Tafakkur haqida bildirilgan misra muallifini toping Ki har ishni qildi odamizod



Download 34,98 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi34,98 Kb.
#234486
Bog'liq
o'zbek tilining sohada qo'llanishi (yakuniy)


Tafakkur haqida bildirilgan misra muallifini toping

Ki har ishni qildi odamizod,

Tafakkur birla qildi oni bunyod.

{~Oybek

~Abdulla Avloniy

=Alisher Navoiy

~to'g'ri javob yo'q}
Qaysi qatorda til tushunchasiga to’g’ri ta’rif berilgan

{=Til – aloqa quroli. Til muayyan bir tilda so’zlovchilar uchun umumiy bo’ladi. Til me’yorlaridan kelib chiqib, barchaga bir xil talab qo’yiladi.

~Til – aloqa quroli va aloqa jarayonini amalga oshiruvchi vosita, aloqa shaklidir.

~Tilning umri uni yaratgan xalqning o’zidek uzoq tarixga ega. Uning umri alohida bir shaxs umri bilan teng. . Til me’yorlaridan kelib chiqib, barchaga bir xil talab qo’yiladi.

~to'g'ri javob yo'q}
Tilshunoslikning asosiy o’rganilish obyekti nima?

{~nutq


=til

~adabiy til

~so’zlashuv nutqi}
Til birliklarini sanang:

{=Fonema,morfema,leksema

~Fonema,tovush,so’z

~Morfema ,tovush,so’z

~leksema}
Nutqning faoliyat ko’rinishlari qaysilar?

{~yozma va adabiy nutq

= og’zaki va yozma shaklda

~oddiy va adabiy so’zlashuv nutqi

~to’g’ri javob yo’q}
O’zbek tiliga Davlat tili maqomi birinchi marta qachon berilgan?

{~1995


~1993

=1989


~1991}
“Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” degan fikr kimning qaysi asarida berilgan?

{~Alisher Navoiy “Hayrat –ul abror” asarida

= Oybek “Navoiy”romanida

~Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”

~to’g’ri javob yo’q}
Nutq birliklarini sanang:

{~Morgema,fonema,leksema

~Tovush va harf

=Tovush ,harf,so’z,so’z birikmasi,gap

~to’g’ri javob yo’q}

Oddiy so’zlashuv nutqida so’zlovchi…..

{~adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qiladi.

~tilning imloviy,punktuasion,uslubiy qonun-qoidalariga rioya qiladi.

=sheva va noadabiy qatlam so’zlarini qo’llashi mumkin.

~to’g’ri javob yo’q}


O’zbek tili-davlat tili maqomida ekanligi O’zbekiston Konstitutsiyasining qaysi moddasida belgilangan?

{~1-modda

=4-modda

~bunday modda yo’q

~2-modda}
Grafika tilshunoslikning qanday bo’limi?

{~So’z va uning ma’no xususiyatlarini o’rganadi

~nutq tovushlarini o’rganadi

=yozuv va uning shakllarini o’rganadi.

~to’g’ri javob yo’q}
Dastlabki yozuvlardan biri bo’lgan piktografik yozuv bu….

{=rasmlar orqali ifodalangan,unda har bir rasm (yoki narsa) biror ma’no ifodalagan (quyosh — kunduzni, oy —tunni, toshbaqa — baxtni kabi).

~Bu xil yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy simvolik shakl olinadi.

~harflar orqali ifodalangan

~irograflar bilan ifodalangan yozuv}
O’zbek yozuvi tarixida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928-yil mart oyidagi III sessiyasidadagi qarorga ko’ra:

{~Arab alifbosi davlat yozuvi sifatida ko’rsatilgan

=lotin alifbosini davlat alifbosi deb qaror qabul qilindi.

~kirill alifbosiga o’tish belgilandi

~to’g’ri javob yo’q}
Orfografiya qanday masalalarni o’rganadi?

{~yozuv va uning shakllarini

=Orfografiya (grek. orphos - «to'g'ri» + grapho - «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi.

~To’g’ri talaffuz qoidalarini

~lug’at bilan ishlashni}
Adabiy tilning yozma shakldagi orfografik qoidalari qaysi qonuniy hujjatda belgilangan?

{=1995-yil 24-avgust,339-son.”O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari”

~O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

~Imlo lug’atida

~izohli lug’atda}
Eski Turkiston xalqlari tarixida Movarounnahrda qollanilgan yozuvlarni sanang.

{~Slavyan yozuvi,fors-tojik ,arab yozuvlari

~Diniy mazmundagi asarlar braxma yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar uyg‘ur yoki sug‘d yozuvida yozilgan.

=run, uyg‘ur, sug‘d, moniy va braxma (braxmon) yozuvlari.

~kirill yozuvi}
Imlo qoidasi talabiga ko’ra to’g’ri yozilgan qatorni belgilang.

{~orzuim,orzuing,orzusi

~orziyim,orzuying,orzuyi

=orzum,orzung,orzusi

~to’g’ri javob yo’q}
Imlo qoidasi talabiga ko’ra to’g’ri yozilgan qatorni belgilang.

{=kelinsalom, kelincharlar, ochildasturxon

~shovilla, lovilla, gurilla

~kamquvvat, bug’doy rang, orom baxsh

~kelin salom, ochil dasturxon}
Imlo qoidasi talabiga ko’ra to’g’ri yozilgan qatorni belgilang.

{~O’zbekiston respublikasi,Rossiya federatsiyasi

=O’zbekiston Respublikasi,Birlashgan Arab Amirligi

~to’g’ri javob yo’q

~O’zbekiston Respublikasi,Birlashgan Millatlar tashkiloti}
ToshDTU, QarshiMII kabi qisqartmalar qaysi qatorda to’g’ri yozilgan?

{~to’g’ri javob yo’q

~Toshkent Davlat Texnika universiteti,Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti

~Toshkent davlat Texnika universiteti,Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot instituti

=Toshkent davlat texnika universiteti,Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti}
Leksikologiyaga berilgan to’g’ri ta’rifni belgilang.

{=tilshunoslikning til lug’at tarkibi,ya’ni muayyan bir tilning leksikasini o’rganuvchi bo’limi.Uning asosiy muammolaridan biri so’zning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir.

~so’z va uning kelib chiqish masalalarini o’rganadi.

~tilshunoslikning iboralar va ularning ma’nolarini o’rganuvchi bo’limi

~matn bilan ishlashni o’rganadi}
O’z qatlam (o’zbekcha) so’zlar qaysi xususiyatlarga ega?

{=1) v,z,l,g, tovushlari bilan boshlanadigan so’zlar o’zbekcha emas: lab.

2)f,h, ‘ ishtirok etgan so’zlar o’zbekcha hisoblanmaydi: bahor, fikr, a’lo.

3)o’zbekcha so’zlarda unlilar yonma-yon kelmaydi: soat, matbuot.

4) o’zbekcha so’zlar omonim xarakterda bo’ladi: soch-soch, tut-tut.

5) o’zbekcha so’zlarda tarixiy tovush o’zgarishlari sezilib turadi: yag’och-og’och, jil-yil: jilon-yilon-ilon.

6) o’zbekcha (turkiy) so’zlarda bir bo’g’in tarkibida undoshlar yonma-yon kelmaydi; g’isht, go’sht, daraxt.

~1.(v) f,h,’ harflari ishtirok etgan so’zlar: ma’no, ta’limot, na’ra, sinf.

2.O’zbekcha so’zlar siniq ko’pligiga ega, ya’ni ko’plik so’z tarkibini o’zgartirish bilan hosil qilinadi: hol-ahvol, xabar-axbor,ruh-arvoh, xulq-axloq,she’r-ash’or.

3.O’zbekcha so’zlarda o’zakdosh so’z tarkibidagi undoshlar yordamida hosil qilinadi: hukm – hokim – hakam – mahkama – hokimiyat - mahkuma; fikr – tafakkur -mutafakkir; kitob – maktab – kutubxona - maktub; sinf - tasnif; hurmat – ehtirom –marhamat - muhtaram.

~to’g’ri javob berilmagan

~O’zbek tilidagi barcha so’zlar sof o’zbekcha so’zlar hisoblanadi}


Monosemiya hodisasi ……

{=tildagi so’zning bir ma’nolilik hodisasi

~ma’no ko’chish usulidan biri

~so’zning bir necha ma’noda qo’llanishi

~so’zning asl ma’nosi}
Sinekdoxa nima?

{~narsa yoki hodisalarning makon va zamonda o‘zaro bog‘liqligi, doimiy aloqadorligi asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chishidir.

=narsa va hodisaning nomi bilan uning qismini atash yoki qismining nomi bilan shu qism mansub bo‘lgan butunni atash orqali yangi ma’no hosil qilish usulidir.

~narsa va hodisalarning bajaradigan vazifasidagi birlik, o‘xshashlik asosida nom ko‘chishidir.

~to’g’ri javob yo’q}
Sohaviy leksika haqida bildirilgan to’g’ri fikrni ko’rsating

{=ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar ,kasb- hunarga oid atamalar sohaviy leksika o’rganish obyekti

~ma’lum bir sheva vakillari uchungina tushunarli bo’lgan til birliklari sohaviy leksikada o’rganiladi

~to’g’ri javob berilmagan

~tilning o’zlashgan qatlamiga xos,asosan chetdan kirib kelgan so’zlar sohaviy leksikada o’rganiladi}
So‘zning ma’no ko‘chish usullarini toping

{~1) polisemiya 2) monosemiya

=1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) vazifadoshlik.

~1) vazifadoshlik 2) sinekdoxa

~to’g’ri javob yo’q}
Biror narsa, belgi yoki harakatning nomi o‘zaro o‘xshashligi bo‘lgan boshqa narsa, belgi yoki harakatga ko‘chishi bu….. Masalan: tog’ etagidagi suruvda uning Jayroni ham o’tlab yurardi.

{~monosemiya

=metafora

~metonimiya

~polisemiya}
Sof o’zbekcha so’zlar qatorini belgilang:

{~muallim, bir, ikki, yoz, yaxshi

~yuz, to’qson, qish, go’sht, axborot

~majlis, tafakkur, ikki, adabiyotshunos

=men, sen, u, biz, qish, kitobxon, bor, tur, kel}
Hol-ahvol, xabar-axbor,ruh-arvoh, xulq-axloq,she’r-ash’or..kabi so’zlar o’zbek tiliga qaysi tildan o’zlashgan?

{~rus tili

~bu so’zlar sof o’zbekcha

=arab tilidan

~fors tilidan}
Kompyuterchi, tennischi, paynetxona, kompyuterxona kabi so’zlar qaysi tilga mansub?

{=O’zbek


~xalqaro so’zlar

~rus tili

~ingliz tili}
So’zning o’z ma’nosida qo’llanilgan qatorini toping

{~derazaning ko’zidan miltillabgina yorug’tushib turardi

~isiriq tutatsa ko’z tegmaydimi?

=uning ko’zlari qop-qora,chiroyli edi.

~to’g’ri javob yo’q}
Termin so’ziga mos to’g’ri ta’rifni belgilang

{=Termin grekcha terminus so‘zidan olingan bo‘lib, “chek, chegara” degan ma’noni bildiriadi.

~termin arabcha so’z bo’lib , atama degan ma’no bildradi

~termin xalqaro so’z,uning ma’nosi termin

~to’g’ri javob yo’q}
Tilning lug’at tarkibi ikki manba asosida boyiydi.Ular qaysilar?

{~chetdan kirgan so’zlar va terminlar

= ichki va tashqi manbalar asosida boyib boradi

~to’g’ri javob yo’q

~ fan texnikaga oid yangi so’zlar boyitadi}
Tilning ichki omilda boyishi deganda nimani tushunasiz?

{=b va c javoblar to’g’ri

~shеva va lahjalardan adabiy tilga so`z qabul qilinishi tushuniladi

~o`zbеk tilining o`z imkoniyatlari , qonun-qoidalari asosida yangi so`zlar hosil qilinishi

~to’g’ri javob yo’q}
Leksikografiya qanday fan?

{~tildagi iboralarni o’rganuvchi fan

=Leksikografiya - lug’atshunoslik, ya’ni so’zlarni lug’atlarda o’rganuvchi fan 

~sheva va lahja so’zlarini o’rganuvchi fan

~ a va c javoblar to’g’ri}
Ensiklopedik lug’atga berilgan to’g’ri ta’rifni belgilang

{~bunday lug’atda so’zning etimologik jihatdan kelib chiqishi o’rganiladi

=texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi. Ularda tabiat hodisalari , ijtimoiy hayotdagi voqealar, mashhur kishilar chiqishining ko’rsatish bilan chegaralaniladi.

~so’z odatda, rasmlar, karta va sxemalar bilan tushuntiriladi

~to’g’ri javob berilmagan}
So’zning biror sohaga oid leksikasi bilan adabiy til leksikasining ma’lum qatlam bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko’ra lug’atlar dastlab qanday lug’atlarga bo’linadi

{=1 . Umumiy lug’atlar. 2 . Maxsus lug’atlar.

~1 . qomusiy 2 . tezarus

~1 . Ensiklopedik ( Qomusiy) lug’atlar . 2 . Lingvistik lug’atlar

~ a va b javob to’g’ri}
Sharqda “Qomus”, G’arbda esa “thesaurus” deb ham yuritiladigan lug’atlar qaysi lug’at ?

{~ fraziologik lug’at

=ensiklopedik lug’at

~ lingvistik lug’at

~maxsus lug’at}
Lingvistik lug’atlarga mos ta’rifni belgilang

{~texnik va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohlanadi.

~ bunday lug’atlar tushuncha lug’ati deb ham yuritiladi. Bunday lug’atlarda odatda , rasmlar , karta va sxemalar ham keltiriladi.

=lingvistik lug’atlarda lug’at boyligi aks ettiriladi . Bunday lig’atlar asosiy maqsad leksema va frazeomalarning semantik mazmunini tavsiflashdir .

~ to’g’ri javob yo’q}
“ O’zbek tilining izohli lug’ati “ haqida to’g’ri ma’lumotni toping

{~ bunday lug’at mavjud emas

~ 1981 - yilda chop etilgan ikki jildli lug’at

~ 1991 - yilda chop etilgan , besh jilddan iborat

= 1981 - yilda chop etilgan lug’at asosida 2006 - 2008 y , besh jildli}

.O’zbek tilining asosiy imlo lug’ati qachon va kim tomonidan tuzilgan ?

{=Shavkat Rahmatullayev , Azim Hojiyevlar “ O’bek tilining imlo lug’ati ” Toshkent 1995

~ S.Ibrohimov , M . Rahmonovlarning 1956 - yilda nashr etilgan “ Imlo lug’ati ”

~S . Ibrohimov , E . Begmatov va A . Ahmedovlarning 1976 - yilda nashr etilgan “ O’zbek tilining imlo lug’ati ”

~ to’g’ri javob yo’q}


Sohaviy terminlar qaysi usullar bilan yasalgan?

{~morfologik usul

=morfologik sintaktik semantik

~grammatik,morfologik,sintaktik

~semantik va sintaktik}
 Arava  gupchagi,  radioning  qulog‘i,  samolyotning parragi, shamol tegirmon  kabi terminlar qaysi usulda yasalgan?

{~morfologik

~semantik

=sintaktik

~bu so’zlar termin emas}
Magnitli doska, tirkama plug, halqasimon zichlagich kabi sohaviy terminlar sintaktik shaklga ko’ra:

{~ot + ot 

=nisbiy sifat + ot

~sifat + sifat

~ot + sifat}
Sohaviy terminlar qaysi qatorda semantik usul bilan yasalgan?

{~magnitli doska, tirkama plug, halqasimon zichlagich

=taroq, ko‘zgu, qalpoq 

 ~ mashinasoz,  asbobsoz;  moslama,  tirkama;  temirchilik,  mashinistlik

~to’g’ri javob yo’q}
Sifatdosh+ot  tipidagi  terminlar to’g’ri berilgan qatorni belgilang

 { =o‘ta  sezgir  apparat,  sezgir  asbob,  o‘zi yurar  mashina

 ~pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha, temirchilik 

~samolyot borti, bug‘ mashina, shamol tegirmon

~moy  juvoz,  temir  qopqoq,  arava  gulchangi}
  Doira,  markaz,  nisbat,  isbot,  san`at  kabi terminlar qaysi tildan o’zlashgan?

{~bu terminlar sof o’zbekcha

~fors – tojik tilidan

~rus tilidan

=arab tilidan}
Tilshunoslik terminlarining asosini qaysi tildan kirib kelgan terminlar tashkil etadi?

{=grek-lotin

~arab

~fors-tojik

~rus tili}
Morfologik usulda hosil qilingan terminlarni belgilang

{~moy juvoz, temir qopqoq, metafora

=burq’ilash, vagoncha, aniqlovchi,  to‘ldiruvchi

~kompyuterchi, kitobxon, isbot, san’at

~samolyot borti, bug‘ mashina, shamol tegirmon}
M.Qoshg’ariyning leksikografiya tarixida nodir manba hisoblangan asarini ko’rsating

{=“Devonu lug’atit turk” asari

~’’Hibat – ul haqoyiq’’

~’’Mahbub – ul qulub’’

~Qoshg’ariyning asari leksikografiya sohasiga taalluqli emas}
O’zbek terminologiyasidagi ilk tadqiqot deb ko’rsatilgan ish bu…

{=N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik terminologiyasi” nomli ishi

~I.Pardayevaning “O‘zbek tilining zargarlik terminologiyasi: Filol. fanlari nomzodi … dis.(1994),

~Z.Mirxoliqovning “O‘zbek tilida baliq nomlarining lug‘aviy-ma’noviy va grammatik xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi … dis. (1991)

~M.Saidovaning “Namangan shevalaridagi qarindoshlik terminlarining leksik-semantik tahlili: Filol. fanlari nomzodi ... dis. (1995)}
Matn nima?

{~matn bir necha gaplardan tuzilgan nutqiy birlikdir

= Mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan , bir mavzuni ifodalovchi gaplar tizimi

~turli mavzuda bo’lgan gaplar ketma-ketligi

~ grammatik jihatdan bog‘langan , bir nechta gaplar matnni hosil qiladi }
Tuzilishiga ko‘ra matn qanday bo’ladi ?

{=Sodda tarkibli matnlar . Murakkab tarkibli matnlar

~og‘zaki matn yoki yozma matn.

~nazmiy matn yoki publitsistik matn

~to’g’ri javob yo’q}
Publitsistik matn deganda nimani tushunasiz ?

{~televideniya va radiodagi intervyu matnlari

~Ilmiy , fan kitoblarida berilgan ma’lumot matnlari

~to’g’ri javob yo’q

=u xabar, maqola , taqriz , intervyu , reportaj kabilarda namoyon bo`ladi}
Sodda tarkibli matn haqida berilgan to‘ g‘ ri ma’lumotni belgilang

{~asosan maqollar sodda tarkibli matn bo’lib unda ma’no mujassam

=bunday matnlarda xabar , maqol , matal , masallar ifodalanib, hajmi jihatidan kichik bo‘lsa-da , ma’lum maqsad to‘liq ifodalanadi

~matn tarkibi grammatik jihatdan bog’langan sodda gaplardan iborat bo’ladi

~a va c javoblar}
Matal, ertak, hikoya, roman matnlari tarkibiy jihatdan qanday matn hisoblanadi?

{=murakkab matnlar

~sodda matnlar

~ilmiy matnlar

~rasmiy-idoraviy matnlar}
Unda murakkab tushunchalarga aniqlik kiritiladi va ular ko`pchilikning tushunishiga moslashtirilgan holda beriladi. Unda tasvir unsurlaridan ham foydalaniladi.

{~fikr ilmiy matnga xos

=ilmiy - ommabop matnga xos

~to’g’ri javob yo’q

~publitsistik matnga xos}
Matn so’zining ma’nosini belgilang

{~matn arabcha so’z bo’lib, gaplar tizimi degan ma’no bildiradi

~matn sof o’zbekcha so’z bo’lib, mazmun jihatdan birlashishni anglatadi

=matn (arabcha–yelka) nutqning yozuvdagi ifodasini bildiradi

~a va c javoblar to’g’ri}
Muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) qanday lug’atlarda beriladi?

{~lingvistik lug’atlarda

~umumiy lug’atlarda

~matematik lug’atlarda

=sohaviy lug’atlarda}
Leksika nima?

{=lеksika – tildagi so`zlarning yig`indisi, majmuidir. U biror shеva yoki lahjaning, ma'lum bir kasb-hunar, sohaning lug`at tarkibini ifodalash uchun ham ishlatiladi

~maxsus soha termilari

~u til birligi hisoblanadi

~b va d javoblar to’g’ri}
Leksikografiyaga berilgan to’g’ri ta’rifni toping

{~Leksikografiya - xalqaro so’z bo’lib, lexicon – so’z, grapho - yozaman, ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.

~Leksikografiya - lotin tilidan olingan bo’lib, lexicon – so’z, grapho - yozaman, ya’ni so’zni to’g’ri yozish ma’nosini beradi.

=Leksikografiya - grek tilidan olingan bo’lib, lexicon – so’z, grapho - yozaman, ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.

~to’g’ri javob yo’q}
Adabiy nutq uslublari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang

{~badiiy – publitsistik uslub

~rasmiy, ilmiy uslub

=so‘zlashuv uslub, badiiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, publitsistik uslub, ilmiy uslub

~nutq uslublari asosan og’zaki va badiiy uslubga bo’linadi}
Rasmiy - idoraviy uslub bu....

{=adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi

~ilmiy uslublardan biri hisoblanadi

~adabiy tilning tashkiliy hujjatlar yuritadigan uslubi

~to’g’ri javob berilmagan}
Bu janr matnlarida mazmun tuzilishi komponentlari ajratiladi: mavzu (sarlavha), kirish, asosiy qism, yakuniy qism (xulosa). Ushbu fikr….

{~badiiy uslubga tegishli

=ilmiy uslubga oid

~so’zlashuv uslubiga oid

~rasmiy-idoraviy uslubga xos}
Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnomalar qaysi uslubga xos?

{~badiiy uslubga tegishli

~ilmiy uslubga oid

~so’zlashuv uslubiga oid

=rasmiy-idoraviy uslubga xos}
Badiiy nutq uslubi nima?

{=Bu uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladi.

~badiiy nutq o’zining maxsus qolipga egaligi bilan bilan adabiy tilning boshqa funksional uslublaridan ajralib turadi

~bu uslubda maqolalar, intervyular yozilib, u hamma uchun birdek shaklga ega

~to’g’ri javob berilmagan}
Quyidagi misra qaysi uslubga tegishli:

Aningdek tepdin sakrab ushoq tosh,

Ki hozir bir yog’ochdin qochirib bosh.

{~rasmiy – idoraviy uslub

~publitsistik uslub

~bu misra , uslublarga tegishli emas

=badiiy uslub}
Davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladigan uslub…

{~publitsistik uslub

~ilmiy – ommabop uslub

~badiiy uslub

=rasmiy-idoraviy uslub}
Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo‘lib, soddalik, tushunarlilik, ta‘sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.

Fikr qaysi uslub qoidasini ko’rsatyapti

{=publitsistik uslub

~ilmiy – ommabop uslub

~badiiy uslub

~rasmiy-idoraviy uslub}


Do'stlik — qalb quvonchi. Va nihoyat, do‘stga sadoqat chin insoniy fazilatdir. Bunga muyassar bo'lgan kishilar esa eng baxtli kishilar sanaladilar. Ushbu parcha qaysi uslub xususiyatini o’zida aks ettirgan?

{~publitsistik uslub

~ilmiy – ommabop uslub

=badiiy uslub

~rasmiy-idoraviy uslub}
So`z va iboralar birgalikda tilning lug`aviy birliklarini tashkil etadi. So`z – lеksik birlik, ibora esa….

{=ma’nosi bir so’zga teng fraziologik birlik

~ibora –maqol

~chet qatlamdan o’zlashgan fraziologik birlik

~ a ba b javoblar to’g’ri}
Shartnoma, omonatnoma, so‘rovnoma, boylik, rentabellik, kabi terminlar qanday hosil qilingan?

{~semantik- sintaktik usulda

=xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan

~grammatikn usulda

~bu so’zlar soha terminlarin emas }
Iqtisodiy terminlar tizimida qo‘llanib kelinayotgan: davlat, maosh, mabla, daromad, manfaat kabi terminlar qaysi tildan o’zlashgan?

{~fors tilidan

~turkiy tildan

=arab tilidan

~to’g’ri javob yo’q}
O’zbek ilmiy – texnikaviy terminlar tizimida ruscha – inglizcha qatlamdan kirib kelgan so’zlarni belgilang

{=bank, balans, biznes, veksel`, valyuta, debitor, demping, dotatsiya, diller, kredit

~befoyda, merosxo‘r, sudxo‘r, kirim, chiqim, bitim, tejamkorlik, aktsiyadorlik.

~haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug’urta

~inglizcha – ruscha so’zlar ilmiy –texnikaviy terminlar tizimida yo’q}
Boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlarning iqtisodiy terminlar sifatida ishlatilishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang:

{=taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli, yetakchi, yig’im, qaydnoma

~oqsil, g’uncha, miqdor, kattalik, noto’g’ri kasr, to’qson, nomеrlash, proyеksiya

~Omеga tumanligi, kurtak, gеrbariy, yulduzsimon yadro

~to’g’ri javob yo’q}
Albom, anketa, avgust, avtomobil so’zlari etimologik jihatdan qaysi tildan o’zlashgan?

{~rus


=lotin

~fransuz


~ingliz}
Etimologik jihatdan yunon tilidan o’zlashgan terminlar qaysi qatorda berilgan?

{=antibiotik, atmosfеra, alfavit, amfitеatr, antonim

~barcha javoblar to’g’ri

~yulduzsimon yadro, kallak, gallasimoplar, nеktar, moslashuv

~ayiq, vaqt, absolyut vaqt, nеgiz, bo’luvchi, yopiq}
O’zbek tili qaysi tillar oilasiga mansub?

{~hind – yevropa tillari

~slavyan tillari

~osiyo tillari

=turkiy tillar}
Stol, stul, mashina, samovar, choynak kabi so’zlar o’zbek tiliga qaysi tildan kirib kelgan?

{~bu so’zlar sof o’zbekcha

~lotin tilidan

=rus tilidan

~belarus tilidan}
Tovushning havodagi tezligini aniqlang

{=33 m/sekundga

~1500 m/sekund

~6000 m/sekund

~tovushning havodagi tezligini aniqlab bo’lmaydi}
Har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub…..

{~rasmiy – idoraviy uslub

=ilmiy uslub

~publitsistik uslub

~badiiy uslub}
Annotatsiya nima ?

{~ilmiy uslubga xos maqola

=ilmiy maqolaning qisqacha ta'rifi

~adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy ommabop asar taxlili

~to’g’ri javob yo’q}
Maqolaga munosib ta’rif qatorini belgilang

{=maqola arabcha so`zdan olingan bo`lib, nutq, kichik asar ma’nolarini bildiradi

~maqola o’zbekcha so’z bo’lib matbuotda yoritish uchu mo’ljallangan

~maqola maxsus soha kishilarigina tushunadigan nutq yotadi

~maqola faqat ilmiy tekshiruv ishlariga asoslanadi}
Maqola tarkibiy qismlarini ko’rsating

{~sarlavha,reja,mavzu,xulosa

=kirish , asosiy qism, xulosa 

~mavzu , reja , asosiy qism

~asosiy qism va xulosa}
Ilmiy maqolalar turlari qaysilar

{=amperik , ilmiy – nazariy , ko’rib chiqish

~ilmiy maqola va ommapob maqola

~to’g’ri javob yo’q

~mavzu bo’yicha tadqiqot,xulosa}
Tezis nima?

{~adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy ommabop asar taxlili

~mavzu bo’yicha tadqiqot,xulosa

~to’g’ri javob a va b javoblar

=ma’ruza va ilmiy maqolaning asosiy mazmunini qisqacha ifodalangan shakli}
Annotatsiya ikkita majburiy qismlardan iborat bo’ladi. Ular :

{=1. Birlamchi manbaning mazmuniy tavfsifi, muallifning maqsadi.

2. Annotatsiyada berilayotgan matnning muallifi (adresat) haqida ma’lumot.

~1. birlamchi matnning kompozitsiyasi, tuzilishi to’g’risida ma’lumot

2. birlamchi manbaga keltirilgan illustratsiya materiallari.

~a va b javoblar

~ preambula, tezisning asosiy mazmuni, yakunlovchi tezis}
Ichki taqrizning o’ziga xos xususiyatini ko’rsating.

{~keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan

=bu taqriz matbuotda e‘lon qilinmaydi

~keng kitobxonlar ommasini yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi

~to’g’ri javob yo’q}
O’zbek tiliga davlat tili maqomi 1-marta qachon berilgan?

{=1989-yil

~1991-yil

~1995-yil

~1990-yil}
Maqolalar mavzusiga ko`ra qanday guruhlanadi?

{~ilmiy maqola, ommabop maqola

~adabiyv – tanqidiy, ilmiy – ommabop

~to’g’ri javob berilmagan

=ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop yoxud, adabiy-tanqidiy }
Maqola sarlavhasiga qo’yilgan talablar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang

{~maqolaga sarlavha qo’ymaslik ham mumkin

=sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim

~sarlavhada muallif haqida qisqacha maʼlumot ko’rsatiladi

~sarlavhada so’zlar soni cheklanmagan bo’ladi}
.Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlariтш sanang

{~kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza, abzats

~havola, iqtibos, sitata, abzats

= kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza

~kirish, asosiy qism, xulosa, perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats)}
“Nomzodlik dissertatsiyasida 3 yoki 4 bob, doktorlik ishida esa 4 va undan ortiq bob bo‘lishi mumkin. Har bir bob 2 va undan ortiq paragrafga ega, hajm jihatdan bir xil bo‘lishi maqsadga muvofiq”.Imiy tadqiqotning qaysi qismi haqida fikr yuritildi?

{~kirish


=asosiy qism

~xulosa


~adabiyotlar}
Keltirilgan javoblarning qaysi biri iqtibosga xos?

{=agar muallif fikriga zarar yetmasa, unda orfografiya va punktuatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda koʻp nuqta bilan belgi qoʻyiladi).

~unda ish natijalari asosida kelgusidagi tadqiqotlar istiqbolini ko‘rsatib o‘tish, shu sababli yangi vazifalarni belgilash, yangi g‘oyalarni rivojlantirish yo‘llarini ta’kidlab o‘tish mumkin.

~ Bu qism hajm jihatdan eng kichkina bo‘lgani bilan alohida ahamiyatga ega, chunki aynan shu qismda ilmiy ishingizning yakuniy natijalari tugallangan, mantiqan mukammal shaklda ilmiy hamjamiyat e’tiboriga taqdim etasiz.

~to’g’ri javob yo’q}
Ilmiy tadqiqot nima?

{=yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos

~ bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi.

~unda material qaerdan olinganligi ko‘rsatiladi

~ bu nafaqat erishilgan natijalar yig‘indisi, balki o‘ziga xos sintez,ishingizning alohida va yig‘ma yakuni hamdir}
Mavzuning dolzarbligi, maqsadi, mazmuni, tadqiqot ob’yekti va predmeti, tadqiqot metodi, nazariy va amaliy ahamiyati haqida ilmiy ishning qaysi qismida ko’rsatiladi?

{~asosiy qismda

=kirish qismida

~xulosada

~adabiyotlar ro’yhatida}
Ilmiy tadqiqot qanday bosqichdan iborat?

{~sintez va amaliy

=tajriba va nazariya

~analiz va sintez

~to’g’ri javob yo’q}
Mavzu dolzarbligini asoslash kirish qismida qancha hajm egallaydi?

{~3-4 sahifadan oshmasligi kerak

~bir bet bo’ladi

=1-2 sahifasidan ortiq joy egallamasligi kerak

~to’g’ri javob b va c}
.Ilmiy tadqiqotda perefraza nima?

{=havola, iqtibos, sitata, abzats

~tadqiqot uchun tanlangan maqol,misra

~kinoya


~to’g’ri javob yo’q}
Havola tushunchasini yorituvchi javobni belgilang

{~to’g’ri javob yo’q

~foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

=qandaydir faktlar, material qayerdan olinganligi ko‘rsatish

~mavzuga mos sitata}
Biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha ilmiy tadqiqot ishida

{~perefraza deyiladi

=sitata

~xulosa


~havola}
Ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlar mavzu va qo’llanish doirasiga ko’ra qaysi guruhga kiradi?

{=Ma’lumot-axborot hujjatlari

~xizmat yozishmalari

~farmoyish hujjatlari

~tashkiliy hujjatlar}
Tashkiliy hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi?

{=guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom

~ ko‘rsatma, buyruq, farmoyish

~taklifnoma, telegramma, xatlar

~tushuntirish xati, e’lon}
Qonun yoki boshqa mе'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida

chiqariladigan huquqiy hujjat-

{~guvohnoma

~buyruq,farmoyish

~taklifnoma, telegramma, xatlar

=yo’riqnoma}


Tashkilot yoki uning tarkibiy bo`linmalari, kichik yoki qo`shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibini bеlgilaydigan huquqiy hujjat nima?

{=nizom


~buyruq

~guvohnoma

~ko’rsatma}
Qolipli hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi?

{=xizmat safari guvohnomasi, shaxsiy varaqalar

~ tushuntirish xati, e’lon

~tavsifnoma, nizom

~telegramma, xatlar}
Vasiyat xati, adres, telegramma, rasmiy tushuntirish xatlari haqidagi to’g’ri fikrni belgilang

{~maxsus qoliplar asosida yozib to’ldiriladi

~bunday hujjatlami faqat qo’lda yoziladi

=rasmiy hujjatlarning ijodiy hujjatlar sirasiga kiradi

~to’g’ri javob yo’q}
Qolipli hujjatlarga xos xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang

{=hujjat yuboriladigan tashkilot yoki shaxs (lavozimi bilan) qog'ozning o’ng burchagiga o‘z munosabatini bildiradi

~hujjat matnidan so'ng xat oxirida sana va hujjat egasining imzosi va ismi, otasining ismi, familiyasi berilishi ixtiyoriy

~to’g’ri javob yo’q

~unda muallifning ijodiy qobiliyati ko’rinib turadi}
U davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat bo`lib, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi. Ushbu fikr qaysi hujjatga doir?

{~ma’lumot-axborot hujjatlari

~xizmat yozishmalari

=farmoyish hujjatlari

~tashkiliy hujjatlar}
Buyruq, ko’rsatmalar qaysi hujjatlar guruhiga kiradi?

{=farmoyish hujjatlari guruhiga

~ma’lumot-axborot hujjatlariga

~xizmat yozishmalariga

~tashkiliy hujjatlar guruhiga}
Buyruq nima?

{=rahbarning biror ishni bajarish haqidagi farmoyishi

~boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshlig’i va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi

~to’g’ri javob yo’q

~qonun yoki boshqa mе'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida

chiqariladigan huquqiy hujjatdir}


Adabiy me’yor nima?

{=jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir

~jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olinishi

~to’g’ri javob yo’q

~nutqning to`g`riligi uning adabiy tili me’yorlariga muvofiq kelishidir}
Kasbiy nutqda nima asosiy o`rinni egallaydi?

{~sinonimlardan to’g’ri foydalanish

~omonimlardan to’g’ri foydalanish

~antonimlardan samarali foydalanish

=atamalar va mutaxassislikka oid leksika }
Ushbu fikr muallifi kim?

“Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga erishmaydi”

{~Kaykovus

~M.Qoshg’ariy

=Aristotel

~Kushinskiy}


Nutqning mantiqiyligi nima?

{=yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqqa aytiladi

~ mavjudlik narsalar, hodisalar orqali nutqda aniq aks etgan bo`lsa, bunday nutqda bo’ladi

~ tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli variantni ajratib nutqda qo`llash;

~to’g’ri javob yo’q}
Nutqning sofligi nima?

{=g`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lgan nutq

~jargon va argolar;

~vulgarizmlar mavjud nutq

~parazit so`zlar qo’llanilgan nutq}
Tinglovchi e’tiborini tortuvchi va qiziqishini oshiruvchi nutq bu….

{~mantiqiy nutq

~sof nutq

=ta’sirchan nutq

~aniq va ravon nutq}
Aniq nutq yaratishda so`zlovchidan nimalar talab qiladi?

{=tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli variantni ajratib nutqda qo`llash

~umumxalq yozuv me’yorlariga tayanadi

~to’g’ri javob yo’q

~dialekt va shevalardan foydalana bilish qobiliyatiga ega bo’lishlik}
Adabiy til me’yorlariga amal qilishlik deganda nima tushuniladi?

{~parazit so’zlardan foydalanmaslik

~nutqning ta’sirchan bo’lishi

=talaffuz,morfologik,sintaktik imloviy va lug’aviy me’yorlarga amal qilish

~dialektal so’zlardan mohirona foydalanish}
Mutaxassis nutqiga xos xususiyatlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang

{=ilmiylik, to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, soflik

~mutaxassis nutqi ilmiy va aniq bo’lishi kerak

~mutaxassis nutqi ravon va so’zlashuv nutqidan farq qilishi kerak

~dialektga xos so’zlarni ham qo’llash mumkin}
Ko`chma ma’noli so`zlarni o`rinli qo`llash….

{~nutq mantiqiyligini oshiradi

~nutqda aniqlikka erishiladi

=nutq ta’sirchanligini ko’rsatadi

~to’g’ri javob yo’q}
Muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunish bu muloqotning……

{= pertseptiv jihati

~kommunikativ jihati

~interaktiv jihati

~bunday jihati yo’q}
Olimlar muloqotni qanday bosqichlarga bo’lib o’rganadilar?

{~kommunikativ,interaktiv,pertseptiv

~barcha javoblar to’g’ri

=inson o’z-o’zi bilan, o’zgalar bilan,avlodlar bilan muloqoti

~verbal va noverbal muloqot}
O‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni bu—

{~ Kooperatsiya

= Kommunikatsiya

~Nutqiy faoliyat

~Nizo}
Nutq faoliyati nima?

{=odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir

~muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin jadallashuvi

~a va b javoblar to’g’ri

~ Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llanilishi}
Muloqotning interaktiv jihati bu….

{= muloqot ishtirokchilarining muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat.

~muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir

~muloqotning birgalikdagi harakat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan alokasi}


«Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»,-deb aytilgan fikrlar muallifini toping

{~S. L.Gubinshteyn

~Kushinskiy

~Aristotel

= T. Shibuta}
Qo’sh unlilar to’g’ri yozilgan qatorni belgilang

{~mutoola,muomala

=mutolaa, taassurot

~muddao,mudoofa

~to’g’ri javob yo’q}
Jarangli undoshlar ishtirok etgan so’zlar qatorini belgilang

{=men, zarra, boda, gard

~baxsh, daftar, kirim

~zarra, arra, kilo

~mard, ko’z, soz, noz}
Qaysi qatorda bo’g’in ko’chirish qoidasiga amal qilinmagan?

{=man-fa-at, taj-al-li, mu-no-jot

~bad-xulq, na-ti-ja, ta-as-su-rot

~mo’’-ta-bar, mu-qad-das, va’-da

~to’g’ri javob yo’q}

Muloqot nima?

{~ ikki yoki undan ortiq kishilarning nutqi

=ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etish

~muloqot shunday nutqki, u ta'sirga ega bo'lishi kerak

~barcha javoblar to'g'ri}


Telekonferensiyaga munosib ta’rifni belgilang

{=ikki yoki undan koʻproq odamlar oʻrtasida ikki yoki undan ortiq joylardagi elektron muloqotdir

~mobil telefon uskunalari oʻrtasida qisqa xabarlarni almashinuviga imkon yaratuvchi protokol muloqotidir

~ bir vaqtning oʽzida turli joylardagi insonlarni koʻrish va eshitish imkonini yaratadi.

~to’g’ri javob yo’q}
Mobil telefon uskunalari oʻrtasida qisqa xabarlarni almashinuviga imkon yaratuvchi protokol muloqoti bu…

{~videokonferensiya

~telekonferensiya

=SMS


~barcha javoblar to’g’ri}
“To‟ydan oldin nog‟ora chalmoq” iborasining sinoniminimi bo’la oladigan so’zni belgilang

{~qo’rqmoq

~xavotirlanmoq

=shoshilmoq

~ajablanmoq}
Yurak-bag’ri ezilmoq iborasining sinonimi bo’la oladigan so’z qaysi qatorda ko’rsatilgan?

{=iztirob

~xavotir

~tushkunlik

~qo’rquv}
“O‟pkasi yo‟q” iborasining antonimi bo’la oladigan so’zni toping

{~hovliqma

~besaranjom

=beparvo


~a va b javoblar to’g’ri}
“’Tarvuzi qo’ltig’idan tushdi” iborasining sinonimini toping

{~kapalagi uchib ketdi

=hafsalasi pir bo’ldi

~qovun tushurdi

~aravani quruq olib qochadi}
“ Ichini it tirnamoq ” iborasining antonimi bo’la oladigan iborani toping

{~ko’ngli shom bo’lmoq

~podadan oldin chang chiqarmoq

=boshi osmonda

~to’g’ri javob yo’q}
Kommunikatsiya  nima?

{=o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni

~ikki kishining nutqi

~telefondagi muloqot ko’rinishlaridan biri

~barcha javoblar to’g’ri}
Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi. Ushbu fikrga mos javobni belgilang

{~konferensiya

~Sms

~telemuloqot



=to’g’ri javob yo’q}
Verbal kommunikatsiya nima?

{=Bunday aloqada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi

~ o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni

~mobil telefon uskunalari oʻrtasida qisqa xabarlarni almashinuviga imkon yaratuvchi protokol muloqotidir

~ bir vaqtning oʽzida turli joylardagi insonlarni koʻrish va eshitish imkonini yaratish}

15-test


Verbal kommunikatsiya nima?

{=inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladigan muloqot turi

~ til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot.

~bunda turli harakatlar fikr ifodalaydi

~to’g’ri javob yo’q}
Muloqot texnikasi haqida bildirilgan to’g’ri fikrni belgilang

{~tugʻma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat.

= izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir

~ hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli

~barcha javoblar to’g’ri}
Muloqot texnikasining asosini ………….tashkil etadi

{=tinglovchi e’tiborini boshqara bilish, mehnat va san’at.

~ovoz va nutq tempi

~muloqot madaniyati

~barcha javoblar to’g’ri}
Muloqot texnikasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

{=muloqot madaniyati, mimik pantomima, hissiy holat

~ savodli gapirish, oʽz nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish

~nutq tempi, muloqot madaniyati

~to’g’ri javob yo’q}
«Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi” Ushbu fikr muallifini toping

{~S.Ayniy

=Antuan Sent Ekzyuperi

~Lev Tolstoy

~A.S.Pushkin}
Noverbal kommunikatsiyaga nima?

{=jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (qo`l - oyoq, tana harakatlari)dan iborat muloqot

~kundalik muloqot jarayonida so`zlarni yozma shaklda ifodalab muloqotga kirishish

~kommunikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llanilishi

~barcha javoblar to’g’ri}
Ilmiy tadqiqotlarga asoslanilgan qaysi xulosa to’g’ri?

{~verbal muloqot kundalik muloqotning yarmidan ko’pini tashkil etadi

~verbal muloqot kundalik muloqotning uchdan bir qismiga teng

=noverbal muloqot kundalik muloqotning yarmidan ko’pini tashkil etadi

~noverbal muloqot kundalik muloqotning uchdan bir qismiga teng}
Asos va qo’shimchalar imlosi to’g’ri berilgan qatorni belgilang

{~tok-tokga, barg-bargga, tog’-toqqa

=qishloq-qishloqqa, yo’lak-yo’lakka, bog’-bog’ga

~bug’-buqqa, pedagog-pedagogga, bog’-boqqa

~to’g’ri javob yo’q}
Imlo qoidasiga asosan to’g’ri yozilgan so’zlar ko’rsatilgan javobni belgilang

{=To’rtko’l, Mirzacho’l, peshtaxta, Yangiyo’l

~To’rt ko’l, Mirza cho’l, Xon taxta, Yangi yo’l

~bug’doy rang, nima-a, suv ilon

~keldi-mi, kuygan-ov, men-chi}
Imlo qoidalari talabiga asosan to’g’ri yozilgan qatorni belgilang

{~Qarshi Davlat universiteti, Sog’liqni saqlash Vazirligi

~De-ngiz,pes-hayvon, sin-gil

=”Boing-760”, 5-“A” sinf,ToshDu



~kun chiqar, kun botar, O’zbekiston Qahramoni}
Download 34,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish