Talaba huquqi va vazifasi



Download 1,66 Mb.
bet42/98
Sana01.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#303891
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
Bog'liq
UMK KON ISHI asoslari 18ta texnikum

Kon boshqarmalari.

Qalmoqir koni.

20-yillarning o’rtalarida ochilgan. Kon Olmaliq shahridan 2-3 km sharqiy tomonda, Olmaliq tog’-konchilik rayoni oralig’ida joylashgan.

Asosiy ma’dantosh joylashadigan jinslari: siyenit-diorit, diorit va siyenit, shtok bilan yozilgan granodiorit-porfirlar. Rudali mineralizatsiya shtok ekzokontaktida to’plangan va siyenit-dioritli majmua jinslarida lokalizatsiyalanadi. Grani-diorit-porfirlar tarkibida deyarli ma’dantosh bo’lmaydi.

Rejada rudali shtokverk, 1,8 km enida 3,5 km.ga shimoliy-g’arbda yo’nalishda cho’zilgan. Chuqurlik-ka rudalanish 1,2 km gacha kuzatiladi.

Konda ikkita tabiat turidagi: oksidlangan va sulfidli rudalar ajratiladi, birinchisi deyarli to’liq ishlab bo’lingan.

Dastlabki sulfidlangan ma’danlar 150 tadan ko’proq mineral bilan ifodalangan: xal’kopirit, pirit, xal’kozin va pirit bilan qisman kristall panjarasi bog’langan sof holda oz qismi bo’ladi. Qolgan barcha yo’ldosh komponentlar: oltingugurt, selen va tellur ham ko’rsatilgan mineral bilan bog’langan, faqatgina molibden ajratib olinadigan reniy asosiy qismi molibdenit bilan bog’langan.

Qalmoqir konining sulfidlangan ma’danlari yengil boyituvchi mis ajratib olish 75 dan 80% va undan ortiq.

Kon 1954 yildan buyon kar’yer sifatida ishlab turibdi.

Hozirgi vaqtda kar’yerning ishlab turishi kombinatsiyalangan usulda amalga oshiriladi. Pastki gorizontlari-temir yo’lga qayta ortish bilan avtomobil transportida, ustkilari-temir yo’l transporti bilan. Ruda boyitish fabrikasiga temir yo’l dumpkarlarida 8 km.gacha bo’lgan uzoqlikda yetkazib beriladi. Qoplamalar jinslari temir yo’l transportida ag’darmaga olib chiqib tashlanadi.

Karyer va ag’darmada 23 ta ekskavator, 15 ta parmalash dastgohlari ishlamoqda.

Karyerning o’lchamlari: uzunligi - 2,3 km, kengligi - 2 km, nisbiy chuqurligi - 0,4 km. Ma’dan bo’yicha loyihaviy yillik unumdorligi 0,2% mis chegara tarkibi - 34 mln tonnani tashkil qiladi.

Qalmoqir koni ma’dantosh shtok verki shimoliy-g’arbiy yo’nalishida 4,1 km cho’zilgan ellips ko’rinishli shaklga ega. Uning maksimal eni 1,7 km, misli ma’danlanishning tarqalish chuqurligi 850 metrga yetadi.

Nisbiy boy bo’lmagan shtokverkli turdagi paysimon-sachratma mis ma’dantoshlarning molibden va oltin bilan yirik to’planishi siyenit-diorit, dioritlarning intruziya-monsonit qatorga to’g’rilangan va borliq jihatdan granodiorit-porfirlar, shtoklari bilan bog’liq. Konning ma’dantoshli shtokverki yirik o’lchovlar bilan farq qiladi: uzunligi 4,1 km, eniga 1,7 km.gacha

Konning rudalashuvi majmuiy hisoblanadi. Mis va yo’ldosh komponentlarning shtokverk oralig’ida taqsimlanishi notekis. Qolmaqir koni ma’dantoshlarining sanoatdagi asosiy boyligi oltin va mis hisoblanadi, ma’dantoshning qimmatbaholigiga kumush, molibden, oltingugurt, selen, tellur, reniy katta ta’sir ko’rsatadi.



Angren KB.

Qizil Olma koni.

Qizil olma koni Olmaliq shahridan 48 km uzoqlikda Ohangaron tumani hududida joylashgan. Konnig geologik tuzilishi murakkab. Asosiy foydali komponentlar - oltin va kumush bo'lib,ko'proq sof holda uchraydi. Zararli aralashmalar yo'q. Ko'chbuloq va Oltin Olma konlarida qazib olinayotgan ma'dantoshlar Angren oltin ajratib olish fabrikasida qayta ishlanadi, flotokonsentrat kombinatning mis eritish zavodiga yana qayta ishlash uchun yetkazilib beriladi. Yyyyer osti usulida ishlab chiqariladi.

Zahira ta'minoti 50 yil.

Chodak KB

Pirmirob koni.

Pirmirob koni Olmaliq shahridan 162 km uzoqlikda, Namangan viloyati Pop nohiyasi hududida joylashgan.

Kon paysimon turga kirib, sanoat boyligi - oltin va kumushdir.

Qazib olish yyyyer osti usulida olib boriladi.

Zahiralar bilan ta’minlanishi 2 yil.

Kovuldi koni

Oltin ma’dantosh koni Toshkent viloyati Pskent nohiyasi hududida, Olmaliq shahridan 11 km uzoqlikda janubiy-g’arbda joylashgan.

Kovuldi konining geologik tuzilishi qiyosiy soddaligi bilan ajralib turadi. Mineralizatsiyalash turi bo’yicha Kovuldi koni kvars-oltinrudali formatsiyaga kiradi.

1977 yil ishga tushirilgan. Ishlab berish yyyyer osti usulida olib boriladi. Qazib olinadigan ma’dantoshlar, kombinat mis eritish zavodida nordon flyuslar sifatida ishlatiladi.

Zahiralar bilan ta’minlanishi - 14 yil.
Uch-Quloch koni

Birinchi bor kon 1930 yilda tilga olingan. Kon Jizzax viloyatida, Olmaliq shahridan 320 km janubiy-g’arb tomonida joylashgan.

Uch-Quloch qo’rg’oshin-rux koni strat shaklidagi qo’rg’oshin-rux konlariga xos namuna va eksgalyatsion-quyqadan hosil bo’lgan (pnevmotolit-gidrotermal) genezisga ega. Ma’dantoshlarning mineral tarkibi anchagina sodda. Ma’dantoshlar galenit, sfalerit va baritdan iborat. Ma’dantoshlardan qo’rg’oshin, rux, barit, oltingugurt, kumush, kadmiy kabi foydali komponentlar ajratib olinadi. Uch-Quloch koni 1983 yildan buyon ochiq usulda ishlab bermoqda. Zahiralarning bir qismi yyyyer osti usulida ishlab berishi ko’zda tutilgan. Buning uchun uchta stvol o’tgan va qiya pastga tushadigan yo’l qurilishi boshlangan. Hozirgi vaqtda barcha ishlar to’xtatib qo’yilgan. Konni ishlab berishi uchun 4 ming aholi ucun mo’ljallangan qo’rg’on, maktab, bolalar bog’chasi, kasalxona majmuasi qurilgan.

Zahiralar bilan ta’minlanganligi 45-50 yil.




Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish