«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova



Download 0,51 Mb.
bet16/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:24.12...2016
14- dars
G‘O‘ZA
Darsning ta’limiy maqsadi: g‘o‘za va uning qismlari, g‘o‘zani parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi haqida o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: paxta yetishtirish va uni terib olishda odamlarning mehnati haqida ma’lu-motlar berish orqali o‘quvchilarni kishilar mehnatiga hurmat ruhida tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: g‘o‘za va uni parvarish qilish, paxtaning ahamiyati haqida o‘quv-chilarning bilimlarini kengaytirish.
Darsning jihozlari: paxta chanog‘i, tolasi va chigitidan namunalar, g‘o‘za va uni parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlarni o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, paxta chanog'i, tolasi va chigiti namunalarini o‘quvchilarga ko‘rina-digan qilib stolga joylashtirish, g‘o‘za va uni parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Atrofimizdagi o‘simliklar» mavzusi yakunida berilgan savollar asosida savol-javob o‘tkaziladi. Uy vazifasini yozma ravishda ham olish mumkin. Bunda sinf 2 guruhga ajratiladi. 1- guruh o‘t va butalar nomini, 2- guruh xiyobon va o‘rmon daraxtlarining nomini yozib beradi.
O‘quvchilarga quyidagi qo‘shimcha savollar berilishi mumkin:
1. Suvzamchi, zubturum va ayiqtovon qanday o'simlik? Ular haqida so‘zlab bering.
2. Butaiarga qanday o‘simliklar kiradi? Ularga misollar keltiring.
3. O‘tlarga qanday o‘simliklar kiradi? Ularga misollar keltiring.
4. Xiyobon daraxtlariga qanday daraxtlar kiradi? Ularga misollar keltiring.
5. O‘rmon daraxtlariga qanday daraxtlar kiradi? Ularga misollar keltiring.
Berilgan krossvord yechimlari tekshiriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «G‘o‘za» mavzuyi boshida uchta savol berilgan:
1. Vatanimizning asosiy boyligi nima?
2. Paxtadan nimalar olinadi?
3. Paxtani yana nima deb ataladi? Nima uchun?
O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to‘ldiradilar.
Yangi mavzu bo‘yicha g‘o‘za qanday qismlardan (ildiz, poya, barg, gul, ko‘sak) iborat ekanligi, bu qismlar har birining vazifasi tushuntirib beriladi va uni parvarish qilish, paxtadan qanday mahsulotlar olinishi haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumotlar beriladi.
G‘o‘zani qanday parvarish qilish, uning hosili — paxta yig‘im-terimi qanday tashkil etilishi so‘zlab beriladi.
Paxtadan olinadigan mahsulotlar bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi.
Amaliy ishlarni bajarish davomida o‘quvchilarga quyidagi savollar berilib, unga javob berishlari so‘raladi:
1. Paxta chanog‘i ichida nimalar bor?
2. Chigit ichida nima bor?
3. Paxta tolasidan qo‘l bilan qanday qilib ip yigirish mumkin?
0‘quvchilardan quyidagi topishmoqlar javobini topish so‘raladi:
1. Qor kabi oppoq,
Par kabi yumshoq. (Paxta)
2. Matoga sho‘ng‘ib suzar,
Suzganda dumin uzar.
(Igna va ip)
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol-javob o‘tkaziladi:
1. G‘o‘za qanday qismlardan iborat?
2. G‘o‘za qanday parvarish qilinadi?
3. Paxta qanday terib olinadi?
4. Paxtadan qanday mahsulotlar tayyorlanadi? Doskaga quyidagi shakl chiziladi va o‘quvchilarga bo‘sh kataklarga paxtadan olinadigan mahsulotlar yozish topshiriladi:

O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan toddiriladi.


5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savol-larga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
DONLI EKINLAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda donli ekinlar, jumladan, bug‘doy, sholi va makkajo‘xori, ularni parvarish qilish haqida bilim va ko‘nikmalarni shakl-lantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: rizq-ro‘zimiz bo‘lgan un va guruch olinadigan bug‘doy va sholini yetishtirishda kishilarning ko‘p mehnati sarflanishi haqida ma’lumotlar berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: donli ekinlar, jumladan, bug‘doy va sholi o‘simligi, ularni yetishti-rish haqida o‘quvchilarning dunyoqarashini shakl-lantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, no‘xot, mosh, loviya donlaridan namunalar, tuproq solingan tuvak, shuningdek, donli ekinlarning o‘simliklari tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: «Klaster» interfaol metodi, amaliy ishlar o'tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, bug‘doy, sholi va makkajo‘xori donlari namunalarini o‘quvchilarga ko'rinadigan qilib stol ustiga joylashtirish, ularni ekish, parvarish qilish va hosilini yig‘ish tasvirlangan rasm-larni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o'tilgan «G‘o‘za» mavzuyi yuzasidan o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilishda «Klaster» interfaol metodidan foydalaniladi. Ushbu darsda bu metod qanday qo‘llanilishi 11-13- betlarda keltirilgan.
Shu bilan bir vaqtda avvalgi darsda uy vazifasi sifatida berilgan krossvord topshirig‘ining yechimi tekshiriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Donli ekinlar» mavzuyi boshida ikkita savol berilgan:
1. Qanday donli ekinlarni bilasiz?
2. Bug‘doydan nimalar tayyorlanadi?
Boshqa donli ekinlar yuzasidan ham suhbat o‘tka-ziladi.
O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to‘ldiradilar.
Donli ekinlar qanday umumiy xususiyatga ega ekanligi, ularga qaysi o‘simliklar kirishi, bug'doy, sholi va makkajo‘xorining qismlari, ularni yetishtirish, ular hosilidan foydalanilishi batafsil bayon qilinadi. Bug‘doy yumshoq va qattiq bug‘doylarga bodinishi, yumshoq bug'doy kuzda, qattiq bug‘doy esa bahorda ekilishi tushuntiriladi. Shu bilan bir qatorda boshqa donli ekinlar — arpa, suli, mosh, no‘xot, loviya haqida ham madumotlar beriladi.
Darslikda keltirilgan amaliy ishlarni bajarish bir necha hafta davom etadi. Ushbu darsda bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, no‘xot, mosh, loviya donlari dokaga tugilib, bankadagi suvga tushirib qo‘yiladi. Donlarning doim suvga tegib turishi, bankadagi suvning kamayib ketmasligi nazorat qilib turilishi o‘quvchilarga vazifa sifatida topshiriladi. Amaliy ishlarning keyingi bandlarini bajarish keyingi darslarda davom ettiriladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Donli ekinlar qanday umumiy xususiyatga ega? (Ildizi mayda g‘uj ildizchalardan tashkil topgan bodadi).
2. Bug‘doydan qanday mahsulotlar tayyorlanadi?
3. Sholi qanday yetishtiriladi?
4. Makkajo‘xoridan nimalar tayyorlanadi?
Donli ekinlar nima deb ataladi? (G‘alla).
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan toddiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savol-larga javob topish, topshiriqlarni bajarish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish