Tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon bo‘lib, u dastavval keng predmetli faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik u «aqliy» xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi



Download 22,81 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi22,81 Kb.
#768260
1   2
Bog'liq
MADINA OCHILOVA

Korgazmali-obrazli tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lugat"da ta'riflanishicha u konkret tafakkuming bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bolgan turi. Professor E.Goziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasawur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi korgazmali- obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan korgazmali-obrazli tafakkur esa korgan kechirgan narsalar va hodisalaming aniq obrazlari koz oldimizda gavdalangan chogda ulaming mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkuming mazkur korinishi 4-7 yoshgacha bolgan bolalarda namoyon boladi. Bogcha yoshidagi bolalarda korgazmali-obrazli tafakkur bosqichiga otgandan seng ham saqlanib qoladi, lekin u ozining yetakchi rolini yoqota boshlaydi.
Korgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda kopincha boqcha yoshidagi bolalarda, ya'ni 4-7 yoshgacha boigan bolalarda paydo boladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkuming amaliy harakatlar bilan alohasi awalgidek togri va bevosita bolmaydi. Bogcha yoshidagi bolalar faqat korgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bolmaydilar. Bogcha yoshidagi bolalarda tushunchalaming yoqligi shveysariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon boladi. 7 yoshga yaqin bolalaiga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil, hajmi jihatidan teng 2 ta soqqa korsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalaming ko’z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. Endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko’p deb hisoblaydilar. Bolalaming ko’rgazmali-obrazli tafakkurlari hali ulaming idroklariga bevosita to’la bo’ysimadigan bo’ladi. Ulaming ko’rgazmali-obrazli shaklda o’tadigan tafakkurlari bolalami soqqaga qaraganda non shaklidagi xamir ko’proq degan xulosaga olib keladi.
Shuning uchun ular narsa va hodisalaming, jism va predmetlaming ko’zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e'tibor qiladilar. Lekin ulaming ichki bog’lanishlari o’zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim asosiy sifatlariga ahamiyat bermaydilar. Ob'ektlami fazoda joylashgan o’mi tashqi, nomuhim belgisi ulaming ko’rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ulaming nazarida odamlami bo’yining baland va pastligi ulaming yoshini belgilaydi.
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko’p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalaming to’satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi.
Ko’pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo’lishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun ob'ektiv baho berish zarurati tug’iladi, bu esa o’z navbatida fikr yuritish ko’lami keng, analitik- sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo’lishini talab qiladi.
Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo’lishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi. Bunday paytlarda inson fikr yurityaptimi yoki yo’qmi buni bilish qiyin, vaholanki, u o’zicha go’yo savollarga javob topadiganday, shirin his-tuyg’ulami boshdan kechirayotganday bo’ladi, shuning uchun ko’pincha "tilimning uchida turibdi" deyiladi. Odamlar qandaydir matn yoki muammo, masala ustida bosh qotirib, o’tirganlarida fikr yuritish mutlaqo beixtiyor ro’y berib qoladi va ular asosiy topshiriqni bajarishdan uzoqlashtiradi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma'lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ko’pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to’satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og’irlik qonunini zo’r berib, aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho’milib turgan paytida kashf etgan. Ulug’ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. Shunda D.I.Mendeleev uyqudan, uyg’onib, bir parcha qog’;ozga tushida ayon bo’lgan jadvalni ko’chirib qo’ygan.
Ko’pincha psixolog va fiziologlaming ta'kialashlaricha, muammoning bunday oson ravishda echimini hech kutiimaganda yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko’rganicha bo’lgan davr ichida cylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, ya'ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonlarining nihoyasiga yetishidir deb baholamoqda.
Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izoqlashicha, bunday kutilmagan jarayonlaming ro’y berishiga asosiy sabab bu o’rganilayotgan masala to’g’risida uxlashdan oldin zo’r berib bosh qotirish, o’ylash (fikr yuritish) va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e'tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to’ia-to’kis yo’nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishidir.
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa-hodisalami idrok yoki tasawur qilish mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o’z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob'ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasawur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol- obrazli tafakkur deb ataladi.Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettimvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oily matematika masalalarini yechish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir.
Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g’oyat keng ma'no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to’g’risida, absu akt tafakkur yordamida mulohaza borliq to’g’risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to’g’risida, go’zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi.
Hodisalami izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlami yoritib borish va shu bog’lanishlami nazariy jihatdan fikr yuritish yo’li bilan izohlash kabi jarayonlami nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma'lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob'ektlaming mohiyati, mazmuni mavjud bo’iishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o’zgarishi, shuningdek ularning ahamiyati va funksiya hamda vazifalari izohlab beriladi.
Nazariy tafakkumi ayni bir paytda abstrakt tafakkur deb nomlash an'ana tusiga kirib qolgan. Bunday nom bilan atashga asosiy sabab nazariy tafakkuming umumiy hukmlarda ifodalanishidir. Masalan, diqqat barcha psixik jarayon va holatlami muvaffaqiyatli amalga oshirish garovidir.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, 5–7 yoshli bolalar muammoli vaziyatlarning echimini topishda masalaga tafakkurning uch xil formasi bilan yondashar ekan. Bular:
ko‘rgazmali - harakatli tafakkur;
ko‘rgazmali - obrazli tafakkur;
mantiqiy tafakkur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda asosan obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turi rivojlangan bo‘ladi. So‘z-mantiqli tafakkur turi esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda endi rivojlanish davrida bo‘ladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektini diagnostika qilish uchun, birinchi navbatda obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turlariga e'tibor qaratish kerak.
Biz bayon qilayotgan psixodiagnostik metodikalar tafakkurning aynan mana shu ikki turiga taalluqlidir.
Obrazli – so‘z-mantiqli tafakkur ham, ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ham o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar har xil topshiriqlar echimini izlash bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Mana shu bog‘lanishlar va munosabatlar tufayli bolalardagi obrazli – so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkurni diagnostikalash uchun, biz har ikkala tafakkur turining muhim jihatlarini inobatga olgan holda, ushbu tafakkur turlariga beshtadan metodika tavsiya qilamiz.
Kichik va katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektual taraqqiyot ko‘rsatkichlari yosh davrlari bilan bir-biridan farqlanishi sababli, ushbu metodik majmuaga 3 yoshdan 4 yoshgacha va 4 yoshdan 5 yoshgacha bolalarning yoshidagi farqlarni inobatga olgan holda alohida har xil variantlar kiritilgan.
Endi har ikkala tafakkur turiga tavsiya qilingan metodikalarga to‘xtalib o‘tamiz
Download 22,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish