Tarbiya insonni komillikka eltuvchi ilm sifatida



Download 366,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.07.2022
Hajmi366,68 Kb.
#735012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу.(1-машғулот)

Jismoniy tarbiya
. Jismoniy tarbiya barcha ta’lim tizimlarining ajralmas 
qismidir. Rivojlangan ishlab chiqarish kuchlariga ega zamonaviy jamiyat yuqori 
mehnat unumdorligi asosiga qurilgan korxonalarda ishlay oladigan, mehnat jarayoni 
talablariga bardosh bera oladigan, Vatan himoyasiga doimo tayotr turuvchi jismonan 
baquvvat yosh avlodni voyaga yetkazishni talab etadi. Jismoniy tarbiya kishida 
yuqori aqliy va mehnat salohiyatini shakllantirishga yordam beradi. 
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
• salomatlikni mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlanishni ta’minlash; 

aqliy va jismoniy ishchanlik darajasini oshirish; 
• tabiiy harakatchanlik sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish; 
• yangi turdagi harakatlarga o‘rgatish; 
• harakatchanlik sifatlarini (kuch, epchillik, chidamlilik va boshqalar) 
rivojlantirish; 


• gigienik ko‘nikmalarni shakllantirish; 
•axloqiy fazilatlarni tarbiyalash (mardlik, qat’iyatlilik, sabotlilik, intizomlilik, 
mas’uliyat, jamoachilik); 
•jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va tizimli shug‘ullanish ehtiyojni 
shakllantirish; 
•sog‘lom, baquvvat bo‘lish, o‘ziga va boshqalarga quvonch keltirish istagini 
rivojlantirish. 
Tizimli jismoniy tarbiya jarayoni maktabgacha tarbiya yoshidan boshlanadi, 
o‘rta maktabda jismoniy tarbiya majburiy fan sifatida o‘quv dasturiga kiritilgan. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning turli shakllari jismoniy tarbiya darslariga 
qo‘shimcha vazifasini bajaradi.
Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, ular bilan hamkorlikda har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni 
tarbiyalash masalasini hal qilishda ishtirok etadi. 
E
stetik (hissiy) tarbiya 
- tarbiya va ta’lim tizimining tarkibiy qismlaridan biri 
bo‘lib, umumiy estetik ideallar, ehtiyojlar va didni rivojlantirishda ishtirok etadi. 
Estetik tarbiya vazifalarini shartli ravishda ikki guruxga bo‘lish mumkin - nazariy 
bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Birinchi guruxning 
vazifalari estetik qadriyatlarni egallash masallarini hal qiladi, ikkinchisi - estetik 
faoliyatga faol qo‘shilishni ta’minlaydi. 
Estetik qadriyatlarni egallashning vazifalari: 
• estetik bilimlarni shakllantirish; 
• estetik madaniyatni tarbiyalash; 
• o‘tmish estetik va madaniy merosini o‘zlashtirish; 
• voqelikka estetik munosabatni shakllantirish; 
• estetik his-tuyg‘ularni rivojlantirish; 
• insonni hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklaridan zavqlanishga o‘rgantish; 
• kishi hayoti va faoliyatni go‘zallik qonuniyatlari asosida qurish ehtiyojini 
rivojlantirish; 
• estetik idealni shakllantirish; 
• hamma narsada: fikr, mehnat, xatti-harakatlar, tashqi ko‘rinishning go‘zallik 
qonuniyatlari asosida tashkil etishga istakni shakllantirish; 
Yestetik faoliyatga kishini jalb qilish vazifasi uning o‘z qo‘li bilan go‘zallik 
yaratish faoliyatida ishtirok etishini taqazo etadi: rasm, musiqa, xoreografiya 
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy uyushmalar, guruxlar, studiyalar va 
boshqalarda ishtirok etish. 
Hozirgi zamon maktabida estetik tarbiya shaxsning hissiy dunyosi, estetik 
ongini rivojlantirish bilan bog‘liq talablarga to‘liq javob bermaydi. Ta’lim 
to‘g‘risidagi yangi qonun, ta’limning zamonaviy kontseptsiyasi dasturi estetik ta’lim 
sifatini oshirishning yangi usullarini taklif qiladi. Ta’lim inshootlari san’at qoidalari 
asosida yaratilishi kerak 
O‘zini-o‘zi tarbiyalash
- bu insonning oldiga qo‘ygan maqsadiga muvofiq 
ravishda o‘z shaxsiyatini shakllantirishdir. Insonning o‘zidagi ijobiy fazilatlarini 
yanada takomillashtirish va salbiy tomonlarini bartaraf etishga qaratilgan ongli, 
maqsadli faoliyatidir. O‘zini-o‘zi tarbiyalashning ilk ko‘rinishlari maktabgacha 


yoshdagi bolalarda vujudga keladi. Garchi bu yoshda bola o‘zining shaxsiy 
fazilatlarini hali tushuna olmasa-da, uning xatti-harakati kattalarning ijobiy va salbiy 
munosabatlariga sabab bo‘lishi mumkinligini tushunadi.
Agar maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshida bola asosan kattalarni 
ulaning xulq-atvoriga baholashiga e’tibor qaratsa, o‘smirlik yoshiga o‘tishlarida 
tengdoshlar guruhining uning shaxsiy rivojiga ta’siri kuchayadi. O‘zini-o‘zi 
tarbiyalashning qulay vositasi bu jamoada har bir bola o‘zining individual 
xususiyatlari va moyilligiga qarab o‘z o‘rnini topishiga imkoniyati yaratilsa. 
O‘smirlik yoshida bola hulq-atvorida ziga-o‘zi baxo berish ustuvorlik qila 
boshlaganida o‘zini-o‘zi bilish, baxo berish, nazorat qilishga intilish yaqqol 
namoyon bo‘ldi. Biroq, yetarli darajada ijtimoiy tajriba va psixologik tayyorgarlikka 
ega emsligi sababli, o‘smirlar har doim ham o‘z xatti-harakatlari sabablarini to‘liq 
tushuna olmaydilar va kattalarning pedagogik yordamiga muhtoj bo‘ladi. O‘z-o‘zini 
tarbiyalash darajasi shaxs tarbiyasining natijasidir. 
Shaxsni kamol topishga undaydigan omillarga biz ijtimoiy ideallar, axloqiy 
andozalar va namunalarni kiritishimiz mumkin. Bu qadriyatlar asosan jamiyatda 
shakllanadi. Shuning uchun insoniyat jamiyati tarixining har qanday bosqichida 
ijtimoiy muhit kishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga erishish juda muhimdir. 
• Har bir bolaning, keyinchalik esa yoshning o‘z ijobiy qaxramoni bo‘lishi, 
uning hayoti va faoliyati shaxsiy rivojlanishi va doimiy o‘zini takomillashtirib 
borishiga undashi kerak. 
• O‘sib borayotgan kishiga uning yoshiga mos kladigan bolalar, maktab va 
oliy o‘quv yurti jamoasi eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi. 
• O‘yin, sport va ijodiy musobaqalarda shaxsni tan olish uchun kurash muhiti 
yuzaga keladi. 
• o‘qituvchilar, tengdoshlar va qarindoshlarning o‘rnagi va o‘z ustida ishlash 
kabilar taqlid qilish va o‘zini-o‘zi takomillashtirishga intilishni rag‘batlantiradi. 
• Dam olish joylarida, jamoat transportida, ko‘chalarda va hokazolarda 
vujudga kelgan qulay muhit ham tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. 
Oila bolaga eng katta tarbiyaviy tasir ko‘rsatuvchi institutdir. Tarbiyaviy 
ishning maqsadi va mazmunini tushunish oila hayoti bilan yonma-yon borishi kerak. 
O‘quvchilar faolligini o‘z o‘rnida rag‘batlantirish maktab, oila va mahalla 
tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati bilan samarali hal etish mumkin. 
Pedagogik o‘zaro ta’sir - bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tarbiyaviy ish 
jarayonida birgalikdagi faoliyati jarayoni va bolaning shaxsiyatini rivojlantirishga 
qaratilgan. Bu pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri, shuningdek, ta’lim 
jarayonining ilmiy tamoyilidir. 
Xulosa sifatida qayd etish mumkinki, taribyaning usullari, shakllari va 
vositalari, agar ulardan to‘g‘ri foydalanilsa, o‘qituvchining natijaga erishish 
imkoniyatlarini kengaytiradi.

Download 366,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish