Talabning istemolchi daromadiga ko'ra elastikligi



Download 19,45 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi19,45 Kb.
#550648
Bog'liq
TALABNING ISTEMOLCHI DAROMADIGA KO


TALABNING ISTEMOLCHI DAROMADIGA KO'RA ELASTIKLIGI
Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir. Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga aylanadi. Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Iste’molchilar xarid qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi. Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi. Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin: 1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi. 2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi. Qanday ehtiyojlarni qondirishlariga ko’ra talab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Fiziologik talab — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o’xshashlar. 2. Ijtimoiy-psixologik talab — obro’-e’tibor, moda va boshqalar. 3. Iqtisodiy talab — daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar. 4. Sotsial talab — turmush darajasi, jamiyatdagi muhit va bosh-qalar. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab: qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan talablarga bo’linadi. Kechiktirilgan talab nosog’lom iqtisodiyot va muvozanati buzilgan bozorga xos. Uning ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqi-rozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. Korxona, tashkilot, aholi qo’lida to’plangan pul bozorga tazyiq o’tkazadi. Talab borgan sari o’sib boradi. Buning sababi: — ehtiyojlar o’sib boradi; — daromadlar o’sadi; — mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish o’sadi. Muvofiq ravishda taklif o’sadi; — madaniyat yuksalib boradi. Talab odatda tez o’zgaradi. Talab o’zgarishi deganda u yoki bu tovarga bo’lgan talabning absolyut miqdorining o’zgarishi tushuniladi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin. 1.Talabga, eng avvalo narx ta’sir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi. 2.O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish yoki bo’lmasligi talabga katta ta’sir ko’r-satadi. Asosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol go’shti va h.k. Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aytaylik, benzinning narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni ko’paytiradi. Aksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bog’liq, bir-birini to’ldiradi. 3.Xaridor didi, ta’bi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun iste’molchilar didining o’zgarishi yoki afzal ko’rish, ya’ni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha holat yuz berishi mumkin. 4.Xaridor daromadi. Ta’kidlab o’tganimizdek, talab haqida gapirganimizda to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni hajmiga ta’sir qiladigan muhim omil aholi daromadi. Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik ehtiyoj mollariga qaraganda uzoq muddat foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq ta’sir qiladi. Boshqacha aytganda daromadning o’sishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich, televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi. 5.Kutiladigan o’zgarishlar. Hozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va bo’lg’usi daromad iste’molchilarning talabini o’zgartiradi. Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik uchun tovarlarni ko’proq sotib olishga harakat qiladilar. Talab ortadi. Aksincha, narx tushishi yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi. 6.Demografik omil. Bozordagi talabga xaridorlar soni, yoshi, jinsi, ma’naviy ahvoli, mintaqaviy, milliy psixologik omillar ham ta’sir qiladi. Mintaqaviy omilga iqlim sharoiti, ishlab chiqarishning tuzilishi, mahalliy urf-odatlar, milliy omilga mamlakat doirasida ehtiyojning yuksalish darajasi, umumiy iste’mol darajasi, milliy-diniy an’analar va ko’nikmalar, xalqaro tovar reklamasi va axborotlarning mavjudligi va boshqalar kiradi. Natijada bir mamlakatda yaratilgan tovarlarga talab, shu tovar yo’q, ya’ni ishlab chiqarilmaydigan mamlakatda ham talab uyg’otadi. Iste’molchilarning aniq mahsulot turlariga yoki firma markasiga munosabati. Shunday firmalar borki, ularning mahsulotlariga talab yuqori. Bu firmalar doimo o’z xaridorlarini yo’qotmaslikka, saqlab qolishga, yanada ko’paytirishga harakat qiladilar. Bu omillarning ichida eng asosiysi narx. Chunki narx va xarid qobiliyatigina talabning tez o’zgarishiga olib keladi. Bozorda talab xaridor sifatida gavdalanadi. Bozorda tarozining bir pallasida talab tursa, ikkinchi pallasida taklif turadi. Talab bilan narxlar o’rtasidagi ta’sirni har qanday tovar bozorida kuzatish mumkin. Iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni abstrakt uslubidan foydalanib, narxdan boshqa hamma omillar o’zgarmaydi, deb faraz qilib, narxning o’zgarishi talabga qanday ta’sir qilishini ko’rib chiqamiz. Ma’lumki, aholining daromadi cheklangan. Shuning uchun zarur tovar (xizmat)larni sotib olar ekan, har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqib, turli muqobil variantlar ichidan narxi arzon tovar sotib olishga harakat qiladi. Natijada sifati o’zgarmagani holda narx pasayishi bilan tovarga talab miqdori ortadi. Biron-bir A tovarga talab narx o’zgarishi quyidagicha deylik. Yakka talabning narxga bog’liqligi Bir birlik tovar narxi R Talab qilingan tovar Miqdori Q 600 10 500 450 400 350 15 18 20 25 Jadvaldagi raqamlardan tovarning narxiga qarab sotib olish miqdori o’zgarayotganini ko’rish mumkin. Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlasak quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. x o’qi bo’ylab talab miqdorini, u o’qi bo’ylab narxni joylashtirib, jadval bo’yicha nuqtalarni birlashtirib, talab egri chizig’i yo’nalishiga ega bo’lamiz. Ko’pchilik, Rossiya iqtisodchilari sal bosh-qacharoq, x o’qiga narx, u o’qiga miqdor qo’yishadi. Bunda narxning o’zgarishini talabga ta’siri ko’rsatiladi. Mashhur iqtisodchi Alfred Marshall esa o’zining «Siyosiy iqtisod printsiplari» asarida x o’qida miqdor, u o’qida narxni joylashtirgan. Bunga sabab talabning o’zgarishi narxga, narxning o’zgarishi talab miqdoriga ta’sir qilishini hisobga olib funktsional bog’lanishni shunday tarzda tasvirlagan. Shunday qilib, tovar qancha qimmat bo’lsa, shuncha kam miqdorda xarid qilinadi yoki aksincha. Bu sabab-oqibatli, funktsional bog’lanish talab qonunini ifodalaydi. Demak, boshqa omillar ta’sir qilmagani holda tovarga bo’lgan talab narxning ortishi bilan qisqaradi. Matematik nuqtai nazardan qarasak, tovar va xizmatlarga bo’lgan talab ularning narxi bilan teskari proportsional bog’lanishda bo’ladi. Albatta, real hayotda bu jarayon juda murakkab kechadi, lekin umumiy tarzda olganda talab qonuni bosh yo’nalish tendentsiyasini ifodalaydi. Talab qonuni grafik tarzda talab egri chizig’i tarzida namoyon bo’ladi. Talabning narxga bog’liqligi: 1.Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, haqiqatan ham kishilar kamroq xarid qiladi. 2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi. 3.Narxning pasayishi xaridorni real xarid qobiliyatini oshiradi. Xaridor olmoqchi bo’lgan tovarining bittasini o’rniga ikkita oladi. Boshqacha aytganda yuqori narx iste’molchilarda xarid qilish xohishini so’ndiradi, past narx esa bu xohishni kuchaytiradi. Masalan: 1000 so’m pulimiz bor. 3 kg guruch va 1 kg makaron xarid qilmoqchimiz. Guruch narxi o’ylaganimizdek 280 so’m Miqdor Q Narx P emas 200 so’mga tushibdi. U holda endi 3 kg emas 4 kg guruch xarid qilishimiz mumkin. Iqtisodiy nazariyada boshqa tovarlarni sotib olish miqdori o’zgarmagani holda narxi tushgan tovarni xarid qilishni ko’paytirish imkoni daromad effekti deb ataladi. Agar guruchni narxi 350 so’mga ko’tarilsa endi makaronni ko’proq sotib olamiz. Xaridorni narxi ko’tarilgan tovar o’rniga nisbatan arzonroq tovar sotib olishi o’rin bosish effekti deyiladi Aynan daromad effekti bilan o’rin bosish effekti talab egri chizig’ining yo’nalishini ifodalaydi. Lekin iqtisodiyotda shunday holat yuz berishi mumkinki, bunda narxlar ortishi bilan talab kamayishi o’rniga ortib boradi. Bu vaziyat Giffen effekti deb ataladi. Bunday tovarlar esa bu holni tasvirlagan ingliz iqtisodchisi R o b e r t G i f f e n (1837 — 1910) nomi bilan Giffen tovarlari deb ataladi. Ayrim paytlarda tovarni narxi yuqori ko’tarilsa, sifati yaxshilanadi degan nuqtai nazardan avvaliga qaraganda ko’proq sotib olishlari mumkin. Yoki Giffen kambag’al oilalar kartoshka narxi ko’tarilishiga qaramay uni ko’proq sotib ola boshlaganlarini kuzatib, buning sababini shunday izohlaydi. Bu oilalar boshqa mahsulot iste’molini ko’paytirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun go’sht iste’mol qilishni kamaytirish hisobiga kartoshka iste’molini ko’paytiradilar. Lekin ayrim iqtisodchilar: jumladan amerikalik Jorj Stigler (1911 y.) Giffen tovarlari tushunchasiga ishonchsizlik bilan qarashadi. Uning fikricha Giffen effekti tushunchasi Alfred Marshall yordami bilan iqtisodiy nazariyaga kirgan. Uning o’zini esa bu hodisani kuzatganiga shubha bildiradi. Ayrim iste’molchilar esa tovarning narxi pasaygani bilan uni sotib olishmaydi. Ular hammaga o’xshashni hohlashmaydi. Ular qimmat baholigi, boshqalarnikidan ajralib turadigan sifatlarga ega, eksklyuziv tovarlarni sotib olishga urinishadi. Natijada bunday tovarlarga talab o’sishi mumkin. Iqtisodiyotda bu ko’rinish Veblen effekti deb yuritiladi. Talab o’zgarishi bu xaridorlarni mahsulot sotib olishga bo’lgan niyatlarini o’zgarishini ifodalaydi. Sababi bir yoki bir necha omil (determinant)lar o’zgaradi. Bu omillarni yuqorida ko’rib o’tganmiz. Bunday o’zgarish butun shkalani, o’z navbatida narx va miqdor egri chizig’ining surilishini bildiradi. Bu erda talabni o’zgarishi bilan talab miqdori yoki hajmini o’zgarishi tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Talab miqdorini o’zgarishi talab egri chizig’ida ma’lum bir narx va miqdor kombinatsiyasidan ikkinchi kombinatsiyaga o’tishni bildiradi. Grafikda tasvirimiz bo’yicha talab miqdorini o’zgarishi DD chiziqda A dan V ga qarab yo’nalishini bildiradi. Miqdor Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxning o’zgarishiga qarab siljiydi Talabning o’zgarishi talab egri chizig’i narxdan boshqa bir ëki bir necha determinantlarni o’zgarishi natijasida siljiydi Talabning kamayishi Talabning ko’payishi Narx Talabni o’zgarishi esa talab egri chizig’ini o’ngga (talab ko’paysa) D1D1 ga yoki chapga (talab kamaysa) D2D2 ga siljishini ifodalaydi. Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxni o’zgarishiga qarab siljiydi. Talabning o’zgarishida esa talab egri chizig’i narxdan boshqa bir yoki bir necha determinantlarni o’zgarishi natijasida (talabni ko’payishi yoki kamayishi) o’ngga yoki chapga siljiydi. Talab elastikligi. Talab qonuni narx bilan bog’liq ravishda talabning o’zgarishini ko’rsatadi, lekin uning qay darajada o’zgarganini ko’rsatmaydi. Iqtisodiy vaziyatni to’g’ri baholash uchun esa talabni qanchalik o’zgarishini bilish muhim ahamiyatga ega. Shunday mahsulotlar borki, narxning ozgina o’zgarishi xarid qilinayotgan tovar miqdorini ancha o’zgarishiga olib keladi. Ba’zi mahsulotlar esa narxini kattagina o’zgarishidan qat’i nazar sotib olinadigan tovar miqdorini o’zgarishiga uncha ta’sir qilmaydi. Iqtisodchilar narxlarning o’zgarishi talabning qanday o’zgarishiga olib kelishini ifodalovchi ko’rsatkich sifatida iqtisodiy nazariyaga talab elastikligi tushunchasini kiritishgan. Bozor iqtisodiyotida talab elastikligi muhim iqtisodiy tushuncha bo’lib, u xaridorning bozorda tovar va narxlar o’zgarishiga reaktsiyasini, ya’ni narxning o’zgarishi xaridorga qanday ta’sir qilishini ifodalaydi. Elastiklik tovar miqdori va narxi qanday absolyut birliklarda o’zgarishida emas, balki nisbiy o’zgarishlar bilan belgilanadi va u elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. U narx o’zgarishiga ko’ra va aholi daromadlari o’zgarishiga ko’ra hisoblanadi. Narx o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti 0 1 0 1 : P P Q Q EP D = yoki 0 0 1 1 : : Q P Q P yoki P ozgarish foizi Q ozgarish foizi ; tarzida ifodalanadi. Bu erda Q tovar miqdori P tovar narxi Elastiklik koeffitsienti tovar narxining bir foizga o’zgarishi talabni necha foiz o’zgarishini ko’rsatadi. Elastiklik koeffitsienti E 1 bo’lishi mumkin. Agarda elastiklik koeffitsienti 1 dan katta bo’lsa, talab elas-tik, kichik bo’lsa noelastik, birga teng bo’lsa yagona elastik talab bo’ladi. Masalan, kostyum-shim 50 ming so’mligida 10 dona sotildi. Narxi 35 ming so’mga tushirilgach 20 dona sotilsin. U holda elastiklik koeffitsienti 2,86 0,7 2 35000 : 50000 20 :10 = = = P EV ; Talabning elastikligini aniqlashda asosiy diqqat qaratish zarur narsa bu umumiy tushum. Chunki elastiklik eng avvalo umumiy tushumni qanday o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich sifatida zarur. Umumiy tushum narx bilan talab miqdorining ko’paytmasiga teng. Narx bilan talab miqdorining o’zgarishi natijasida umumiy tushum (daromad) o’zgaradi. Narxni o’zgarishi tufayli har bir sotilgan tovardan olinadigan daromadni o’zgarishi baho effekti deyiladi. Baho effekti narxi o’sishi natijasida umumiy baho effekti миқдор еффекти tushumni oshiradi, aksincha narxni arzonlashuvi umumiy daromadni kamayishiga olib keladi. Lekin umumiy tushum sotilgan mahsulotning miqdoriga ham bog’liq. Umumiy tushum hajmini sotilgan mahsulot miqdori evaziga o’zgarishi miqdoriy effekt deb ataladi. Narxni tushishi sotiladigan mahsulot miqdorini, natijada umumiy tushumni ko’paytiradi yoki aksincha mahsulot miqdori o’zgarmay, hattoki kamayib ketishi umumiy tushumni kamayishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, narxning o’zgarishiga xaridorning munosabati turlicha bo’lishi mumkin: 1. Agar narxning pasayishi sotilayotgan tovar miqdorini ko’paytirib, umumiy daromad tushumini avvalgidan ko’payishiga olib kelsa, unday talab elastik talab bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti birdan katta bo’ladi. Aytaylik, A tovarni 600 so’mdan sotganda bir haftada 10 ta tovar sotiladi. Umumiy daromad 6000. Narxini 400 ga tushirsak 20 ta sotilyapti, umumiy tushum 8000. Demak, elastiklik koeffitsienti bir-dan katta. Bunday talab elastik talab deb ataladi (a- rasm). Elastiklik koeffitsienti birdan qanchalik katta bo’lsa, elastiklik shuncha yuqori bo’ladi. 2. Agar narxning pasayishi aniq tarzda sotilgan tovar miqdorini o’zgarishi bilan o’rni qoplansa, ya’ni umumiy daromad (tushum) o’zgarmasa, bunday talab elastikligi yagona elastik talab deyiladi. Bunda talab elastikligi koeffitsienti 1 ga teng bo’ladi. 1) Q0xP0 10x600=6000 2) Q1xP1 20x300=6000 6000=6000; 6000:6000=1 E=1. Sotayotgan tovarimizning narxini 300 so’mga tushirganimizda, haftasiga 20 ta tovar sotildi. Umumiy daromad o’zgarmadi. Elastiklik koeffitsienti 1 ga teng (b- rasm). 3. Narx pasayishi bilan sotilayotgan tovar miqdori unchalik ko’paymasa, natijada umumiy daromad pasayib ketsa, bunday talab noelastik talab deyiladi. Bunda elastiklik koeffitsienti 1 dan kichik. Lekin nolga teng emas. Sotilayotgan tovarning narxini 300 so’mga tushirganimizda 15 ta tovar sotildi. Umumiy tushum 4500. Demak elastiklik koeffitsienti birdan kichik. U nolga yaqinlashib borgan sari noelastiklik darajasi ortib boradi (v- rasm). 4. Shunday tovarlar ham borki, ularga bo’lgan talab narxning o’zgarishi bilan deyarli o’zgarmaydi. Bularga eng zarur kundalik ehtiyoj mollari kiradi. Non, un, guruch, sovun, tuz, gugurt kabilar. Ularga narx qanchalik o’zgarishidan qat’i nazar talab o’zgarmaydi yoki juda kam o’zgaradi. Uni qat’iy elastik talab deb ataladi (g- rasm). Agar umumiy tushumni o’zgarishiga diqqat qilsak baho effekti bilan miqdor effekti bir-biriga qarama-qarshi amal qiladi. Shuning uchun umumiy tushum narxni har qanday o’zgarishida ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Agarda miqdoriy effekt baho effektiga nisbatan ustun bo’lsa, talab elastik bo’ladi. Baho effekti miqdoriy effektga nisbatan ustun bo’lsa, talab noelastik bo’ladi. baho effekti miqdor effekti baho effekti miqdor effekti Narx Umumiy tushum Talab elastikligi 1) ↑↓ ↓↑ elastik 2) ↑↓ ↑↓ noelastik 3) ↑↓ Umumiy tushum yagona elastik o’zgarmaydi. Talab deganda doimo to’lovga qobillik nazarda tutilar ekan, uning qay darajada bo’lishi aholi daromadlariga bog’liq. Bu albatta, elastiklik koeffitsientining o’zgarishida o’z ifodasini topadi. Daromad o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti : ; 0 1 0 1 I I Q Q Ei D = Bunda i0 — income xaridorlar daromadi. Ko’pgina tovarlarga talab daromad bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Ya’ni daromad o’sishi bilan talab ortadi. Lekin ayrim hollarda aksincha bo’ladi. Masalan, yomon sifatli tovarlarga talab qisqaradi. Undan tash-qari, ilgari kundalik ehtiyoj mollarini eng arzonini xarid qi-lib kun kechirgan bo’lsa, endi boshqa turdagi aytaylik go’sht, sariyog’, pishloq kabilarni sotib olishga qurbi etadigan bo’ladi. Daromadlarning o’zgarishiga ko’ra elastiklik koeffitsienti qanday tovarga talab o’zgarishini ko’rsatadi. Bilvosita elastik talab Tovarlar dunyosi rang-barang bo’lib, ba’zilari bir-birini o’rnini bosishi, boshqalari esa bir-birini to’ldirishi uchinchilari esa mustaqil bo’lishi mumkin. Masalan, kofening narxini ko’tarilishi, choyga talabni oshiradi. Fotoplyonkaga narx oshishi fotoapparatga talabni kamaytiradi. Masalan ruchkaga narxni ortishi, go’shtga bo’lgan talabni o’zgartirmaydi, chunki ular mustaqil tovar. Bular albatta elastiklik koeffitsientiga ta’sir qiladi. Bir tovarga bo’lgan talab elastikligini boshqa tovar bahosiga nisbati bilvosita elastiklik koeffitsienti deb ataladi. Bilvosita elastiklik koeffitsienti bir(i) tovarga talabni o’zgarishi ikkinchi (j) tovar narxini o’zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. : ; j j j P i ij P P Q Q E Δ Δ = yoki ( ) : ; Dj j j Di j Q P dP dQ ed P = Mustakil tovarlarda esa bevosita elastiklik koeffitsenti nolga teng. Elastiklik koeffitsientining o’zgarishiga ko’ra ishlab chiqarishga «signal» ketadi. Talabning ma’lum narx o’zgarishida elastik yoki noelastik bo’lishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: *o’rinbosar tovarlarning ko’p yoki kamligi; *iste’mol byudjetida shu tovarning qanday ulushga ega ekanligi. *narx o’zgarishiga ko’nikish uchun zarur vaqt; *kundalik zarur ehtiyoj mollarimi yoki zebu ziynat ekanligi va boshqalar. Shunday qilib, talab elastikligi qat’iy elastik talab bilan qat’iy noelastik talab o’rtasida tebranib turadi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda elastiklikning ana shu to’rt ko’rinishi boshqacha nomlanadi: 1. Haddan yuqori elastik talab. 2. Yuqori elastik talab. 3. Past elastik talab. 4. Noelastik talab. Ko’rinib turibdiki, boshqacharoq ifodalangani bilan ma’nosi bir. Talab elastikligi- Talab elastikligi darajasini aniqlash iqtisodiyot dan real hayotda uchun muhim ahamiyatga ega. Firma (korxona), uy foydalanish xo’jaligi, davlat narxning o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq ravishda chora-tadbirlar ko’radi. Masalan, ishlab chiqarishga yangi texnika, texnologiyani joriy qilish natijasida mehnat unumdorligi o’sib, mehnat omiliga talab kamayadi. Aytaylik, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish natijasida 300 ishchi ortiqcha bo’lib qolsin. Avtomatlashtirishni qo’llash natijasida xarajatlar kamayishi natijasida narxni pasaytirish imkoni (tug’iladi) vujudga keladi. Agarda korxona mahsulotiga talab elastik bo’lsa, narxni pasayishi talabni oshiradi. U holda korxonadagi ortiqcha bo’lib qolgan 300 ishchi avvalgiga qaraganda mahsulot hajmini ko’paytirish uchun ishga jalb qilinadi. Agarda mahsulotga talab noelastik bo’lsa, ishchilar ishdan bo’shatiladi va ishsiz qoladi. Demak, ularni ish bilan ta’minlash chorasini ko’rish kerak. Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab noelastik. Agarda qishloq xo’jalik mahsulotlari haddan tashqari hosil yuqori bo’lishi natijasida ko’p etishtirilsa, taklif ko’payib ketib, narx tushib ketadi. Dehqonlarning daromadlari ham pasayib ketadi. Demak, qishloq xo’jaligida u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni cheklash kerak. Turli transport vositalari avtobus, poezd, samolyot kabilarga bilet narxi o’zgarishi talabning elastiklik darajasiga ko’ra daromadni ko’paytirishi yoki uni yo’qotishga olib keladi. Aytaylik, samolyotga biletning qimmatligi sababli passajirlar kam. Agar talab elastik bo’lsa, bilet narxini tushishi evaziga biletlar to’la sotilishi natijasida daromad ko’payadi. Hukumat noelastik tovarlarga aktsiz soliqlarini oshirib daromadlarini ko’paytirishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlariga talab noelastik bo’lib, aksiz soliqlarini oshirish narxni o’sishiga qaramay talabni deyarli kamaytirmaydi. Agarda talab elastik bo’lsa, aksincha aktsiz soliqlarini o’sishi narxni ortishiga va talabni kamayishiga olib keladi. Natijada taklif qisqaradi. Taklifga muvofiq ravishda davlat byudjetiga tushadigan daromad ham. Ayrim tovarlarga talab ma’lum vaqt mobaynida noelastik, ma’lum vaqt mobaynida elastik bo’lishi mumkin. Sababi shu tovarlarga o’rinbosar tovarlar ishlab chiqarilishi mumkin. Talab elastikligi darajasiga talabni o’zgarishiga u yoki bu tovarning qanday naf keltirishi, uning me’yoriy nafliligi katta ta’sir ko’rsatadi.
Download 19,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish