'o'ldiradi. Uning barcha g'ayrioddiy so'zlari 
hamma vaqt quvonch bilan bog'langan bo'lardi. U xavotir bilan ko'lmakka, o'tlarga, 
uyqudagi o'rmonga qarab qo'ydi. Birdan sovqotib ketdi. Ming bor shukrki
Xegening yoniga borsa bo'ladi. Shuncha voqealardan keyin bu yerda Xegesiz 
qololmasdi. 
U yana opasining eshigini tiqirlatdi. 
Oldingga kirib yotay, Xege, bir o'zim yotolmayapman, — dedi u eshik 
tirqishidan. 
U g'ira-shira qorongida devorga taqalgan oyna tagida yotgan Xegeni ko'rdi. 
— Kira qol, — dedi u, hayron qolarli darajada itoat bilan. 
Demak, u ham uxlamagan ekan. Mattis kirganda: 
— Aytganimni qildingmi? — deb so'radi mayin ovoz bilan. 
— Ha, lekin... 
— Yana bir narsa bo'ldimi? — deb so'radi u tezgina. 
Uning mayin gapirishlaridan u battar qiynalib ketdi, uxlatmagani uchun jahl bilan 
urishib bergani yaxshiroq edi. 
— Ha, ammo buni senga aytolmayman. Aslida shu boisdan sening oldingga 
uxlagani kelgandim. 
— Hech nimadan qo'rqma, — deb qo'ya qoldi Xege. 
— Qo'rqma? Nimadan? 
— Bilmayman, ovozingdan shunchaki qo'rqayotganday ko'rinding. Sen bu qushni 
unutishing kerak. 
— Yo'q! — Mattis qichqirib vubordi.— Men faqat loyxo'rakni aytmayapman. 
— Kel, yonimda yot. Darrov uxlab qolishingga ishonaman. 
U keldi. Opasining vonida, ko'rpa ustiga yotdi. Garchi u opasi bo'lsa ham, 
undan ayol hidi kelardi. Mattisning fikrlari aralashib ketdi. 
— Boshmog'ingni yechib tashladingmi? — so'radi Xege. 


— Ha, — dedi u. So'ng qo'shimcha qildi: — Qanday achinarli edi-ya, bu qush... 
— Endi u tosh ostida tinch yotibdi, — Xege unga taskin berdi. 
G'alati so'zlar. 
— Nega bunday deyapsan? Javob o'rniga opasi ikki marta uning yuzlarini sila- 
di. Qanday yaxshi-ya. Go'yo hamma dardlari ariganday bo'ldi. 
— Uxla, Mattis. 
— Xuddi qush qanotiday, — dedi u opasining yengil qo'llarini o'ylab. 
Xege bamaylixotirjavob berdi: 
— Ha, biz ikkimiz bu yerda... har doimgiday yonma-yonmiz. Qo'rqma. 
U nima sabab bilan bu yerga kelgani borasida to'g'risini aytib yuborishiga sal qoldi. 
Agar senga hammasini tushuntirib bersam bu kecha ortiq uxlay olmasding, o'ylardi 
u. 
— Sen menga nima demoqchisan? — so'radi u, chunki ukasini besh qo'lday 
bilardi. Mattis cho'chib tushdi. 
— Hech nima! 
— Bo'pti-bo'pti, keyin, bir kunmas bir kun aytarsan, hozir esa kel, uxlaylik. 
U shu topda opasining qo'llari qaytadan yuzlarini silashini orzu qilardi, ammo 
orzusi behuda edi. 
Eh, anavi qora ko'zlar. 
Endi ularni to'r qoplagan. 
Ustidan katta og'ir tosh bosib yotibdi. 
Ammo ular insonga bir qaradimi, tamom, bu yerda na to'r, na tosh najot bera oladi. 
— Xege, — dedi u ehtiyotlik bilan. 
Opasi javob bermadi, endi uni chinakamiga uyqu bosganga o'xshardi — Mattis 
yonida, opasi tinchlangan edi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish