Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamyati



Download 90,54 Kb.
bet8/9
Sana22.01.2022
Hajmi90,54 Kb.
#399198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
RIXSIBOYEVA NOZIMA

Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g‘oyalarni ifodalaydi:

  • fuqarolik;

  • ilmiyligi;

  • tarbiyalovchi ta’lim;

  • fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);

  • tabiat bilan uyg‘unligi;

  • madaniyat bilan uyg‘unligi;

  • insonparvarligi.

Fuqarolik tamoyili. Unga ko‘ra ta’lim mazmunini shaxsning sub’ektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo‘naltirishda namoyon bo‘lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o‘zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog‘liq.

Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o‘quvchilarni ob’ektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi.



Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq.

Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyili umuiy o‘rta ta’lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi kabi ifoda etiladi.

Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy o‘zining tabiatga uyg‘un bo‘lishi g‘oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg‘ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg‘unlik g‘oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi.

Ta’limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta’minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, unga hayotda o‘z o‘rnini topishda yordam ko‘rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.

“Insonparvarlik” va “odamiylik” so‘zlari yunoncha humanus “odamiylik” bir so‘zdan kelib chiqqan. Insonparvarlik, odamiylik ma’naviy-axloqiy tushunchalardir. Insonparvarlik g‘oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar) qarashlarida ilk bor ko‘zga tashlanadi. Markaziy Osiyoda insonparvarlik g‘oyalari Sharq Uyg‘onish davrida keng rivojlandi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng avval o‘qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar bolalikdan paydo bo‘ladi. Shu bois oilada tarbiyani yo‘lga qo‘yishda xato qilmaslik zarur.



Xulosa

O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish zarur. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbayi bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim. Tarbiya texnologiyasi asoslari bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeyini egallay olmaydi. Chunki unda



xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi.O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi. Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.


Download 90,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish