Таqdimnomasi



Download 21,41 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi21,41 Kb.
#252370
Bog'liq
Firdavsga Microsoft Word (2)


Таrix fakulteti таrix o’qitish metodikasi yo’nalishi IV-kurs 403-guruh bitiruvchi talabasi Majidov Firdavs Ilhom o’g’lining “Xo’jamushkentsoy havzasi aholisining qadimgi tarixidan” mavzusida bajargan malakaviy bitiruv ishiga ilmiy rahbar

ТАQDIMNOMASI
Har bir xalqning o’z o’tmishini o’rganishga qiziqishi ob’yektiv tarixiy jarayon hisoblanadi. Tarix faninig muhim ahamiyati shundaki, u o’tmishdan meros umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish orqali insonda bunyodkorlik va ezgulik g’oyalarini shakllantiradi.

O‘tmishni o‘rganmay kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Zero, bugunning qadr va qimmati, mohiyati va salmog‘i kechagi kun tarozisi orqaligina to‘liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan bugunga va kelajakka xizmat qiladigan amaliy xulosalar chiqarilmaguncha hech bir jamiyat rivojlanmaydi.

Tarix fani insoniyat taraqqiyoti haqida to‘la va batafsil tasavvur, bilim hamda tushunchalar berib, xalqni, ayniqsa yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustuvor sohasidir. Endilikda biz ajdodlarimiz o‘tmish tarixini o‘rganar ekanmiz, uni sobiq sovetlar davrida hukmron bo‘lgan g‘oya, tarixni sinfiy jamiyat va undagi kurashlar nuqtai nazaridan tadqiq etish yoki noo‘rin, noxolis talqin etilishdan saqlashimiz zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev, “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avloldardan-avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridian biridir”, deb ta’kidlagan edilar. Shunga bog‘liq holda ushbu BMIda ko‘tarilgan masalalar respublikamizda olib borilayotgan tarixiy tadqiqotlar, arxeologik izlanishlar, jumladan, har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.



Shu nuqtayi nazardan qaralsa, bitiruvchi kurs talabasi Majidov Firdavs Ilhom o’g’lining “Xo’jamushkentsoy havzasi aholisining qadimgi tarixidan” mavzusida tayyorlagan ushbu malakaviy bitiruv ishi ayni paytda dolzarbligi bilan biz uchun ahamiyatlidir. Mazkur malakaviy bitiruv ishi kirish, 3 bob, 6 ta paragrag, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat tarkibiy strukturaga ega.

Kichik tadqiqot ishining 1-bobi Xo’jamushkentsoy havzasining tabiiy iqlim sharoiti va arxeologik yodgorliklari xususida bo’lib, unda hududning geografik o’rni, tabiiy iqlim sharoiti hamda mazkur tarixiy hududda joylashgan arxeologik yodgorliklar va ularning o’rganilish tarixi ochib berilgan. Xo’jamushkentsoyning qadimgi va ilk o’rta asrlar tarixi haqidagi ma’lumotlar MBI ning II-bobidan o’rin olgan bo’lib, unda Xo’jamushkentsoy quyi havzasining antik davr manzilgohlari va mazkur manzilgohlardagi ilk va rivojlangan o’rta asrlarga xos hayot ochib berilgan. I-II-boblarning yoritilganlik holati talablar darajasida.

MBI ning eng so’nggi- III bobida Ustrushonaning Sabot rustoqi tarixi va moddiy madaniyati haqida fikr yuritiladi. Unda IX-XII asr yozma manbalarida Sabot rustoqi tavsifi keltirib o’tilgan. Shuningdek, bobning so’nggi bandida Kultepa-Sabot rustoqining markaziy shahri ekanligi bir qancha manbalarga tayanib yoritib berilgan. Ish xulosalangan.

Ushbu bitiruv malakaviy ishi bilan to’laligicha tanishman. Kerakli o’rinlarda talaba-tadqiqotchiga ilmiy ko’rsatmalar berganman. Shu o’rinda e’tirof e’tishim kerak, ayni paytda “Xo’jamushkentsoy havzasi aholisining qadimgi tarixidan” мавзуси kafedramizda izchil o’rganilishi lozim bo’lgan dolzarb mavzulardan biri bo’lib qolmoqda. Ishni yozishda garchi shu kabi ilmiy qiyinchiliklar (tarjimalar nazarda tutilmoqda) bo’lishiga qaramay bitiruvchi talaba F.Majidov o’z oldiga qo’ygan vazifani astoydil bajarishga uringanligi bilinadi. Bir qancha ilmiy adabiyotlarga, davr tarixini ochib beruvchi manbalarga tayanilganlik bitiruvchining katta yutug’idir. Аlbatta, talabaning mazkur bitiruv malakaviy ishining ayrim paragraflarida ba’zi bir kichik g’alizliklar ham seziladi, lekin bu kabi holatlar ishning sifatiga ta’sir ko’rsatmagan va MBIga putur yetkazmagan deb hisoblayman.

Ilmiy rahbar sifatida xulosam shundan iborat: ishning mazmuni, sifati bakalavrga qo’yilgan talablar darajasiga mos keladi. MBI da ilmiy izchillik sezilishini inobatga olib uni himoyaga tavsiya etaman.




Ilmiy rahbar: dots.M.H.Pardayev
Download 21,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish