Talaba: G’afforova Asila Kamol qizi (101-guruh)



Download 21,22 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi21,22 Kb.
#565175
TuriReferat
Bog'liq
3-MODUL


Fan : Tilshunoslik
O’qituvchi: Erdonov Zafar Daminovich
Talaba: G’afforova Asila Kamol qizi (101-guruh)
3-MODUL: TILNING PAYDO BO’LISHI XUSUSIDAGI NAZARIYALAR
REFERAT

REJA:
1.Tilning paydo bo’lishi haqidagi ikkita qarama – qarshi fikr


2. Tovushga taqlid farazi
3.Undovlar farazi
4.Mehnatga chaqiruv farazi.

Tilning paydo bo’lishi haqida qadimdan ikki xil taxmin mavjud: Bulardan birinchisi XIX asrda germaniyalik olim Avgust Shleyxer tomonidan o’ylab topilgan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi g’oyadir. Shleyxerning fikricha til xalqning xohish-istagiga ko’ra rivojlanmaydi, uning o’zi to’laqonli mustaqil tabiiy hodisa sanaladi. Uning fikridan shunday xulosa kelib chiqadi til boshqa tabiiy hodisalar kabi o’z vaqtida hech qanday tashqi ta’sirsiz paydo bo’lgan va rivojlangan , bir kuni o’zi g’oyib bo’ladi, ya’ni yo’q bo’ladi. Bunday xulosaga kelgan olimlar tilni ham insondagi boshqa tabiiy hodisalar (yurish, nafas olish va hokazolar)ga o’xshatadi. Masalan, gilos daraxti o’zi o’sadi, gullaydi va meva beradi, shunga ko’ra inson bolasi ham tug’ilib voyaga yetgan sari o’z-o’zidan gapira boshlaydi. Bunday fikrga kelishga ularning dalillari ham bor. Ular lotin, qadimgi Sanskrit tili kabi o’lik tillarni misol qilib keltirishgan. Bu fikrlarni asoslashda nemis faylasufi Gegelning absolyut g’oyasiga tayanishgan.


Aslida tilning paydo boiishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog‘langan. Til jamiyat mahsuli, jamiyat bor joyda til paydo bo'ladi. Chunki insonlardan alohida yashagan insonda gapirish qobiliyati rivojlanmaydi. U nasldan naslga, avlodddan avlodga o’tadigan irsiy jarayon emas. Irsiyat qonunlari bo’yicha biologik xususiyatlar nasldan naslga o’tadi, ammo til bunday hodisa sanalmaydi. Chunki bola o’zbek oilasida tug;ildi degani u faqat o’zbek tilida gapiradi degani emas, agar u rus tilida yoki ingliz tilida gapiradigan jamiyat ichida voyaga yetsa rus tilida yoki ingliz tilida gapiradi, albatta.
XX asr boshlarida Hindistonda ro‘y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo‘la oladi. U yerda bo‘rilar to‘dasi orasida ikki qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri - 2, boshqasi - 7-8 yashar bo‘lgan. Ular bo‘rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go‘dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko‘p vaqt o‘tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr
ko‘rdi, ammo til va yurish-turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so‘zni o‘rgandi, lekin ulardan gap tuza olmadi. Bu voqeani chuqur tahlil qilgan psixologlar, sotsiologlar, tilshunoslar shunday xulosaga kelishgan:
1. Til tabiiy hodisa emas.
2. Tilning paydo bo‘lishi uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart.
3. Til - nutq muhiti bolaning chaqaloqligida yaratilishi va
chaqaloqqa bir tomonlama til ta’siri o‘tkazish muhim, u hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
4. Til va tafakkur bir vaqtda paydo bo‘ladi, birga rivojlanadi, biri
ikkinchisisiz yashay olmaydi.
Ma’lumki, insonlar qadimda ibtidoiy jamoa tuzumida yashaganlar. Urug’ kishilar jamiyatining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Bir nechta qardosh urug’lar bitta qabilani tashkil qilgan. Bunday qabilalarning har birining o’z qabila tili va madaniyati bo’lgan. Keyinchalik ular birlashib qabilalar ittifoqini tashkil qilgan. Har bir qabilalar ittifoqining o’z qaila tili bo’lib, keyinchalik uning tarkibidagi ayrim qabilalar sheva holatini egallaydi.
Tilning paydo bo’lishi haqidagi eng qadimgi farazlardan biri tovushga taqlid farazidir. Bunga ko’ra tovushlar qadimda odamlar narsalarning , masalan: hayvonlarning, qushlarning, sharsharalarning va hokazolarning, tovushiga taqlid qilishgan. Keyinchalik bu tovushlar bo’g’inlar va so’zlar yasalishiga asos bo’lib xizmat qilgan. Har bir tilda tovushga taqlid qilish yo’li bilan yasalgan so’zlar mavjud: o‘zbek tilida - qarg‘a, sharshara, kaklik, chumchuq, miyov (miyovlamoq)ning mavjudligi bunday farazga asos qilib olingan. Ammo bu so‘zlar tildagi so‘zlaming juda kamchiligini tashkil etadi. Tabiatda tovush chiqarmaydigan narsalarning soni tovush chiqaradiganlarga nisbatan ko‘p. Shunday bo‘lgach, tovush chiqarmaydigan narsalarga nom qayerdan olib qo‘yilgan, degan tabiiy savol tug‘iladi. Tovushga taqlid qilish farazi to‘g‘ri bo‘lsa, unda ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan
so‘zlarning soni fan va texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak. Lekin so‘nggi yillarda Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy tuzumni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida o‘tkazilgan tajribalar, bu tillarda tovushga taqlid qilish yo‘li bilan yasalgan so‘zlar rivojlangan tillardagiga nisbatan birmuncha kamligini ko‘rsatdi. Undan tashqari, tabiatdagi baqiriq-chaqiriq, shovqin-suronlarga taqlid qilish uchun nutq organlarining o‘ta rivojlangan bo‘lishi zarurligi ham aniqlangan. Demak, tovushga taqlid farazi tilning paydo bo’lishi masalasini uzil-kesil hal qilolmaydi.
Tilning paydo bo’lishiga doir ikkinchi faraz undovlar farazidir. Bu faraz qadimgi farazlardan biri hisoblanib, bunda ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlariga tayaniladi. Aytilishicha, insonlar qadimda hayvonlarning ovozlarini eshtib, o’zlarinig hissiyotlarini ifodalash uchu foydalanishgan. Oh, uh so’zlari bunga misol bo’la oladi. Ammo tilda bunga o’xshash so’zlar shunchalar kamki, tildek murakkab ijtimoiy hodisaning, bunchalar jo’n paydo bo’lganiga ishonish qiyin. Mehnatga chaqiriq farazi. Bu farazni ilgari surgan olimlarning fikricha, til odamlar jamoa bo‘lib mehnat qilayotganlarida mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida paydo bo‘lgan. Hozirgi zamon olimlarining ma’lumot berishicha, tilning paydo bo‘lishida mehnat chaqiriqlarining hech qanday daxli yo‘q, chunki u na odamlar orasida aloqa vositasi vazifasini bajaradi, na narsa va hodisalaming nomini ataydi va na his-hayajonni ifodalaydi. Bu farazham tilning kelib chiqish sabablarini, tilning paydo bo‘lishini jamiyatning paydo bo‘lishi, so‘zlash va fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘lgan insoniyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy ravishda bog‘lay olmaydi. Ijtimoiy kelishuv farazi. Bu faraz XIX asming ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni ilgari suruvchi olimlar ba’zida bir-biriga zid xulosalarga kelishgan, ularning tilning kelib chiqishi to‘g‘risidagi asosiy fikrlari bir xil. Qisqa qilib aytganda, bu farazga narsalami qanday atashni odamlar o‘zaro kelishib olishgan. Ko‘rinib turibdiki, boshqa farazlarga qaraganda, bu eng oddiy va oson tanqid qilinishi mumkin, chunki biror narsa to‘g‘risida kelishib olish uchun, tabiiyki, kelishuv vositasi, ya’ni til kerak. Binobarin, bu faraz tilning paydo bo‘lishini emas, balki til rivojlanishining bir yo‘nalishini tushuntirishi mumkin. Hozirgi vaqtda u yoki bu fanga taalluqli so‘z va atamalar o‘zaro kelishib olinadi. Lekin buning tilning paydo bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Yuqorida qayd etilgan farazlar ayrim-ayrim olinganda tilning paydo bo‘lishi jarayonini to‘la-to‘kis tushuntirib bermasa-da, ularning har birida ma’lum darajada haqiqat bor, ya’ni bu fikrlarning harqaysisi tilning paydo bo‘lishi hodisasiga o‘z hissasini qo‘shgan. Avval aytilganidek, til - ijtimoiy hodisa, odamlar jamiyatlarga uyushgan vaqtdan boshlab bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug‘ilgan. Tilning paydo bo‘lishi tafakkur bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Insoniyatga xos boigan bu ikki hodisa bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Tilning asosida tafakkur yotadi, tafakkur esa o‘z navbatida til orqali namoyon bo‘ladi, rivojlanadi. Til takomillashishining garovi esa - tafakkurdir. Tillarning shakllanishi va rivojlanishi Qabila va urug‘ tillari. Ijtimoiy formatsiyalar va til. Kishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida to‘da-to‘da, ya’ni urug‘ bo‘lib yashaganlar. Urug‘ kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasidir. Bir nechta qardosh urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Bunday uyushmalarning har birining o‘z tili, o‘z aloqa vositasi bo’lgan. Til birligi va uning erkin rivojlanishi millatning asosiy belgilaridan biridir. Milliy til o‘z adabiy yozuv shakliga ega bo‘ladi. Milliy tilning bu shakli mazkur millatning har bir a’zosi, har bir shevasi uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ana shu tilda o‘z aksini topadi. Har bir til turli rivojlanish davrini boshidan kechiradi. Birorta til paydo bo’lganidan boshlab to hozirgacha faqat o‘z-o‘zicha rivojlanib kelayapti deyish mumkin emas1.
Tilning qachon va qayerda paydo bo'lganligi hali aniqlangan emas. Uning paydo bo'lishi masalasi ko'p zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bugunga qadar fanda eng dastlabki til (yoki tillar) qanday tovush yoki so'zlar
yig'indisidan iborat bo'lgan, degan savolga aniq javob topilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar) taxminan bundan yarim million yil ilgari paydo bo'lgan. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo'lgandan awalgi holati biz
uchun qorongidir. U davrda qanday tovushlar talaffuz qilingani, ularning bir-biri bilan qay tarzda bog'langani, u so'zlarning qanday ma'nolami ifodalagani kabi savollarga javob yo‘q. Albatta, tilning paydo b o ‘lish jarayoni juda murakkab bo'lib, bu masala bilan tilshunoslikdan tashqari anlropologiya, psixologiya
va etnografiya kabi fanlar ham shug'ullanadi. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, grek faylasuflari ikki xil farazni o'rtaga tashladilar. Demokrit va boshqalar narsa bilan narsa nomi orasida bog'lanish yo‘q, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikmi ilgari surishadi. Bular anomalistlar deyiladi. Platon boshliq olimlar narsa bilan uning nomi orasida bog'lanish bor, degan fikrni ilgari surishgan. Bu oqira
analogistlar deyiladi. Hozirgi tilshunoslik nuqtai nazaridan qaraganda, dastlabki,
ya’ni ilk chog‘lardagi narsa nomi bilan ayni shu narsa orasida bog'lanish bo'lmagan. Bunday bo'lsa, tillaming soni 5000 dan ortib ketmasdi.2

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Irisqulov M. T.—“Tilshunoslikka kirish”—T.—2008.
2.Sharipova O’, Yo’ldoshev T.—“Tilshunoslik asoslari”—T.-2007
3.Abduazizov A.—“Tilshunoslik nazariyasiga kirish”.
4. Xolmonova Z.—“Tilshunoslikka kirish”

1 Irisqulov M. T.—“Tilshunoslikka kirish”—T.-2008

2 Sharipova O’, Yo’ldoshev I.—“Tilshunoslik asoslari”—T.-2008.

Download 21,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish