Tarbiya mavzusida glassariy



Download 18,17 Kb.
bet1/2
Sana02.08.2021
Hajmi18,17 Kb.
#136693
  1   2
Bog'liq
ped.glassari


TARBIYA MAVZUSIDA GLASSARIY

1.ADAB-adabiyot, yaxshi tarbiya, ma’qul harakat. Ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya , xushmuomalalik. Adab bozorda sotilmas (maqol). Adab doirasidan chiqmaslik.

2.ADOLATPARVAR-adolat tarafdorlari, adolat, haqiqat uchun kurashuvchi.

3.AXLOQ-(arabchadan-kishining tabiati) Muomala ,xatti-harakat odobi. Aslini olganda, axloq-ma’naviyatning o’zagi. Gazetadan. Rahbar axloqidagi asosiy narsa so’z va ish birligini o’z faoliyatining mazmuni deb bilishdir.

4.AXLOQIY- axloq -odobga oid. Axloqiy prinsiplar.

5.AXLOQLI- yaxshi tarbiya ko’rgan; odobli, xushaxloq.

6.AXLOQSIZ- Yaxshi tarbiya ko’rmagan, axloq qoidalariga bo’ysunmaydigan, intizomsiz.

7.AXLOQSIZ-odob-axloqdan tashqari, odob-axloq doirasidan chetga chiqadigan, odob normalariga xilof, beadab.

8.AXLOQSIZLIK-axloq qonun qoidalariga xilof ish, xatti-harakat.

9.AQL-(arabchadan-es-hush) Inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka munosabatini boshqarib turadigan faoliyati, fikrlash qobiliyati.

10.AQLLI- aqli raso, miyali. Aql bilan vujudga kelgan ,fahm-farosatdan, bilimdonlikdan dalolat beradigan.

11.AQLLILIK-aql bilan ish tutish, aqlli hatti-xarakat.

12.AQLSIZ-aqli yo’q, beaql. Aql ishlatmasdan qilingan, axmoqona.

13.HURMAT-(arabchadan-muqaddas narsa, muqaddaslik, daxlsizlik, izzat, ehtirom, siylov) kimsa yoki narsaga bo’lgan qadrlash, ulug’lash tuyg’usi, shunday tuyg’uli munosabat.

14.INSONPARVAR-odamlarga g’amxo’r, odamlarni sevuvchi, inson maqsadlarini ko’zlovchi.

15.INTIZOM-(arabchadan-tartib , tartibli tuzilish, izchillik) jamiyatning yoki ma’lum jamoa a’zolarining amal qilishi, bo’ysunishi lozim bo’lgan qat’iy tartib, qoida.

16.MADANIYAT-(arabchadan-sivilizatsiya) Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy,ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo’lga kiritilgan yutuqlari majmuyi.

17.MEHRIBON-mehr-shafqat ko’rsatuvchi, mehr bilan munosabatda bo’luvchi.

18.ODOB-(arabchadan-adab so’zining ko’pligi)- jamiyatda e’tirof etilgan xulq normasi.Shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va o’zgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar) da namoyon bo’ladi.

19.PRINSIP-lotincha “principium” so’zidan olingan bo’lib, “asos” va “boshlanish” ma’nolarini anglatadi.

20.TARBIYA- shaxsda muayyan jismoniy , ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon.

21.TARBIYA-insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir.

22. XULQ-muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun ta’sir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.

23.XULQ-ATVOR-insonning fe’l atvori bilan bog’liq hodisa bo’lib, kishi fe’lining axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari.

24.TARBIYA NAZARIYASI- pedagogikada fanining muhim tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayoning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.

25.AQLIY TARBIYA-shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni to’plash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishdir.

26. EKOLOGIK TARBIYA-insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.

27.ESTETIK TARBIYA-o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni.

28.HARBIY VATANPARVARLIK TARBIYASI-yoshlarni Vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalrini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.

29.HUQUQIY TARBIYA-shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish, ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy-huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.

30.IJTIMOIY TARBIYA-muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarini shakllanishi maqsadiga qaratilgan jarayon.

31. IQTISODIY TARBIYA- o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo’jalik yuritishni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.




Download 18,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish