TALABALARNING IQTISODIY KASBIY TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO ALOQADORLIKNI АHAMIYATI
Akramova Obida Qosimovna
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o`qituvchisi,
O`zbekiston Respublikasi
Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarida ta`limni tashkil etishning dasturiy-metodik ta`minoti, bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashning milliy va jahon ta`lim tajribasiga asoslangan tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish orqali mamlakatimiz intellektual resurslari potentsialini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq "Uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" bugungi kunda muhim vazifalar hisoblanadi.[1] Jumladan, talabalarning iqtisodiy kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda fanlararo aloqadorlik vositalarini qo`llash alohida ahamiyat kasb etadi.
Bir nechta fanlarning o`zaro integratsiyasi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
-Fanlarning uzviy bog’lanishidan fanlararo uzluksiz bog’lanishga o`tish bilim olishni osonlashtiradi va talabalarga bir ob`yektda qo`llaniladigan usullarni ikkinchi ob`yektga qo`llash imkoniyatini yaratadi;
- Fanlar integratsiyasi tuzilmasidagi muammoli vaziyatlarning ko`pligi talabaning fikrlash qobiliyatini faollashtiradi;
- Integratsiya darsning axborot hajmini oshiradi;
- Integratsiya turli fanlarni o`rganishda talabalarning muayyan kuzatishlari, xulosalarini tasdiqlaydigan yoki chuqurlashtiradigan yangi omillarni topishga imkon yaratadi;
- Integratsiya o`qishga undovchi vosita hisoblanadi. U talabalarning o`qish-bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi, zo`riqish va charchoqdan xoli bo`lishga ko`maklashadi;
- O`quv materialining integratsiyalashuvi talabalar ijodini takomillashtirishga yordamlashadi, ularga o`zlashtirgan bilimlarni hayotiy sharoitlarda qo`llash imkonini beradi. [2]
Tadqiqot boshida belgilangan vazifalarga muvofiq, tajriba-sinov ishida umumkasbiy fanlarni o`qitishning integratsion ta`lim vositalari asosida o`qitish metodikasi samaradorligini, shuningdek uning bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasiga ta`sirini, ularning mustaqilligi va ijodiy faolligini rivojlantirish ko`zda tutiladi.
Tajriba-sinov ishi vazifalariga quyidagilar kiritildi:
taklif etilayotgan o`qitishning integratsion ta`lim vositalarini tushunarlilik va foydalana olishga tekshirish;
bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida umumkasbiy fanlari bo`yicha ishlab chiqilgan o`qitishning integratsion ta`lim vositalarining samaradorligini tahlil qilish;
tajriba-sinov ishini yakunlash va natijalarini qayta ishlash.
Umumkasbiy fanlar bo`yicha bilim va ko`nikmalarni egallash darajasi bajarilgan test topshiriqlari ballarini tartiblash yordamida aniqlanadi. Har bir savolga tartib qoida bo`yicha muayyan ballar soni belgilanadi. Test topshiriqlarini bajarish natijasi to`plangan ballar miqdoriga qarab baholanadi. To`plangan ballarga muvofiq talabalar uch guruhga ajratiladi: yuqori darajaga erishganlar - 55-60 ball (90-100%); o`rta darajagacha erishganlar - 40-44 ball (80%); quyi darajaga erishganlar 35-39 ball (70%). 1-jadvalda o’quv yili davomida talabalardan test sinovlari natijalari ko’rsatilgan bo’lib, unda 1-sinovda 35-39 ball olgan talabalar 52%ni, 40-44 ball olgan talabalar 28%ni, 55-60 ball olgan talabalar 20%ni, 2-sinovda 35-39 ball olgan talabalar 40%ni, 40-44 ball olgan talabalar 38%ni, 55-60 ball olgan talabalar 22%ni,
3-sinovda 35-39 ball olgan talabalar 35%ni, 40-44 ball olgan talabalar 40%ni, 55-60 ball olgan talabalar 25%ni, 4-sinovda 35-39 ball olgan talabalar 37%ni, 40-44 ball olgan talabalar 37%ni, 55-60 ball olgan talabalar 26%ni, yakuniy natija bo’yicha ko’radigan bo’lsak, 35-39 ball olgan talabalar 38%ni, 40-44 ball olgan talabalar 35%ni, 55-60 ball olgan talabalar 27%ni tashkil etgan.
1-jadvalda "Iqtisodiyot nazariyasi" kursi bo`yicha nazorat guruhi talabalarning bilim va ko`nikmalarni egallash darajasi tahlili keltirilgan.
"Iqtisodiyot nazariyasi" o`quv kursi bo`yicha nazorat guruhi talabalarining o`quv materialini o`zlashtirish darajasi
1- jadval
№
|
O`quv materialini o`zlashtirish darajasi
|
O’quv yili davomida
|
Sinov-1
|
Sinov -2
|
Sinov -3
|
Sinov -4
|
Yakuniy natija
|
1
|
Quyi daraja
|
52%
|
40%
|
35%
|
37%
|
38%
|
2
|
O’rta daraja
|
28%
|
38%
|
40%
|
37%
|
35%
|
3
|
Yuqori daraja
|
20%
|
22%
|
25%
|
26%
|
27%
|
1-jadvaldan ko`rinadiki, "Iqtisodiyot nazariyasi" o`quv kursi bo`yicha quyi daraja 52 % dan 38% ga, ya`ni 14% kamaygan. "O`rta daraja" 28 % dan 35 % ga, ya`ni 7 % ga, "yuqori daraja" esa 20 % dan 27 %, ya`ni 7 % ga oshgan. O`zlashtirish darajalarining diogrammasi quyidagi 1-rasmda keltirilgan:
1-rasm. Nazorat guruhi natijalari
1-rasmdagi diogrammadan ko’rinib turibdiki, an’anaviy ta’lim usuli bilan olib borilgan darsda talabalarning o’zlashtirishi past darajada. Bu bilan aytish mumkinki, ta`limda yangi sifat darajasiga an`anaviy ta`lim usuli bilan erishib bo`lmaydi. Ta`lim tizimiga fanlar integratsiyasini joriy etish jamiyatimizning ta`lim oldiga qo`ygan buyurtmasini yechishga imkoniyat yaratadi.
Integratsion dars vositalari talabalarda ta`lim olishga motivatsiyani oshirdi, bilim olish va bilishning yangi usullarini egallashga, o`qishga ongli munosabatda va ta`limda faol bo`lishga rag’bat uyg’otdi, ularning intellektual va emotsional sohalari rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, o`quv faoliyati samaradoligini oshirdi. Bularning barchasi o`qitishning zamonaviy didaktik vositalari asosida o`qitishni an`anaviy o`qitish usullari bilan taqqoslaganda uning afzalligini ko`rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, ta`limda iqtisodiy fanlarning integratsiyalashuvi talabalarga alohida yondashish imkonini beradi. Bilimlarni tizimga solish, har tomonlama rivojlantirish, ijodiy yondashuv, bilim orttirishga qaratilgan motivatsiya - bularning barchasi integratsiyalashgan o`qitish beradigan foydali imkoniyatlardir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g’risida"gi Farmoni.// O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami. -T., 2017. -B.39.
2. M.A.Fayziyev va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o`qitishda fanlararo integratsiyaning mohiyati. "Ta`lim, fan va ishlab chiqarishda intellektual salohiyatli yoshlarning o`rni" mavzusidagi yosh olimlar, magistrant va talabalarning an`anaviy XII respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari IV qism. Samarqand 2015 yil. 68-70 betlar
Do'stlaringiz bilan baham: |