Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida


III. Kreditorlar talablarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ma’lumotlar



Download 305,42 Kb.
bet9/14
Sana21.02.2022
Hajmi305,42 Kb.
#461667
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisob

III. Kreditorlar talablarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ma’lumotlar

8.

Kreditorlar talablari to‘g‘risida ariza topshirish tartibi va shartlari

9.

Kreditorlar talablari to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari

10.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar

* Qayta tashkil etish to‘g‘risidagi xabarnoma takroran e’lon qilingan taqdirda quyidagi ko‘rsatilishi zarur: “Takroriy. Oldingi e’lon yil. kun. oy.dagi ___-son.”
** Har bir yuridik shaxs bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ustav fondining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan
TALABLAR*
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirkorlik subyektlarining — yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli

Ustav fondining
eng kam miqdori

1.

Aksiyadorlik jamiyati

1 600 mln. so‘m

2.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida***

3.

Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat

Bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida

4.

To‘liq shirkat

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida

5.

Kommandit shirkat

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida

6.

Unitar korxona

-

7.

Davlat unitar korxonasi

-

8.

Xususiy korxona ****

-

9

Oilaviy korxona

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida

10.

Fermer xo‘jaligi

-

11.

Ishlab chiqarish kooperativi

-

12.

Yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaligi

-

13.

Mustaqil yuridik shaxs sifatida harakat qiladigan va qonunda nazarda tutilgan holatlarda alohida hisob raqamiga ega bo‘lgan vakolatxona yoki filial*****

-

14.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona

600 mln. so‘m

15

Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxona

Tegishli tashkiliy-huquqiy shakli uchun belgilangandan kam bo‘lmagan miqdorda

* Tadbirkorlik subyekti tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshirilganda ustav fondining eng kam miqdori bu kabi faoliyatni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
** Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha.
*** Bazaviy hisoblash miqdori.
**** Agar ikkinchi va har bir keyingi moliyaviy yil tugaganida xususiy korxona sof aktivlarining miqdori uning ustav fondi miqdoridan kam bo‘lsa, xususiy korxona o‘z ustav fondini uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirishi shart.
***** Tashkiliy-huquqiy shakl bo‘lib hisoblanmaydi.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) yuritish hamda undagi mavjud ma’lumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Reyestr tadbirkorlik subyektlarini — yuridik shaxslarni tuzish, qayta tashkil etish, tugatish to‘g‘risidagi, jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor maqomi olingani, jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatidagi faoliyatlarini to‘xtatib turishlari va tugatishlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni hamda boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan davlat elektron axborot resursidir.
Reyestr “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslarning markazlashtirilgan ma’lumotlar bazalari bilan hamda belgilangan tartibda boshqa ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Reyestr Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar deb ataladi) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
4. Reyestrdagi ma’lumotlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) joylashtiriladi.
2-bob. Reyestrni yuritish tartibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
5. Reyestrda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) tadbirkorlik subyektlariga — yuridik shaxslariga nisbatan:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, oy, yil;
elektron hujjatning — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami;
davlat tilidagi to‘liq, qisqartirilgan (mavjud bo‘lganda) firma nomi. Agar ta’sis hujjatlarida nomi xorijiy tilda ko‘rsatilgan bo‘lsa, Reyestrga shuningdek ko‘rsatilgan tildagi nomi kiritiladi;
tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shakli;
tadbirkorlik subyektining elektron pochtasi, veb-sayti manzili (mavjud bo‘lganda);
tashkil etish (tuzish yoki qayta tashkil etish) usuli;
boshqa yuridik shaxslar qayta tashkil etilishi va (yoki) ta’sis hujjatlariga qayta tashkil etish, shuningdek qayta tashkil etish natijasida o‘z faoliyatini tugatishi tufayli o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida tuzilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — huquqiy voris to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
muassislar tarkibi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxslar bo‘yicha — ismi, familiyasi, pasport ma’lumotlari, yashash joyi va boshqalar, yuridik shaxslar bo‘yicha — nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, joylashgan joy manzili va boshqalar);
ustav fondining miqdori, muassislarning ustav fondidagi ulushlari (hissalari);
aksiyalar soni, nominal qiymati va tipi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aksiyadorlik jamiyatlari uchun);
faoliyat muddati (tadbirkorlik subyekti belgilangan muddatga tuzilganda);
tugatish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar (u amalga oshirilganda);
uni amalga oshirish usuli ko‘rsatilgan holda faoliyat tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qayta tashkil etish, tugatish yo‘li bilan);
muhr va shtamplar izlari (mavjud bo‘lganda);
ta’sis hujjatlari;
ta’sis hujjatlari tasdiqlangan (tuzilgan) sana;
ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
topshirish dalolatnomasi;
taqsimlash balansi;
chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxona ustav fondiga kiritilayotgan intellektual mulkni baholash to‘g‘risidagi hisobot;
b) yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, oy, yil;
elektron hujjatning — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami;
ismi, familiyasi, otasining ismi (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq qo‘shimcha ravishda lotin alifbosida);
jinsi;
tug‘ilgan sanasi;
fuqaroligi (u mavjud bo‘lmaganda: “fuqaroligi bo‘lmagan shaxs”);
pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan);
uy manzili (chet el fuqarolari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyining manzili);
elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);
faoliyatni amalga oshirish joyi (agar uy manzilidan farq qilsa);
faoliyat muddati (belgilangan muddatga ro‘yxatdan o‘tkazilganda);
uni amalga oshirish usuli ko‘rsatilgan holda faoliyat tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (arizaga ko‘ra, o‘limi sababli, O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat bekor qilinishi, amal qilish muddati tugashi va shu kabilar sababli);
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda).
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
Reyestrda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlar bo‘lishi mumkin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi, ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bundan mustasno.
6. Reyestr O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) vositasida elektron ko‘rinishda, markazlashtirilgan tartibda yuritiladi.
Tizimni boshqarish, samarali faoliyatini ta’minlash, dolzarb holatda saqlab turish, shuningdek Reyestr ma’lumotlarini zaxirali nusxalash belgilangan tartibda maxsus guruh tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Reyestrga yozuvlar kiritish
7. Reyestrga yozuvlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar asosida, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Reyestrda nazarda tutilgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar taqdim etilganda kiritiladi.
Har bir yozuvga Tizim tomonidan raqam beriladi va uning Reyestrga kiritilgan sanasi ko‘rsatiladi.
8. Quyidagi holatlarda ma’lumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda:
Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari bilan farq qilsa Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi;
Reyestr ma’lumotlar bazasidagi tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar Reyestr ma’lumotlar bazasida elektron fayl ko‘rinishida mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan farq qilsa tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlari ko‘rinishidagi ma’lumotlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
Reyestrning, 2017-yilning 1-apreliga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reyestrlaridagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’lumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning nisbatan yuqori kuchi tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibida nomutanosiblik bartaraf etilgunga qadar saqlanib qoladi.
9. Quyidagilar Reyestrga yozuv kiritish uchun asos bo‘ladi:
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik subyektini Reyestrdan chiqarish, Reyestrdagi mavjud ma’lumotlarni o‘zgartirish;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi, shuningdek tadbirkorlik subyekti bankrot deb tan olinganda;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
10. Yozuv Reyestrga quyidagicha kiritiladi:
avtomatlashtirilgan dasturiy-apparat vositalari orqali — avtomatik tarzda real vaqt rejimida;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan — ushbu Nizom 9-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yozuv kiritilishi uchun asoslar yuzaga kelganda ikki ish kuni mobaynida.
4-bob. Reyestrdan axborot taqdim etish
11. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlar ochiq bo‘lib istalgan manfaatdor shaxs uchun erkin foydalanish imkoni mavjud, qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar bundan mustasno.
12. Reyestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyati tegishli axborotni Yagona portalga joylashtirib borish yo‘li bilan, shuningdek so‘ralayotgan hujjat ko‘chirmasini, so‘ralayotgan hujjat mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va (yoki) Reyestrdagi hujjatni berish yo‘li bilan, bunda Reyestrga kiritib borilayotgan tegishli ma’lumot va hujjatlar kiritilishi bilanoq har kun yangilab borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
13. Yagona portalga tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi joylashtirilayotgan ma’lumotlarning eng kam hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
a) faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga nisbatan:
to‘liq va qisqartirilgan (mavjud bo‘lganda) firma nomi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yili, oyi, sanasi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
holati (tugatish jarayonida (amalga oshirilganda) harakat qilayotgan, uslubini (qayta tashkil etish, tugatish yo‘li bilan) ko‘rsatgan holda faoliyatini to‘xtatgan yuridik shaxsning maqomi);
tashkiliy-huquqiy shakli;
mulkchilik shakli;
ustav fondining miqdori;
aksiyalar soni, nominal qiymati va tipi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (aksiyadorlik jamiyatlari uchun);
joylashgan joyi (pochta manzili);
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning to‘liq nomi;
b) yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan:
ismi, familiyasi;
jinsi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda);
(13-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
holati (yakka tartibdagi tadbirkor maqomi — faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishi, qayta yo‘lga qo‘yishi, to‘xtatishi sanasi);
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, oy, yil;
amalga oshirilayotgan faoliyat tur(lar)i.
Yagona portalda tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
14. Jismoniy shaxslar, davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari yoxud boshqa tashkilotlarning yozma so‘rovnomasi bo‘yicha Reyestrdan ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha aniq tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi axborot ko‘chirmalar ko‘rinishida so‘ralgan hujjat, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.
15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli so‘rovnoma olingan paytdan boshlab bir kun muddatda taqdim etiladi (jo‘natiladi).
So‘ralgan hujjatlar Tizim orqali avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda olinishi va nusxalari ko‘rinishida qog‘ozda chop etilishi mumkin.
16. Reyestrdan hujjatlarni, shu jumladan elektron shaklda taqdim etish to‘lov asosida amalga oshiriladi, ularni davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘ziga nisbatan so‘rovnomalari bo‘yicha taqdim etilishi bundan mustasno.
5-bob. Yakunlovchi qoida
17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami


Download 305,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish