Ta’lim menejmenti taraqqiyotini fan sifatida tadqiq qilish yondashuvlari, ularning mutanosibligi va qo‘llanish chegaralari



Download 59,02 Kb.
bet1/8
Sana03.12.2022
Hajmi59,02 Kb.
#878064
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ta\'lim menejmenti fanini o\'qitishda statistik ma\'lumotlardan foydalanish


Ta'lim menejmenti fanini o'qitishda statistik ma'lumotlardan foydalanish


Reja:
I Kirish
II Asosiy qism
I bob Ta’lim menejmenti sohasidagi pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
1.1 Ta’lim menejmenti taraqqiyotini fan sifatida tadqiq qilish
yondashuvlari, ularning mutanosibligi va qo‘llanish chegaralari).
1.2 Ta'lim menejmenti fanini o'qitishda statistik
II bob Maktabni boshqarish tarixidan.
2.1 Maktabni boshqarish va fan.
2.2 Ta’limda boshqaruvning mazmuni va aqamiyati
Xulosa
Adabiyotlar


Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida ishlab chiqarishni rivojlantirish, tashkilot va korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash ko‘p jihatdan zamon talablariga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Bugungi kunda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish sharoitida rahbarlarni (boshqaruvchilarni) tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda menejment fani alohida o‘rin tutadi. Menejment fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari uzoq vaqt davom etib kelayotgan tarixiy davrlar bilan izohlanadi, menejment alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. Menejment - inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida boshqaruvni tashkil etish (boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish, tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma’nolarini anglatadi. Menejment - bu ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya’ni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmui. Sodda qilib aytganda, menejment umumiy xolda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, ya’ni turli xil sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi.
Menejment eng avvalo insonlarni boshqaradi, ularni o‘z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonish tuyg’ularini shakllantirish, sohalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashiga ko‘maklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqa fanlar qatori menejment fani ham o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga ega bo‘lib, uning predmeti xo‘jalik yuritishning barcha bo‘ginlarida boshqarishni tashkil etii! mantiqi, shakllari, uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat. Menejment fani ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tadkik etuvchi iqtisodiy nazariya bilan uzviy boglangan holda kun sayin insonlar ehtiyoji va ularning faolligi ortib borayotganligi sababli sotsiologiya, pedagogika va psixologiya fanlari, shuningdek, statistika, buxgalterlik hisobi, moliya va kredit, mexnat iqtisodiyoti, makro va mikro iqtisodiyot va boshqa fanlar bilan ham uzviy boglik. Huquqiy fanlar menejmentning huquqiy asoslarini yaratishi, mansabdor shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, raxbarlar va bo‘ysunuvchilar, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro xuquq va tartibotni belgilashi uning ma’muriy, fuqarolik va mehnat huquqlari bilan ham o‘zaro aloqadorligini ifodalaydi. Menejment fani ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan bogliq xolda rivojlanib borib maqsad va vazifalariga, xizmat qilish soxalariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: amaliy menejment, innovatsion menejment, strategik menejment, marketing menejmenti, moliya menejmenti, texnologik menejment, ma’muriy menejment, ta’lim menejmenti va h.k., biz ularni menejment fanining shoxobchalari deb atashimiz mumkin. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, umumiy menejment barcha xo‘jalik yuritish tizimi uchun taalluqli bo‘lib, amaliy, innovatsion va strategik menejmentni o‘z ichiga oladi. Amaliy menejment ham barcha boshqaruv soxalariga taalluqli bo‘lib, innovatsion menejment (yangilik yaratishning boshqaruvi) va strategik menejment (strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyatidan iboratdir.


Download 59,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish