11-modda. Hunar-texnika ta’limi
Hunar-texnika ta’limi mehnat va kasbkor mahorati hamda ko‘nikmalari olishni, ishchi kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Hunar ta’limi hunar bilim yurtlarida, o‘quv-ishlab chiqarish, o‘quv kombinatlarida, markazlarida, boshqa o‘quv yurtlarida yoki bevosita ishlab chiqarishda olib boriladi.
Hunar-texnika ta’limi tayanch ta’limi asosida bir vaqtning o‘zida umumiy o‘rta ta’lim berish yoki faqatgina kasb o‘rgatib qo‘ya qolish yoxud ta’lim asosida faqatgina kasb o‘rgatish orqali amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi hunar-texnika bilimlari o‘rgatiladigan ta’lim muassasalarida dastlabki kasbni o‘rganayotgan, shuningdek ish bilan ta’minlash davlat xizmatining yo‘llanmasi bilan qayta tayyorgarlikdan o‘tayotgan fuqarolarning ta’lim olishi bepuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |